7 sinf Jahon tarixi. 1-dars. Kirish I bob. Yevropa ilk o’rta asrlarda



Download 0.51 Mb.
bet8/8
Sana19.01.2017
Hajmi0.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8

Imperator va syogun hokimiyati. XII asrda Yaponiyada imperator hokimiyati o’rnatilgan. U barcha yerning oliy mulkdori, deb e’lon qilingan. Shu jumladan, diniy hokimiyat ham uning qo’lida to’plangan edi. Imperatorning qarindosh-urug’lari davlatda eng yuqori lavozimlarni egallaganlar. Ayni shu davrdan boshlab, Yaponiyada yirik yer egalari va harbiy yetakchilar xonadonlarining mavqei ham tobora kuchayib borgan. Bu xonadonlarning har biri tanho hukmronlikka intilganlar. Oqibatda tez orada ular o’rtasida qonli urushlar boshlangan. Harbiy ­feodal xonadonlarning eng qudratlisi Minamoto xonadoni edi. U 1192-­yilda o’zining barcha asosiy raqiblarini tor-mor etgan. Uning samuraylari poytaxt Kioto shahrini egallagan. Yaponiyada shu vaqtdan boshlab hokimiyat syogun Minamoto qo’liga o’tgan. Imperator amalda hech qanday hokimiyatga ega emas edi. Uning qo’lida diniy hokimiyatgina qoldirilgan. Minamoto imperator nomidan davlatni idora qila boshlagan. Shu tariqa Yaponiyada syogun hokimiyati qaror topgan. Harbiy-feodallar tabaqasi va samuraylar syogunning asosiy tayanchi edi. Vaqt o’tishi bilan samuraylarning bir qismi mayda harbiy yer egalariga aylanganlar. Asosiy qismi esa malakali asosda harbiy xizmatni davom ettirgan. Ular urushlarda qo’lga kiritilgan o’lja va syogun to’laydigan maosh hisobiga yashaganlar.

Xodzyo xonadoni hukmronligi. 1199-yilda Minamoto vafot etgach, hokimiyat uning xotini va qaynotasi qo’liga o’tdi. 1219-yilda esa hokimiyatni Minamoto xonadoniga qarindoshlik aloqasi bo’lgan Xodzyo egallagan. Shunday sharoitda sobiq imperator Gotoba hokimiyatni egallash maqsadida isyon ko’targan. Biroq Gotoba ko’zlagan maqsadiga erisha olmagan. Uning qo’shini tor-mor etilgan. Isyonchilarga tegishli barcha mol-mulk musodara qilingan. Xodzyo imperator xonadoni ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Kioto shahriga o’zining alohida vakilini yuborgan. Uning ixtiyoriga maxsus harbiy qism ajratib berilgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: O'rta asrlarda Koreya

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Mo’g’ullarning Xitoyda qaror topgan yuan sulolasi Yaponiyani vassalga aylantirishga zo’r berib uringan. Shu maqsadda Xubilay Yaponiyaga bir necha marta elchilar jo’natgan. Elchilarga Yaponiyani Xitoy vassali deb tan oldirish vazifasi topshirilgan edi. Biroq Yaponiya hukumati bunday talablarni rad etgan. Shundan so’ng Xubilay 1274- va 1281- yillarda Yaponiyaga qarshi harbiy yurish uyushtirgan. Har ikki yurish ham Xubilay uchun halokatli tugagan. 1281-yilda Yaponiya qo’shini Xubilay qo’shiniga juda qattiq qarshilik ko’rsatgan. Bu yurishda Xubilay qo’shinining yarmi halok bo’lgan. Buning asosiy sababi Xubilayning harbiy xatosi edi. Birinchidan, Yaponiya harbiy floti yengil va ixcham kemalardan tashkil etilgan bir sharoitda Xubilayning harbiy floti dengiz jangi sharoitiga tez moslasha olmaydigan og’ir kemalardan iborat edi. Ikkinchidan, yaponlarning misli ko’rilmagan darajadagi birligi va qahramonona kurashi Yaponiya mustaqilligini saqlab qoldi. Uchinchidan, kuchli dengiz to’foni ham Xubilay flotining halo­katga uchrashiga katta ta’sir ko’rsatdi. Bu to’fon Yaponiya tarixiy adabiyotlarida kamikadze deb atalgan.

O’zaro ichki urushlarning avj olishi. O’rta asr yer egaligi jamiyati sharoitida toj-u taxt uchun kurash hech qachon to’xtamagan. Yaponiya ham bundan mustasno emasdi. Yirik yer egalari qudratining o’sishi barobarida Xodzyo xonadoni hokimiyati zaiflashib borgan. U amalda yirik feodallar ustidan hukmronligini yo’qotgan. Shu sharoitda imperatar xonadoni yana o’z hokimiyatini tiklash uchun kurash boshlagan. Va nihoyat, 1333-yilda imperatar o’z niyatiga erishgan. Biroq bu hokimiyat uzoq yashamagan. Bunga imperator xonadoni bilan uni qo’llab-quvvatlagan yirik feodal xonadonlar vakillari o’rtasida yuz bergan ixtilof sabab bo’lgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: XI-XV asrlarda Hindiston

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Dehli sultonligining tashkil topishi. XI asrda Shimoliy Hindiston G’aznaviylar davlatiga bo’ysundirilgan. Shu tariqa Shimoliy Hindiston G’aznaviylar davlatining bir viloyatiga aylangan. 1206-yilda G’aznaviylar noibi Qutbiddin Oybek Shimoliy Hindistonni mustaqil deb e’lon qilgan. Bu yangi davlat Dehli sultonligi deb atalgan. Dehli shahri sultonlik poytaxti etib belgilangan. XIII asr oxiri - XIV asr boshlarida Dehli sultonligi yanada kengaygan. Bu ulkan davlat viloyatlarga bo’lib boshqarilgan.

Sultonlikdagi ijtimoiy hayot. Dehli sultonligida ham barcha yerlar davlatning mulki hisoblangan. Yerlarning ma’lum qismini sulton iqto’ sifatida in’om etgan. Iqto’ yerlar musulmon zodagonlariga harbiy xizmatlari uchun berilgan. Iqto’dor boyligining asosiy qismini iqto’ yerlarida yashovchi aholidan olinadigan soliq tashkil etgan. Shuning­dek, xolisa yerlar ham bo’lib, u sultonga qarashli bo’lgan. Undan yig’ilgan soliq sultonlik xazinasiga tushgan. Ayni paytda mahalliy knyazliklar saqlanib qolingan. Rojalar ularni amalda mustaqil idora etganlar. Ularning Dehli sultonligiga qaramligi belgilangan soliqni to’lab turishdan iborat bo’lgan. O’rta va mayda hind yer egalari o’zlarining meros yerlarida, shuningdek, harbiy xizmatlari evaziga hukmdordan in’om sifatida olgan yerlarida xo’jalik ishlarini yuritganlar. Har ikki diniy tashkilot (islom va hinduiylik) katta-katta yerlarga egalik qilgan. Bu yerlar vaqf yerlari deb atalgan. Bundan tashqari, Hindistonda jamoachi dehqon xo’jaligiga qarashli yerlar ham mavjud bo’lgan.

Sultonlikning zaiflashuvi. Bir tomondan, viloyatlar markaziy hokimiyatga bo’ysunmaslikka intilar edilar. Ikkinchi tomondan, sulton mustaqillikka intilayotgan vassal hind rojalariga qarshi muttasil urush olib borishga majbur bo’lgan. Bu urushlar jamoachi dehqonlardan olinadigan soliqlarning yanada oshirilishiga olib kelgan. Hosilning 1/4 qismi hajmida soliq to’lagan jamoachi dehqonlar endilikda 1/2 qismi hajmida to’lashga majbur etilgan. Bu sultonlikdagi ichki vaziyatni yanada keskinlashtirgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Amerika o'rta asrlarda

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Amerikaning tub aholisi va ularning mashg’ulotlari. Amerikaning tub aholisi hindular deb ataladi. Bu aholi hozir ham mavjud. Ularning ajdodlari bir ncha o’n ming yillar avval Osiyodan Bering bo’g’ozi orqali Amerikaga kelib qolgan. Hindular o’rta asrlarda ham urug’chilik tuzumida yashar edilar. Ko’pdan-ko’p hindu xalqlari orasida mayya, atstek va ink xalqlari xo’jalik hamda madaniy jihatdan boshqalardan ustun edilar. Aholining ko’pchilik qismi ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirishgan. Biroq Shimoliy Amerikaning janubida, Markaziy va Janubiy Amerika qirlari hamda tog’larida dehqonchilik ham rivojlangan. Dehqonlar toshboltalarda o’rmon kesib, daraxtlarni yoqib, yer ochishgan. Yerni yog’och so’qalar bilan ag’darib yumshatishgan. Ilgari paytlarda yevropaliklarga ma’lum bo’lmagan makkajo’xori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, kakao, tamaki kabi ekinlarni o’stirishgan. Qit’aning kattagina qismida hayvonlarni ishga o’rgatishni bilishgan. Amerikada otlar yo’q edi. Faqat shimolda itlarni, lamaga o’xshash tuyalarni qo’lga o’rgata boshlashgan. Parrandalardan kurka va o’rdaklarni boqishgan. Hindular temir asbob-uskunalar, omoch, g’ildirak, o’tochar qurollar nimallgini bilishmagan. Ular mehnat qurollarini yog’och, tosh va jez (bronza)dan yasar edilar.

Mayyalar. Markaziy Amerikaning Yukatan yarim orolida, qalin chakalakzorlar orasida mayyalar yashardi. Yerlar jamoalarga tegishli edi. Jamoalar o’zlariga qarashli oilalarga o’rmondan tozalangan bo’liq yerlarni foydalanish uchun berardi. Milodning birinchi ming yilligida mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keldi. Har bir shaharga "Ulug’ inson" hukmdorlik qilardi. Hokimiyat nasldan-naslga meros bo’lib o’tgan. Zodagonlar shahar markazidagi tosh qasrlarda, "past odamlar" ­dehqonlar va hunarmandlar esa shahar atrofidagi tomi qamishdan yasalgan kulbalarda yashar edilar. Yangi eraning boshlarida mayya xalqida yozuv vujudga keldi. Kohinlar qilqalam bilan iyerogliflarni qog’ozga tushirishardi. Shuningdek, ular qasrlarning devorlari va ustunlariga surat harflarni o’yib, duo, oyat, afsona va tarixiy voqealarni ham yozib qoldi­rishardi. Kohinlar jamoa a’zolariga dala ishlarining muddatlarini belgilab berishardi. Dehqonchilik ehtiyojlari uchun taqvim zarur edi. Mayya hindulari taqvimlari qadimgi xalqlarning eng aniq taqvimlaridan hisoblanadi. Matematika muvaffaqiyatlari ham shu bilan bog’liq. Mayyalar dunyoda birinchi bo’lib, ,,0" raqamini ishlata boshlashgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Afrika xalqlari o'rta asrlarda

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Afrika xalqlari hayoti. Afrikaning tropik o’rmonlarida pigmeylar, bushmenlar kabi turli qabilalar yashashardi. Ular ovchilik bilan shug’ullanishgan. Nayza, kamon va o’q-yoy bu qabilalarning asosiy qurollari edi. Qarindosh-urug’larning kichik-kichik guruhlari chaylalarda yoki shox-shabbalar ostidagi ayvonlarda istiqomat qilishardi. Janubiy Sahroyi Kabir ko’chmanchilari chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Suvga serob o’lkalar xalqlari esa dehqonchilik bilan shug’ullanishgan. Ular yerni temir uchli so’qa bilan ag’darishgan. So’qa mahalliy tuproqqa moslashtirilgan ish quroli edi. Tariq, sholi, paxta va shakarqamish yetishtirish qishloq xo’jaligi tarmoqlaridan edi. Afrikaliklar qadim zamonlardayoq sopol o’choqlarda temir eritishni bilishgan. Hunarmandlar mehnat qurollari, qurol-aslaha, idish-tovoq, gazlama, shisha va charm buyumlar yasar edilar. Niger va Senegal daryolari orasidagi pasttekislikda G’arbiy Sudan joylashgan edi. Niger daryosi sohillarida G’arbiy Sudanning asosiy shaharlari - Tombuktu, Gao, Janna qad ko’targandi. G’arbiy Sudanning janubida juda ko’p oltin konlari bo’lgan. G’arbiy Sudan orqali Gvineya ko’rfazidan O’rta Yer dengizi sohillarigacha eng muhim savdo yo’llari o’tgan. Dehqonlar Sahroyi Kabir chegarasida yashovchi ko’chmanchilar bilan savdo-sotiq qilishardi. Ko’chmanchilar mahalliy aholiga zarur bo’lgan tuz, teri va chorva mollarini bug’doy hamda hunarmandchilik buyumlariga ayirboshlar edilar.

Afrika davlatlari. Afrikaning eng qadimiy davlatlaridan biri Gana edi. Oltin va tuz savdosi bu davlatga juda katta daromad keltirgan. Gana kamonchilar va suvoriylardan iborat qo’shinga ega bo’lgan. XI asr oxirida arablarning Marokash sultonligi Gana poytaxtini bosib olgan va vayron qilgan. Gana shohi sultonga xiroj to’lab turishga majbur etilgan. Zodagonlari islom dinini qabul qilgan. Tez orada mustaqillikka erishgan Ganani keyinchalik Mali davlati o’ziga tobe etgan. Malining gullab-yashnashi XIII asrga to’g’ri keladi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi 7 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 6

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: 1. Chongizxon mamlakatni birlashtirish uchun qayerni o’z davlatining poytaxtiga aylantirdi?

a) Uzunqir s) Qoraqurum qal’asi

b) Qoraqal’a qal’asini d) Narshax qal’asini

2. qaysi knyaz O’ltin O’rdadan boshqaruv yorlig’i olganlarning “ulug’i” deb tan olinadi?

a) Svyatoslav s) Dolgurukiy

b) Vladimir d) Yaroslav

3. Yaponiyda birinchi syogunlik kim tomonidan o’rnatilgan?

a) Asikaga s) Nobunaga

b) Tokugava d) Minamoto

4. Parxe qirolligi X asrda qaysi qabila zarbasidan so’ng parchalanib ketdi?

a) manjurlar s) mo’g’ul

b) kidan d) xunnlar

5. Koryo qirolligiga kim asos solgan?

a) Tangun s) Van Gon

b) Van In d) Sechjon

6. Dehli sultonligida davlat ixtiyoridagi yerlar qanday nomlangan?

a) xolisa s) sulton yerlari

b) mulki xolis d) iqto

7. Mayya davlatining poytaxti qaysi shahar edi?

a) Kusko s) chichen-Itsa

b) Tenochtitlan d) Songai

8. ma’lumotning umumiy mazmunini rasm orqali yoki rasmlarni ketma-ketligi orqali eslab qolish maqsadida tasvirlash qanday nomlanadi?

a) iyeroglif s) piktografiya

b) epigrafika d) pantomime

9. Gana davlati qachon tashkil topgan?

a) VII asr s) IX asr

b) VIII asr d) X asr

10. XVI asrda Songai davlatini qaysi davlat bosib olgan?

a) Misr s) Mali

b) Marokash d) Gana



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Yakuniy dars.

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: IV - VI asrlar - Yevropada xalqlarning buyuk ko’chishi. 476- yil- G’arbiy Rim imperiyasi quladi.

486-yil - Franklar davlati tashkil topdi.

570 - 632- yillar - Muhammad (s.a.v.) yashagan yillar.

589- yil - Xitoyda Suy imperiyasi vujudga keldi.

610- yil - Muhammad (s.a.v.) ning payg’ambarlik faoliyati

boshlandi.

618- yil- Xitoyda Tan imperiyasi tashkil topdi. .

VII asr - Hindistonda Xarsha imperiyasi tashkil topdi.

630- yil - Arab qabilalari yagona davlatga"birlashtirildi.

632- yil - Arab xalifaligi tashkil topdi.

661- yil- Xalifalikda umaviylar sulolasi hokimiyat tepasiga keldi. 750- yil - Xalifalikda abbosiylar sulolasi hukmronligi o’rnatildi. 800- yil - Buyuk Karl imperiyasi tashkil topdi.

829- yil - Angliya yagona davlatga birlashtirildi.

843- yil - Verden shartnomasi imzolandi.

875 - 884- yillar - Xitoyda Xuan Chao boshchiligida dehqonlar

qo’zg’oloni bo’lib o’tdi.



882- yil - Kiyev Rus davlati tashkil topdi.

X asr - Chexiya va Polsha davlatlari vujudga keldi. 962- yil - Muqaddas Rim imperiyasi tashkil topdi.. 998- yil - Rusda xristian dini qabul qilindi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO






Katalog: fayl
fayl -> Amerika qo'shma shtatlari (aqsh)
fayl -> 8 sinf jahon tarixi
fayl -> Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif
fayl -> O`zbekistonning eng go`zal va betakror makonlaridan biri bu Farg`ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatlariga ko`ra Farg`ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan
fayl -> E. Heminguey “Quyosh bari bir chiqaveradi” Kirish
fayl -> Ii bob. G’arbiy Yevropa davlatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
fayl -> I bo’lim. XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti
fayl -> Birinchi bo’lim o’rta yer dengizida bo’ron
fayl -> Ispaniya birinchi jahon urushida betaraf qoldi. Bu hol unga urushayotgan har ikki harbiy siyosiy ittifoqqa kiruvchi davlatlar bilan muvaffaqiyatli savdo sotiq munosabatlarini amalga oshirishga imkon berdi
fayl -> Shimoliy va markaziy arabiston hududidagi qadimgi davlatlar

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik