Abdulla Oripov hayoti va ijodi. She’rlari tahlili va testlar



Download 25,42 Kb.
bet1/3
Sana15.01.2021
Hajmi25,42 Kb.
#55486
  1   2   3
Bog'liq
A.Oripov. 303, Urazov Soibjon


Abdulla Oripov hayoti va ijodi. She’rlari tahlili va testlar

Abdulla Oripov 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati Koson tumaniga qarashli Neko‘z qishlog‘ida tug‘ildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi 0‘zMU)ni bitirib, turli


nashriyotlarda (1963-1974), «Sharq yulduzi» va «Gulxan» jurnallari tahririyatida (1974-1980), 0‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1980-1985) ishladi. U 1996-yildan buyon
respublika Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qilib kelmoqda. Abdulla Oripov Navoiy va Hamza nomidagi respublika Davlat mukofotlarining sovrindoridir.

Abdulla Oripovni hozirgi kunda butun dunyo biladi va uning rango-rang asarlarini qiziqib, sevib o‘qiydi. Bu benazir shoiming bunday mashhur ijodkor darajasiga yetishi osonlikcha bo‘lmadi, albatta. Zotan, shoir yoshligidanoq ijodiy ishga katta mas’uliyat


bilan qaradi. Ko‘p o‘qidi. Abdulla Oripov: «Men bir narsaga aminmanki, tabiat kishiga qanchalik iste’dod bermasin, agar uni muttasil o‘qish-o‘rganish bilan, qisqasi, ilm va mehnat bilan mustahkamlab bormasa, biror natijaga erishishi mushkuldir»,
— deb yozgan edi.

Abdulla Oripov ijodiga jahondagi boshqa millat yozuvchilari va olimlari ham yuksak baho berganlar. Mashhur bulg’or shoiri Qaysin Quliyev o‘tgan asrning 60-yillaridayoq:


«Abdulla Oripov she’riyatida men fikrning salmoqdorligini, obrazlarning ohorli, quymaligini, o‘quvchini zeriktiruvchi tor ma’noli «qizil so‘zlik»dan xolilikni ko'rdim . Yosh shoir so‘zning ifoda kuchini bexato sezadi, hayotni o‘z bo‘lishicha,
uni o‘ziga xos yangi nazar bilan ko‘radi. 0‘zbek she’riyatini
yangi, katta iste’dod bilan qutlasa bo‘ladi», — deb ta’kidlagan edi. Abdulla Oripov ijodiga Chingiz Aytmatov kabi ulug’lar ham tegishli tarzda yuqori baho berganlar. Chingiz
Aytmatov: «Shoirning so‘zlaridan zamondoshlari ham, kelgusi
avlodlari ham faxrlanib yuradilar», — deb yozgan edi.

Ayol” she’ri

Yigitlar maktubin bitganda qondan,

Kelinlar firoqdan chekkanda yohu,

Uning ham panohi qaytmadi jangdan,

O‘n to‘qqiz yoshida beva qoldi u.

Sevgidan yetim-u umrdan yarim,

Qurigan ko‘ksida yolg‘iz belanchak.

Abadiy firoqni, hayhot, do‘stlarim,

Abadiy visol deb bildi kelinchak.

Qaqragan lablarda olovli nafas,

Kechalar kechmishin ayladi ko‘mir.

Parishon sochlari yor ko‘ksi emas,

Muzdayin bolishda qoldi bir umr.

Yillar ham o‘tdilar, hamon u yolg‘iz,

Mung‘ayib termular botguvchi kunga.

Ey nomard tabiat, bormi senda his,

Qaytadan baxt bersang bo‘lmasmi unga?!

Nahot ishq qismati buncha berahm,

Bunchalar buyuksan vafo shevasi.

Sengadir hurmatim, senga sharafi

Qahramon jangchining sodiq bevasi.

Siz-chi ey, sadoqat satridan nolib,

Nadomat komida qolganlar, ayting.

O‘zini ming bitta bozordan olib,

Ming bitta bozorga solganlar, ayting.

Shu cho‘lpon ko‘zlarning buyuk hurmati,

Shu aqiq lablarning rost so‘zi deya,

So‘ylang-chi, vafoning nadir

Ba’zida tirnoqlar bezagi uchun

Sahardan shomgacha qilursiz toqat.

Biroq yoringizni kutgali nechun

Topilmas tirnoqcha sabr-u qanoat.

Nazokat paytimas, yaqinroq keling,

Buyuk zot qoshida aylangiz salom.

Shu sodiq bevaga sajdalar qiling,

Shu sodiq bevaga aylang ehtirom.

Hatto zeb-ziynatni yulqib ziyoda,

Haykal ham qo‘yingiz bamisli xayol.

Shundaylar bo‘lmasa agar dunyoda,

Bu qadar muhtaram bo‘lmasdi ayol. 1965-y


Download 25,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish