8-Sinf Iqtisod 1-variant



Download 78 Kb.
Sana30.11.2019
Hajmi78 Kb.
8-Sinf Iqtisod 1-variant

1. Tovarga bo`lgan talab va taklifning bir vaqtda oshishi nimaga olib keladi?

A) Narx oshadi B) Tovarning umumiy miqdori oshadi

C) Narx o`zgarmasdan qoladi D) Jamiyatning umumiy ahvoli yaxshilanadi

2. Biror bir tovar talab egri chizig`ining o`ngga siljishi nimani anglatadi?

A) Tovar taklifining bir qancha sabablarga ko`ra kamayganini

B) Tovar narxining oshishi natijasida iste’molchilarning bu tovarni kam xarid qilishga qaror qilganligini

C) Tovarning narxidan qat’iy nazar bu tovarga bolgan qiziqishning yo`qoriligi natijasida uni oldingidan ham ko`proq sotib olinayotganini D) Bu tovar narxi oshib, iste’molchilar uni oldingidan kamroq sotib olishayotganini

3. Agar talab kamaysa talab egri chizig`i qaysi tomonga siljiydi?

A) Pastga va chapga; B) Soat strelkasi bo`yicha; C) Tepaga va o`ngga; D) Soat strelkasiga teskari yo`nalishda

4. Narxlarning taqsimlash vazifasi

A) piyoz o’simligining narxi o’shishi fermerlarni ko’proq piyoz o’simligini ekishga da’vat etadi

B) narx haqida ma’lumotga ega bo’lmay,xonadonni ta’mirlash uchun o’zingiz bajarishga qaror qilasiz

C) bino egasi uni ofis binosi uchun ijaraga berganda katta mablag’ oladi

D) siz hisobchi kasbini tanladingiz, chunki uning maoshi katta

5. Firma birinchi yili 30000000 so’m xarajat qilib, 33500000 so’m daromad qildi, ikkinchi yili esa  33500000 so’m xarajat qilib 40000000 so’m daromad oldi. Agar keyingi yili narxlar 1,3 % ga o’zgargan bolsa, ikkinchi yili foydaning real miqdori qanchani tashkil qiladi ?

A) 3500000 B) 5000000 C) 6500000 D) 2500000

6. Ishlab chiqarish omillariga nimalar kiradi?

A) Insonga tabiat tomonidan in’om etilgan tekin ne’matlar В) Inson iqtisodiy faoliyati orqali yaratiladigan ne’matlar С) Tabiiy resurslar, kapital resurslar, mehnat resurslari, tadbirkorlik

D) Mehnat qilishga layoqatli kishilarning mehnati

7.Texnologiya taraqqiyoti natijasida :

A) Talab chizigi yo`qoriga va o`ngga siljiydi; B) Talab chizigi pastga va o`ngga siljiydi;

C) Taklif chizig`i pastga va o`ngga siljiydi; D) Taklif chizig`i yo`qoriga va chapga siljiydi

8. Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan resurslar narxi oshganda…

A) Talab egri chizig`i yuqoriga va o`ngga siljiydi. B) Taklif egri chizig`i yuqoriga va chapga siljiydi.

C) Taklif va talab egri chiziqlari yuqoriga siljiydi. D) Taklif egri chizig`I pastga va o`ngga siljiydi.

9. Iqtisodiyotda nimalar uzluksiz aylanishda bo`ladi?

A) Faqat pul mablaglari; B) Pul mablaglari va tovarlar;

C) Tovarlar va xizmatlar; D) Resurslar, tovarlar,xizmatlar va pul mablaglari.

10. Quyidagilardan qaysi biri bozor talabiga ta’sir etmaydi?

A) Istemolchilar daromadi; B) O`zaro bog`liq tovarlar va narx;

C) Resurslar narxi D) Iste’molchilar soni.

11. O’zbekiston Resbublikasi Markaziy Banki va davlat Soliq qomitasining 2009yil 27 iyuldagi qo’shma qaroriga ko’ra avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalarida, restoranlarda, telefon, uyali aloqa xizmatlari uchun to’lovlar qabul qilish shoxobchalarida

A) yil daromadini nazorat qilish majburiyati yuklandi B) terminallar o’rnatish majburiyati yuklandi

C) foyda deklaratsiyasini to’ldirish majburiyati yuklandi

D) firmani samaradorligini oshirish uchun kredit berish majburiyati yuklandi

12. Quyidagi berilganlardan qaysi biri tarmoqda raqobat yo`qligini bildiradi?

A) Foyda darajasininig bu iqtisodiyotda belgilangan foyda darajasidan kam bo`lishi

B) Bu tarmoqdagi firmaning ishlab chiqarishni kengaytira olmaslik qobiliyati; C) Boshqa firmalarning tarmoqqa kira olmasligi; D) Mamlkatdagiga nisbatan bu tarmoqda ish haqining kam bo`lishi.

13. Pul qanday xususiyatlarga ega bo`lmaydi? A) Qulay va ixcham; B) Pishiq , barqaror va chidamli ; C) Kamyob va hammaning unga erishishga bo`lgan imkoniyati chegaralangan; D) chiroyli va kamyob .

14. Odatda bozorda… A) Har doim sotuvchilarning mavqeyi baland bo`ladi. B) Xaridorlarning mavqeyi har doim sotuvchilarnikidan baland bo`ladi. C) har qanday sharoitda ularning mavqeyi teng bo`ladi. D) Kimning mavqeyi baland ekanligini aniqlash mumkin emas.

15. Agar siz 2 soat davomida televizor ko’rsangiz, siz pul sarflamaysiz. Bu hech qanday muqobil qiymatning yo’qligini bildiradimi? A) Ha, sarflagan soatni muqobil qiymati yo’q B) Yo’q, sarflagan soatni hamma narsaga o’xshab muqobil qiymati bor C) muqobil qiymati faqat pul sifatida hisoblanadi

D) muqobil qiymati faqat makraiqtisodda ko’ riladi

16. Davlat budjetining harajat qismini aniqlang А) soliqlar B) To`lovlar C) Turizm D) Transfert to`lovlari

17. Taklif ba`zida qanday chiziqli funksiya ko`rinishida berilishi mumkin?

A) p= aq+b B) p= -aq+b C) q= -ap+b D) b = aq+ p

18. Qanday omilning o`zgarishi talab egri chizig`ini o`zgartirmaydi?

A) iste’molchilar didining o`zgarishi; B) Milliy daromadni taqsimlanish miqdori;

C) Tovar narxi; D) Iste’molchilar soni va mahsulotni qaytarish.

19. Iqtisodiyotning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi ? A) Iqtisodiy jarayonlar amalga oshadigan joydagi bino inshoatlar В) Alohida olingan oila, korxonalar mol mulki С) Tabiat,odamlar va odamlar tomonidan yaratilgan barcha narsalar D) Yo’llar, ko’priklar,tabiiy boyliklar

20. Makroiqtisodiyot nimani o’rganadi? A) Mamlakat miqiyosidagi iqtisodiy jarayonlarni o’rganadi В) Alohida olingan oila, korxona, tarmoq iqtisodiyotini o’rganadi С) Resuslar, ishlab chiqarish, taqsimotni o’rganadi D) Yalpi daromad, foyda, zararni aniqlashni o’rganadi

21. Iqtisodiy jarayonlarning qanday bosqichlari mavjud? A) Yalpi daromad, foyda, zarar В) Resuslar, ishlab chiqarish, taqsimot С)Ishlab chiqarish, daromad, foyda, zarar D)Ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste’mol

22. Faqat moddiy ehtiyojlar keltirilgan qatorni toping? A) daftar, non, kitob, televizor, va xat yozish 

В) muzqaymoq, kompyuter, ta’lim olish, sport  С) non, muzqaymoq, uy, kiyim  D) ta’lim olish, musiqa eshitish, kasb-hunar o‘rganish 

23. Qaysi holatda mehnat unumdorligi yuqori ? A) 14ta ishchi 140 ta detal tayyorladi  В) 8ta ishchi 96 ta detal tayyorladi  С) 10ta ishchi 105 ta detal tayyorladi  D) 21ta ishchi 1000 ta detal tayyorladi

24. Tovarning shtrix kodi bu - …

A)Tovar haqida ma’lumot berish bilan ularning tovarga bo’lgan talabini oshirishga qaratilgan tashviqot tadbiri.

B) Nima ishlab chiqarish va qanday ishlab chiqarish haqidagi ma’lumot.

C) O’ziga xos ma’lumot manbayi bo’lib, undan tovarning qaysi davlatda tayyorlanganligini, qaysi korxona ishlab chiqarganligini va tovar haqidagi boshqa ma’lumotlarni aniqlab olish mumkin.

D) Nima ishlab chiqarish haqidagi ma’lumot va tovar haqidagi boshqa ma’lumotlarni aniqlab olish.

25. Aksiyalar qaysi bozorda sotiladi?

A) Ishlab chiqarish vositalari bozorida В) Moliya bozorida

С) Mehnat bozorida D) Intellektual tovarlar bozorida

26. Mehnat unumdorligi deB).. aytiladi

A) Bir oy mobaynida barcha ishchilar tomonidan olinadigan ish haqiga

В) Vaqt birligi ichida bir birlik resursdan foydalanib ishlab chiqilgan tovar va xizmatlarga

С) Yil mobaynida mamlakat miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarning bozor qiymatiga

D)Cheklanmagan resurslardan foydalanib cheksiz ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdoriga

27. Qaysi javobda mehnat taqsimotiga to`g`ri ta’rif berilgan?

A) Vaqt birligi ichida bir birlik resursdan foydalanib ishlab chiqilgan tovar va xizmatlar

В)Mahsulot ishlab chiqarish jarayonining ishchilar o’rtasida ishni taqsimlash asosida tashkil qilinishi

С) Mahsulot ishlab chiqarishda qaysi resurslardan foydalanish,qanday usul va ketma-ketlikda ishlov berish yo’l-yo’rig’i

D) Tabiiy resurslar, kapital resurslar, mehnat resurslari, tadbirkorlik

28. Qaysi javobda hududiy ixtisoslashuvga to`g`ri ta’rif berilgan?

A) Mahsulot ishlab chiqarish jarayonining ishchilar o’rtasida ishni taqsimlash asosida tashkil qilinishi

В) Biror mahsulot turini ishlab chiqarish bo’yicha korxonalar o’rtasidagi mehnat taqsimoti

С) Sharoit, an’analar, mahalliy imkoniyatlar tufayli butun bir hudud mahsulotning biror turini ishlab chiqarishga moslashuvi

D) Yil mobaynida mamlakat miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarning bozorga moslashuvi

29. Quyidagi tovarga talab va taklif funksiyalari berilgan:

Qd = 100 – 2p; Qs = -20 + 2p

1) muvozanat narx va muvozanat miqdorni aniqlang.

А) P=35 so`m ; Q=46 dona B) P=20 so`m ; Q=60 dona

C) P=30 so`m ; Q=40 dona D) P=43 so`m ; Q=30 dona

30. Quyidagi omillardan qaysi biri mahsulotga bo`lgan iste’mol talabini pasayishiga sababchi bo`lmaydi?

A) mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona foydasining pasayishi; B) tarmoqda band bo`lgan resurslar narxining oshishi; C) tarmoqda ishlab chiqarish korxonalarining qisqarishi; D) mahsulot taklifining qisqarishi.

31. Tanlovning muqobil qiymati nima?

32. Bozorda tovarga bo`lgan talab va taklif funksiyalari quyidagicha  berilgan:  

Qd =1600 -2P va Qs = 400+3P bo`lsa,bu yerda P narx (so`mda), Q – ( donada) . Muvozanat miqdor va narxini aniqlang.

33. O`zaro bog`liq tovarlarni ta`riflang? 34. Ijtimoiy ehtiyojlarni ta`riflang?

35. Fond birjalari 36. Ratsionallik 37. Texnologiya 38. Cheklanganlik muammosini qanday to‘la hal qilish mumkin ? 39. Ishlab chiqarish qanday jarayon ?



40. Markazlashgan va bozor iqtisodiyotining eng yaxshi elementlaridan iborat iqtisodiy tizim qanday nomlanadi ?




Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat