7 sinf Jahon tarixi. 1-dars. Kirish I bob. Yevropa ilk o’rta asrlarda


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi



Download 0.51 Mb.
bet6/8
Sana19.01.2017
Hajmi0.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Normandlar istilosi oqibatlari. Sizga ma’lumki, Fransiyaning Normandiya gersogligi 1066-yilda Angliyani istilo qilgan edi. Shu yili gersog Vilgelm Vilgelm I nomi bilan Angliya qiroli deb e’lon qilindi. Istilodan so’ng aksariyat mahalliy angl-saks feodallarining yer-mulki tortib olindi. Ular ritsarlarga bo’lib berildi. Cherkov yepiskoplari ham almashtirildi. Angliya yerlarining 1/7 qismini Vilgelm I o’z mulki qilib oldi. Istilochilarning Angliyani itoatda tutishlari uchun kuchli qirol hokimiyati zarur edi. Buni tushungan barcha yer egalari Vilgelm I ga sodiqlik haqida qasamyod qilganlar. Istilo shu tariqa Angliyada kuchli qirol hokimiyatini vujudga keltirdi. Bu esa o’z navbatida markazlashgan davlat barpo etish uchun asos bo’ldi. 1086- yilda Angliyada aholini ro’yxatga olish tadbiri o’tkazildi. Aholi bu tadbirni qo’rqinch bilan qarshi oldi. Shu tufayli ro’yxat varaqalarini "Dahshatli sud kitobi" deb atadilar. Vilgelm I ning bu tadbirdan ko’zlagan asosiy maqsadi - mamlakatda haqiqatda qancha yer maydoni borligini aniqlash orqali xazinaga tushadigan daromadni ko’paytirish edi. Vilgelm I Daniyaning uzluksiz hujumlariga butunlay chek qo’ydi. Feodallarning o"zaro urushlariga barham berdi.

Kuchli qirollik hokimiyati. Vilgelm I ning oqilona siyosati kuchli qirollik hokimiyati vujudga kelishini ta’minladi. Avvalo, yirik shaharlar qirol hokimiyatini qo’llab-quvvatladilar. Buning asosiy sababi shaharlarning asosan qirolga qarashli yer-mulklarda joylashganligi edi. Qirol ham shaharlarni qo’llab-quvvatladi. Chunki, birinchidan, shaharlar qirolga katta daromad keltirgan bo’lsa, ikkinchidan, yirik feodallarga qarshi kurashda shaharlar qirolning tayanchi edi. Shu sababli feodallar shaharlarga tazyiq o’tkaza olmaganlar. Qirol hokimiyatini ritsarlar ham qo’llab-quvvatlashgan. Kuchli qirol hokimiyati ularni katta yer egalari tajovuzidan muhofaza qilishning asosiy kafolati edi. Xristian cherkovi, aholining erkin toifasi ham kuchli qirol hokimiyati tarafdori bo’lgan. Qirol sudining joriy etilganligi aholining erkin toifasini feodallarning o’zboshimcha mahalliy sudlaridan himoya qilgan. Qirol hokimiyatining mustahkamlanishi bilan Angliya markazlashgan davlatga aylana borgan. Yuqorida qayd etilgan omillar Angliyada markazlashgan davlat vujudga kelishini Fransiyaga nisbatan yengil ko’chishiga imkon bergan.

"Buyuk erkinlik xartiyasi". Qayd etilgan omillar Angliyada siyosiy hayot osoyishta kechgan, degan fikrni anglatmaydi. Fransiyada bo’lganidek, Angliyada ham hokimiyat uchun, siyosiy huquqlar uchun murosasiz kurash davom etgan. Biroq bu kurash Angliyani bo’laklarga bo’lib yubora olmagan. Qirol Ioann (1199 - 1216) davrida hukmron tabaqalar o’rtasidagi nizolar avjiga chiqqan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Angliyaning XIV-XV asrlardagi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Iqtisodiy taraqqiyot. XIV asrda Angliya iqtisodiy taraqqiyotida katta siljish yuz berdi. Chunonchi, chetdavlatlar bilan savdo aloqalari o’sdi. Bu esa ingliz qishlog’ini keng bozor aloqalariga tortdi. Ayni paytda Angliyaning o’zida shahadarning o’sishi qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan talabni oshirib yubordi. Natijada tovar-pul munosabatlari yanada rivojlandi. Bunday sharoitda lorular (katta yer-mulk egalari) uchun barshchinani pul solig’i bilan almashtirish afzal bo’lib qoldi. Endi lorular o’z yerlarini ijaraga bera boshladilar. Ijara haqi pul bilan to’lanadigan bo’ldi. Oxir-oqibatda XIV asrning birinchi yarmida barshchina butunlay siqib chiqarildi. Bu katta ijobiy ijtimoiy hodisa edi. Ayni paytda lorularning pul solig’i miqdorini orttirib borishi ijarachi dehqonni og’ir ahvolga solib qo’ya boshlagan. Bundan tashqari, lorular bekor yotgan yerlarni, shuningdek, dehqonlar foydalanib kelayotgan jamoa yaylovlarini ham egallab olishni davom ettirganlar. Bu omillar dehqonlar noroziligining o’sib borishiga sabab bo’lgan.

Ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi. 1348- yilda Angliyada qora o’lat - vabo kasalligi tarqaldi. Buning natijasida aholining 1/3 qismi qirildi. Oqibatda ishchi kuchiga bo’lgan talab nihoyatda oshib ketdi. Lorular o’zlari istagan miqdorda ishchi kuchi topa olmay qolganlar. Ayniqsa, ritsarlar (mayda feodallar) qiyin ahvolga tushib qolishgan. Chunki ishchi kuchining tanqisligi yollanib ishlovchilar uchun to’lanadigan haq miqdorining oshishiga olib kelgan. Ritsarlar va shahar mulkdorlari qimmatbaho ishchi kuchi yollay olmas edilar. Shunday sharoitda qirol farmon chiqargan. Unga ko’ra, yeri, yashash joyi bo’lmagan, yoshi oltmishdan oshmagan barcha erkak va ayollar taklif etilgan ish joyiga borishga majbur edilar. Buning ustiga, farmonda ish haqi kasallik tarqalganiga qadar qancha bo’lsa, shuncha miqdorda saqlanib qolishi ko’rsatilgan edi. Tabiiyki, parlament qirol farmonini tasdiqlagan. Farmonga itoat etmaganlar qattiq jazolangan. Bu ham yetmaganidek, 1377- yilda "jon solig’i" deb ataluvchi soliq joriy etilgan. Bu Fransiya bilan olib borilayotgan urush (yuz yillik urush) xarajatlarining tobora ortib borishi oqibati edi. Bunday soliq Angliya tarixida hech qachon bo’lmagan edi. Qonunga ko’ra, 14 va undan katta yoshdagi barcha fuqarolar jon solig’i to’lashga majbur edilar. Bu soliqni belgilash chog’ida mulkiy holat hisobga olinmagan. Bu dehqon oilalarini holdan toydirgan. Oqibatda dehqonlar qo’zg’oloni yuz bergan. Qo’zg’olonning yetilishida kambag’al ruhoniylar targ’iboti ham ma’lum rol o’ynagan. Ular krepostnoylikka qarshi edilar. Ruhoniylar dehqonlar orasidagi o’z va’zlarida: ,,xudo hamma kishilarni teng qilib yaratgan, binobarin, yer-suv hammanikidir", - der edilar. Ular: "Odam Ato yer haydab, Momo Havo charx yigirgan paytlarda kim dvoryan (katta yer egasi) bo’lgan, axir?" - degan qochiriqli so’zlarni ko’p qaytarganlar.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: XII-XV asrlarda Germaniya

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Siyosiy taraqqiyotning o’ziga xosligi. Germaniyaning siyosiy taraqqiyoti Fransiya va Angliyanikidan farq qilardi. Bu ikki davlat tobora markazlashib borgan bo’lsa, Germaniyada feodal tarqoqlik hukm surardi. Mamlakat kichik-kichik knyazliklarga bo’linib ketgan edi. Imperator hokimiyati zaif edi. Imperator bor-yo’g’i feodallarning eng yirigi edi, xolos. Knyazliklar unga nomigagina vassal hisoblanardi. Buning asosiy sababi ­Germaniya imperatorlarining bosqinchilik siyosati edi. Bunday siyosat Germaniya imperatorlarini yirik va mayda feodallarga butunlay bog’lab qo’ygan. Chunki bosqinchilik urushlarini ularning madadisiz amalga oshirib bo’lmas edi. Fransiya va Angliyada shaharlar qirol hokimiyatining ittifoqchisiga aylangan bir paytda Germaniyada bu hodisa ro’y bermagan. Bunga bosqinchilik urushlarining imperatorlarni shaharlar taqdiriga befarq qilib qo’yganligi sabab bo’lgan.

Shtaufenlar sulolasi hukmronligi. 1125- yilda Germaniyada hokimiyat tepasiga shtaufenlar sulolasi keldi. Bu sulolaning imperatori Fridrix I Barbarossa edi. U 38 yil imperatorlik taxtida o’tirgan. Uning hukmronlik yillari bosqinchilik urushlariga to’la bo’ldi. Chunonchi, 1158-yilda Italiya bosib olindi. Bu Germaniya tomonidan Italiyani ikkinchi marta istilo qilinishi edi. Italiya erkin shahar kommunalari shaharlarga imperator noiblarining tayinlanishiga rozilik berishga majbur etilgan. Sodiq huquqshunoslar imperator Fridrix I ni "yerdagi jonli qonun" deb madh etganlar. Erkinlikka ko’nikkan Italiya shaharlari ittifoqqa birlashganlar. Bu ittifoqda Milan shahri yetakchi rol o’ynagan. Germaniya ta’sirining kuchayishidan cho’chigan Rim Papasi ham shaharlar ittifoqiga qo’shilgan. 1176-yilgi jangda imperator qo’shini mag’lubiyatga uchragan. Fridrix I Italiya shaharlarining erkin kommuna huquqlarini tan olgan. Buning evaziga shahar kommunalari sifatida imperatorning oliy hokimiyatini tan olganlar. Ayni paytda Fridrix I Rim Papasi davlati ishlariga aralashmaslikka rozi bo’lgan. Biroq Fridrix I Italiyadan butunlay voz kechgan emas.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: G'arbiy Yevropa xalqlari madaniyati

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Ilm-ma’rifatning rivojlanishi. Shaharlarning kengayishi va qirol hokimiyatining ehtiyoji bilimli kishilar ko’proq bo’lishini talab qildi. Savdo-sotiq ishlaridan kelgan daromadlarni hisoblash va shahar kengashlarida ish yuritish uchun savodli, ma’rifatli odamlar kerak edi. Qirollarga ma’lumotli amaldorlar va sudyalar zarur edi. Shaharlarda xususiy kishilar yoki shahar kengashlari tomonidan ochiladigan va cherkovga qarashli bo’lmagan maktablar vujudga kela boshladi. Bu maktablarda bolalarga o’qish-yozish va arifmetika cherkov maktab­laridagiga qaraganda yaxshiroq o’rgatilardi. Tabiatga doir ma’lumotlar ham berilardi. XII asrda Yevropada dastlabki oliy maktablar - universitetlar paydo bo’ldi. Ular mashhur o’qituvchilar bo’lgan shaharlarda vujudga keldi. Ularning birinchisi Parij universiteti edi. Universitetlarda darslar lotin tilida olib borilardi. Shuning uchun universitetlarning har birida turli mamlakatlardan borgan yoshlar o’qiy olardi. Shaharda yashovchi o’qituvchi va studentlar mahalliy aholi bilan bo’ladigan nizo-janjallarda shahar sudining yordamiga umid qila olmasdilar. Shuning uchun studentlar va o’qituvchilar universitetga birlashganlar. Universitetlar shahar ma’murlariga qarshi uzoq vaqt kurash olib borib, o’zini-o’zi boshqarish huquqini qo’lga kiritganlar. Endi ular universitet rahbarlarini va sudlarini o’zlari saylaydigan bo’lganlar. Turli fan o’qituvchilari o’zlarining ayrim-ayrim birlashmalari ­fakultetlarini tashkil etdilar. Har qaysi fakultetga dekan boshchilik qilgan. O’qituvchilar bilan studentlar birgalikda universitet boshlig’i (rektor)ni saylardilar. Universitetlarda ilohiyot, qonunlar, tibbiyot o’rgatilardi. Studentlar o’qituvchilarning ma’ruzalarini tinglar va yozib olardilar. Ma’ruzalar disput (munozara)lar bilan to’ldirilardi. XV asrda Yevropada 65 ta universitet bor edi. Ularning eng mashhurlarini Parij, Bolonya (Italiyada), Oksford (Angliyada), Praga, Krakov (Polshada) universitetlari tashkil etardi. Shaharlarning o’sishi bilan cherkovning maktab ustidan tanho hukmronligiga putur yeta bordi. Ilm-ma’rifat asta-sekin feodallar va shaharliklar orasiga kirib bardi.

Ilmiy bilimlarning rivojlanishi. Xo’jalik taraqqiyoti ilmiy bilimlarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Dehqonlar yerga ishlov berish usullarini takomillashtirdilar. Tuproqning xususiyatlarini bilib oldilar. Ob-havoni, chorva mollari va ekinlarning holatini kuzatib bordilar. Hunarmandlar metall va toshlarning xossalarini o’rgandilar. Turli tajribalar o’tkazdilar, bo’yoq va oyna tayyorladilar. O’rta asrlarda astrologiya va alximiya kabi o’ziga xos fanlar taraqqiy topdi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: G'arbiy Yevropada san'at va adabiyot. Gumanizm

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Me’morchilik. XI asrda G’arbiy Yevropada katta qu­rilishlar boshlandi. Cherkov ibodatxonalarni kengaytirdi. Mustahkam bo’lmagan yog’och imoratlar o’r­niga gumbazli g’ishtin binolar qurildi. Bu binolarning poy­devorlari gumbazlarning og’irligiga bardosh berishi uchun juda qalin qilib qu­rilardi. Binokorlar qurilish ishlarida qadimgi Rim me’­morchiligi namunalaridan foydalandilar. Shuning uchun XII - XV asrlardagi inshootlar roman uslubidagi inshootlar deb ataladi. Roman uslubidagi ibo­datxonalarning devorlari silliq edi. Ularning baland minoralari va yarim doira­simon arklari bo’lgan. Yarim doiraviy ark shakli ibodatxo­naning hamma joyida - gum­bazlarda, derazalarda, kirishdagi eshiklarda ham ko’zga tashlangandi. Roman uslubidagi ibodatxonalar katolik cherkovining kuch ­qudratiga odamlarda ishonch uyg’otish uchun qal’aga o’xshatib, salobatli va haybatli qilib qurilgan edi. Ko’­pincha ular atrofdagi aholi uchun boshpana vazifasini ham o’tagan. Shaharliklar savdo rastalari, ratushalar, kasalxona va mehmonxonalar qura boshladilar. Shaharning eng chiroyli binosi sobor edi. XII - XV asrlardagi binolar keyinchalik gotik uslubida qurilgan binolar deb ataldi. Binokorlar mahoratining o’sib borishi yarim doira shaklidagi qo’pol gumbazlarni ancha yengil va o’tkir uchli baland qubbalar bilan almashtirishga imkon berdi. Qalin devorlar keraksiz bo’lib qoldi. Gotik uslubidagi soborlarda juda ko’p katta derazalar bo’lgan. Shu tufayli ular yengil va tiniq ko’rinishi bilan roman uslubidagi yarim qorong’i soborlardan farq qilgan. Gotik uslubda qurilgan eng katta soborlar minorasi Misr ehromlaridan ham baland bo’lib, 150 metrga yetgan. Ibodat qilish uchun hashamatli ulkan soborga kelgan dindorlar xudoning kuch-qudrati oldida o’zlarini zaif va notavon banda deb his qilganlar. Yalinib-yolvorib yaratgandan yordam so’raganlar. Shu bilan birga, soborga kelgan kishi uning nafisligiga qoyil qolardi. Sobor ko’p vaqtlargacha shaharning birdan-bir katta binosi bo’lib keldi. Unda cherkov ibodatlari o’tkazilishi bilan birga, shahar aholisining yig’ilishlari, diniy mazmundagi teatr tomoshalari ham bo’lib o’tgan. Universitetlarning professorlari ma’ru­zalar o’qiganlar. Davlatlar o’rtasida tuzilgan shartnomalar imzolangan.

Haykaltaroshlik. O’rta asr­lardagi haykaltaroshlik san’ati arxitektura bilan chambarchas bog’langan edi. Soborlar xudo, avliyolar, yepiskoplar va qirol­larning yuzlarcha va hatto ming­larcha haykallari bilan beza­tilardi. Ruhoniylar fikricha, san’at "savodsiz kishilar uchun diniy kitob" bo’lib xizmat qilishi, xris­tian kitoblarida bayon qilingan voqealarni tasvirlashi kerak edi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Rusda feodal tarqoqlik va uning oqibatlari

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Kiyev Rusining bo’linib ketishi. Natural xo’jalik hukmronligi mamlakatning turli hududlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarni zaiflashtirgan. Bu hodisa XII asrga kelib Kiyev Rusining mustaqil knyazliklarga bo’linib ketishiga olib keldi. Ular ichida Kiyev, Buyuk Novgorod, Galich-Volin, Vladimir-Suzdal knyazliklari eng yiriklari edi. Ularning har biri mustaqil o’z ichki va tashqi siyosatiga ega edi.Feodal tarqoqlik oqibatlari. Kiyev Rusining bo’linib ketishi, avvalo, knyazliklar o’rtasida o’zaro urushlarning kuchayishiga olib kelgan. Bundan tashqari, feodal tarqoqlik mamlakat mudofaa qobiliyatini ham pasaytirgan. Ayni paytda knyazlarning o’zlariga qarashli ayrim hududlarni vorislari o’rtasida taqsimlashlari knyazliklarning yanada maydalashib ketishiga olib kelgan. Feodal tarqoqlik knyaz hokimiyati bilan yirik feodal (boyar)lar o’rtasida nizolarning kuchayishiga ham sabab bo’lgan. Chunki knyazlar cheklanmagan hokimiyatga ega bo’lishga intilganlar. Yirik feodallar esa bunga qarshilik ko’rsatganlar. Novgorod boyarlar respublikasi. Kiyev Rusidan ajralib chiqqan dastlabki knyazliklardan biri - Novgorod knyazligi edi. Kiyev Rusi tarkibida bo’lgan davrida Novgorod Kiyev Buyuk knyazining o’g’li tomonidan boshqarilar edi. Novgorod shahri knyazlikning poytaxti bo’lgan. Novgorod eng muhim savdo yo’llari kesishgan yerda joylashgani uchun "dengiz porti" deb atalgan. Novgorod knyazligida boyarlar ta’siri kuchli edi. 1136-yilda ular knyazni taxtdan ag’darganlar. Knyazlik boyarlar respublikasiga aylangan. Novgorod hukmdorini xalq vechesi saylagan. U "Boyarlar kengashi" oldida javobgar bo’lgan. Xalq vechesini ham boyarlar boshqargan. Shu tariqa butun hokimiyat boyarlar qo’lida to’plangan. Novgorod respublikasi amalda boyarlar respublikasi edi. Kiyev knyazligi. Kiyev Rusi parchalangach, Kiyev knyazligi kichrayib qoldi. Turli knyazliklar Kiyev knyazligini bo’ysundirishga harakat qilib ko’rganlar. Bu ishda ular boyarlar madadiga tayanganlar. Biroq Kiyev knyazligining katta harbiy kuchga egaligi ularga o’z maqsadlarini amalga oshirishga imkon bermagan. Knyazlikka qipchoqlar tomonidan solingan xavf knyazni katta qo’shin saqlashga majbur etardi. Bu qo’shin o’z ichki dushmanlariga qarshi kurashishda knyazning tayanchi ham edi. XIII asrga kelib vaziyat o’zgardi. Knyaz bilan boyarlar o’rtasidagi nizo knyazlikni zaiflashtirdi. Oqibatda 1203-yilda Volin knyazi Roman Mstislavich Kiyevni egalladi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Chet el bosqinchilarining Rusga hujumi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa


Katalog: fayl
fayl -> Amerika qo'shma shtatlari (aqsh)
fayl -> 8 sinf jahon tarixi
fayl -> Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif
fayl -> O`zbekistonning eng go`zal va betakror makonlaridan biri bu Farg`ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatlariga ko`ra Farg`ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan
fayl -> E. Heminguey “Quyosh bari bir chiqaveradi” Kirish
fayl -> Ii bob. G’arbiy Yevropa davlatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
fayl -> I bo’lim. XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti
fayl -> Birinchi bo’lim o’rta yer dengizida bo’ron
fayl -> Ispaniya birinchi jahon urushida betaraf qoldi. Bu hol unga urushayotgan har ikki harbiy siyosiy ittifoqqa kiruvchi davlatlar bilan muvaffaqiyatli savdo sotiq munosabatlarini amalga oshirishga imkon berdi
fayl -> Shimoliy va markaziy arabiston hududidagi qadimgi davlatlar

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik