7 sinf Jahon tarixi. 1-dars. Kirish I bob. Yevropa ilk o’rta asrlarda


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi



Download 0.51 Mb.
bet7/8
Sana19.01.2017
Hajmi0.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Mo’g’ullar hujumi. XIII asr boshlarida Osiyoda qudratli Mo’g’ullar davlati tashkil topdi. Bosqinchilik urushlari natijasida u qisqa vaqt ichida ulkan imperiyaga aylandi. 1237-yilda esa mo’g’ullar Rusga hujum boshlaganlar. 140 ming kishilik qo’shinga Botuxon boshchilik qildi. Mo’g’ullar uchun feodal tarqoqlikni boshidan kechirayotgan Rusni bo’ysundirish qiyin kechmadi. Rus knyazlari umumiy dushmanga qarshi kurashda bir-­birlariga yordamga kelmaganlar.

Ryazan mudofaachilari qattiq qarshilik ko’rsatsalar-da, kuchlar teng bo’lmaganligi sababli jangda tor-mor etilgan. Mo’g’ullar tez orada Moskvani ham egalladilar. Navbat Vladimir-Suzdal knyazligiga kelgan. 1238-yilning mart oyida bu knyazlik ham tor-mor keltirildi. Knyaz Yuriy Vsevolodichning o’zi ham jangda halok bo’lgan. Botuxon qo’shini 1240-yilda Kiyev knyazligini o’ziga bo’ysundirdi. Shu tariqa Rusning uch knyazligi (Polosk-Minsk, Smolensk va Novgorod-Pskov knyazliklari)dan boshqa barcha knyazliklar birin-ketin bo’ysundirildi. Botuxon Rusdan boshqa istilo etilgan hududlarda Oltin O’rda xonligini tuzgan. Rus yerlari Oltin O’rda tarkibiga kiritilmagan. Lekin ular Oltin O’rdaga tobe etilgan. Har bir knyazlik har yili katta miqdorda o’lpon to’lab turishga majbur qilingan. Rusning qaysi knyazligida kimning knyaz bo’lishi masalasini ham Oltin O’rda xonlari hal etganlar. Ma’qul ko’rilgan nomzod xondan yorliq olgachgina knyazlik taxtiga o’tira olgan. Knyazliklardan biriga barcha knyazliklardan Oltin O’rdaga to’lanadigan o’lponni yig’ish huquqi berilgan. O’sha knyazlik o’lponlarni to’plab, Oltin O’rdaga topshirgan. Oltin O’rda xonlari cherkovning kuchi va ta’sirini yaxshi bilganlar. Shuning uchun ham pravoslav cherkovidan madad olish maqsadida ruhoniylarga katta imtiyozlar berganlar.



Shved va nemis bosqinchilarining hujumi. Rus bu davrda faqat mo’g’ullar hujumigagina uchrab qolmadi. 1240­-yilda mo’g’ullar oyog’i yetmagan Novgorod-Pskov knyazligiga shved qo’shinlari hujum qildi. Bu davrda Novgorodda 18 yoshli dovyurak sarkarda Aleksandr Yaroslavich knyazlik qilardi. Aleksandr qo’shini shvedlar ustidan g’alaba qozongan. Bu g’alaba tufayli knyazga Nevskiy degan (Neva daryosi nomidan olingan) faxriy nom berilgan. Endi u Aleksandr Nevskiy deb atala boshlangan. Shvedlar xavfi bartaraf etilgach, shu yilning o’zida endi nemis ritsarlari Rus yeriga bostirib kirdi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Rusning mo'g'ullar zulmidan ozod bo'lishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Rusni yagona davlatga birlashtirish shart-sharoitlarining yetila borishi. Rus xalqi mo’g’ullar istibdodiga qarshi hamisha kurashib kelgan. Bu kurash XIV asrda yanada kuchaydi. Ozodlik yo’lidagi kurash avvalo Rusni birlashtirishni taqozo etardi. Rusni yagona davlatga birlashtirmasdan turib, mo’g’ullar istibdodidan qutulib bo’lmas edi. Bu haqiqat tobora ko’proq anglana boshlandi. Rusni birlashtirishdek tarixiy vazifa Moskva knyazligi zimmasiga tushdi. 1327-yilda Moskva knyazi Ivan Kalita (1325-1340) Rus knyazliklarida o’lpon yig’ish huquqini qo’lga kiritdi. Ayni paytda knyazlik tobora kuchayib bordi. Rus knyazliklari birin-ketin Moskva knyazligiga bo’ysundirilib borildi. 1367-yilda xarsangtoshlardan qurilgan Kreml Moskvani mustahkam qal’aga aylantirdi. Kulikovo jangi. Moskva knyaz­ligining tobora kuchayishi, Rusning shu knyazlik qo’l ostida yagona dav­latga birlasha borishi Oltin O’rdani tashvishga sola boshladi. Oltin O’rda Rusda o’z hukmronligining zaiflashishiga aslo toqat qila olmas edi. Oltin O’rda xoni Mamay 1380-yilda avvalgi hukmronlikni qayta tiklash uchun Rusga qarshi katta qo’shin surdi. Oltin O’rda va Moskva knyazligi o’rtasidagi hal qiluvchi jang 1380-yilning 8-sentabr kuni bo’lib o’tdi. Bu jang Don daryosi bo’yidagi Kulikovo deb ataluvchi maydonda bo’lib o’tganligi uchun tarixga "Kulikovo jangi" nomi bilan kirdi. Rus qo’shiniga Moskva knyazi Dmitriy Ivanovich (Ivan Kalitaning nabirasi) boshchilik qildi. Jangni Mamayning otliq askarlari boshladi. Ular ruslarning oldingi qismiga hujum qildi. Shafqatsiz olishuvda bu qism halok bo’ldi. Knyaz Dmitriy Ivanovich knyazlik anjomlarini oddiy askar kiyimiga almashtirib, dushman bilan olishdi. Bir necha soat davom etgan jangda o’rdaliklar rus qismlarini siqib qo’ydi. Jangning hal qiluvchi pallasida pistirmadagi qism jangga kirdi. Rus otliq askarlari hujum qilayotgan dushmanning orqa tomonidagi o’rmon ortidan chiqib qo’qqisdan zarba berdi. Shuncha yerlarni qo’lga kiritgan va shu qadar ko’p xalqlarni asoratga solgan mo’g’ul-tatar xonlari birinchi marta qaqshatqich mag’lubiyatga uchradi. Buyuk knyaz Dmitriy Ivanovich jangda og’ir yaralandi. Bu g’alaba sharafiga u Dmitriy Donskoy deb ataladigan bo’ldi. Oltin O’rdaning mag’lubiyati Moskva knyazligi obro’-e’tiborini oshirdi. Moskva knyazligining Rusni mo’g’ullar istibdodidan ozod etish uchun kurash markazi sifatidagi o’rni yanada oshdi va mustahkamlandi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Saljuqiy va Usmonli turklar davlatlari

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Saljuqlar davlati. Davlatning nomi saljuq turklarining yetakchisi Saljuq ibn Do’kak nomidan olingan. U harbiy sarkarda edi. Saljuq turklari Orol dengizining shimoli-sharqiy qirg’oqlari, Sirdaryoning o’rta va quyi oqimi hududlarida yashaganlar. Ular 992-yilda islom dinini qabul qilishgan. Saljuqlar 1038- yilda Xurosonda o’z davlatini tuzdilar. Bu davlatning asoschisi Saljuqning nabirasi To’g’rulbek edi (1038-1063). Saljuqlar davlati keyinchalik jahonning eng yirik imperiyalaridan biriga aylangan. To’g’rulbekning avlodlari Alp Arslon va Malikshohlar davrida (1063-1092) saljuqlar Yaqin Sharq va Kichik Osiyoda mustahkam o’rnashib oldilar. 1071-yilda Vizantiyaning 200 minglik qo’shini tor-mor etilgan. Bu g’alaba saljuqlarga butun Kichik Osiyo, Suriya, Falastin va Kavkazortini bo’ysundirish imkonini bergan. Biroq birinchi salib yurishi oqibatida Saljuqlar davlatining parchalanish jarayoni boshlan­gan. Chunonchi, Kermon, Suriya va Anadolu kabi mustaqil sulton­liklarga bo’linib ketgan. Usmonli turklar davlatining tashkil topishi. Anadolu saljuqlar sultonligi parchalangach, uning hududida ko’plab beyliklar (bekliklar - hokimliklar) vujudga keldi. Ulardan biri - Vizantiya bilan chegara hududda joylashgan Usmon (1282-1326) rahbarlik qilgan Usmon beyligi edi. Usmon I Vizantiyaning zaiflashib qolganligidan foydalanib, o’z beyligi hududini tobora kengaytirdi. Bosib olingan Bursa shahri poytaxt etib befgilandi. Tez orada Anadoludagi boshqa turk beyliklari ham Usmon I tomonidan bo’ysundirildi. Shu tariqa Usmonli turklar davlati tashkil topdi. U Turkiya deb ham ataladi. Usmon I qo’l ostiga bir­lashtirgan barcha turkiy xalqlar endi Usmonli turklar deb atala boshlandi. Istilochilik urush­lari. Usmon I ning o’g’li O’rxon davrida (1326-1359) katta isti­lochilik urushlari olib borildi. O’rxon xalq lashkari deb ataluvchi doimiy qo’shinga ega edi. Ayni paytda harbiy ishni o’z kasbiga aylantirgan, juda yaxshi harbiy ta’limga ega yanichar - piyoda, sipohiy deb ataluvchi otliqlar qo’shini tuzildi. Harbiy harakatlarda artilleriya (zambarak)dan foydalanish joriy etildi. Shu tariqa Usmonli turklar davlati qudratli qo’shinga ega bo’ldi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi 7 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 5

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: 1. Angliyada birinchi parlament qachon chaqiriladi?

a) 1265 yil s) 1189 yil

b) 1215 yil d) 1154 yil

2. Angliyada 1485 – 1509 yillarda kim qirollik qilgan?

a) Genrix VII Tyudor s) Mariya

b) Richard II d) Yelizaveta

3. Yevropada ilk universitetlar qaysi shaharlarda tashkil etilgan?

a) Bolonya va Parij s) Parij va Milan

b) London va Neopol d) Praga va Vena

4. Yevropada XI asrda qaysi davlatlarda qurilish toshlari bo’lmagani uchun saroylar, ibodatxonalar pishiq g’ishtdan qurila boshlaydi?

a) Fransiya va Shvetsiya s) Ispaniya va Germaniya

b) Italiya va Chexiya d) Angliya va Polsha

5. XII asrda Angliyada parlament tarkibidahar bir graflikdan necha ritsar to’plangan?

a) 1 s)3


b) 2 d) 4

6.Qaysi qo’zg’olon rahbari amaldorlardan biri bilan uchrashuvda janjallashib, to’qnashuvda yaralanib halok bo’ldi?

a) Jakeriya s) Bobek

b) Janna d’Ark d) Uot Tayler

7. XII asrda Parijda eng yirim universitet ochilib, uning asoschisi kim edi?

a) Fridrix II s) Rojer Bekon

b) Salamanka d) Rober de Sarbon

8. Qaysi uslubda qurilgn inshoatlar qalion devorli, baland minorali va tor derazali, salobatli uzun bo’lgan?

a) Roman s) Vizantiya

b) Gotika d) Arab

9. Quyidagi tarif qaysi me’moriy uslub haqida;”bu imoratlar baland, uchli, baland gumbazli,imorat ichida ba1and va nafis ustunlar ko’plab qurilgan, derazalari baland, oylarida vitrajlar, nafis chizma naqshlari bo’lgan”?

a) Roman s) Vizantiya

b) Gotika d) Arab

10. XII asrda Germaniyada Reyn daryosi bo’ylaridagi qaysi shaharlar yirik hunarmandchilik va savdo markazlariga aylanadi?

a) Kyoln, Vorms s) Ulm, Nyurenburg, Augsburg

b) Frankfurt, Geydelberg d) Strasburg, Gamburg



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Mo'g'ullar davlati va ularning istilochilik yurishlari.

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: "Yakka mo’g’ul ulusi"ning tashkil topishi. Ko’pdan-ko’p mo’g’ul qabilalari qabilalar ittifoqiga birlashib yashaganlar. Ularning eng yirigi va qudratlisi tayjiutlar qabila ittifoqi edi. Uning xoni (hukmdori) Temuchin (1155-1227) bo’lib, u barcha qabilalarni bir ittifoqqa birlashtirish uchun kurash olib borgan. 1206- yilda qabilalar ittifoqi xonlarining qurultoyi Temuchinni Buyuk xon deb e’lon qilgan va u Chingizxon deb atala boshlangan. "Chingiz" Buyuk xonning unvoni hisoblanib, "dengiz", "okean" degan ma’nolarni anglatadi. Shu tariqa Osiyo qit’asida qudratli yangi bir davlat tashkil topgan. U "Yakka mo’g’ul ulusi" deb atalgan. Tarixda bu davlat Mo’g’ullar davlati deb ham, Chingizxon davlati deb ham yuritiladi. Chingizxon davlatni har biri ming oiladan iborat birlikka bo’lib idora etgan. Ularga Chingizxonga sadoqat bilan xizmat qilgan kishilar boshliq etib tayinlangan. Minglik o’z navbatida yuzlik va o’nlik oila birliklariga bo’ lingan.

Istilochilik urushlariga tayyorgarlik. Chingizxon katta istilochilik urushlari olib borish uchun zarur shart-sharoitni yarata olgan. Avvalo, 15 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan barcha erkak kishilar harbiy xizmatga yaroqli, deb belgilab qo’yilgan. Bu esa qo’shinning katta zaxirasini vujudga keltirish imkonini bergan. Ayni paytda mo’g’ullar a’lo darajadagi qo’shinga ega bo’lganlar. Bunga ular otsiz tasavvur qilib bo’lmaydigan ko’chmanchilik hayoti tufayli erishganlar. O’troq hayot kechirayotgan davlatlarning otliq qo’shini ularga bas kela olmas edi. Mo’g’ullar, shuningdek, Xitoyning ilg’or harbiy texnikasini ham puxta o’zlashtirib olgan edilar. Jumladan: ular devor teshadigan va o’t sochadigan qurollarga ham ega bo’lganlar. Chingizxon saralangan harbiy qism ham tashkil eta olgan edi. Va nihoyat, qo’shinda juda qattiq tartib, intizom o’rnatilgan, bu tartibni buzganlar ayovsiz jazolangan. Yuqorida qayd etilgan omillar Chingizxon va uning vorislariga istilochilik urushlari olib borish imkonini bergan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: XIII-XV asrlarda Xitoy

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Xitoyning zaiflashuvi. Sun sulolasi hukmdorlari qanchalik urinmasin, mamlakat tarqoqligiga barham bera olmagan. Aksincha, u tobora kuchayib borgan. Natijada Xitoy amalda to’rtta davlatga bo’linib ketgan. Buning ustiga ko’chmanchi xalqlar hujumi ham imperiyani qiyin ahvolga solib qo’ygan. Oqibatda u zaiflashgan. Bu omil mo’g’ullar istilosini muqarrar qilib qo’ygan.

Mo’g’ullar bosqini va uning oqibatlari. 1211- yilda mo’g’ullar Xitoyga hujum qilgan. Tez orada Shimoliy Xitoy bosib olingan. 1215-­yilda Pekin shahri egallangan. Mo’g’ullar Xitoyni to’la bosib olish uchun qariyb 70 yil vaqt sarflaganlar. Nihoyat, 1279-yilda Xitoy to’la bosib olingan. Bu bosqinchilik Chingizxonning nabirasi Xubilay (Tuluning o’g’li) tomonidan amalga oshirilgan. Oqibatda Sun imperiyasi barham topgan. Shu tariqa Xitoyda mo’g’ullar sulolasi hukmronligi o’rnatilgan. Bu sulola yuan sulolasi peb atalgan. Mo’g’ullar istilosi Xitoyga ham xarobalik keltirgan. Istilochilar Xitoy yerlarini o’z mollari uchun yaylovlarga aylantirganlar. Shahar va qishloqlar bearmon talangan. Xitoy xalqi og’ir soliqlar to’lashga majbur etilgan. Qo’li gul hunarmandlar qulga yoki yollanma askarga aylantirilgan. Yangi sulola hukmdorlari barcha yerlarni unda yashovchi aholi bilan birgalikda mo’g’ullarga mulk qilib bo’lib berganlar. Bu mulklardagi dehqonlarning ahvoli nihoyatda og’ir bo’lgan. Ular sotilgan va sotib olingan. Shaharlar ham tushkunlikka tushgan. Qo’shinga jalb etilmagan hunarmandlar, savdogarlar soliq uchun juda katta pul to’lashga majbur etilgan. Istilo o’ziga xos oqibatlarga olib kelgan. Chunonchi, mo’g’ullar xitoylar tarkibiga tobora singib keta boshlagan. Ular xitoy tilida gaplashadigan bo’lganlar. Xitoy yozuvini va xitoycha boshqaruv usulini qabul qilganlar. Ayni paytda Xitoy yangi sulola davrida tash­qi savdoda har qachongidan ko’ra ko’proq qatnasha boshlagan. Xitoy ipagi, chinnisi, temir va misi dunyoning ko’p davlatlarida sotilgan. Biroq bu savdodan tushgan daromad xitoylarni emas, asosan mo’g’ul zodagonlari hamda chet ellardan jalb etilgan savdogarlarni boyitgan. Shu tariqa mo’g’ullar sulolasi hukmronligi davrida Xitoy mahalliy aholisi barcha tabaqalarining ahvoli tobora yomonlashib borgan. Bu omil oxir oqibatda Xitoyda ozodlik harakatining kuchayishiga olib kelgan.

Min sulolasi hukmronligining o’rnatilishi. 1351-yilda Xitoyda mo’g’ullar zulmiga qarshi qo’zg’olon ko’tarilgan. Qo’zg’olonchilarning asosiy qismini dehqonlar tashkil etgan. Bu qo’zg’olon tarixga "qizil peshanabog’liklar" nomi bilan kirgan. Qo’zg’olonga rohib Chju Yuan ­Chjan rahbarlik qilgan. Qo’zg’olonchilar 1368- yilda Pekin shahrini ishg’ol qilganlar. Qo’zg’olon natijasida mo’g’ullar sulolasi hukmronligi barham topgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: O'rta asrlarda Yaponiya

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Yaponiyada yer egaligi jamiyatining qaror topishi. VII asrdan boshlab Yaponiyada yer-mulk egaligi jamiyati vujudga kela boshladi. 646- yilda barcha yer davlat mulki deb e’lon qilingan. Aholi davlat chek yerlari egasiga aylangan. Ayni paytda yirik aslzodalarga davlat oldidagi xizmatlari uchun yer-mulklar in’om etila boshlangan. Bu yerlar syoen deb atalgan. Syoen otadan bolaga meros qoldiriladigan bo’lgan va soliqdan ozod etilgan. Yerlarning bir qismi monastirlar ixtiyoriga ham berilgan. XI - XII asrlarga kelib syoen yer egaligining asosiy shakliga aylangan. Shu tariqa Yaponiyada yer egaligi jamiyati to’la qaror topgan.

Katalog: fayl
fayl -> Amerika qo'shma shtatlari (aqsh)
fayl -> 8 sinf jahon tarixi
fayl -> Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif
fayl -> O`zbekistonning eng go`zal va betakror makonlaridan biri bu Farg`ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatlariga ko`ra Farg`ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan
fayl -> E. Heminguey “Quyosh bari bir chiqaveradi” Kirish
fayl -> Ii bob. G’arbiy Yevropa davlatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
fayl -> I bo’lim. XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti
fayl -> Birinchi bo’lim o’rta yer dengizida bo’ron
fayl -> Ispaniya birinchi jahon urushida betaraf qoldi. Bu hol unga urushayotgan har ikki harbiy siyosiy ittifoqqa kiruvchi davlatlar bilan muvaffaqiyatli savdo sotiq munosabatlarini amalga oshirishga imkon berdi
fayl -> Shimoliy va markaziy arabiston hududidagi qadimgi davlatlar

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik