Abdiyeva quysintosh azadovnaning



Download 0,81 Mb.
bet1/7
Sana24.04.2017
Hajmi0,81 Mb.
#7485
  1   2   3   4   5   6   7
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

MAGISTRATURA BO`LIMI

Qul yozma huquqida

UDK ( 372.44)


ABDIYEVA QUYSINTOSH AZADOVNANING
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish”
Mutaxassisligi: 5A111701-Boshlang`ich ta`lim
Magistr akademik darajasinini olish uchun yozilgan

DISSERTATSIYA


Himoyaga ruxsat etilsin”

Magistratura bo’limi boshlig’i _______t.f.n. dotsent Esonov M

”__”_____2013 yil




Boshlang’ich ta’lim metodikasi”

kafedrasi mudiri

_____ p.f.d.prof.Abdullayeva B.S

”__”_____2013 yil

Ilmiy rahbar:

_____ f.f.n. D.X.Shodmonqulova





TOSHKENT 2013

MUNDARIJA

KIRISH………………………………………………………………… 3

I BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL O‘QISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-AMALIY ASOSLARI………………………………………………… 11

1.1. O‘quvchilarning mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishning ta`lim-tarbiyaviy ahamiyati ………………………………………………… .. 11

1.2. Boshlang‘ich sinflar DTS, ona tili o`quv dasturi, darsliklarida muammoning yoritilishi……………………………………………………………….. 15

I bob bo`yicha xulosalar………………………………………………. 20



II BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL O‘QISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI… 21

2.1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil o‘qishga tayyorlash……. 21

2.2.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish usullari…………………………………………………… 36

II bob bo`yicha………………………………………………………… 46



III BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL O‘QISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHGA DOIR TAJRIBA-SINOV ISHLARI MAZMUNI……………………………………….. 47

3.1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlarini tashkil etish …………….. 47

3.2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlari natijalari tahlili……………….. 55

III bob bo`yicha xulosalar……………………………………………… 72



UMUMIY XULOSALAR …………………………………………… 73

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………… 75

ILOVALAR……………………………………………………………. 78


KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Rеspublikаmiz Prеzidеnti I.A.Karimovning: “Xalq irodasi bilan tanlangan yo‘l” mavzusidadagi 12-chaqiriq O‘zbekiston Oliy Kengashining Birinchi sessiyasida so‘zlagan nutqi “Birinchi navbatda inson ehtiyoj va talablari, jismoniy va ma`naviy yuksalishi respublikada bo‘lajak milliy-davlat va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning markazida bo‘lishi shart”1,-deb ta`kidlaydi va ta`lim-tarbiya ishlari sifatini ko‘tarish vazifasini qo‘yadi.. Юртбошимиз томонидан қўйилган бу вазифалар изчиллик билан амалга оширила бошланди. Tа`lim-tаrbiya tizimini tubdаn islоh qilish masalasini kun tartibiga qo‘yiildi. Bu bоrаdа “Tа`lim to`g`risidа“gi Qоnun, “Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi“, ular asosida “Umumiy o‘rta ta`limning davlat ta`lim standarti” yarаtildi. «Tа`lim to`g`risidа»gi Qоnundа “Davlat ta`lim standartlarini bajarish O`zbekiston Respublikasining barcha ta`lim muassasalari uchun majburiydir”2,- deb ta`kidlab ko‘rsatildi.

«Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi»dа shахsning hаr tоmоnlаmа kаmоl tоpishi, bilimlаrni egаllаshi, o`z fаоliyatidа o`rgаngаn bilimlаridаn аmаliy fоydаlаnа bilishigа, o`qitishning ilg`оr tехnоlоgiyalаri аsоsidа o`quvchilаrning fаоlligigа erishish, ikki tоmоnlаmа hаmkоrlikni tа`minlаsh, mustаqillik vа оnglilik аsоsidа tа`lim-tаrbiya jаrаyonini tаshkil qilish vа bu bоrаdаgi kаmchiliklаr хususidа bаtаfsil to`хtаlindi. Ta`limning 9 qismdan iborat tamoyillari belgilab berildi.

«Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi»dа shunday deyiladi: “Kadrlar tаyyorlаsh sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma`naviy-axloqiy jihatdan tabiyalash bilan uzviy bog`liq bo`lgan uzluksiz ta`lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs- fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi“3.

Demokratik jamiyat qurish yo`lidan borayotgan mustaqil respublikamizda дастурда белгилаб берилган вазифаларни изчил амалга ошириб боришга эришилмоқда. Давлатимиз раҳбарининг ҳар бир асарларида ёш авлодга таълим – тарбия бериш масаласи ва бу йўлда қилиниши лозим бўлган вазифалар ҳақида тўхталиб ўтилади. Жумладан, “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” асарида” Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi dеb e'lon qilganmiz. Komil inson dеganda biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, bilimli, ma'rifatli kishilarni tushunamiz”4,-dеb ta'kidlanadi.

Комил инсон тарбиясида ўз мустақил фикрига эга бўлиш ҳам муҳим шартлардан бири саналади. Мустақил фикрлай олиш учун кўп ўқиш, ўқиганларини мушоҳада қила билиш, маълум хулосалар чиқариш талаб этилади.

Mustаqillik tufаyli tа`lim tizimidаgi аmаlgа оshirilаyotgаn islоhоtlаr, tа`lim mаzmunidаgi o`zgаrishlаr bеvоsitа ўқувчиларнинг мустақил кўникмаларини шакллантириш - sinfdаn tashqai o`qish dаrslаrini tаshkil etishni tаkоmillаshtirishgа turtki bo`ldi. Син Bоshlаng`ich sinfda sinfdan tashqari o`qish dаrslаrini tаshkil etish usullаrigа yangichа yondаshishni tаlаb etdi. Bu bоshlаng`ich sinf o`quv dаsturlаri vа dаrsliklаri, o‘quv qo‘llanmalarining yangi аvlоdini yarаtish zаruriyatini yuzаgа kеltirdi. Аnа shu ehtiyoj bilаn 1-3- sinflar uchun ”Kitоbim - oftobim”5 qo‘llanmalarining qayta ishlangan nashri chop etildi.

Kuzatishlarimiz boshlang‘ich sinfda o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlarini tashkil etish qoniqarli emasligini ko`rsatdi. Bizning kuzаtishlаrimiz jаrаyonidа mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish omili bo`lgan sinfdan tashqari o‘qish darslarining o‘tkazmayotganligini, o`qituvchilar darsda qo‘lga tushgan asarni o‘qib berish yoki o‘qitish bilan cheklanayotganlilari ma`lum bo‘ldi. Birorta sinfda sinfdan tashqari o‘qish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxatini ko‘rmadik. O‘quvchilar bilan suhbatda “Kimning qaysi asarini o‘qigansan?” savolimizga qiynalib javob berdilar.

Bu kabi holatlarning kelib chiqishida obyektiv va subyektiv sabablar mavjud. Shunday sabablardan biri boshlang`ich sinf o`quvchilarining mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishga oid maxsus adabiyotlarning yaratilmaganligi, o`quv dasturida o`quvchilar o`rganishi lozim bo`lgan adabiyotlar ro’yxatining berilmasligidir.

Boshlang‘ich sinflar bo’yicha o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlarini tashkil etish bo‘yicha maxsus ilmiy-metodik tadqiqotlar bo‘lsa-da, ”Kitоbim - oftobim” qo‘llanmasini yangi asarlar bilan boyitish, o‘quvchilarni mustaqil o‘qishga o‘rgatish, o‘qish uchun qo‘shimcha badiiy asarlar tavsiya qilish, sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil qilish metodikasini takomillashtirish va kichik yoshdagi o‘quvchilarda yuksak ma`naviyatli insonlarga xos fazilatlarni shakllantirish, shuningdek, boshlang`ich ta`lim tizimining muhim bo`g`ini bo`lgan sinfdan tashqari o`qish mazmunini tashkil etish usullari bilan bog`liq muammolarni “Ta`lim to`g`risida”gi davlat qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida hal qilish kechiktirib bo`lmaydigan vazifalardandir.

Shu jihatlarini hisobga olib, biz magistrlik dissertatsiyamiz uchun “Boshlang`ich sinf o`quvchilarining mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish” mavzusini tanladik.



Mavzuning o`rganilganlik darajasi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini mustaqil o`qishga o`rgatish masalasi bilan metodist olimlar oldindan qiziqib kelaganlar. O`quvchilarning mustaqil o`qishga o`rgatish sinfdan tashqari o`qish darslarining asosiy vazifasi ekanligi metodik adabiyotlarda qayd etilgan. Bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Boshlang`ich ta'limda mazkur soha bo‘yicha rus metodist olimlari N.N.Svetlovskaya, O.V.Djejeley V.I.Ionovalarning ilmiy ishlari, darslik va qo`llanmalari nashr etilgan. Mustaqillik yillarida sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil etish bo`yicha B.Ma'qulova tadqiqot ishi olib borgan. Tadqiqot isida sinfdan tashqari o`qish darslarining maqsad va vazifalarini, uning ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyatini yoritib bergan. Sinfdan tashqari o`qish uchun badiiy asarlar tavsiya etish tamoyillarini ishlab chiqilgan. Sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil etish usullarini yoritib berilgan. Hozirgi davr talabi bu ishlarni takomillashtirishni taqozo etadi. “Ona tili o`qitish metodikasi”6, X.G`ulomova va U. Shermatovalarning “Kitob o`qishni sevamiz”7 qo`llanmalarida ham o`quvchilarda mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish masalalari yoritilgan, o`qish uchun asarlar tavsiya etilgan. Shuningdek matbuotda bir qancha mеtodist va o`qituvchilarning maqolalari e'lon qilingan. Jumladan, profеssor Q.Abdullaеva, K.Qosimova, O. Safarov, S.Matchonov, B.Maqulova, T.Adashboyеv, Е.Abduvalitov, D.Shodmonqulova, X.G‘ulomovalarning o`quv va mеtodik qo`llanmalari, maqolalari nashr etilgan. Ularda kitob tanlash tamoyillari, sinfdan tashqari o`qish darslari mavzulari, yozuvchi va shoirlar bilan tashkil etiladigan uchrashuvlar, sinfdan tashqari o`qish darslarida yozuvchi va shoirlarning asarlarini o`rganish, sinfdan tashqari o`qish darslarida krossvordlar, ta'limiy o`yinlardan foydalanish bo`yicha metodik tavsiyalar berilgan. “Kitobim - oftobim” qo`llanmasi B. Ma`qulovalar tomonidan yangilandi, lekin kitob hozirgi davr talablari asosida yangilanishni taqozo etmoqda. Chunki darslikdagi ayrim asarlar “Kitobim - oftobim” qo`llanmasida takrorlangan. taqozo etadi.

Kompyuter texnologiyasining keng tarqalishi, televizon ko`rsaruvlari va radio eshittirishlari ko`lamining kengayishi bolalarning kitob o`qimay qo`yishlariga sabab bo`layotgan bir paytda ularga kitobning, badiiy adabiyotning o`rnini hech narsa bosa olmasligini, hech narsa kitobdek hamroh bo`la olmasligini tan olishlariga erishish sinfdan tashqari o`qish darslaridagina amalga oshiriladi.

Hozirgi kunda badiiy ijodda mavzularning xilma-xilligi, bolalar adabiyotidagi o`zgarishlar, jamiyat taraqqiyoti ta`sirida bolalar dunyoqarashining kengayib borayotgani, ўқувчиларнинг мустақил ўқиш кўникмаларини шакллантиришни- sinfdan tashqari o`qish дарсларини axborot texnologiyalari asosida tashkil etish imkoniyatlarining kengligi mazkur mavzuning dolzarbligini ko’rsatadi.

Tadqiqotning maqsadi. Boshlang`ich ta'limda sinfdan tashqari o`qish darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishning samarador metodlarini ishlab chiqish .

Tadqiqot predmeti. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish metod, usul va vositalari.

Tadqiqotning obyеkti. Sinfdan tashqari o`qish darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish jarayoni.

Mazkur tadqiqot davomida quyidagi farazlar oldinga suriladi:

1. O’quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari rivojlanib boruvchi hodisa sifatida bosqichma - bosqich shakllantirilsa, o`qish ko`nikmalari takomillashib boradi, badiiy asarning, bolalar adabiyotining inson hayotidagi o`rnini, ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyatini anglab yetadilar.

2.Бошланғич синф ўқувчиларининг мустақл ўқиш кўникмаларини шакллантиришда o`zbek, qardosh va horijiy bolalar adabiyoti namunalari tanlansa, o`quvchilar o`z tengdoshlari hayoti bilan, jahon bolalar hayoti bilan tanishish imkoniga ega bo`lishini tushunib yetadilar.

3. Sinfdan tashqari o`qish darslarida o’rganilgan badiiy asarlarni o`rganishga ilg`or pedagogik texnologiyalar tatbiq etilsa, o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish kafolatlanadi.

4. Mustaqil o`qish ko`nikmalari shakllangan bolada turli uslubdagi adabiyotlarni, y`ani ilmiy, publisistik va badiiy adabiyotlarni o`qib tushunish qobiliyati o`sadi.



Tadqiqotning vazifalari:

- mazkur muammoga oid ilmiy – metodik adabiyotlarni o’rganish;

- boshlang`ich sinflar Davlat ta`lim standarti, ona tili o`quv dasturi va darsliklarini o`rganish;

- boshlang’ich ta`lim sinfdan tashqari o’qish darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishning hozirgi holatini o`rganish va tadqiqot ishining vazifalarini belgilab olish;

- boshlang’ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishga oid ilg`or tajribalarni kuzatish va ularni takomillashtirish;

- boshlang’ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga imkon beradigan ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.



Tadqiqotning metodologik asosini bilishning dialektik metodi va adabiyotshunoslik, adabiyot o’qitish metodikasidagi muammoga oid tadqiqotlar tashkil etadi. Tadqiqotga bevosita metodologik asos bo’lib xorijiy olimlar va o’zbek adabiyotshunoslari, psixolog, pedagog hamda metodistlarining qarashlari xizmat qiladi.

Tadqiqot metodlari: kuzatish va tahlil qilish; so’rovnoma; ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish; matematik – statistik metod.

Tadqiqot nazariy-tajribaviy yo’nalishda amalga oshiriladi. U quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:



  1. Tadqiqot muammolariga oid adabiyotlarni o’rganish, tadqiqotning maqsadi, farazlarini aniqlash, qayd qiluvchi tajribalarni o’tkazish, dissertatsiyaning nazariy asoslarini ishlab chiqish – 2011-2012- yillar.

  2. Umumiy o’rta ta’limning boshlang’ich bosqichi bazasida boshlang’ich ta`lim sinfdan tashqari o’qish darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishning tajriba- sinov ishlarini o’tkazish, olingan natijalarni tahlil qilish, umumlashtirish, xulosalash – 2012-2013- yillar.

Natija va xulosalarning asosli va haqqoniyligi anketa ma’lumotlari va o’quvchilarniig o`qish ko`nikmalari, o`qigan asarlarini hisobga olish bilan asoslaniladi. Tajriba ishlariga Toshkent shahridagi 135-maktabнинг boshlang’ich sinf o’quvchilari, shuningdek, o’qituvchilari жалб этилdi. Anketa savollariga javoblar olishda qo’shimcha tarzda yana 12ta o’qituvchilar jalb etildi. Ish natijalari anketa ko’rsatkichlari, o’quvchilarning og’zaki va yozma javoblari asosida baholandi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Kitob mutolaasi izsiz qolib ketmaydi. U dastlabki bosqichda o`quvchilarning o`qish malakasini shakllantirishdan asta-sekin mustaqil fikrlashga yo`naltiradi. Fikr esa nutq orqali ifodalanadi. Shuning uchun o`quvchilar nutqini o`stirishda mavzuga oid material tanlash va uni o`zlashtirish bilan bog`liq mantiqiy izlanishlarga katta ahamiyat beriladi. Shuning uchun sinfdan tashqari o`qish darslarining asosiy vazifasi o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va mustaqil fikrlash iqtidorini shakllantirishdan iborat deyish mumkin. Shulardan kelib chiqib tadqiqotning ilmiy yangiligi sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:

1. Ta’lim tizimidagi yangilik va ta’lim mazmunidagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish muammosi boshlang’ich ta`limda sinfdan tashqari o’qish darslari misolida tadqiq qilindi.

2. Tadqiqotda boshlang’ich ta’lim maktablarida ta`limda sinfdan tashqari o’qish darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishdagi asosiy nuqson va kamchiliklar aniqlandi, ularni bartaraf etishning yo’llari ko’rsatib berildi.

3.Boshlang`ich ta'limda sinfdan tashqari o`qish darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishning samaradorligini ta'minlovchi samarador mеtodlar asoslandi.

4. Boshlang’ich ta`limda sinfdan tashqari o’qish darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish maqsadida badiiy adabiyotlar ro`yxati tuzildi.

5. Boshlang’ich ta`limda sinfdan tashqari o’qish darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishga oid maxsus mashq va topshiriqlar tizimi ishlab chiqildi.

6. Sinfdan tashqari o`qish darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish mеtodikasi ishlab chiqildi va amaliyotga tavsiya etildi.



Tadqiqotning ilmiy-nazariy ahamiyati. Ilmiy tadqiqot ishida mustaqillik g’oyasi va mafkurasi asosida sinfdan tashqari o`qish uchun badiiy saviyasi yuksak asarlar tanlash va ular ustida ishlash metodlarini aniqlash o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishda alohida nazariy ahamiyat kasb etadi.

Ishning amaliy ahamiyati shundaki, o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishga oid nazariy jihatdan asoslangan hamda tajribaviy jihatdan tekshirib ko’rilgan mashqlar tizimi va tegishli didaktik materiallar, metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.

Tadqiqotni amalga oshirish jarayonida tatbiq etilgan mеtodlardan boshlang`ich ta'lim maktablarida sinfdan tashqari o`qish darslari samaradorligini oshirishda, o`quv qo`llanmalari va mеtodik adabiyotlar yaratishda foydalanish mumkin.

Dissertatsiyaning tarkibi. Dissertatsiya kirish, 3 bob, umumiy xulosalar, va foydalanilgan adabiyotlar, иловаларdan tarkib topgan.


I BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL O‘QISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-AMALIY ASOSLARI

1.1 O‘quvchilarning mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishning ta`lim-tarbiyaviy ahamiyati

Boshlang`ich ta`lim uzluksiz ta`lim tizimining eng muhim va murakkab bo`g`ini hisoblanadi. Bolalar bu bosqichda elementar o`qish va yozish, hisoblash, tabiat bilan yaqindan tanishish, o`zligini anglash kabi ijtimoiy hayot uchun muhim bo`lgan ko`nikma va malakalarni egallashga muvaffaq bo`ladilar.

«Kelajak yuksak intellektual salohiyat, bilim va kuchga ega bo`lgan yoshlarniki, millatnikidir»8, -deb ta`kidlaydi Prezidentimiz I.A. Karimov. Mamlakatimiz yoshlarini jahonning taraqqiy etgan davlatlari yoshlari bilan har jabhada bellasha oladigan, kerak bo`lsa, ulardan o`z ustunligi bilan ajralib turishini ta`minlashning yagona yo`li ta`lim va tarbiyaga jiddiy e`tibor qaratishdan iboratdir. Mamlakatimizda umuman ta`limga, jumladan boshlang`ich ta`limiga bo`lgan buyurtmachi O`zbekiston Respublikasi davlatidir. Hukumat o`z fuqarolari mushtarak manfaatlaridan kelib chiqqan holda ta`limining har bir alohida olingan bosqichida o`qitiladigan barcha predmetlar zimmasiga qator didaktik, ijtimoiy-siyosiy vazifalarni yuklaydi. Boshlang`ich ta`limi mazmunining ana shunday asosiy maqsadlari sirasiga o`quvchilarni mustaqil o`qishga o`rgatish, dunyoqarashini boyitish, mustaqil va ijodiy ishlash kabilarni kiritish mumkin. O`quvchilarda boshlang`ich ta`lim jarayonida o`qib o`rganilayotgan fan asoslarini mukammal egallashlari uchun ularni, birinchi navbatda, mustaqil fikrlash, mushohada yuritish ko`nikma va malakalari bilan qurollantirishimiz lozim.

Boshlang`ich sinf bosqichida o`quvchilarni mustaqil o`qishga o`rgatishda sinfdan tashqari o`qish darslari muhim ta`limiy ahamiyat kasb etadi. Shu bois ham yangi tahrirdagi DTSning tushuntirish xatida «Ona tili ta`lim sohasiga nafaqat o`quv predmeti, balki butun ta`lim tizimini uyushtiruvchi ta`lim jarayoni sifatida qarash»9 lozimligi uqtiriladi. Davlat dasturi talablariga ko`ra boshlang`ich sinfda o`quvchilar savod o`rgatish davridan mustaqil o`qishga jalb qilinadi. Savod o`rgatish davrida haftada bir marta, 1-2-sinflarda ham haftada bir marta, 3-4-sinflarga ikki haftada bir marta sinfdan tashqari o`qish darslari rejalashtiriladi.

Yurtboshimiz I.A.Karimov 1997-yilda bo`lib o`tgan tarixiy 9-sessiyada «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning ahamiyati va mohiyati xususida fikr yuritish chog`ida «Bilim olish o`z yo`liga, lekin o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish pedagogning eng muhim va birinchi darajadagi vazifasi bo`lishi lozim» deb ta`kidlaganliklari har bir pedagog uchun dasturulamal bo`lib xizmat qilishi lozim.

Komil insonni tarbiyalashda boshlang`ich sinflarda o`qitiladigan o`quv fanlari orasida o`qish darslari salmoqli o`rinni egallaydi.Negaki, uning zaminida savodxonlik va axloqiy – ta`limiy tarbiya asoslari turadi.

Bola maktabga kelgach avval o`qish, yozishni o`rganadi.Asta-sekin unga mustaqil kitob tanlay olish, o`qigan kitobini to`g`ri baholay olish kabi ko`nikmalar ham shakllantirib boriladi.”Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning bosh yo`nalishini mustaqil fikrga ega bo`lgan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni tashkil etadi.Badiiy adabiyotlarni mutoala qilish o`quvchilarda mustaqil fikrlashga,mulohaza yuritishga o`rgatadi.

Sinfdan tashqari o`qishning jahon ta`limidagi ilg`or usullar asosida yaratilgan tizimi o`quvchilarni o`qishga qiziqtirish, ularning fikrlash qobiliyatini o`stirish, kitob bilan ishlash usullarini o`rgatish, og`zaki nutqini o`stirish, muntazam ravishda kitob o`qib borishga rag`bat uyg`otish – ma`naviy madaniyatini yuksaltira borish kelajak avlodni o`qitish va tarbiyalash jarayonidagi asosiy masalalardan hisoblanadi. Bu masalalarni ijobiy hal etish uchun biz sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil etishning qulay usullarini aniqlashimiz va amaliyotga tadbiq qilishimiz zarur. Ammo shunisi e`tiborga loyiqki, R.Mallayev, M.Qodirova, O.Roziqov, T. Niyozmetovlarning ilmiy ishlarida o`quvchilarda mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish omili bo`lgan sinfdan tashqari o`qishga ta`limning o`ziga xos shakli emas, balki mustaqil ishlarning bir turi sifatida yondashilgan. Bunday yondashish ta`lim tizimining bugungi taraqqiyoti talablariga javob bermaydi.

Mustaqil o`qish va uning boshlang`ich ta`limda tutgan o`rni K.Qosimova, H. Abdullayev, Q.Abdullayeva, S.Matchonov, M.Pirnazarov, M.Mirqosimova kabi o`zbek olimlarining, rus medodist olimlaridan M.A.Ribnikova, S.Abramovich, A.Djaleley kabi olimlarining, so`nggi yillarda esa pedagogika fanlari nomzodi B.Ma`qulovaning “Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qishning mazmuni va uni tashkil etish”, pedagogika fanlari doktori Q. Husanoboyevaning “Adabiy ta`lim tizimida mustaqil fikrlash muammosi”10 ishlarida mustaqil ta`limning adabiyot o`qitishdagi, xususan, o`qish ta`limidagi o`rni va roli o`rganiladi. Lekin jamiyat rivojlanishi bilan bog`liq holda mustaqil o`qish uchun badiiy adabiyotlarning yaratilayotganligi aynan boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qish darslari uchun yangi o`quv materiallarini tanlash va o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini takomillashtirishni taqozo etadi.

“Boshqa sohalar qatori, - deb yozadi davlatimiz rahbari I.A.Karimov, - adabiyot sohasida ham xalqaro aloqalarni kuchaytirish zarur... Chet el yozuvchilari bilan xalqaro aloqalarni yanada rivojlantirish masalasiga bugun yetarlicha ahamiyat bermayapmiz. Holbuki, biz ma`naviyatimizni yuksaltirish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga intilayotgan ekanmiz, hech qachon o`z qobig`imizga o`ralashib qolmasligimiz kerak”.11

Milliy istiqlol tufayli jamiyat hayotida ro`y berayotgan islohotlar badiiy ijodiyotga keng imkoniyatlar tug`dirayotgan “intellektual salohiyat, tafakkur va ma`naviyat asri” (I.A.Karimov) bo`lgan hozirgi davrda adabiyotlar o`rtasidagi aloqalar va adabiy ta`sirni o`rganish turli tillarga mansub so`z san`ati taraqqiyotida mushtarak xususiyatlarni aniqlash, yutuq va kamchiliklarni haqqoniy baholashda g`oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

Avlodlar tarbiyasi bilan bog`liq o`zbek bolalar adabiyoti xalqimiz ma`naviy madaniyati va san`atining muhim qismini tashkil etadi. Shuningdek, boshqa xalqlar adabiyotini o`rganish kichik yoshdagi bolalarni dunyoviy adabiyot haqidagi tasavvurini boyitadi.

“Boshqa millatlarning ezgu orzularini hurmat qilgan va tan olgan holda, - deb yozadi mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov, - o`z milliy g`ururimizni yuksak darajaga ko`tarib, oldimizda turgan olijanob niyatlarimizga erishmog`imiz mumkin”.8

Shu jihatdan qaraganda, sinfdan tashqari o`qish istiqlol davri o`zbek va boshqa bolalar adabiyotining so`nggi yillardagi taraqqiyoti bilan bolalarning tanishish imkonini beradi.

Boshlang`ich sinf ona tili ta`limining mazmuni va o`quvchilar bilimiga qo`yilgan talablarda “Boshlang`ich ta`lim bolaning mantiqiy tafakkur qilish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini va o`z-o`zini anglash salohiyatini… moddiy borliq go`zalliklarini his eta olishga, go`zalik va nafosatdan zavqlana olishga, milliy urf-odatlarni o`ziga singdirishga va ardoqlashga, ularga rioya qilishga o`rgatadi“,-deb ta`kidlanadi.12 Boshlang`ich sinflarning sinfdan tashqari o`qish darslarida ham badiiy asar matni ustida umumiy tarzda bo`lsa ham, qisqa vaqt ajratib tahlil o`tkaziladi. Badiiy asar matni tahlilida uning tili ustida, badiiy vositalari ustida ishlash orqali, qiziqarli kitoblarni tavsiya qilish orqali o`quvchilarda kitob o`qishga qiziqish uyg`otiladi. Sinfdan tashqari o`qish darslari mustaqil kitobxonni tarbiyalashda muhim o`rin tutadi.


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish