8. Tenglamalar oʻquvchilarga doskada bajartiriladi



Download 63 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi63 Kb.
#679774
Bog'liq
barakayev


8. Tenglamalar oʻquvchilarga doskada bajartiriladi.
9. Berilgan sonlardan foydalanib qoʻshish va ayirishga doir misollar doskada oʻquvchilariga tuzditiladi.
10. Berilgan tengliklarning toʻgʻri boʻlishi uchun qavslarni toʻgʻri qoʻyish mashq qilinadi.
IV. Darsni yakunlash va baholash.
Darsga xulosa yasaladi. Darsda faol ishtirok etgan oʻquvchilar ragʻbatlantirib baholandi.
Uyga vazifa: 1-misollar va 2-masalalarni yechish.
39-mavzu. Mustahkamlash.
Darsning maqsadi:
- koʻpxonali sonlarni qoʻshish va ayirishning ustun usuliga oid bilim va koʻnikmalarni mustahkamlash;
- qoʻshish va ayirishga doir misol va masalalar yechish malakalarini rivojlantirish.
I. Tashkiliy qism.
II. Darsga hozirlik koʻrish.
Darsning maqsadi aytib oʻtiladi.
III. Dars tafsilotlari.
Darslikdagi misol va masalalarni yechish boʻyicha sharhlar:
1. Misollarni doskada oʻquvchilar yechadilar.
Berilgan namunalardagi yechilgan qoʻshish va ayirishga doir misollarni tushuntirib berish oʻquvchilardan soʻraladi. Keyin oʻqituvchining oʻzi oʻquvchilarning javoblarini toʻldirib umumlashtiradi. Oʻquvchilarga yigʻindidan qoʻshiluvchilarning biri ayrilganda ikkinchi qoʻshiluvchining hosil boʻlishi, agar ayirmaga ayriluvchi qoʻshilganda kamayuvchi hosil boʻlsa ayirish toʻgʻri bajarilgan boʻlishi haqida tushuncha beriladi.
2. Berilgan misollar doskada oʻquvchilarga bajartiriladi va toʻgʻriligi tekshiriladi.
3. Tengliklarning toʻgʻriligini tushuntirish oʻquvchilarning oʻzlariga bajartiriladi.
4. Berilgan sonlardan foydalanib ifodalar tuzditiladi. Natijalar tekshirtiriladi.
5. Berilgan tengliklar va tensizliklarning tek yoki notoʻgʻriligini tekshirish oʻquvchilarning oʻzlariga mustaqil bajartiriladi.
6. Berilgan masala matni bir oʻquvchiga oʻqitiladi. Masala mazmuni yuzasidan suhbat oʻtkaziladi. Masalani bir oʻquvchi doskada yechadi.
7. Masala bor oʻquvchiga oʻqitilib masala mazmuni yuzasidan savol-javob oʻtkaziladi.
IV. Darsni yakunlash va baholash.
Darsdan xulosa yasaladi. Darsda faol qatnashgan oʻquvchilar ragʻbatlantirilib baholanadi.
Uyga vazifa: 1-misollar va 2-misollarni yechish.

40-mavzu. Tenglamalar.


Nomaʼlum qoʻshiluvchini topish.
Darsning maqsadi:
- nomaʼlum qoʻshiluvchini topish haqida tushuncha berish;
- oʻquvchilarning masalalarni tenglamalar tuzib yechish malakalarini mustahkamlash;
- oʻtilgan mavzularni takrorlashga doir bilimlarni takrorlash.
I. Tashkiliy qism.
II. Darsga hozirlik koʻrish.
Darsning maqsadi aytib oʻtiladi.
III. Dars tafsilotlari.
Darslikdagi misol va masalalarni yechish boʻyicha sharhlar:
1. Misollar bir oʻquvchiga doskada bajartiriladi.
Berilgan tenglamaning yechimi va nomaʼlum qoʻshiluvchini topish qoidasi haqida oʻquvchilarga tushuncha beriladi.
2. Berilgan tenglamalar doskada oʻquvchilarga yechtiriladi. Yechilgan tenglamalar qanday yechilganini tushuntirib berish soʻraladi.
3. Topshiriq quyidagicha ifodalar tuzib yechiladi.
4. Berilgan sonlar ishtirokida topshiriq tenglama tuzib yechiladi.
5. Oʻquvchilarga boʻsh katakchalarga mos sonlarni yozib chiqish mustaqil ish tarzida bajartiriladi.
6. Bu topshiriq oʻquvchilarga amaliy ish sifatida bajartiriladi. Oʻqituvchi oʻquvchilarning ishlarini nazorat qilib boradi.
Oʻquvchilar katakli daftarga boʻyi 7 sm va eni 6 sm boʻlgan toʻgʻri toʻrtburchak chizdilar.
Toʻrtburchak perimetri
Bu toʻrtburchak ichidagi katakchalar 168 ta ekani aniqlanadi.
7. Berilgan misollar oʻquvchilarga navbat bilan yechtiriladi.
8. Chizmada izlanayotgan kesmalar OK va BK kesmalari ekanligi aniqlanadi. OK kesma toʻgʻri toʻrtburchakni 2 ta toʻrtburchakka va BK kesma toʻrtburchakni toʻrtburchak va uchburchakka ajratadi.
IV. Darsni yakunlash va baholash.
Darsga xulosa yasaladi. Darsda faol qatnashgan oʻquvchilar ragʻbatlantirilib baholanadi.
Uyga vazifa: 1-tenglamalar va 2- misollarni yechish.

41-mavzu. Tenglamalar.


Nomaʼlum kamayuvchini topish.
Darsning maqsadi:
- nomaʼlum kamayuvchini qatnashgan tenglamalarni yechishda qoidalarni bilish;
- masalalarni tenglamalar tuzib yechish malakalarini rivojlantirish.
I. Tashkiliy qism.
II. Darsga hozirlik koʻrish.
III. Dars tafsilotlari:
Oʻqituvchi quyidagi sodda tenglamani doskada yozib, yechilishini tushuntiradi.
(qanday sondan 35 ni ayirsak 62 hosil boʻladi)
Shundan soʻng darslik bilan ishlanadi.
Darslikdagi misol va masalalarni yechish boʻyicha sharhlar.
1. Darslikda berilgan jadval toʻldiriladi. Oʻqituvchi bitta topshiriqni namuna sifatida yechib koʻrsatadi. Qolgan topshiriqlar doskada oʻquvchilarga bajartiriladi.
a)
b) Ikkinchi jadval ham xuddi shunday tartibda toʻldiriladi.
Nomaʼlum kamayuvchini topish uchun ayirmaga ayriluvchini qoʻshish kerakligi oʻquvchilarga tushuntiriladi.
Namuna:
Kamayuvchi:
Ayriluvchi:
Ayirma:
Yechish:
Tekshirish:
2. Berilgan tenglamalar oʻquvchilarga doskada bajartiriladi.
3. Tenglamalar oʻquvchilarga doskada bajartiriladi.
4. Nomaʼlum son 340 taga kamaytirilib, 790 hosil qilinadi. Nomaʼlum sonni toping.
Masala shartiga koʻra oʻquvchilar bilan birga tenglama tuziladi va uni bir oʻquvchi doskada bajaradi.
5. Masala matni oʻquvchilarga oʻqitiladi. Oʻquvchilarning oʻzlariga tenglamani tuzish topshiriladi. Topshiqni toʻgʻri bajargan oʻquvchilar ragʻbatlantiriladi. Keyin bir oʻquvchi tenglamani doskada bajaradi.
6. Topshiqda berilgan tenglamalar oʻquvchilarga doskada bajartiriladi.
7. Chizmada berilgan uchburchaklar nechta ekanligini oʻquvchilar bilan birgalikda aniqlanadi. Uchi D nuqtada boʻlgan DAF, DBF, DBE uchburchaklarning nomlarini daftarlariga yozadilar.
8. Berilgan misollarni oʻquvchilar ustun shaklida yozib, doskada yechadilar.
IV. Darsni yakunlash va baholash.
Darsga xulosa yasaladi. Darsda faol qatnashgan oʻquvchilar ragʻbatlantirilib baholanadi.
Uyga vazifa: 1- mashqda berilgan tenglamalar va 2- topshiriqda berilgan misollarni yechish.
42-mavzu. Tenglamalar yechish.
Darsning maqsadi:
- nomaʼlum qoʻshiluvchi, nomaʼlum ayriluvchi va nomaʼlum kamayuvchini topish qoidalarini bilish;
- masalalarni tenglamalar tuzish yordamida yechish malakasini mustahkamlash.
I. Tashkiliy qism.
II. Darsga hozirlik koʻrish.
Darsning maqsadi aytib oʻtiladi.
III. Dars tafsilotlari.
Oʻqituvchi quyidagi sodda tenglamani doskada yechib, tushuntirib beradi.
Shundan soʻng oldingi darslarda yechilgan tenglamalarga asosan darslikda berilgan tenglamalar oʻquvchilarga yechtiriladi.
Darslikdagi misol va masalalargani yechish boʻyicha sharhlar.
1. Darslikda berilgan tenglamalar oʻquvchilarga doskada bajartiriladi.
2. Berilgan masala matni bir oʻquvchiga oʻqitiladi. Masala mazmuni yuzasidan suhbat oʻtkaziladi. Keyin oʻqituvchi rahbarligida bir oʻquvchi masalani doskada yechiladi.
3. Berilgan topshiriqda yulduzchalar oʻrniga katta, kichik yoki teng belgilari dan mosini qoʻyish aytilgan. Topshiqni bajarishdan oldin oʻquvchilarga sonlarni taqqoslash qoidalari eslatiladi. Keyin mashq oʻquvchilarga doskada bajartiriladi.
4. Berilgan misollarni yozma qoʻshish va ayirishga ustun usulida bajarish qoidalari oʻquvchilarga misollar ustun usulida bajarish qoidalari oʻquvchilarga eslatiladi. Shundan soʻng oʻquvchilarga misollar ustun usulida doskada bajartiriladi.
5. Tomonlarining uzunligi 40 mm va 50 mm boʻlgan toʻgʻri toʻrtburchakni oʻquvchilar daftarlariga chizadilar. Uning perimetrini bir oʻquvchi doskada hisoblab topadi.
6. Berilgan sonlar yordamida uchtadan toʻrt xonali, besh besh xonali sonlarni oʻquvchilarga doskada yozdiriladi.

Bu sonlarda 8 soni yozilish oʻrniga qarab nimani anglatishi haqida suhbat oʻtkaziladi.


7. Berilgan jadval doskada oʻquvchilarga toʻldiritiriladi.
8. Berilgan misollardan sonlarni bir xonali songa boʻlish va ularni tekshirishdan oldin sonlarni bir xonali songa qoldiqli boʻlish va natijani tekshirish qoidalari oʻquvchilarga eslatiladi.
Misollarning yechilishini tekshirishda boʻlinma boʻluvchiga koʻpaytirilib, natijaga qoldiq qoʻshiladi.
IV. Darsni yakunlash va baholash.
Darsga xulosa yasaladi. Darsda faol ishtirok etgan oʻquvchilar ragʻbatlantirib baholanadi.
Uyga vazifa: 1- tenglamalar va 2- masalalarni yechish.

43- mavzu. Uzunlik oʻlchov birliklari.

Darsning maqsadi:
- uzunlik oʻlchov birliklarini esga olish;
- uzunlik oʻlchov birliklaridan birini boshqasi orqali ifoda eta olish koʻnikmalarini mustahkamlash;
- uzunlik oʻlchov birliklariga oid misol va masalalarni yecha olish malakalarini rivojlantirish.
I. Tashkiliy qism.
II. Darsga hozirlik koʻrish.
Darsning maqsadi aytib oʻtiladi. Oʻqituvchi oldindan tayyorlangan quyidagi koʻrgazmali qurolni va chizish , metr kabi uzunlik oʻlchash asboblarini olib keladi
III. Darsning tafsirlari
Darsda uzunlik oʻlchov birliklari tasvirlangan koʻrgazmali qurollardan foydalanish oʻrinli boʻladi.
Darslikdagi misol va masalalarni yechish boʻyicha sharhlar:
1. Oʻquvchilardan oʻzlari bilgan uzunlik oʻlchov birliklarini tartib bilan, kichigidan kattasiga qarab aytib berish soʻraladi,

Shundan soʻng oʻquvchilarga uzunlik oʻlchov birliklari tushuntiriladi.


2.Quyidagi savollarga oʻquvchilardan javob olinadi.
a)1 metr 1 santimetrdan necha marta katta ?
b)1mm1 santimetrdan necha marta kichik?
d) 1 kilometr 1 metrdan necha marta katta?
e) 1 dm 1 metrdan necha marta kichik?
f) 1 dm, 1 sm, 1 mm 1 metrning qanday qismini tashkil etadi?
3. Oʻquvchilarga mustaqil 3 xil uzunlikda 3 ta kesma chizish topshiriladi. Keyin chizgan kesmalarini oʻlchab uzunliklari yozdiriladi.
4. Darslikda berilgan kichik harflar bilan sonlar sonlarning balandligi oʻlchab taqqoslanadi. Qaysi biri qancha baland, yoki pastligi aniqlanadi.
5. Uzunligi 12 m boʻlgan simdan hech qanday oʻlchov asboblarini ishlatmasdan 9 m simni qirqib olish mumkinligi oʻquvchilar bilan savol- javob orqali ogʻzaki bajartiriladi.
6. Uzunlik oʻlchov birliklarini taqqoslash oʻquvchilarga navbatma-navbat doskada bajartiriladi.
7. Betilgan misollarni oʻquvchilar doskada bajartiriladi.
8. Darslikda berilgan 4 ta tenglamani bir- ikkitasi doskada yechiladi. 3 va 4 tenglamalarni oʻquvchilar mustaqil bajaradilar. Tenglamalarni toʻgʻri yechgan oʻquvchilar ragʻbatlantiriladi.
IV. Darsni yakunlash va baholash.
Darsga xulosa yasaladi. Darsda faol qatnashgan oʻquvchilar ragʻbatlantirilib baholanadi.
Uyga vazifa: 1- tenglamalar va 2- masalalarni yechish.

44- mavzu. Uzunlik oʻlchov birliklari.


Dars maqsadi:
- uzunlik oʻlchov birliklarining birini ikkinchisi bilan ifoda eta olish malaka va koʻnikmalarini rivojlantirish;
- uzunlik oʻlchov birliklariga oid masala va misollar yechish malakalarini rivojlantirish.
I. Tashkiliy qism.
II. Darsga hozirlik koʻrish.
Darsning maqsadi aytib oʻtiladi.
III. Dars tafsilotlari.
Darslikda berilgan namuna oʻquvchilarga tushuntirib beriladi.
Darslikdagi misol va masalalarni yechish boʻyicha sharhlar:

1. Topshiriq


ifodalash kerakligi aytilgan. Topshiriqni oʻquvchilar doskada bajaradilar.

2. Berilgan toʻgʻri toʻrtburchak, beshburchak va oltiburchakning tomonlari uzunliklarini millimetrda oʻlchash va perimetrlarini topish oʻquvchilarga mustaqil bajartiriladi.


3. Mashqda berilgan uzunliklarni taqqoslashni oʻquvchilar doskada bajaradilar.
4. Berilgan masala bir oʻquvchiga oʻqitiladi. Masala mazmuni tahlil qilinadi. Keyin bir oʻquvchi masalani doskada yechadi.

5. Millimetrda berilgan uzunliklar santimetrda ifodalanadi. Topshiqni bir oʻquvchi doskada bajaradi.


6Topwiriqda berilgan topshiriqlar xona qo'shuluvchilarining yig'indisi ko'rinishida ifodalash oʻquvchilarga doskada bajartiriladi.IVdarsni yakunlash va boshlash darsga xulosa yasaladi darsda faol ishtirok etgan oʻquvchilar ragʻbatlantirilib baxolanadi uyga vazifa 1-va 2-midollarni yechish.
45-Mavzu:Massa oʻlchov birliklari.
Darsning maqsadi :
Massa oʻlchov birliklari haqidagi bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash
-massa oʻlchov birliklarining birini boshqasi orqali ifoda eta olish koʻnikmalarini rivojlantirish;
-massa oʻlchov birliklariga oid misol va masalalar yecha olish malakalarini mustahkamlash
I.Tashkiliy qism
II. Darsga hozirlik koʻrish
Darsning maqsadi aytib oʻtiladi.
III. Dars tafsilotlati
Oʻquvchilar eʼtibori doskada ilingan koʻrgazmaga qaratiladi. Oʻquvchilarga massaning asosiy birligi gramm ekanligi,qolgan birliklar uzunlik birliklari kabi bir biridan 10,100va 1000marta farq qilishi tushuntiriladi. Katta narsalarning ogʻirligi sentner va tonnalar bilan oʻlchanishi kichikroqlari gramm va kilogramlarda oʻlchanishi tushuntiriladi.
Suyuqliklar esa litr(L)larda oʻlchanish,i 1kg suvning massasi 1litrga teng ekanligi aytiladi. Darslikdagi misol va masalalarni yechish boʻyicha sharhlar:
1.Oʻquvchilardan oʻzlari bilgan massa birliklarining nomlarini soʻraladi.
2. Tasvirda oʻlchangan oshqovoq, qovun, olma va pamidorning massasi qancha ekani soʻraladi.
3. Berilgan massa birliklarini boshqa oʻlchov birliklariga almashtirish mashqlari oʻquvchilarga bajartiriladi.
4. Masala bir oʻquvchiga oʻqitiladi va masala mazmuniga doir suhbat oʻtkaziladi.
5. Mashqda berilgan sonlardan oʻquvchilarga ifodalar tuziladi.
6. Berilgan tenglamalarni yechishdan oldin nomaʼlum qoʻshiluvchi, nomaʼlum kamayuvchi, nomaʼlum ayriluvchini topish qoidalari oʻquvchilarga eslatiladi.
7. Berilgan shaklning tomonlari uzunliklarini topshiriqni bir oʻquvchi doskada bajariladi.
Qolgan oʻquvchilar oʻz daftarlariga mustaqil bajaradilar. Topshiriq tahlil qilinib ustun usulida yechiladi.

IV. Darsni yakunlash va baholash.


Darsga xulosa yasaladi. Darsda faol qatnashgan oʻquvchilar ragʻbatlantirilib baholanadi.
Uyga vazifa: 1- masala va 2- misollarning toʻgʻriligini tekshirish.

46- mavzu. Massa oʻlchov birliklari.

Dars maqsadi:
- massa oʻlchov birliklarining birini boshqasi orqali ifoda eta olish malakalarini shakllantirish;
- massa oʻlchov birliklariga oid misol va masalalar yecha olish koʻnikmalarini mustahkamlash;
I. Tashkiliy qism.
II. Darsga hozirlik koʻrish.
III. Dars tafsilotlari.
Darsning maqsadi aytib oʻtiladi.
1. Topshiriqlar oʻquvchilarga bajartiriladi.
2. Misollar oʻquvchilarga navbat bilan yechtiriladi. Misollarni yechishdan oldin berilgan massa birliklari bir xil oʻlchamga keltirilishi oʻquvchilarga tushuntiriladi.
3. 100 kg oʻrik quritilib 40 kg turshak olinishi aytilgan. 5 sr 50 kg oʻrik quritilganda qancha turshak olinishi soʻralgan. Bir oʻquvchiga masala oʻqitiladi. Masala mazmuni yuzasidan suhbat oʻtkaziladi.
Oldin oʻrik massasi bir xil oʻlchamga keltiriladi.

4. Taqqoslash mashqlarini bajarishda birliklari bir xil oʻlchamga keltiriladi.

5. Mashqni oʻquvchilar mustaqil bajaradilar.
Oʻqituvchi nazorat qilib boradi.

6. Masala matni bir oʻquvchiga oʻqitiladi. Masala mazmuni yuzasidan oʻquvchilar bilan suhbat oʻtkaziladi.

7. Bu topshiriq bir oʻquvchiga doskada tenglama tuzib yechtiriladi.

8. Amallarni bajarishda toʻrt arifmetik amallar va qavslar ishtirok etgan misollarni yechishda ulatning bajarilishi haqida tushunchalar esga olinadi. Keyin misollar oʻquvchilarga doskada bajartiriladi.


IV. Darsni yakunlash va baholash.
Darsga xulosa yasaladi. Darsda faol qatnashgan oʻquvchilar ragʻbatlantirilib baholanadi.
Uyga vazifa: 1- masala va 2- misollarni yechish.


47- mavzu. Vaqt oʻlchov birliklari.
Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish