8-синф ms excel dasturida diagramma va grafiklarni tahrirlash Darsning texnologik xarita



Download 174 Kb.
bet1/2
Sana20.12.2019
Hajmi174 Kb.
  1   2
8-синф
MS Excel dasturida diagramma va grafiklarni tahrirlash
Darsning texnologik xaritasi

Mavzu

Diagramma va grafiklarni tahrirlash

Maqsad va vazifalar

Darsning maqsadi: o’quvchilarga diagramma va grafiklarni tahrirlash imkoniyatlarini o’rgatish.

Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga MS Excel dasturida diagrammalarga o‘zgartirish kiritish, ya’ni tahrirlash imkoniyatlari hamda format menyusi yordamida amalga oshirilish mumkin bo’lgan ishlar haqida amaliy topshiriqlar orqali bilim berish va ko’nikmalar hosil qilish.

Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga hamda dizaynlik kasbiga yo’naltirish.

Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.

O‘quv jarayonining mazmuni

MS Excel dasturida diagrammalarga o‘zgartirish kiritish, ya’ni tahrirlash imkoniyatlari. Format menyusi yordamida amalga oshirilish mumkin bo’lgan ishlar. Mavzuni amaliy topshiriqlar orqali ochib berish.

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi.

Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik gruhlarda ishlash.

Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar; tarqatma materiallar.

Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.

Nazorat: Og‘zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.

Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.

Kutiladigan natijalar

O’quvchilar yangi bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi. Ular MS Excel dasturida diagrammalarga o‘zgartirish kiritish, ya’ni tahrirlash imkoniyatlari hamda Format menyusi yordamida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan ishlar haqidagi bilim va ko’nikmalarni egallaydilar.

Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)

O’qituvchi o’z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosuda keyingi darslariga o‘zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.


Asosiy tushunchalar:

Gistogrammalar, nuqtali diagrammalar (grafiklar), doiraviy diagrammalar, diagrammani, sarlavhalarni, shkalalarni, o’qlarni, ma’lumotlar yozuvlarini, ma’lumotlar qatorlarini, afsonani tahrirlash.


Qo’llanmada interfaol uslublar uchun quyidagicha belgilashlar qo’llanilgan.

M – ma’ruza, AH – aqliy hujum, K – klaster, BST – blits-savol-test, SJ – savol-javob, MY – mashq bajarish yoki misol va masala yechish.

 Darsning blok-chizmasi






Dars bosqichlari

Vaqt

Usullar

1

Tashkiliy qism

3  minut




2

O‘tilganlarni takrorlash

7 minut

SJ, K, BST, MY

3

Yangi mavzu ustida ishlash

17 minut

M, AH

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 minut

SJ, K, BST, MY

5

Uyga vazifa

3 minut



O’tilganlarni qisqacha takrorlash quyidagicha amalga oshirish mumkin.



SJ, K, MY Avvalgi mavzudagi materiallar asosida.

BST Avvalgi mavzular va qo’shimcha testlar.

Mavzuni yoritish:

M Darsda asosiy e’tibor o‘quvchilarning jadval xususiyatlarini to‘liq aks ettirishi uchun mos diagramma turini tanlashni o‘rgatishga qaratiladi. Masalan, qanday holda gistogrammadan foydalanish lozim, qanday holda doiraviy diagramma yaxshi natija beradi yoki grafiklarni qachon qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

AH Darsni interfaol usulda tashkil etilishi (diagramma hosil qilishning har bir qadamida o‘quvchilarga vazifa topshiriladi va o‘zlashtirish darslikdagi savollar orqali tekshirib boriladi) kerakli natijani beradi.

MS Excel dasturi hosil qilingan diagrammalarga o‘zgartirish kiritish, ya’ni tahrirlash imkoniyatini ham beradi. Masalan, Format menyusi yordamida diagrammalar, avvalgi darsdagi rasmlarda ko’rganingizdek, qiziqarli va go‘zal holatga keltirildi. Buni avvalgi darsdagi misollardan sezgansiz, albatta. Formatlash uchun diagramma yoki grafikning elementi tanlanib Format menyusiga kiriladi. Bu holda menyu tarkibi tanlangan elementga mos bo’ladi, masalan:




Hosil qilingan diagramma yoki grafik ustida Format menyusi yordamida quyidagi ishlarni amalga oshirish mumkin:



  • tahrir qilish (diagramma turi, ma’lumotlarni, ma’lumotlar shrifti, rang va fonini o‘zgartirish);

  • diagramma o‘lchamlarini, vertikal va gorizontal o‘qlarning formatlarini o‘zgartirish;

  • diagramma chegarasi chiziqlarini tanlash;

  • siljitish va chegaralarni surish va boshqalar.

Masalan, belgilangan o’qqa mos formatlash oynasi yordamida ko’rinishni, shkala chegaralari va bo’laklash qiymatlari, oraliq chiziqlarni tanlash, shrift turi, foni va rangi, son formatlarini tanlash matn yo’nalishi va boshqa bir qancha o’zgartirishlar kiritish imkonini beradi.

Diagramma va grafiklar elementlarini formatlash va tahrirlash uchun mos kontekst-menyulardan foydalanish ham qulay. Quyida diagramma va grafiklar elementlariga ko’pgina kontekst-menyular ko’rinishi ifodalangan.



Kontekst-menyular yordamida ochilgan tahrirlash oynalari mos elementlar formatini bekor qilish, o’zgartirish kiritish va boshqa amallar bajarish imkoniyatini beradi.



Quyidagi misol yordamida grafikni tahrirlash imkoniyatini ochib berishga harakat qilamiz.

Download 174 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat