9-Variant Sinfdan tashqari ishlarning turlari



Download 28,2 Kb.
bet1/4
Sana04.03.2022
Hajmi28,2 Kb.
#482565
  1   2   3   4
Bog'liq
9 variant boshlangich sinflarda


9-Variant
1.Sinfdan tashqari ishlarning turlari
Sinfdai tashqari ishlar turli tadbirlar tarzida tashkil etiladi. Ulardan muhimlari — geografik adabiyotlarni o’qish, geografik mazmundagi axborot (doklad tarzida) berish, navbatchi karta tashkil etish, devoriy gazeta chiqarish,

maxsus fotoalьbomlar tayyorlash, geografik kecha va konferensiyalar o’tkazish, geografik o’yinlar tashkil etish, kartada tasvirli sayohat qilish, geografik olimpiadalar o’tkazish,. ko’rgazmalar tashkil etish, kinolar ko’rsatish, ekskursiya va sayohatlar uyushtirish, ijtimoiy foydali mehnatlarni tashkil etish va h. k.

Sinfdan tashqari vaqtda olib boriladigan tadbirlar mazmuniga, mahalliy sharoitga, o’quvchilarning yosh xususiyati va qiziqishlariga qarab olib boriladi.

Bu sxema sinfdan tashqari vaqtlarda olib boriladigan, amaldagi ish turlarini o’z ichiga oladigan namunadir. Sinfdan tashqari ishlarni sxemada ko’rsatilmagan boshqa turlaridan ham foydalanish, shuningdek bo’limlarniig ba’zilarini birlashtirish yoki ba’zilarini alohida bo’limlarga bo’lish ham mumkin. Sinfdan tashqari ishlardagi hamma tadbirlar

S i n f d a n geografiya to’garagi yoki o’quvchilarning ilmiy jamiyatida tashkil etiladi.

Geografiya to’garagi. Sinfdan tashkaridagi har qanday ishlariing ko’pchiligi to’garakda olib boriladi.

To’garak ishi odatda sinfdan tashqari bironta ayrim tadbirni amalga oshirish bilan ham vujudga keladi. Masalai, qiziqarli o’tkazilgan xar bir ekskursiya, doklad, geografik adabiyotlardan parcha o’qish va boshka tadbirlar geografiya to’garagining boshlanishiga asos bo’lishi mumkin.

To’garak ishini x^atto 8—10 kishi bilan ham boshlash mumkin. To’garakning raxbari, kotibi bo’ladi. To’garak a’zolariьshng har biri o’z kobiliyatiga yarasha o’zi qiziqqan ish bilan shug’ullanishi kerak. To’garak ishida o’qituvchi asosiy maslahatchidir. U darsni shunday tashkil qilishi kerakki, geografiya to’garagiga qiziqish dars jarayonidayoq boshlanib, keyinchalik o’quvchi o’z xohishi bilan bu to’garakka qatnashadigan bo’lsin.

Geografik yangiliklar va navbatchi karta. Maktab o’quvchilari kundalik xalqaro ahvol masalalariga, dunyoda ro’y berayotgan voqealarga (suv toshqinlari, zilzilalar), kosmosni zabt etishda erishilayotgan muvaffaqiyatlarga va boshqa shu kabi masalalarga juda qiziqib qaraydilar hamda ularni qunt bilan kuzatadilar. Ularning beg’araz yordami bilan xorijiy mamlakatlarda olib borilayotgan kurilishlarni, mamlakatlarning xalq xo’jaligidagi yutuqlarini, O’zbekistonda besh yillik planlarda ko’zda tutilgan ulkan qurilishlarni bilishga ayniqsa qiziqib qaraydilar.

O’quvchilarning bu qiziqishlarini maktabda tashkil etilgan «Olamda nima gap?» va «Navbatchi karta» yordamida qondirish mumkin.

Maktabdagi «Olamda nima gap?» degan suhbat haftada bir marotaba, geografiya o’qituvchisi raxbarligida yuqori sinf o’quvchilari ishtirokida o’tkaziladi. Muhim masalalar bo’lsa, o’qituvchining o’zi o’tkazadi, ba’zi bir voqealar bo’lsa, alohida belgilab qo’yilgan o’quvchilar tayyorlanadilar. Masalan, bir o’quvchi xorijiy mamlakatlardagi yangiliklarni, ikkinchi o’quvchi S dagi yangiliklarni gazeta va jurnal materiallaridan foydalanib gapirib beradi.

Geografik yangiliklarni yoritib borishda navbatchi karta ayniqsa katta ahamiyatga ega. O’quvchilar navbatchi kartada kundalik voqea va yangiliklarni belgilab boradilar. Bu dunyoda ro’y berayotgan hodisalarni, yangiliklarni qaysi materikda ekanligini darhol tasavvur qila olishga, kartada belgilangan fakt va hodisalarga geografik nuqtai nazardan yondashishta o’rgatadi.

Bunday ishlar o’quvchilarning geografik bilimlarini kengaytirishda, ularni siyosiyg’oyaviy jihatdan tarbiyalashda katta rolь o’ynaydi.

O’lkani o’rganish. Sinfdan tashqari olib boriladigan ishlarda o’z o’lkasini o’rganish muhim o’rin tutadi. Ulkani o’rganishning vazifasi o’z o’lkasining tabiatini, aholining turmushi, madaniyati va faoliyatini o’rganishdir. Maktabda geografiyadan olib boriladigan o’lkashunoslik ishlari o’z o’lkasining boyliklarini aniqlash, tabiat hodisalarini kuzatish, turli ob’ektlarga ekskursiyalar uyushtirish, kolleksiyalar va gerbariylar yig’ishdan iborat bo’ladi. Ulkashunoslik ishlarini bajarishda (masalan, meteorologik asboblar bilan ishlashda) o’quvchilarda bir kancha ko’nikma va malakalar hisol bo’ladi.

O’quvchilar keng ko’lamda va sistemali ravishda astronomik, meteorolik va fenologik kuzatishni sinfdan tashqari vaqtdagina olib bora oladilar.

Maktab atrofining relьefini o’rganish maqsadida V—VIII sinf o’quvchilari bilan ekskursiya uyushtiriladi. Masalan, ekskursiyalarda o’quvchilar jarliklarning hosil bo’lishi, kattaligi, uning kengayishini oldini olishga qaratilgan choralar bilan tanishib chiqishlari mumkin. SHuningdek o’quvchilar maktab atrofidagi oqar suvlar, ularning hosil bo’lishi, suvdan qanday maqsadlar uchun foydalanilishi bilan ham tanishadilar. Ekskursiya vaqtida to’plangan materiallar o’lkashunoslik burchagini tashkil etishga va uni boyitishga yordam beradi.

Geografiyaga doir kerakli o’quv qurollari tayyorlash va ularni remont qilib turish sinfdan tashqari olib boriladigan ishlarda muhim o’rin tutadi. O’quvchilar biroi narsani ijod qilish va buzilgan o’quv qurollarini tuzatish ishlarini yaxshi ko’radilar, shuning uchun o’quv qurollarini yasash o’quvchilarning eng qiziqarli mashg’ulotlaridan biridir. Ukuvchilar to’garakda turli kartasxemalar, modellar va asboblar yasashlari, geografiya maydonchasidagi ba’zi asboblarni tayyorlashlari mumkin. O’quvchilar yasagan turli o’quv qurollaridan dars va darsdan tashqi vaqtlarda foydalaniladi.

Geografiya kechalari o’tkazish. Geografiya kechalari ma’lum dastur asosida o’tkazilishi mumkin. YAxshi o’tkazilgan kecha o’quvchilarning uzoq vaqtgacha xotirasida qoladi. Maktabda o’tkaziladigan kechalar faqat geografiya faniga oid bo’lmay, balki tarix va adabiy kechalar bilan ham birgalikda o’tkazilishi mumkin.

Geografiya kechalarining ahamiyati shundaki, u kechani tashkil etuvchilarining ish natijalarini namoyish qiladi va ko’pchilik o’quvchilarni o’ziga jalb etadi. Geografiya kechalariiing mazmuni turlicha: muhim geografik voqealarga, ko’zga ko’ringan geografolimlarga va o’lka tabiatini o’rganishga bag’ishlangan bo’lishi mumkin. Masalan, «O’rta osiyolik sayyohlar», «Geografiya faniga hissa qo’shgan o’zbek geografolimlari», «O’zbekiston shaharlari», «Afrixa uyg’onmoqda», «Bizning Vatakimiz» kabi temalarda o’tkazilishi mumkin.» O’quvchilarning ilmiy jamiyati. O’quvchilarning ilmiy jamiyati (UIJ) geografiya to’garagida vujudga kyoladi. Keyinchalik alohida tashkilot bo’lib ajralib chiqishi mumkin. UIJ bajaradigan ishlari, tadbirlarining saviyasi jihatidan to’garakdan yuqori pog’onaga ko’tarila oladi.

UIJ ga geografiya o’qituvchisidan tashqari aktiv otaonalar, olimlar, oliy o’quv yurtlarining studentlari, boshqa fan o’qituvchilari va yuqori sinf o’quvchilari ham hamkorlik qilishlari mumkin.

UIJ ning asosiy maksadi — a’zolarning fanga va ilmiy tadqiqotlarga bo’lgan qiziqishlarini o’stirish, er sharidagi ob’ekt va hodisalarni, o’z o’lkasini mukammalroq o’rganish, turli ish usullariga oid tegishli amaliy ko’nikma va malakalar hosil qilishdan iborat.

Jamiyat a’zolarining ishi mazmuniga ko’ra quyidagicha bo’lishi mumkin:

a) jahondagi, O’zbekistondagi muhim voqealar,
shuningdek fan, texnika sohasida erishilayotgan yutuqlar bi
lan o’quvchilarii xabardor qilib borish;

b) ilmiyommabop va badiiy adabiyotlar o’qish, ilmiy


ommabop kinofilьmlarni ko’rish, ularning mazmunini tahlil
qilishga o’rgatish;v) sayohat, ekskursiyalarga chiqish;

g) o’rta osiyolik sayyoh va geograflar hayoti va geografik


faoliyati bilan tanishish;

d) jamiyat a’zolarining tadqiqot va kuzatishlari nati


jasiga bag’ishlangan qiziqarli kecha va konferensiyalar o’tkazish.Jamiyatning bo’lim (seksiya)lari bo’ladi, bu bo’limlar o’kuvchilarning kiziqishlari va yosh xususiyatlariga qarab tuziladi,

Maktablarda tashkil etiladigan UIJ ning o’z nomi va shartli belgisi (emblemasi) bo’lishi maksadg.a muvofikdir. UIJ Beruniy, Ulug’bek yoki Bobur iomlari bilan yuritilishi mumkin.

Xar bir UIJ niig o’z «a’zolik bileti» bo’lishi, buni o’quvchilarning o’zlari tayyorlashlari mumkin.

Jamiyatning umumiy yig’ilishi har chorakda bir marotabag bo’limlarining yig’ilishi esa har oyda bir marotaba tashkil etiladi. Bo’limlarining yigilishida — raisning axboroti,. a’zolarning dokladlari, kuzatish, tadkikot va sayohat natijalari tinglanadi.



Download 28,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish