Abdulla Oripov ijodida vatan madhi



Download 21,44 Kb.
Sana12.05.2022
Hajmi21,44 Kb.
#602458
Bog'liq
Maqola


Qashqadaryo viloyati G’uzor tumani 18-maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi P. Nuraliyevning “Abdulla Oripov ijodida vatan madhi” mavzusidagi maqolasi.

Temur kabi sohibi zamonlar qilichi yetmagan yerlarni qalam bilan


olishga Alisherni qodir qilgan qudrat she`riyatdir. She`riyatni
“Onajonim” deb ulug`lagan va chindan ham she`riyatga fidoiy
Farzand bo`lgan Abdulla Oripovning she`ri kirib kelmagan birorta
xonadon O`zbekistonda topilmasa kerak.
(Maqsuda Ergasheva)

O`zbek xalqi azaldan shoirtabiat xalq, uning tuprog`idan tortib yaprog`igacha shoirdir. Shuning uchun ham u farzandlariga she`riyat kabi teran, she`riyat kabi serma`no, bir-biriga uyqash ismlar qo`yadi. U to`y qilsa, shodliklarini she`rga solib “Yor-Yor” aytadi.


Besh asrkim nazmiy saroyni
Tiratadi zanjirband bir sher.
Temur tig`i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher…
Deb yozgan edi, o`zbek xalqining sevimli farzandi, shoir Abdulla Oripov. Abdulla Oripov she`riyatining qudrati yuksak darajadagi badiiyligidadir. Lekin uning she`rlarida sun`iy badiiylik, zo`rma-zo`raki o`xshatishlar, mantiqqa zid bo`lgan jonlantirishlar orqali badiiyat yaratilmaydi. Uning har bir iborasi, har bir tashbehi ayni haqiqatdir. Abdulla Oripov dono xalqimiz yaratgan maqol va matallardan, iboralardan juda oqilona va san`atkorlik bilan foydalanadiki, natijada shoir tilga olgan maqollaridan qayta boshdan she`riy umrini boshlaydi. Abdulla Oripovning har bir se`ri, har bir misrasining o`z ohangi bor, uni sira boshqa ohangda aytib bo`lmaydi. Shoir she`riyatining o`ziga xosligi shundaki, u behad o`ziga xos shoir.U sevsa yonib, o`rtanib sevadi, agar nafratlansa, sevgisi darajasidagi kuchli dard, armon bilan nafratlanadi. U har bir mavzuda o`rtanib, qalamni taroshlab, avaylab, yonib ishga solidi, ayniqsa, bu mavzu Vatan mavzusi bo`lsa. Abdulla Oripov – o`zbek xalqi qalbida sermazmun she`rlari bilan chuqur iz qoldirgan, o`z ijodida Vatanga bo`lgan muhabbatni tarannum etgan vatanparvar shoirdir. Shoir she`rlarida vatanparvarlik, Vatanga sadoqat ruhi ufurib turadi. Xalq ruhida ozodlik, vatanparvarlik tuyg`ularini singdirishda she`riyatning roli va o`rni beqiyosdir. She`riyat o`ziga xos, timsollar, ramz va istioralar, ohanglar orqali kishi ruhida shunday buyuk tuyg`ular uyg`otadiki, ularni qilich va qurol kuchi bilan ham yo`q qilib bo`lmaydi. Sevimli shoirimizning “Yurtim” she`ri xuddi shunday ijod mahsulidir. Ushbu qasida o`zbek xalqining buyuk tarixini, o`zligini, milliy g`ururini o`zida mujassam etganyuksak ijod namunalaridanbiridir. She`rning ilk satridanoqVatanga, o`zbek xalqiga, uning buyuk tarixiga bo`lgan muhabbat, hurmat, ehtirom, g`urur va iftixor tuyg`ulari yaqqol sezilib turadi:
Yurtim, senga she`r bittim bu kun,
Qiyosingni topmadim, also…
O`zbek xalqi qaddini yana bir pog`ona ko`targan, mashhur qilgan bu she`r barcha o`zbekning or-nomusiga aylandi. Chindan ham Abdulla Oripovning she`rlari mohiyat e`tibori bilan voqe` bo`lgan she`rlardir… Xulosa o`rnida aytish mumkinki, qalbida Vatanga bo`lgan muhabbati cheksiz bo`lgan insonning farovon hayotini har narsadan ustun ko`radigan shuningdek, muhabbat borasida dengizday qaysar, ummondek cheksiz, tog`lardek ulug`vor bo`lgan insonni o`z umrining qahramoni deyish mumkin. Abdulla Oripov ham ana shunday insonlardan desak, yanglishmagan bo`lamiz. Mustaqillikka erishibo`zligini, o`zbegini yaratayotgan xalqimiz bunday insonlarni ulug`lashi tabiiy. Abdulla Oripovning hayot yo`li, yaratayotgan asarlari va ulardagi yetakchi g`oyalar harbir inson qalbida ezgu fikrlarga yondosh tarzda yashshiga ishonamiz.biz uchun shoir bir yurt bo`lgan. O`zbekiston uchun shoir ham, she`rlari ham hamisha ardoqlidir!
O’zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi chinakam,
Ushbu kunni, ayting-chi, qay birimiz kutmadik.
Zarur bo‘lgan chog‘da goh dor tagida turib ham,
Qay birimiz tarixning sinovidan o‘tmadik.
Dong‘il safarga chiqdi endi hur O’zbekiston,
Kimgadir oyoqosti, kimga u osmon bo‘ldi.
Shukrkim, o‘z-o‘zini tanidi keksa jahon,
Ya’ni o‘zbek Davlatin jumlai jahon bildi. (“O`zbekiston Davlati” she`ridan)
Yuqoridagi she'rlar qatoriga Vatanning oqqush qo'shiqlaridek jaranglovchi «Men nechun sevaman O'zbekistonni”, «O'zbekiston” kabi she'rlarni; istiqlol davrida yaratilgan «Vatan”, «Xalq”, “Temur”, «Adolat oftobi”, «Erk haqqi” singari manzumalarni; «Bedorlik” (1999), “Shoir yuragi" (2003) kabi yangi to'plamlardagi asarlarni: buyuk italyan shoiri Aligeri Dantening «Ilohiy komediya”sidek jahon adabiyotining mumtoz namunasi tarjimasini qo'ysak, A. Oripov ijodining naqadar sermiqyos ekani yanada oydin bo'ladi. Abdulla Oripov ijodida xalqni, Vatanni, fidoyi farzandlarning sevinch-tashvishlarini kuylash shoir ijodining asosiy yo‘nalishidir; Uning uslubiga umumni umuman emas, aniqni tiniq kuylash xosdir. «Yurtim shamoli» (1969)da shamol tushunchasi, shamol obrazi shoir talqinida, shunchaki biz bilgan ma’nodan tashqari, chuqur falsafiy umumlashma darajasiga ko‘tariladi. Unda Vatan, adolat, tarix talotumlari va hokazolar bilan aloqador ma’nolar chirmashib ketadi:
Shamollar esgandir ushbu dunyoda,
Shamollar goh quyun, gohida dovul.
Ular goh oshkora, goho ro‘yoda,
Qancha bo‘stonlami sovurgan butkul.
Lekin sen bo‘lmagin bog‘lar zavoli,
O, yurtim shamoli, yurtim shamoli.
Qanday shamollar esmasin, shoir Vatan shamoli toza bo‘lishini orzu qiladi.
O`zbеkistоnning bo`yi-bаsti, go`zаl tаbiаti, kаmsuqum, mеhnаtkаsh хаlqi, shu bilаn birgа jаhоngа nоmi kеtgаn buyuk аllоmаlаri vа uning bugungi kundаgi sаlоhiyаti shоir misrаlаri оshа o`quvchi ko`z o`ngidа gаvdаlаnаdi.
O`zbеkning bоshidаn zаr sоchsin dunyo,
Tоpdi u rizqini zахmаti bilаn
Uning аsоsidir buyuk bоbоlаr
Bizgа ibrаt bo`ldi mехnаti bilаn
Аbdullа Оripоv istiqlоldаn kеyinginа оzоdlik, o`zbеkоnа milliylik хаqidа to`lib-tоshib kuylаgаn, dеkаs хаtо bo`lаdi. Chunki shоirning 1969 yildа yarаtilgаn “Оnа sаyyorа” shе`ridаyoq shu Vаtаn istiqlоligа ishоnch zo`r umid uchqunlаri sеzilib turаdi.
Download 21,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish