A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/80
Sana26.02.2022
Hajmi2,23 Mb.
#469987
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
Mutaxassislik hemisga
Akademik yozuv Taqriz Safarov, 1-sinfda matematika darslari, Aqida1, pub 2339223, март Захрохон, oqish kitobi 2 rus, 121212121, topshiriq oraliq un (1), tarmoqlarni rejalashtirish va qurish, 1.1, zamonaviy sotsiologiyaning muhim manbalari, assimilation in english and uzbek, Assambler tili va yuqori bosqichli tillar, payment 0237702310 22.3.2022 9 46


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
 
 
A.QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI
 
MUTAXASSISLIK FANLARNI 
O’QITISH METODIKASI FANIDAN
MAJMUA 
Tuzuvchi prof.U.Jumanazarov 
Kafedra mudiri DcS. G.Jumanazarova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Jizzax – 2021 2022 


Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi – Ma’ruza
1-Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. 
Maqsadli reja 
1. «Ta’limto‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni 
amalga tatbiq etish jarayonida «Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi» 
fanining o‘rni.
2. Rivojlanish intensivligi talabi asosida o‘qituvchi kadrlar tayyorlash jarayoni 
muvofiqlashtirish - zamon talabi 
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ta’lim tizimida va aynan mutaxassislik 
fanlarni o‘qitish tizimida ahamiyati. 
4. Oliy ta’limda mutaxassislik fanlaridan dars o‘tishning xususiyatlari 
5.Ta’lim muassalaridagi mutaxassislik fanlari uzluksiz ta’lim tizimining 
tarkibiy qismi 
1. «Ta’limto‘g‘risida»giqonunva «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni 
amalga tatbiq etish jarayonida «Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi» 
faniningo‘rni. 
1997 yil 29 avgust (Oliy majlisning 9 sessiyasi)da qabul qilingan“Ta’lim to‘g‘ri 
sidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida texnologiya ta’limini boshlan 
g‘ich ta’lim (1-4-sinflar)va umumiy o‘rta ta’lim(5-9-sinflar)bosqichlari aks etti 
rilgan.Unda boshlang‘ich ta’lim umumiyo‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan 
savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilganligi, maktab 
ning birinchi sinfiga bolalar olti-etti yoshdan qabul qilinishi, umumiyo‘rta ta’lim
bilimlarning zarur hajmini berishi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va 
amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirishi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga 
va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam berishi, bolalarni qobili 
yati, iste’dodini rivojlantirish uchun ihtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi 
mumkinligi qayd etilgan (ta’lim to‘g‘risidagi qonun 12-modda).
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, ijtimoiy rivojlanish 
ningo‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qaytadan 
ko‘rib chiqishni taqozo etadi.Ayniqsa, kadrlar tayyorlash tizimining demokratik 
o‘zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o‘quv jarayonining 
moddiy-texnik va axborot bazasi etarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadr 
larning etishmasligi, sifatli o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik 


materiallarning kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida puxta o‘za 
ro hamkorlik va o‘zaro foydali integratsiyaning mavjud emasligi va boshqa jiddiy 
kamchiliklar mavjud edi. 
Ta’lim-tarbiya va o‘quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan 
uzviy bog‘lash, uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal 
qilingan emas edi. Amaldagi ta’lim tizimi zamonaviy taraqqiy topgan demokratik 
davlatlar talablariga javob bera olmas edi. Mutaxassislar tayyorlash, ta’lim-tarbiya 
tizimi jamiyatda bo‘layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan bog‘ 
lanmagan. Maktabgacha ta’lim va tarbiya ahvoli qoniqarsiz. Maktabgacha tarbiya 
ham jiddiy islohotlar talab qilardi. Maktablarda va boshqa o‘quvyurtlarida ta’lim 
jarayonining o‘zidagi va o‘qitish uslubiyatidagi har xil kamchiliklar oqibatida 
bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit 
shunga olib keldiki, talabalarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qoldi. Oqilona ha 
yotiy echimlar qabul qilish uchun etarli tayyorgarlik bo‘lmadi. Natijada, maktabni 
tamomlagan yoshlar mustaqil hayotda o‘z o‘rinlarini aniqlay olmadi. CHunki 
ularda o‘zlariga ishonch shakllanmagan edi.Ta’lim tizimida, mavjud umumta’lim 
va kasb-hunar dasturlari o‘rtasida uzviylik va vorisiylikning yo‘qligi ham o‘rta 
maktab bitiruvchilarida kasbga ishtiyoq va texnologiya faoliyatiga tayyorgarlik 
darajasiga salbiy tasir etdi. Natijada, yigit va qizlar o‘z qobiliyatlari, istaklari, ijo 
diy imkoniyatlari va qobiliyatlariga, moyilliklariga monand hayot yo‘lini tanlashda 
qator qiyinchiliklarga duch keldilar. 
O‘quv jarayoni, odatda, bilim darajasi o‘rtacha bo‘lgan talabalarga mo‘ljalla 
nadi. SHu bois ta’limning iqtidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi o‘quv dasturlari 
bo‘yicha ishlashi kabi mexanizmlaridan yaxshi foydalanilmadi. Hunar-texnika 
bilim yurtlaridan yangi tipdagi ta’lim muassasalariga o‘tish ko‘pro qog‘izda bo‘lib, 
amalda esaularda ta’lim eskirib qolgan moddiy-texnik va o‘quv-uslubiy baza, 
tegishli qayta tayyorgarlikdan o‘tmagan o‘qituvchi kadrlar bilan amalga oshirildi. 
Kasb-hunar ta’limining obro‘si hamda o‘qituvchilar, tarbiyachilar va murabbiylar 
ning, ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarning ijtimoiy maqomi pasayib bordi. O‘qi 
tuvchilar, pedagoglar va tarbiyachilarning kattagina qismining yaxshi tayyorgarlik 
ko‘rmasligi, bilimi sayozligi va kasb saviyasi pastligi tufayli tayyorlanayotgan 
kadrlarning malakasi past darajada qoldi. Ko‘ngildagidek bilimdon, mutaxassis 
kadrlar tayyorlash, inson salohiyatini yuzaga chiqarish har jihatdan ustozlarga 
ularni o‘qitish jarayonini tashkil etishlariga bog‘liq. Ta’lim tizimi kadrlarning 
miqdori va malakasi, mutaxassisligi jihatidan bozor talablariga tezda moslasha 
oladigan bo‘lishi zarur. Tizimdagi qator kamchiliklar, zamon talablarini hisobga 
olgan holda respublikamizda kadrlar tayyorlashning mutlaq yangicha tizimini 
barpo qilishga kirishildi. 


Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni eski mafkuraviy qarashlardan to‘la xalos 
etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy 
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini 
yaratish maqsadida kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Bu maqsadni 
ro‘yobga chiqarish quyidagi qator vazifalarni amalga oshirishni talab qilishi 
belgilab qo‘yildi: 
— «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq tizimni isloh qilish, davlat va nodavlat 
ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini 
shakllantirish negizida tizimni yagona o‘quv — ilmiy — ishlab chiqarish majmui 
sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash; 
— 
ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan 
yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilish jarayoniga moslash; 
kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan 
ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiymaqominiko‘tarish; 
kadrlartayyorlashtizimmazmuninimamlakatningijtimoiyistiqbollaridan, jamiyat 
ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuq 
laridan kelib chiqqan holda qayta qurish; 
Ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatidan tarbiyalash va ma’rifiy ishlarning 
samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy qilish; 
Ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va 
akkreditatsiya qilish sifatiga bahoberishning xolis tizimini joriy qilish; 
YAngi ijtimoiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar 
tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishning kafo 
latlarini ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnik va axborot bazasini 
yaratish; 
ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, 
tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, 
shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini 
shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish; 
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag‘lar, shu 
jumladan, chet el investitsiyalarini jalb etishning real mexanizmlarini ishlab 
chiqish va amaliyotga joriy etish; 
kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. 


«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» o‘ziga xoc uzluksiz ta’limning o‘zbek modeli 
sifatida vujudga keldi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ta’lim sohasidagi maqsadi.Ta’lim sohasini 
tubdani sloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan 
to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar daraja sida, yuksak ma’naviy va 
axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizi 
mini yaratishdan iboratdir. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun hal etilishi 
lozim bo‘lgan vazifalardan biri yangi ij timoiy rivojlanish intensivligi sharoitlarda 
ta’limning talab qilinadi gan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining 
amalda faoliyat ko‘r satishi va barqaror rivojlanishning kafolatlarini, ustuvorligini 
ta’min lovchi normativ, moddiy-texnik va axborot bazasini yaratishdir. SHunday 
ekan, ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini ta’minlamay turib, rivojlan 
gan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob 
beruvchi malakali kadrlar tayyorlash mumkin emas. 
Milliy dasturni amalga oshirishda ta’lim tizimi maxsus dasturlar bilan yanada to‘l 
dirildi, rivojlantirildi. SHu yillar davomida ko‘zda tutilgan ishlar amalga oshirildi 
va oshirilmoqda. 
Har bir yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda bulajak kadrni quvvatini tuliq mus 
tahkamlash, uning kasbiy faoliyat ta’minotini ta’minlash uchun mutaxasislik fan 
lari o‘qitiladi. “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida 
qo‘yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish yuqori malakali kadrlar tayyor 
laydigan oliy ta’lim tizimi uchun majburiyat va yullanma hisoblanadi. Aynan, unda 
ta’kidlanganidek,bulajak mutaxasislarini kelajakda olib boradigan kasbiy faoliyati 
zamon talabiga javob berishi lozim. Buning uchun tayyorlanayotgan bulajak kadr 
larning har bir yunalishda mutaxasislik fanlarini o‘qitish jarayonini amaliy savi 
yasini oshirish bugungi kunda dolzarb xarakter kasb etadi. Jumladan, bulajak 
texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda yunalish buyicha barcha mutaxas 
sislik fanlarini o‘qitishni yangi ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari aso 
sida amaliy saviyasini oshirish talab qilinadi. SHu boisdan ham texnologiya ta’limi 
yunalishi buyicha magistrlarga o‘qitishga muljallangan «Mutaxassislik fanlarini 
o‘qitish metodikasi»fani ham “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” va Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturida qo‘yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshishida muhim ahami 
yat kasb etadi. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti