9-mavzu. Firma va uning tashkiliy-iqtisodiy asoslari



Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana17.09.2021
Hajmi0.53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Hamkorlik  biznesni  tashkil  etishning  yakka  tadbirkorlikka  nisbatan 

mukammalroq shakli hisoblanadi. Hamkorlikda ikki yoki undan ortiq sheriklar firma 

tashkil etish va uni birgalikda boshqarishga kelishib oladilar. Bunda ular firmani ta'sis 

etish jarayonida o`zlarining moliyaviy mablag`larini va ishbilarmonlik qobiliyatlarini 

ham birlashtiradilar. Shu bilan birga biznesni yuritish bilan bog`liq tadbirkorlik xatari 

hamda  foyda yoki  zararlarni o`zaro taqsimlaydilar. 

 

Firma  faoliyatida  ishtirok  etishiga  ko`ra,  hamkorlar  turlicha  mavqega  ega 



bo`ladi.  Ayrim  hollarda  hamma  sheriklar  biznesni  boshqarishda  birdek  faol  ishtirok 

etishsa,  boshqa  holatlarda  bir  nechta  sheriklar  boshqaruvda  ishtirok  etmasligi 

mumkin (masalan, kommandit shirkatda).  

Hamkorlikning afzalliklari: 

 

 

-  yakka  tadbirkorlikdagi  kabi  hamkorlikdagi  biznesni  tashkil  etish  ham 



birmuncha oson kechadi;  

 

 



 

 

-  ishtirokchilar  sonining  ko`pligi  boshqaruvda  ixtisoslashuv  imkoniyatini 



yaratadi; 

 

 



 

 

 



 


-  bir  nechta  sheriklarning  resurslarini  birlashtirish  oqibatida  firmaning 

moliyaviy  barqarorligi  kuchayadi  va  kredit  beruvchi  muassasalardan  qarzga 

mablag`lar jalb etish imkoniyati kengayadi. 

Nuqsonlari: 

-  firmani  boshqarishda  bir  nechta  kishi  ishtirok  etganda  boshqaruv  qarorlari 

qabul  qilishda  fikrlar  va  manfaatlarning  mos  kelmasligi,  o`zaro  kelishmovchiliklar 

hamda ayrim sheriklarning mas'uliyatsizligi biznesning muvaffaqiyatli rivojlanishiga 

xalaqit qilishi mumkin; 

-  garchi  yakka  mulk  egaligiga  nisbatan  moliyaviy  imkoniyatlar  kengroq 

bo`lsada,  biznes  doirasini  kengaytirish  va  yirik  loyi?alarni  amalga  oshirish  uchun 

mablag` yetishmasligi mumkin; 

-  hamkorlikning  davomiyligini  oldindan  bashorat  etib  bo`lmaydi,  bir  yoki  bir 

nechta  sherikning  biznesdan  chiqishi  firma  faoliyatini  tugashiga  olib  kelishi  yoki 

unga salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin; 

- hamkorlikda biror bir sherikning uquvsizligi yoki mas'uliyatsizligi natijasida 

ko`rilgan zarar uchun barcha sheriklar birdek moddiy javobgar bo`ladi. 




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat