Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga nazar Asosiy qism



Download 21,43 Kb.
Sana10.01.2020
Hajmi21,43 Kb.
#32991
Bog'liq
Mehrobdan chayon

Reja:

Kirish:

  1. Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga nazar

Asosiy qism:

  1. Jadidchilik harakatida Qodiriyning ishtiroki.

  2. Davr bilan hamnafas Mehrobdan chayon asari

  3. Asarning fuqarolik jamiyatiga qo’shgan hissasi

Xulosa:

  1. Xulosa

Abdulla Qodiriy haqida

Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining boshlanishi 1910-yillarning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. „Sadoi Turkiston“ gazetasining 1914-yil 1 aprel sonida Abdulla Qodiriy imzosi bilan „Yangi masjid va maktab“ sarlavhali xabar bosiladi. Bu boʻlajak adibning matbuotdagi dastlabki chiqishi edi. Oradan koʻp oʻtmay, uning „Toʻy“, „Ahvolimiz“, „Millatimga“, „Fikr aylagil“ kabi sheʼrlari„Baxtsiz kuyov“ dramasi„Juvonboz“ hikoyasi chop etiladi (1914–1915). Abdulla Qodiriy ijodining dastlabki namunalari boʻlgan bu asarlar millatparvarlik, maʼrifatparvarlik ruhida yozilgan boʻlib, jadidchilik gʻoyalari bilan sugʻorilgandir. Muallif unda xalqning zabun holatidan kuyib soʻzlaydi, millatni uygʻonishga daʼvat etadi, fikrlashga chorlaydi. Abdulla Qodiriyning „Uloqda“ hikoyasi (1916) avvalgi asarlari bilan tenglashtirib boʻlmaydigan darajada yuqori boʻlib, XX tongidagi oʻzbek realistik adabiyotining choʻqqisi, realistik hikoyaning eng yaxshi namunasi hisoblanadi.

„Mehrobdan chayon“ romani



Abdulla Qodiriy ikkinchi yirik asari „Mehrobdan chayon“ni 1928-yil fevralda yozib tugatdi. Roman 1929-yil Samarqandda bosilib chiqdi. Garchi bu roman mavzui ham XIX adabiyot hodisalari – „xon zamonlari“ davridagi oʻzboshimchaliklarni koʻrsatishga qaratilgan boʻlsada, unda roman yozilgan davr ruhi kuchli. Asarni „Mehrobdan chayon“ deb atash, ziyoli ulamolarni qahramon qilib tanlashdan murod muqaddas dargoh – sajdagohdan chiqqan, oʻsha dargohga nomunosib munofiq, qallob, tuban kimsalarga, hasadgoʻy, eʼtiqodsiz kishilarga ishoradir. Romanda Anvar bilan Raʼnoning sevgi sarguzashti, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan. Maktabdor Solih mahdumning yumoristik obrazi adabiyotshunoslikda yozuvchining jiddiy yutugʻi, kashfiyoti sifatida eʼtirof qilingan.

Mehrobdan chayon“ romanining mazmuni


Garchi „Mehrobdan chayon“da davr zugʻumi muayyan darajada sezilsa ham, adibda goho tarafkashlik mayllari koʻrinsada, amalda realizm mavqeida turgan, tarixiy haqiqatni mumkin qadar haqqoniy ifodalashga intilgan. Yozuvchining „Mehrobdan chayon“dagi realistik mahorati Solih maxdum obrazida juda yorqin namoyon boʻlgan. Romanda muallif yengil hazil-mutoyiba, kulgi-yumor, piching, kinoya-kesatiq, hajv orqali maxdum tabiatiga xos „maqtab boʻlmaydigan“ xususiyatlarni batafsil koʻrsatadi. Bunday xususiyatlarning ichki va tashqi ijtimoiy ildizlarini ham ochadi. Ayni paytda mahdumning „hamma nuqsonlarini yuvib ketarlik“ fazilatini ham taʼkidlaydi: „nima boʻlganda ham maxdum oʻz zamonasining eng oldingi domlalaridan, Qoʻqon aksariyatining savodxon boʻlishlariga sababchi ustozlardan“. Romandagi Anvar bilan Raʼno obrazlari, bir qarashda, romantik qahramonlarday taassurot beradi. Barkamollik – aql-zakovat, doʻstga, sevgiga sadoqat, erk, adolat yoʻlidagi shijoat bobida ular afsona, doston qahramonlarini eslatadilar. Ishqiy mulohazalar bobida bu ikki yosh juda erkin, oralaridagi gap-soʻzlar bir qadar kitobiy, shoirona… Masalaga sinchiklab qaralsa, Anvar va Raʼnodagi favqulodda, kitobiy tuyulgan hislatlar, ularning „gʻayritabiiy“ xatti-harakatlari mantiqan va ruhiy jihatdan asoslangan. Ular maktab koʻrgan, yaxshi tarbiya, chuqur bilim olgan, Sharqning yuksak madaniyati, gumanistik gʻoyalarini oʻzlari uchun chin eʼtiqod, bosh maqsad qilib olgan odamlardir. Adib asar personajlari qismati bilan bogʻliq holda muhim tarixiy hodisalar, shaxslar, sarguzashtlar haqida ham maʼlumot beradi. Solih maxdumning kechmishi, ota-bobolari qismati bahonasida keltirilgan Amir Umarxonning kanizi toʻgʻrisidagi hikoya, haq ishlari uchun jabr ko‘rgan Sayidxon, mulla Siddiq va Moʻminjonlarning achchiq qismati, Xudoyorxon tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, Ogʻacha oyim sarguzashtlari, xon harami, xotinlari, oʻrdadagi qullar haqidagi aniq maʼlumotlar asarda salmoqli oʻrin tutadi. Ular bilan tanishganda hujjatli-tarixiy, publitsistik asar oʻqiyotganday boʻlasiz. Yozuvchi baʼzan qahramonlari tabiatini, xususan haramdagi qizlar fojiasini hazil-mutoyiba, oʻyin-kulgi orqali ochib beradi. Ammo bu kulgili boʻlib tuyulgan hodisalar zamirida jiddiy insoniy drama va shafqatsiz haqiqat yotadi. Xullas, „Mehrobdan chayon“ hayot haqiqatini „orttirmay va kamitmay“ oʻz holicha jamiki qirralari, tovlanishlari bilan gavdalantirgan, xarakterlar olamini, ruhiyatini oʻziga xos ohanglar, boʻyoqlar vositasida kashf etib bergan oʻxshashi yoʻq badiiy obidadir.

“Mehrobdan chayon” romani yozuvchi izohi bilan Xudoyorxon va munshiylari hayotidan tarixiy ro’mon bo’lib, unda Qo’qon xoni Xudoyorxonning noodil siyosati, insofsiz ulamolar, o’sha davrning og’ir hayot tarzi, oddiy xalqning ahvoloti haqida so’z boradi.


“Shu ikki sinf kurashini tasvir qilish vositasida xon harami, xotinlari, qirq qizlar, tarixiy va etnog’rafik lavhalar, o’zbek hayoti, qiziqchilig’i, tanqidchiligi, o’zbek xotin-qizlari orasidag’i iste’dod, shoiralar, azkiyachilik va boshqa yana ko’p nuqtalarni qamrab olindi” deb yozadi Abdulla Qodiriy.

Romon syujetini so’zlab o’tirishning hojati yo’q. Zero, ko’pchilik bu tarixiy roman va uning filmi bilan tanish.


O’qishni boshlashingiz bilanoq, Ra’noning otasi Solih mahdum va uning qiliqlaridan jahlingiz chiqa boshlaydi. O’ta razil, qurumsoq, qo’l ostida 200 tillosi, 2 sandiq saruposi bo’la turib, har kuni qattiq non yeyishi va oilasiga ham xuddi shunday munosabatini kuzatasiz.
Yozuvchi Solih Maxdum, Abdurahmon domla, Shahodat muftiy, Hurramshohlar obrazi orqali zalolatga ketgan ba’zi ruhoniylarning asl basharasini ochib beradi. Ularning iflos bir moziyidan tortiq hozirgi kunigacha tasvirlab, xalqni aldash, laqillatish kabi hunarlarni o’zlariga kasb qilib olgan ba’zi domlalarning holatiga achinadi. Bu hol bilan jamiyat tobora zalolat botqog’iga botib ketaverishidan afsuslanadi.
Sultonali Mirzo, Safar bo’zchi, Muhammad Rajabbek, Toyir, Qobil. Oisha bibilar obrazi orqali oddiy xalq va hukumat vakillarining insof-diyonati, o’zbekona samimiyatini ochib beradi.
Maknuna aytganlaridek, romanning bosh qahramonlari Anvar bilan Ra’noning jasoratlariga tan bermaslikning iloji yo’q. Albatta ikki sevishganning orasidagi muloqotlar, mushoiralar tasviri ham juda originaldir.

Adib “Mehrobdan chayon”da avvalgi romanida qoʻllagan usulini takrorlab muqaddima va soʻngsoʻz berishni maʼqul koʻrgan. Bu haqda adabiyotshunos olim Bahodir Karimov shunday yozadi: “Har bir soʻzga eʼtibori kuchli adib bu tadbiri bilan oʻz romanini “Soʻzboshi” va “Soʻngsoʻz” qoʻrgʻonlari orasiga olib, kutilgan hujumlardan himoya qilishni niyatlagan boʻlishi ehtimoldan uzoq emas”[5]. Dastlab, kirish soʻz “Romanning mavzui toʻgʻrisida” deb yozilib, undan soʻng “Abdulla Qodiriy (Julqunboy), Toshkent, 5 fevral, 1928 yil” deb imzo qoʻyilgan. Asarni yozib tugatgan yozuvchi fikrlarini niqoblab ifoda etishga ehtiyoj sezdi. Ehtiyoj va ehtiyotkorlik bilan adib shartli ravishda soʻzboshidayoq asarning mavzui haqida bayon qildi. Yozuvchi asardan gʻoya qidiruvchilarni chalgʻitish uchun avvalboshdanoq soʻzboshidagi ayrim oʻrinlarni, ayniqsa, mavzuni boʻrttirib berishni maʼqul koʻradi. Haqiqatan ham koʻpchilik tanqidchilar mana shu soʻzboshini shior oʻrnida bayroq qilishadi. Shunday ekan, soʻngsoʻzning ahamiyati nimadan iborat? Muallif oradan oʻn kun oʻtib asarga xotima yozishga ehtiyoj sezdi. Bizningcha, adib asarni gʻoyaviy jihatdan himoyalash uchun soʻzboshini kiritgan boʻlsa, asar syujeti xayoliy uydirma emas, balki tarixiy voqelik va hayotiy haqiqat ustiga qurilganligini koʻrsatish uchun xotimaga oʻrin berishni maʼqul koʻrgan. Yozuvchi tarjimai holi bilan bogʻliq manbalarda “Oʻtkan kunlar” romani eʼlon qilingach, muallifdan kitobxonlar doimo asar hayotda boʻlgan voqeami, qahramonlar kimlar degan savollar bilan qayta-qayta murojaat qilishgan. Roman janri yozuvchi va oʻzbek kitobxoni uchun yangilik sanalib, hali sinalmagan maydon singari edi. Shunday ekan, bunday savollarni tabiiy deb qabul qilish lozim. Mana shu soʻrovlarning oldini olish maqsadida adib xotimani berib oʻtgandir. Bu farazni yana ham kengaytirib, toʻldirish mumkin. Qolaversa, bu adibning “Oʻtkan kunlar”ga bergan izohidan maʼno va mazmuni bilan tubdan farqlangan. “Oʻtkan kunlar” romanidagi andisha va ikkilanish “Mehrobdan chayon”da siyosiy xavotirga aylangan, deyish mumkin.

Soʻzboshida shu vaqtgacha adabiyotshunoslar eʼtiboriga tushmay qolgan quyidagi jumlalarni havola qilamiz: “Ularning xon va ulamoga qarshi isyoni tabiʼiy – sharʼiydir”.[6] Demak, romanda qahramonlarning zulmga qarshi isyoni nafaqat sinfiy asosda, balki oʻsha vaqtda mahalliy aholi qatʼiy rioya etgan shariat qoidalarining oyoqosti qilinishi bilan bogʻliq. Ammo bu kurash sababini yozuvchi hech bir oʻrinda bayroq qilib koʻtarmasdan asar tagmatniga singdirib yuborgan. Qodiriy oʻz romanida shunday bir toifani tasvirladiki, bu olam vakillari oʻzlariga axloq kodeksi sifatida islom maʼrifati va madaniyatini qabul qilishgan. Avvalambor, bu qoidalar yozuvchining ham hayotida bosh mezon boʻlib xizmat qilgan.

Bevosita asardagi hal qiluvchi lahzalardan biri hisoblangan sahnaga murojaat etamiz. Xonga qarshi chiqa olishga oʻzida kuch topa olgan Anvar Xudoyorxonga ham aynan shu musulmonchilik talabini daʼvo qilib chiqadi.

“Xudoyorxon:

– Pusulmonchilik qigʻonsan-da?!



– Albatta! – dedi Anvar, – boshqalar kishi gunohi uchun gunohsizni tutib pusulmonchilikdan chiqqach, men pusulmonliq bilan oʻlishni oʻbdan bildim!

– Sening qilgʻon ishing pusulmonchiliqda bormi, ituvli?

– Musulmonchilikda yuzlab xotin ustiga, bir kambagʻal uylanmoqchi boʻlgan qizga ham zoʻrlik qilish bormi?”[7].

Qaltis vaziyatda turgan Anvar oʻzining joni omonat ekanligini bilib tursa-da, xonga qarshi keskin gap ayta oldi. Negaki, xonlik shariat qoidalari asosida boshqarilgan. Shunday ekan, bu tartibga boʻysunishga hamma majbur. Anvar shuning uchun ham bu daʼvoni mahkam ushlaydi. Xudoyorxon har qancha zolim boʻlmasin, shariat qoidasiga itoat qiladi. Shu bois Anvarning talabini ado etib, Sultonalini ozod etadi.

Qodiriy ijodi kuzatilsa, unda din ulamolari tasviri ayricha ahamiyatga ega. Buning sabablari, avvalo, oʻsha davrda xalqaro siyosatda iqtisodiy jihatdan kuchli davlatlar musulmon mamlakatlarini oʻziga boʻysundirib, tobe qilib olish yoʻliga oʻtgan edi. Qodiriy siyosiy masalalarga ham befarq boʻlmay, vaqtli matbuotda oʻz munosabatini bildirib bir qancha jiddiy maqolalar eʼlon qilgan. Uning “Luzonda koʻngil ozishlar va isiriq solishlar” (“Turkiston” gazetasi, 1923), “Siyosat maydonlarida”, “Eshonlarimiz” (“Mushtum” jurnali, 1923) kabi maqolalari aynan shu masalaga bagʻishlangan.



Ikkinchidan, Turkistonni ruslar bosib olgandan keyin ham diniy ulamolar hukumat oldida alohida mavqega ega edi. Bu faktni rus missionerlarning yozishmalari ham tasdiqlaydi.

Uchinchidan, yozuvchi Turkistonning ruslarga qaram boʻlib qolishiga dinni oʻziga niqob qilib olgan munofiq kimsalarning oʻzaro nizolari ham sabab deb hisoblaydi.

Toʻrtinchidan, xalqni oʻz ortidan ergashtirish qudratiga ega boʻlsa-da, oʻz manfaati yoʻlida din libosini kiygan ayrim kimsalar hukumat qoʻgʻirchogʻiga aylangan edi.

Beshinchidan, islomning asl mohiyatini anglamagan, ilmi bor, amali yoʻq soxta dindorlarni fosh etish. Ayniqsa, soʻnggisi adib ijodida katta oʻrin egallaydi. Koʻrsatilgan sabablarni barini jamlab, eʼtibor berib qaralsa, yozuvchi asarlarining mazmuniy mundarijasi kelib chiqadi.

Qodiriy yuqoridagi ehtiyotkorlikni saqlagan holda “ikki sinf kurashini tasvir qilish”, romanning bosh mavzusi ekanligiga urgʻu beradi. Diqqat qilinsa, asarda haqiqatan ham ikki sinf kurashi koʻrsatildimi? Koʻrsatildi, lekin Qodiriy sinfiylik, degan shoʻroviy tushunchaga bir qadar oʻzgacha maʼno bagʻishladi. Bu shoʻrolarning sinfiylik nazariyasidan farqlanadi. Ayni shu oʻrinlarda ochiq aytilmasa-da, ammo matnosti maʼnolari va yozuvchining ijodiy uslubidan kelib chiqib yondashilsa, Qodiriyning estetik qarashi, mazkur muammoga munosabati ravshan koʻrinadi. Romandagi shartli ikki sinf vakillariga ajratish, bizningcha, bu sinfiy ayirma asosida ifodalash degani emas, balki yaxshi va yomon, ezgulik va hasad, doʻstlik va adovat kabi tushunchalarga asoslanishdir. Qodiriy mazkur umuminsoniy gʻoyani shoʻroviy mafkuradan ustun sanagan.

Rus mustamlakachilari oʻz hokimiyatini oʻrnatgan yillar Turkiston xalqlari uchun juda ogʻir payt boʻlib, mahalliy aholining diniy eʼtiqodi juda zaiflashgan edi. Buning oʻz ijtimoiy, tarixiy-siyosiy sabablari bor. Qadriyatlar oyoq osti qilinib, soʻz va amal birligi yoʻqolib boʻlgan edi. Qodiriy oʻz asarida ayni shu ogʻriqli nuqtalarni qamrab olishni niyat qildi.”Turkiston xonlari vaqtidagi musulmoniyalar nihoyat darajada ahvoli olamidin xabarsiz boʻldilar. Zolim hakamlarga rost va toʻgʻri soʻzni aytadurgʻonlar qolmay, zolimlar uchun besh-oʻn tillo badaliga ertadan kechgacha xushomad soʻzlar aytib, alar qanday soʻz aytsa maʼqul deydurgʻonlar boʻlgʻon edilar. Hakam va ulugʻlarimiz fuqarolardin oʻz joyiga va masrafigʻa sarf qilmay, oʻz xohishlari va yushaʼlarigʻa xarj va sarf qilar edi. Hukumat ishida mutlaqo muntazam qoida va qonun yoʻq edi[8].

Turkistonda maʼnaviy tanazzul ancha avval boshlangan boʻlib, adib bunday vaziyatni yuqoridagi kichik kiritmalar orqali asar mazmuniga singdirib yuborgan. Yozuvchi maxdum oilasining kelib chiqish tarixini ifodalagan boʻlsa-da, ammo buning zamiriga juda katta ijtimoiy tarixiy haqiqat jamlangan. Maxdumni ota-bobolari uchragan qatagʻon xavfi doimo taʼqib etib, undan qoʻrqish hissi bir zum tark etmaganligini hisobga olsak, masala oydinlashadi.

Demak, yozuvchi har ikki asarida bergan izohlar birinchi oʻzbek romanining yaratilish sabablari, omillari, manbalari bilan bogʻliq juda koʻp maʼlumotlarni qamrab olganligi bilan qiymatga ega. “Oʻtkan kunlar” asaridagi muqaddima va xotima mazmunidan koʻrinib turibdiki, yozuvchi birinchi romanida erkinroq va jurʼatliroq boʻlgan.

Muallif “Mehrobdan chayon” romanini siyosiy tazyiqlar kuchaygan yillarda yozib tugatdi. Muallif niyatini niqoblashga majbur boʻlib, turli yoʻl qidirgan va buni uddalagan. Qodiriy soʻzboshida mavzuni siyosiy jihatdan boʻrttirib, fikrini tagmatnga singdirib, siyosiy gʻoya qidiruvchilarni chalgʻitishga erishgan.



 
Download 21,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish