9-mavzu. Firma va uning tashkiliy-iqtisodiy asoslari



Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana17.09.2021
Hajmi0.53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Korporasiya  biznesni  mulk  egalaridan  aajratilgan  tashkiliy-huquqiy  shakli 

hisoblanadi. Korporasiya (aksiyadorlar jamiyati) ishtirokchilari  uning majburiyatlari 

bo`yicha  javob  bermaydilar  va  korporasiya  faoliyati  bilan  bog`liq  zarar  uchun 

o`zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar bo`ladilar. Korporasiya uning 

mulkdorlaridan alohida yuridik shaxs maqomidagi firma hisoblanadi. 

Korporasiya - mulkiy paylarga (aksiyalarga) asoslangan firmadir. Korporasiya 

aksiyalarini xarid qilgan shaxslar uning mulkdorlari sanaladi.  Korporasiya  -  mulk 

egalaridan  birining  (bir  nechtasining)  o`limi  yoki  aksiyalarini  sotishi,  yangi 

aksiyadorlarning vujudga kelishi korporasiya faoliyatining to`xtashiga olib kelmaydi. 

Agar  aksiya  egalariga  korporasiya  yuritayotgan  siyosat  yoqmasa,  u  o`ziga  tegishli 

bo`lgan  aksiyani  istagan  ochiq  bozorda  boshqa  shaxslarga  sotishi  mumkin,  ammo 

kompaniya tugatilmaydi.  

Korporasiyaning  mulki  uning  aksiyadorlari  o`rtasida  aksiyalar  ko`rinishida 

taqsimlangan.  Korporasiyaning  foydasi  uning  aksiyadorlari  o`rtasida  dividend 

ko`rinishida  taqsimlanishi  yoki  korporasiyani  rivojlantirish  uchun  taqsimlanmagan 

foyda ko`rinishida qoldirilishi mumkin. 

Korporasiyaning afzalliklari: 

-  korporasiya  biznesni  tashkil  etishning  ancha  mukammal  shakli  bo`lib, 

yirikligi va faoliyat doirasining kengligi bilan xarakterlanadi; 

-  korporasiyalar  qimmatli  qog`ozlar  bozorida  aksiya  va  obligasiyalarini  sotish 

orqali  ko`plab  uy  xo`jaligi  egalarining  mablag`larini  jamlash  va  ishlab  chiqarishni 

kengaytirishga sarflash imkoniyatiga ega bo`ladilar; 

-  korporasiya  uchun  cheklangan  javobgarlik  xosdir,  ya'ni  uning  mulkdorlari 

(aksiyadorlar)  faqatgina  sotib  olingan  aksiyalar  qiymatiga  mos  bo`lgan    miqdorda 

tavakkalchilik  qiladilar  (kreditorlar  korporasiya  mulkdorlari  shaxsiy  mulkiga  emas, 

yuridik shaxs sifatida korporasiyaning o`z mulkiga da'vo qo`zg`atishi mumkin); 




-  korporasiya  hajmining  kattaligi  inson  resurslaridan  foydalanishda  chuqur 

ixtisoslashuvni ta'minlash va ko`proq samaradorlikka erishishga yo`l ochadi; 

-  korporasiya  mulkdorlardan  alohida  yuridik  shaxs  bo`lgani  sababli 

mulkdorlardan biri yoki bir nechtasi aksiyalarini sotish orqali firmadan chiqishi uning 

faoliyatiga ta'sir ko`rsatmaydi,  shu tufayli u barqaror rivojlanish xususiyatiga ega. 

 


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat