8. Seminar mavzu: G’arb mutafakkirlari bag‘rikenglik haqida
Ma’lumki, insoniyatning butun tarixi davomida “o‘zgalar "ga g‘animlik va dushmanlik oqibatida kelib chiqqan to‘qnashuvlar, urushlar, qonli mojarolar juda ko‘p sodir bo‘lgan. Afsuski, hozirgi dunyoda ham tolerantlik to‘la-to‘kis qaror topgan emas.
Tolerantlik zarurligiga hamma rozidek tuyulsa ham dunyoda davlat ichidagi barqarorlikni, xalqaro hamkorlikni qo‘poradigan chuqur jarayonlar davom etmoqda, shuning oqibatida dahshatli va ko‘pincha qonli millatlararo, dinlararo va sivilizatsiyalararo nizolar kelib chiqmoqda. Hozirgi t arixiy vaziyatda t olerant lik muammosini yangicha idrok etish dolzarb vazifa bo‘lib qoldi. XV II asrda yashab ijod qilgan ingliz faylasufi va siyosiy arbobi J. Lokk (1632-1704 yillar) liberalizmiing g‘oyaviy siyosiy doktrinasini yaratar ekan, cherkovning kuchli senzurasi sharoitida tolerantlik to‘g‘risidagi o‘z fikrlarini yozdi. Uning asarlarida tolerantlik tushunchasi qat’iy cheklangan diniy chegaralar doirasida bo‘lsa ham, uni mustaqil tushuncha sifatida ifodalab berdi. Uning “Diniy sabr-toqat to‘g‘risida makt ub” asari (1685-1686 yillar) jamiyatdagi tolerantlik sohasini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi. Bu asarda fuqarolarga diniy ibodatlarda erkinlik berish huquqi, diniy jamoalarning teng huquqliligi, cherkovni davlatdan ajratish to‘g‘risidagi g‘oyalar bayon etilgan edi '. “Ayrim kishilar o‘rtasida bo‘lgani kabi turli cherkovlar o‘rtasida ham hamisha biron-bir huquqiy ustunlikka yo‘l qo‘ymagan holda totuvlik, tenglik va do‘stlik babbaravar darajada hurmat qilinishi kerak2”, - deb ta’kidlagan edi J. Lokk.
L ngliyada X V /1 asrda ro‘y bergan voqealarni o‘rganish natijasida Vol’terning bu masaladagi fikrlari shakllandi.
O‘shanda diniy xilma-xillik va diniy tolerantlik sharoitida fuqarolar o‘rtasida tinchlikka erishilgan ea mehribonlik muhiti qaror topgan edi. Mazkur faylasuf 1763 yilda tolerantlik t o‘g‘risida m axsus risola e’lon qildi. Ammo u, «ateizm, tolerantlikning sinonimi emas, har qanday dii kabi ateizm ham fanatizm darajasiga yetishi mumkin ” - deya ta’kidladi, o‘z navbatida biz ham bu fikrga qo‘shilamiz. Ta’kidlash joizki, bu f ikrning t o‘g‘r i li gi n i t ar ixning o‘zi isbot ladi.
Ibodatxonalarning vayron qilinishi, dinlarning ta’qiqlanishi jamiyatga katta ma’naviy ziyon yetkazdi.
Volt yer bunday deb yozdi: “Biz barcha kish ilarni o‘z birodarlarimiz deb bilmog‘imiz kerak. Turk ham, xitoy ham sening birodaringmi? deb so‘rarsiz. Ha, hech shubhasiz, ular mening birodarimdir. Biz hammamiz bir otaning farzandlarimiz ”. U tolerantlikni umumbashariy qadriyat ea yaxshi fazilat deb atadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |