8-sinf Onatili I -chorak



Download 105,5 Kb.
Sana19.12.2019
Hajmi105,5 Kb.
#31116
Bog'liq
8-sinf-onatili-1-2-3-4-chorak


@ustozlar_uchun +99890 300-02-21 @rishton7

8-sinf Onatili I –chorak
1. Adabiy nutqda keng qo’llanuvchi uslub qaysi?

a) Baddiy uslub b) Ilmiy uslub

s) Rasmiy uslub d) publisistik uslub

2. Adabiy nutq me’yorlari haqidagi ta’rif qaysi qatorda?

a) Aloqa aralashuv vositasini bajaruvchi nutq me’yor hisoblanadi.

b) Rasmiy idoraviy usuldagi nutq me’yor hisoblanadi.

s) Til tovushlari so’z va qo’shimchalardan

d) Jonli so’zlashuv tili nutq me’yor hisoblanadi.

3. Qaysi hollarda modal so’zlar qo’llangan?

a) hoy evoh, eh b) taqur-tuqur, yalt-yult

s) ehtimol, shekilli shubhasiz d) qadar,agar,nahotki

4. Insho necha turda bo’ladi?

a) adabiy insho b) adabiy ijodiy insho

s) erkin insho d) barcha javoblar to’g’ri

5. Chiziqcha bilan ajratib yoziladigan yuklamalar qaysi?

a) mi, hatto,go’yoki b)axir,gina,faqat,naq

s) ku,da, a,ya d) dek, day, gina

6. Tilshunoslikning “Sintaksis” bo’limi nimani o’rgatadi?

a) so’zlarning o’zaro birikish yo’llarini

b) gap hosil qilishni

s) gaplarning qurilish xususiyatini

d) a,b,s, javoblar

7. Tilning ijtimoiy vazifasi to’liq berilgan qatorni toping?

a) fikrni shakllantirishdan iborat

b) fikrni bayon etishdan iborat

s) kishilar orasida asosiy aloqa vositasi

d) til boy ifoda vositalariga ega

8. Faqat moslashuv yo’li bilan hosil bo’lgan so’zlar birikmasi qaysi?

a) istiqlol shamoli, kuy bastalamoq

b) to’g’ri talafuz, adabiy til

s) bahor fasli, katta bog’

d) mahalla oqsoqoli shahrim shahrim ko’chalari

9.Barchasi bitishuv yo’li bilan hosil bo’lgan so’z birikmalarini aniqlang?

a) gul atri, tez yurmoq b) baxtli voqea, milly g’oya

s) yurt kezgan,shahar ko’chalari d) yurtim chiroyi, vatan ravnaqi

10. Boshqaruv yo’li bilan hosil bo’lgan so’z birikmalarini toping?

a) sevinch yoshlari, baland bino

b) kitobni o’qimoq, ga’yrat bilan ishlamoq

s) umidli yoshlar, sog’lom avlod

d) tong shamoli, musiqali ko’rsatuv

11. Tobe so’z hokim so’z bilan kelishik qo’shimchalari yordamida birikkan so’z birikmalari qaysi?

a) moviy osmon, zuhro yulduzi

b) tog’ cho’qqisi, kitob o’qimoq

s) yoqimli kuy, dala yumushlari

d) qiroat sa’nati, sa’nat g’unchalari

12. So’zlarning qanday birikuvi bitishuv deyiladi?

a) So’z birikmalari qo’shimchasiz, faqat ohang ma’nosiga ko’ra

b) Tushum, jo’nalish, o’rin-payt kelishigi va ko’makchilar yordamida

s) Tobe so’zning, hokim so’zga qaratqich va egalik qo’shimchalari yordamida

d) qo’shimchalar va so’z birikmalarda

13. Qaysi qatorda faqat so’z birikmalari berilgan?

a) ko’z yumdi, qovun tushirdi

b) qo’li gul, qo’li ochiq s) ichi qora,qo’li uzun

v) oltin vodiy, hayvonot olami

14. Tasviriy ifoda qaysi javobda berilgan?

a) Yurtimiz zangori olov zaxiralariga boy b) X.To’xtaboyev bolalar yozuvchisi

s) Mutoala –ma’naviyat poydevori

d) Besh asrkim nazmiysaroyni titratadi zanjirband bir sher

15. So’z birikmasi va qo’shma so’z berilgan qatorni toping?

a) boshog’riq, bosh og’rig’i b) oy shu’lasi, nafis gullar

s) yoqimli kuy, chaqqon bola d) tog’ cho’qqisi, qorli tog’lar

16.Gap berilgan qatorni aniqlang?

a) baland, bino, pok, niyat b) vijdoni pok, e’tiqodi kuchli.

s) zilol suv, mustaqil diyor. d) ma’naviy boylik, sadoqatli do’st

17. Ajratib ro’rsatilgan iboraning sinonimi qaysi

Ko’zi to’rt bo’lib yo’lga qaraydi



  1. mehr bilan

  2. diqqat bo’lib

  1. intizorlik bilan

  1. jahl bilan

18. Qaysi qatordagi so’z juftliklarini birlashtirish mumkin?

a) qiziqarli kitob, mening kitobim b) sharafli kasb, mashaqatli kasb

s) yo’l harakati yo’l boshi d) chiroyli yozuv, eski yozuv

19. Maqollarning qaysi biri shirinsuxanlik haqida

a) Bug’doy noning bo’lmasin bug’doy sozing bo’lsin

b) Mehnat mehnatning tagi roxat

s) Bir kunga xo’kiz o’lmas ikki kunga egasi bermas

d) Bilsa xazil bilmasa chin

20. Epigraf nima?

Javob:


21. Gapda nechta so’z birikmasi borligini aniqlang?

Katta sement ko’prik ustidan mashinalar tinimsiz o’tib turibdi

Javob:

22. Til birikmalarini sanab bering?



Javob:

23. Asliy sifatlarga namuna kektiring

Javob:

24. So’zlarning qanday birikuviga so’z birikmasi deyiladi?



Javob:

25 Rasmiy uslibga xos gap yozing

Javob:


S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

J

B

A

S

D

S

D

S

D

A

B

B

A

D

A

A

B

S

A

A

20.Inshoning mazmuniga mos keluvchi mashhur hikmatli so’z maqol ibora yoki baddiy parcha epigraf deyiladi.

21. Katta sement ko’prik ustidan mashinalar tinimsiz o’tib turibdi. Gapda 4 ta so’z birikmasi bor.

22. Til birliklari 5 ta 1) gap-til birligi, 2. so’z birikmasi – til birligi,3. so’z –til birligi, 4. tovush –til birligi 5. qo’shimcha til birligi

23. Radiodan yoqimli kuy taraldi

24. Ikki va undan ortiq mustaqil so’z gramatik va ma’no jihatdan birikib, so’z birikmasini hosil qiladi.

25. Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asari to’rt bobdan iborat.

II –chorak

1. Jahonda kitobdan yaxshiroq do’st yo’q. Ushbu gap ifoda maqsadga ko’ra qanday turi ?

a) Darak gap b) So’roq gap s) buyruq gap d) istak gap

2.His-hayajon gap berilgan qatorni toping?

a) Do’st bilan olam go’zal b) Hayo nimaligini bilasizmi

s) Axmoqqa gap uqtirib bo’lmas d) Onajon, Men sizni tug’ilgan kuningiz bilan tabriklayman

3. Undov gap ham deb nomlanuvchi gapni aniqlang?

a) his-hayajonsiz gaplar b) his-hayajon gaplar

s) soda gaplar d) qo’shma gaplar

4. Qaysi qatorda istak gap berilgan?

a) Yer yuzida yomonlar qolmadi b) Yer yuzida yomonlar hali ham bor

s) Yer yuzida yomonlarham bormi d) Qani endi yer yuzida yomonlar qolmasa

5. Gapda so’zlarning bog’lanishi qanday bo’ladi?

a) Teng va tobr bog’lanadi b) Faqat teng bog’lanadi

s) Faqat tobe bog’lanadi d) Bir-biri bilan bog’lanmaydi

6. Sodda gap qatorini aniqlang ?

a) Do’stlar to’planishdi va uzoq suhbatlashdik.

b) O’qish ham yaxshi, sinfdoshlari orasida obro’si ham yaxshi

s) Bizning ajdodlarimiz uzoq tarixiy taraqqiyot yo’llaridan o’tganlar

d) Yomg’ir tindi –yu, shamol to’xtamadi

7. Qo’shma gap berilgan qatorni toping?

a) Maktabimizda kompyuter xonalari ko’p

b) Ona tabiatni asraylik

s) Bug’doy unib chiqdi va sumalak sayli boshlandi

d) Bahorda yurtimizga turli ruman qushlar uchib keladi

8.Fel kesim qanday so’roqlarga javob bo’ladi?

a) nima qildi? Nima qilyapti?

b) kimdir? Nimadir?

s) Qayergadir? Qachondir?

d) nima qilyapti ? qani?

9. Ot kesimli gap qaysi javobda berilgan?

a) Sevimli shoirimiz Po’lat Mo’min yuksak qalb sohibidir

b) Aqlli o’zini ayiblaydi

s) Yaxshi topib gapiradi

d) Iboralar ham sinonim bo’ladi

10. Murakkab kesimli gap qatorni aniqlang?

a) Bog’da sayroqi qushlar tinmay chug’urlaydi

b) Ona tilimizni puxta o’zlashtirib olaylik

s) Jamiyat yuksak ma’naviy va axloqiy qadryatlarga tayanadi.

d) Ko’klam gullari gurkirab o’sadi

11.Gapni qanday bo’lajlari bor?

a) Bosh bo’lak ikkinchi darajali bo’lak.

b) gapning uyushiq bo’laklari

s) gapning tuzilishiga ko’ra turi

d) sodda gap, qo’shma gap

12.Sodda yig’iq gap qanday bo’laklardan iborat bo’ladi?

a) faqat ega va kesimdan iborat bo’ladi

b) ega kesimdan ham ortiq bo’ladi

s) egadan iborat bo’ladi

d) Kesimdan iborat bo’ladi

13.Fe’l kesim vazifasida kelgan gapni aniqlang?

a) Ko’p ko’rgan keksaning ishi ibratli

b) hayotda qoldirsa kim abadiy nom eng baxtli odam xulosasi kalom

s) Xisrav Dehlaviy isonparvarlik g’oyalari bilan asrlarga hamroh hamdamdir

d) Xisrav umrining oxirgio’ttiz yilini Dehlida o’tkazadi

14.Qo’shma so’zlar qaysi qatorda berilgan ?

a) Baland qo’rg’on, yangi kotob

b) boy ota oltin zirak

s) chuqur soy, sirli daryo

d) Uchqo’rg’on, chuqur soy

15. Ushbu gapning davomini toping? Shirin tilodamni ……… .

a) maqsadga yetaklaydi

b) baxtiyor qiladi

s) farovon qiladi

d) yaxshilikka yetaklaydi

16. Tobe so’z bilan hokim so’zni bog’lagan kelishik qo’shimchasi yashiringan so’z birikmasi qaysi

a) Moviy osmon, zuhro yulduz

b) Tog’ cho’qqisi, kitob o’qimoq

s) yoqimli kuch, dala yumushlari

d) razm solmoq, bahsga chorlamoq

17.Gapning mazmuniy markazini aniqlang?

a) ega gapning bosh bo’lagi.

b) kisim gapning mazmuniy markazi

s) to’ldiruvchi ikkinchi darajali bo’lak

18. Ega qanday so’roqlarga javob bo’ladi?

a) Kisim bilan bog’lanib kim? Nima ?

b) fe’lga bog’lanib qachon, qayer?

s) fe’lga bog’lanib kimga nimaga

d) Hokim bo’lakdan anglashilib qanday, qanaqa, so’rog’iga javob bo’ladi

19. Murakkab birikmalar berilgan qatorni aniqlang?

a) yoshlik yillari oltin dalalar

b) Mehr bilan parvarishlamoq

s) qo’li ochiq kishi puxta bilimli bola

d) shirmon yuz, buyuk mutaffakir

20. Izohlovchi ishtirok etgan gap yozing?

21. Atov gapga namuna keltiring?

22. Sodda gap tarkibida nechta kesim bo’ladi

23. Sodda yig’iq gapga namuna keltiring.

24. Sodda yoyiq gapga namuna keltiring?

25.His-hayajon gaplar ya’ni undov gapga namuna keltiring?


8-sinf 2-chorak

S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

J

A

D

B

D

A

S

S

A

A

B

A

A

D

D

A

B

B

A

S

20. Komilov professor o’z so’zining ustidan chiqdi.

21. Toshkent unversiteti Yoshligimning oltin davri shu dargohda o’tdi.

22. Sodda gap tarkibida bitta kesim bo’ladi

23. Dadamlar kirib keldi

24. Durdona darvozadan shoshilib kirib keldi.

25. Voy , qomatingdan onang o’rgilsin!

III-chorak

1.Ajratilgan hoi ishtirok etgan gap qaysi qatorda berilgan?

A. Ertalab Oynisa ayvondagi supada xo'ppa semiz to'shakni topillatib urib qoqayotganida, pochtalyon juvon

Oliyaxon qora charm sumkasini yelkasiga osganicha lipillab kirib keldi.

B. Qishda, dalada ish yo'q kezlarda, kitob o'qiydi. .

C. Hozircha uning, Komilovning, bajarishi lozim bo'lgan ish yo'q, dedi-da o'zini chetga oldi.

D.Jo'raxonga o'xshagan gavdali xotin - bilim yurtining mudirasi sinfga kirdi.



2. Ajratilgan aniqlovchi ishtirok etgan gap qatorini belgilang.

A. Yo'g'-a, unday demang, O'lmas aka, siz ham akam qatorisiz.

B. Boyagi yigitning, Avazning, qo'li gul ekan.

C. Kelgan kirn ekan? - bir oz isigach, shivirlab so'radi oqbola.

D.Chashmalar, buloqlar maftunman sizga.

3. Qaysi qatorda ajratilgan to'ldiruvchi qo'llangan?

A.Wynaga qarab allaqanday she'rni kuyga solib xirgoyi qilar edi.

B.Til va ko'ngil yaxshiroq a'zolardir.

C. O'rnida, vaqtida va sidqidildan aytilgan oddiygina so'z qudratli yengilmas kuchga aylanadi.

D. Feruza kecha-kunduz o'ylayman seni, mehribonimni.

4. Ta'kidni anglatuvchi kiritma ishtirok etgan gap qatorini ko'rsating.

A.Zap gaplarni aytasiz-da, Dildoraxon.

B. Xafa bo'lmang qizim! Ko'p yemasak, ozroq yermiz.

C.Yigirmanchi avgustda, albatta, Toshkentda bo'lishim kerak.

D.Til aloqa quroli, u vosita.

5. Kiritma ishtirok etgan gap qatorini belgilang.

A. Mayin esgan shamol ko'nglimizni chog qildi.

B. U birinchi semestrni «A'lo» bilan tugatdi (imtihon bittagina edi zachyotlarga esa baho qo'yilmaydi),

chetdan qaraganda hammasi yaxshi borayapti.

C. Nodiraxondan hamma minnatdor, albatta. D. Aftidan, u bizni ko'rmadi shekilli.

6. Undalmali gap qatorini belgilang.

A. Sevinganidan chapak chalib, entikib nafas oldi.

B. Zeboning yuzlaridagi oyday tiniq va quyoshday yorug' bu holat moddiy haqiqatlar qadarochiq ko'rinardi.

C. Shukur qiling. Sevining.

D. Chirog'im, qishloqni bir aylantirib kelaymi?

7. Moslashuv yo'li bilan birikkan so'z birikmalarini toping.

A.Adolatli hukm, mustaqil davlat. B. Hayotbaxsh kuylar, baxtli bolalik.

C. Kitob o'qimoq, diqqat bilan tinglamoq. D. Shahar ko'rki, bolalar shodligi.

8. Qaysi qatorda kelishikli boshqaruv mavjud?

A. Yonayotir quyuq ko'k tutun. B.O'zbekiston mustaqil davlat.



C. Gavhar undi ona tuproqdan, Qutlug' bo'ldi muazzam bu yer. D. Oddiylik daholik alomatidir.

9. Bitishuvli birikma qaysi qatorda berilgan?

A. Bahor havosi, hovli sathi. B. Uzoqdan ko'rinmoq, mashg'ulotga qatnamoq.


C. Ziyrak bola, puxta bilim. D. Sevimli shoir, dalada uchrashuv.

10. Qaysi gapda o'zgargan tartib ta'sirchanlikni yuzaga keltirgan?

A. Gavhar undi ona tuproqdan, Qutlug' bo'ldi muazzam bu yer.

B. Mutolaa inson hayotida muhim o'rin tutadi.

C. Kitob o'qimagan talaba darslami tushunmaydi, quruq yodlashga moyil bo'ladi.

D. O'zbek tilshunosligining amaliy bo'limlaridan biri orfoepiyadir.


11.Berilgan so'zlarning qaysi birlari ajratib yoziladi?

A. Sohib (qiron), Ashur (all), Bek (obod). B. O'rta (Osiyo), Ko'hna (Urganch), telefon (avtomat).

C. Sholi (poya), Koson (soy), O'rin (boy). D. Chim (qorg'on), Olti (ariq), Poy (abzal).

12. Ot kesimli gap qaysi qatorda berilgan?

A.O'rtaga biroz jimlik cho'kdi. B.Xayolimda har turli fikrlar kezdi.

C. Biz tinchlik uchun kurashamiz: Hammamizning ahdimiz shu! D. Sizdaylarni ko'p ko'rganmiz.

13. Qaysi gapda qaratqich aniqlovchi belgili qo'llanishi kerak?

A.Hamma ish xamirdan qil sug'urganday bo'ldi. B.Hayot darsligini o'qidim.

C. Mirzakarimboy ilonning yog'ini yalagan odam. D. Ular qanotini sindirmaylik.

14. Qaysi gapda gap bo'laklari notog'ri tartibda joylashgan?

A. Kechga borib qora sovuq turdi. B. Aytishlaricha, u qishloqqa qaytmabdi.

C. Hammadan Ahmadjon ko'p paxtani terdi D. Chiroylidir go'yo yosh kelin, Ikki daryo yuvar kokilin.

15. Qaysi javobda jo'nalish kelishigi noo'rin ishlatilgan?

A.Har bir kishining so'zi o'z fazilatlarining dalili va aqlining tarjimonidir.

B. Dono so'ziga bino qo'yar, nodon o'ziga.

C. Do'stlarga qo'lingdan kelguncha yaxshilik qil.


D. Ishga tezlik qilish yaramaydi.

16.O’quvchilar kitob,daftar ro’chka va darsliklarini oldilar. Gapda qaysi bo’lak uyushib kelgan?

A) Uyushiq kesim B)Uyushiq ega C)Uyushuq xol D)Yushiq to’ldiruvchi



17. Uyushiq xolni toping

A)She payt hovlidan, xonadan,eshik orasidan ayol kishining yig’lagani eshitildi.

B)Dildora kecha,ertalab do’stinig uyiga bordi

C)Endi qizlar charchashib,terlashib tog’ning ustiga chiqib olishdi

D)Men bu masalani uqqanman va echganman

18.Vazifani bajarish kerak. Bu qanday gap?

A)Ega ishtirok etmagangan gap B)Shaxsi namalum gap C)Atov gap D)So’z-gap



19.Payt holi qanday so’roqlarga javob bo’ladi?

A)Qayerga? Qayerdan? B)Qachon? Qachongacha? C)Kimga? nimaga? D)Qanday? qanaqa?



20.Dilshod maktubni xolasiga berib ko’chaga chiqib ketdi. To’ldiruvchini toping

A)Maktubni xolasiga B)Dilshod C)Ko’chaga D)Chiqib ketdi



21. Nuqtalar o'rniga mos kelishik qo'shimchasini va ko'makchilarni qo'ying.

Odam til... boshqa hayvon.... imtiyozli va shu.... boshqalar.... ko'ra afzalroq bo'ladi.

Javob

22.Hozirgi zamon fe'llariga 3-4 ta misol yozing.
Javob

23.Egasi yashiringan gapga misol yozing.

Javob

24. Hol ishtirok etgan gap yozing.
Javob

25. Sifatlovchi aniqlovchi ishitirokida gap tuzing.

Javob


S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

J

B

D

B

S

S

D

D

S

S

A

B

S

S

S

D

A

A

A

B

A

21. Odam tili boshqa hayvondan imtiyozli va shu kabi boshqalardan ko`ra afzalroq boladi

22. Vatanimiz poytaxti Toshkent kundan-kunga yashnamoqda

23. Yaqin kunlarda yakuniy test sinovlaridan o`tamiz

24. Kechqurun salqin bo`ldi, ertalab sho`dring to`shdi

25. Uning ziyrak, qo`ng`ir ko`zlarida horg`inlik bor edi

IV chorak

1. Qaysi gapda aniqlovchi uyushib kelgan?
A.
Iste'dodli adib ko'p asarlar va dramalar yozdi.

B. Undan sal nordon va xushbo'y hid kelardi.

S. O'zbekiston-yangicha taraqqiyot yo'lida.

D. Sens hur va ozod, seni kuylayman.



2. To'ldiruvchi uyushib kelgan gap qatorini belgilang.

A. Mutolaa inson hayotida muhim o'rin tutadi.

B. Ona so'zining o'zi har yurakka jarangli sado beradi.

S. O'tgan yoshlik va chiqqan so'zni aslo qaytarib bo'lmaydi.

D. Dunyoda odamlarni ko'rishdan ham buyukroq baxt bo'ladimi?

3. Uyushiq bo'lakli gapning qaysi birida umumlashtiruvchi so'z qo'l-

langan?

A. Ufqqa tutashib ketgan polizlar goh qizg'ish, goh qahrabo rangda tovlanadi.

B. Mehnatda, ijodda, san'atda, fanda kattadiryoshlarning qo'shgan hissasi.

S. llm, fan va fikr olami nihoyatda keng va chuqur.

D. Bemorning his-tuyg'ulari, o'y-xayollari va kelajak ishlari hamma-hammasi
vrachning qo'lida.

4. Ajratilgan hoi qo'llangan gap qatorini belgilang.

A. Tilning xizmat doirasi juda keng, hajmi o'lchovsiz bo'ladi.

B. Nafis chayqaladi,bir tup na'matak.

S. Soyda, qo'sh yong'oqning tagida, oppoq qorga ko'milib uzoq turdi.

D. Qarang buncha ham gul yaproqlari chiroyli.

5.Qaysi gapda ajratilgan to'idiruvchi qo'llangan?

A. Biz odamlarga, ayniqsa, yoshlarga parvoyimizni o'n baravar orttirishimiz


kerak.

B. O'g'lim, ko'ngil ko'zday gap.

S. Bu yulduzni, dada, men ko'rgan edim o'tgan kun.
D. Farzandni gulga, onani bo'stonga o'xshatadilar.

6. Ajratilgan aniqlovchi qo'llangan gap qatorini toping.

A. Alisher Navoiy baytlari yuz mingdan ortiq.

B. Buyuk alloma Abdurahmon Jomiy «Bahoriston»da saxovat va karamni
kuylaydi.

S. Mahmud Qoshg'ariyning «Devonu lug'atit turk» asari O'rta Osiyo turkiy


tillarining eng bebaho yodgorligidir.

D. Yaproqlar sariq, qizg'ish oftobda tovlanardi.



7. Qaysi gapda kiritma qo'llangan?

A. Ko'z nurim - onam, oltin so'zim - onam!



B. Tilning, hatto, tovush me'yorlari ham bizni o'qishga da'vat etadi.

S. Qisqalik, aniqlik, soddalik rasmiy ish qog'ozlarining bosh belgilaridir.

D. Badiiy asarlar o'ziga xos uslubda yoziladi.

8. Undalmali gap qatorini aniqlang.

A. Tilning umri uni yaratgan xalqning o'zidek uzoq bo'ladi.

B. Til shirinligi ko'ngilga yoqimli, yumshoqligi foydali.

S. O'g'lim, ko'ngil ko'zday gap.


D. Gavhar undi ona tuproqdan, Qutlug' bo'ldi muazzam bu yer.

9. Berilganlarning qaysi biri ushbu gapning davomi bo'ladi?

Yozuvchi bu timsolni zo 'r samimiyat va otashin

A. Gap bilan tasvirlagan.

B. Ehtiros bilan tasvirlagan.

S. G'ayrat bilan tasvirlagan.

D. G'amginlik bilan tasvirlagan.

10. Egasi yashiringan gapni aniqlang.

A. Tilning xizmat doirasi juda keng.

B. Nutq esa aniq hajmli, shaklli bo'ladi.

S. Nutq yakka shaxs, juft shaxs orasida yuz beradi.

D. Musobaqada, albatta, g'olib chiqamiz.

11.Qaysi qatorda shaxsi noma'lum gap berilgan?

A. Erta uyg'ongan quyosh nurli kipriklarini pirpiratih bosh ko'tarmoqda.

B. Ko'chatni ko'pincha bahorda ekadilar,

S. O'rgilay elimdan, po'lat qalqondan.

D. Oddiylik daholik alomatidir.

12. Atov gap berilgan qatorni aniqiang.

A. Til madaniyatimiz ko'zgusi.

B. Mehnatdir hayotning zilol chashmasi.

S. Qo'shiq, san'atning bu turini sevmagan kim bor?

D. Farzandni gulga, onani bo'stonga o'xshatadilar.

13. Umumlashtiruvchi so'z qo'llangan gap qatorini aniqiang.

A. Imtihon bilimni charxlaydi.

B. Mehnat baxt keltirar.

S. Dono so'ziga bino qo'yar, nodan o'ziga.


D. Mevali daraxtlar: o'rik, gilos gulladi.

14. Gaplarning qaysi biri so'roq gap?

A. Shu tog'lar bag'rida men tug'ilib o'sgan shahar.

B. Izlaringda gullar o'ssin.

S. Dunyoda odamlarni yaxshi ko'rishdan ham buyukroq baxt bo'ladimi.

D. Oddiylik dunyodagi eng qiyin fazilat.

15. Qaysi gapda hol uyushib kelgan?

A. Maqsud shoshilib, xovliqib kirdi.

B. Nutq yozma va og'zaki bo'ladi.

S. Chiroylidir go'yo yosh kelin, Ikki daryo yuvar kokilin.

D. Yaxshilik g'oyasi barcha buyuklar uchun mushtariydir.


  1. Umumlashtiruvchi so`z uyushiq bo`laklardan keyin kelsa, nima bilan ajratiladi?

A. ikki nuqta B. Qavs S. Teri D. So`roq belgisi

17. Nahotki, bu gaplar ham unga tasir qilmagan bolsa. Kiritmani toping

A. bu gaplar ham B. Tasir qilmagan bo`lsa S. Nahotki D. Unga

18. Takidni anglatuvchi krish so`zni toping.

A. Zap gaplarni aytasizda Dildorxon B. Xafa bo`lmang, qizim!

S. Yigrmanchi avgustda albatta Toshkentda bo`lishim kerak

D. Til aloqa quroli

19. Gapda uzgargan tartib tasirchanglikni yuzaga keltirganini toping.

A. Gavhar undi ona tuproqdan.

B. Mutolaa inson hayotida muhim o`rin tutadi

S. Kitob o`qimagan o`quvchi darslarni tushunmaydi

D. Qahrabodek sap-sariq sabzi pichoq ostidan ipak singari taralib chiqar edi

20. Qaratqich aniqlovchi berilgan qatorni toping

A. Hamma ish xamirdan qil so`girgandek bo`ldi

B. Hayot darsligini o`qidim

S. Mirzakarimboy – ilonning yog`ini yalagan odam

D. Hammaning og`zi ochildi – qoldi

21. 3-4 ta so'z birikmasi yozing.
Javob.

22.His-hayajonli gapga misol keltiring.
Javob.

23.Ot-kesimli gapga misol yozing.
Javob.

24.Sodda yoyiq gap yozing.
Javob.

25. To'ldiruvchi ishtirokida gap tuzing.

Javob.



S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

J

B

S

B

B

D

D

B

D

B

D

B

S

D

S

A

S

S

S

D

S

21. Qushning qanoti, Qizargan olma, Do`stimning maktubi

22. Ertaga maktabimizga shoirlar keladi!

23. Qizil qum sahrosi bepayon

24. – Men sizga hamma bilgan ertaklarimni aytib beraman

25. Saqlay desang o`zingni, yomondan yum ko`zingni.





Download 105,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish