7 sinf Jahon tarixi. 1-dars. Kirish I bob. Yevropa ilk o’rta asrlarda



Download 0.51 Mb.
bet5/8
Sana19.01.2017
Hajmi0.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8

Diniy-ritsarlik ordenlari. Birinchi salib yurishidan keyin Falastinda ritsarlar oz qoldi. Shunday sharoitda ularni saqlab qolish muhim masala edi: Chunki salibchilar o’z davlatlarini mudofaa qilishga ham majbur edilar. Ritsarlarni saqlab qolish zarurati diniy-ritsarlik ordenlari tashkil etilishiga olib kelgan. Bular Tamplif, Ioannit ordenlari edi. Uchinchi salib yurishidan so’ng Tevton ordeni ham tashkil etilgan. Falastinda va Yevropaning turli mamlakatlarida ordenlarga yer­mulk ajratib berilgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Keyingi salib yurishlari va oqibatlari

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: To’rtinchi salib yurishi. 1202- yilda to’rtinchi salib yurishi boshlandi. To’rtinchi salib yurishi oldingilaridan xristianlarning xristianlar yurtini bosib olishi bilan farq qiladi. Bunda Venetsiya shahri katta rol o’ynadi. Uning maqsadi asosiy savdo raqibi - Vizantiyani kuchsizlantirish edi. 1204- yilda salibchilar Vizantiya poytaxti Konstantinopol shahrini egalladilar. Bosqinchi salibchilar shaharni ayovsiz taladilar. Barcha ibo­datxonalar, jumladan, Muqaddas Sofiya ibodatxonasi ham ship-shiydon qilindi. Salibchilar Vizantiyaning bosib olingan hududlarida yana bir yangi davlat tuzdilar. Bu yangi davlat Lotin imperiyasi deb ataldi. 1261- yildagina Vizantiya imperiyasi qayta tiklandi, biroq u avvalgidek qudratli bo’la olmadi. To’rtinchi salib yurishining yana bir o’ziga xos tomoni - unda bolalarning yurishda qatnashish ista­gida bir joyga to’planganligidir. Savdogarlar ularni kemalarda Misrga olib borganlar va qullikka sotib yuborganlar.

Keyingi salib yurishlari. 1217- yildan 1270- yilgacha o’tgan davrda yana to’rt marta salib yurishlari uyushtirildi. Lekin ular samarasiz tugagan. Bu yurishlarda endi butun Yevropa qatnashmagan. Yurishlar oqibatida salibchilar Quddus shahrini butunlay qo’ldan chiqardilar. 1291- yilda turklarning zarbasi natijasida salibchilar Sharqdagi barcha mulklaridan batamom ayrildilar. Kipr oroli XV asrning ikkinchi yarmidan Venetsiya qo’liga o’tdi. Salib yurishlari oxir-oqibatda muvaffaqiyatsizlikka uchrab, butunlay to’xtadi.

Salib yurishlari to’xtashining sabablari. XIII asr oxirlariga kelib Yevropada qishloq xo’jaligi yuksala bordi. Hosildorlik ortdi. Bu esa feodallarning daromaularini yanada orttirdi. Oqibatda ularga og’ir va xatarli urushlar kerak bo’lmay qoldi. Dehqonlarning birinchi salib yurishida qirilib ketishi qolganlarning ko’zini ochdi. Endi dehqonlar Papa va feodallar da’vatiga ishonmay qo’ydilar. Uzoqdan to’kin hayot izlash o’rniga feodallarga kuchliroq qarshilik ko’rsatish yoki shaharga qochib ketish afzal edi. Shahar­larning o’sishi ularga ish topish imkonini bera boshladi. Ritsarlar ham salib yurishlarida qatnashishdan bosh tortganlar. Chunki Yevropa davlatlari o’rtasida nizolarning kuchayishi ritsarlarga bo’lgan talabni oshirib yubordi. Shunday sharoitda ritsarlarga qirol qo’shinida xizmat qilish afzal bo’lib qoldi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi 7 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 3

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: 1. Poroxdan qachondan boshlab harbiy maqsadlarda foydalana boshladilar?

a) X asr o’rtalari s) Xi asr boshida

b) X asr oxirida d) XI asr oxirida

2. Ilk o’rta asrlarda Hindistonda in’om etilgan yer maydoni nima deb atalgan?

a) grass s) jogir

b) patta d) roja

3. XIV – XV asrlarda shimoliy nemis shaharlarining savdo va siyosiy ittifoqi qanday nomlangan?

a) Ganza shaharlar ittifoqi s) Levant shaharlar ittifoqi

b) Shimoliy shaharlar ittifoqi d) Genuya shahrlar ittifoqi

4. Inkvizitsiya qaysi ppa davrida o’z qudrati cho’qqisiga erishadi?

a) Innokentiy III s) Silvestr

b) Urban II d) Grigoriy

5. Diniy ritsarlik ordeni a’zolari nimaga qasamyod qilishgan?

a) ibodatda bo’lishga v tashkilotdan chiqmaslikka

b) cherkovga so’zsiz bo’ysunishga va umrining oxirigacha xristian dini dushmanlariga qarshi kurashishga

s) nikohga kirnmaslikka va kambag’allikda yashashga

d) to’g’ri javob b va s

6. Romaniyaning birinchi hukmdori kim?

a) Bolduin s) Zenon

b) Mixail VIII Paleolog d) Lyudovik IX

7. pekinda “Poytaxt axboroti” gazetasi qachondan chiqariladi?

a) VII asr s) IX asr

b) VIII asr d) X asr

8. Ganza shaharlar ittifoqining bosh shahri qaysi shahar edi?

a) Kyuln s) Lyubek

b) Bremen d) Gamburg

9. O’rta asrlarda xristian cherkoviu yeretiklarga qarshi kurashish uchun tuzishgan cherkov sudi qanday nomlangan/

a) indulgensiya s) inkvizitsiya

b) autodafe d) interdict

10. Qaysi diniy ritsarlik ordeni Ioann Ierusalimskiy nomli kasal va kambag’al ziyoratchilarga yordam ko’rsatadigan g’aribxonadagio rohiblardan tashkil topgan?

a) tampliyer s) gospitalyer

b) tevton d) nemis



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Fransiyada markaziy hokimiyatning vujudga kelishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Ichki siyosiy ahvol. IX asrda G’arbiy Yevropada feodal tarqoqlik yuz bergan edi. Buning natijasida davlatlar mayda mayda bo’laklarga bo’linib ketgan. Ularning har biri deyarli mustaqil davlat (mustaqil mulk) edi. Oqibatda qirol hokimiyati zaiflashgan. Uning ta’sir doirasi o’ziga qarashli mulk chegarasidan nariga o’tmagan. Fransiyaning o’zi 14 ta yarim mustaqil mulkka (davlatga) bo’linib ketgan edi. Ularni boshqargan gersog yoki graflar o’zlariga qarashli mulkda aholidan soliq yig’ganlar, sud ishlarini amalga oshirganlar. Ba’zi feodallarning yer-mulki qirolnikidan ko’p edi. Binobarin, ular qirollardan boyroq va qudratliroq bo’lgan. Gersog va graf (yirik feodal)lar "qirol tenglarning birinchisidir" xolos, deb hisoblar edilar.

Birlashish sabablari. X - XI asrlarda mamlakatda ishlab chiqaruvchi kuchlar yanada o’sdi. Bu o’z navbatida savdo-sotiqning rivojlanishiga sabab bo’ldi. Savdo-sotiqning rivojlanishi mamlakat viloyatlari o’rtasida mehnat taqsimotining vujudga kelishiga olib keldi. Bir viloyatda temir rudasi, ikkinchisida oziq-ovqat mahsulotlari, uchinchisida esa movut ishlab chiqarish yetakchi sohaga aylangan. Bu hodisa viloyatlarning o’zicha yashashi holatiga barham bergan. Ularni bir-biri bilan chambarchas bog’lagan. Hatto feodallar ham, krepostnoylar ham bu jarayonga tortilgan. Feodallar hunarmandchilik buyumlari hamda shahardan keltiriladigan boshqa tovarlarni sotib olish uchun tobora ko’proq pulga muhtoj bo’la boshlaganlar. Shu tufayli barshchina va obrokni ham pul to’loviga o’tkaza borganlar. Obrokni pul bilan to’lash krepostnoylarni bozor bilan bog’lab qo’ygan. Ular endi o’z chek yerlarida yanada ko’proq mahsulot yetishtirishga harakat qilganlar. Ortiqcha pulga ega bo’la boshlagan krepostnoy bora-bora pul evaziga o’z erkini sotib ola boshlagan. Shu tariqa krepostnoy qaramlikdan ozod bo’lib, erkin ishlab chiqa­ruvchiga aylangan. Bu esa mamlakatni birlashtirish uchun sharoit yaratgan. Mamlakatning bundan keyingi taraqqiyoti ishlab chiqaruvchi kuchlarning yanada o’sishi va savdo-sotiqning rivojlanishiga bog’liq bo’lib qolgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Fransiyada toifaviy monarxiyaning qaror topishi. General shtatlari

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: General shtatlarning chaqirilishi. Fransiyani birlashtirish uchun og’ir kurash olib borilayotgan bir sharoitda qirol Filipp IV General shtatlar chaqirishga majbur bo’ldi. Bu hodisa 1302- yilda ro’y berdi. Filipp IV hokimiyatining bo’linishini xohlamas edi, albatta. Shu sababli uning o’ziga qolsa General shtatlarni chaqirmagan bo’lardi. Ichki va tashqi dushmanlarga qarshi kurash katta-katta mablag’lar talab etayotgan bir sharoitda Filipp IV ning bundan boshqa iloji yo’q edi. Zarur mablag’ga ega bo’lish uchun qirol harbiy xizmatni o’tamayotgan yirik dvoryanlarni o’zlariga berilgan imtiyozni to’lov evaziga sotib olishga majbur etgan. Bundan tashqari, cherkov yerlariga ham soliq solgan. Qirolning bu tadbirlari yirik feodallar va Rim Papasi qarshiligiga uchragan. Rim Papasi qiroldan cherkovga qarashli yerlardan soliq olish to’g’risidagi farmonini bekor qilishni talab etgan. Ana shunday sharoitda qirolning General shtatlarni chaqirishdan boshqa chorasi qolmagan. Qirolning asosiy tayanchlari o’rta va mayda dvoryanlar hamda shaharlarning erkin fuqarolari edi. O’rta va mayda dvoryanlar gersog va graflarning o’zboshimchaligidan jabr chekmoqda edi. Ko’plab shaharlar qirolning qo’llab quvvatlashi tufayligina o’z-o’zini boshqarish huquqini qo’lga kiritgan edi. Shuning uchun ham shaharliklar qirolning ishonchli tayanchiga aylangan edi. Filipp IV aynan o’rta va mayda dvoryanlar hamda shaharliklar madadiga tayanib, yirik dvoryanlar va cherkovning qarshiligini sindirishga qaror qilgan. General shtatlar 8- aprel kuni Parijning bosh ibodatxonasida ish boshladi. Unda yuqori tabaqa vakillari bilan bir qatorda, har shahardan ikki nafardan vakil ham qatnashdi. Shaharliklar vakillari qirolni to’la qo’llab-quvvatlashini ma’lum qilganlar. Bu madaddan foydalangan Filipp IV Rim Papasiga qarshi kurash olib borgan. Vafot etgan Papa o’rniga uning tazyiqi bilan fransiyalik ruhoniy saylangan. 1309- yilda Papa qarorgohi Rimdan Fransiyaga ko’chirilgan. Rim Papa­sining mavqei pasayib, qirol hokimiya­tining obro’yi orta borgan. Qirol uchinchi toifaga tayanib, yirik dvoryanlarni yanada ko’proq cheklab qo’yishga erishgan. Shu tariqa Fransiyada toifaviy monarxiya qaror topgan.

General shtatlardagi ixtilof. Toifalar o’zaro murosaga erisha olmagan. Chunki dvoryanlar shaharliklar nufuzining o’sib borishidan qo’rqar edilar. Ularni tobora boyib borayotgan shaharliklarning bir kuni hokimiyatga da’vo qilishi tashvishga solar edi. Natijada dvoryanlar shaharliklarni o’z qatorlariga qo’shishni aslo istamaganlar. Shuning uchun ham shaharliklar qirol bilan kelishishni afzal ko’rgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Fransiyani birlashtirish yo'lidagi harakatlar. Yuz yillik urushning boshlanishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Yuz yillik urushning sabablari. Fransiyani yagona davlatga birlashtirishni tugallash oson vazifa emas edi. Chunki birlashtirish siyosati nafaqat ichki, ayni paytda, tashqi to’siqlarga ham uchragan. Eng katta tashqi to’siq - Angliya edi. Fransiyaning Akvitaniya viloyati Angliya qo’l ostida edi. U bu viloyatni Fransiyaga qaytarib berishni istamagan. Buning ustiga, markaziy hokimiyatga bo’ysunmaslik uchun kurashayotgan Flandriya viloyati Angliya tomonidan qo’llab-quvvatlangan. Angliya qiroli Eduard III Fransiya qiroli Filipp VI (1328-1350) (qizining o’g’li)ning nabirasi bo’la turib, Fransiyaga qarshi siyosat yurita boshladi. Bu omillar Fransiya - Angliya munosabatlarini tobora keskinlashtirgan. Endi bu ikki davlat o’rtasida urush chiqishi muqarrar edi. Urushning boshlanishi uchun bir bahona kerak edi, xolos. Filipp VI vafotidan so’ng Eduard III Fransiya taxtiga da’vogarlik qilib chiqdi. Biroq Fransiya qonunshunoslari ayol tomonidan bo’lgan avlod qirollik taxtiga o’tira olmaydi, degan xulosani berdi. Bu esa urush boshlashga bahona bo’ldi.

Urushning boshlanishi. Urush 1337- yilda Angliyaning hujumi bilan boshlandi. Flandriya urushda Angliyaning yaqin ittifoqchisiga aylandi. 1340- yilda Angliya floti katta g’alabaga erishdi. Bu g’alaba ingliz flotini dengizda hukmron flotga aylantirdi. 1346- yilda inglizlar quruqlikda ham g’alaba qozondilar. Fransiya qo’shinining umumiy safda turib jang qila olmasligi, inglizlarning esa 200 metr masofadan turib ham og’ir kamonlarda mo’ljalni aniq urishga qodir qo’shinga egaligi inglizlar g’alabasining asosiy sababi bo’ldi. Eng yirik jang 1356- yilgi Puate jangi edi. Bu jangda ham inglizlar g’alabaga erishdilar. Hatto Fransiya qiroli Ioann asir olindi. Shu tariqa Angliya G’arbiy va Shimoliy Fransiyaning katta qismini bosib oldi.

Mamlakatdagi og’ir ichki vaziyat. Fransiya qiroli Lyudovik X 1315-yilda qirollik yer-mulklaridagi dehqonlarga haq to’lash sharti bilan ozodlik berish to’g’risida farmon chiqargan edi. Bu farmon kechagi qaram dehqonni erkin mayda tovar ishlab chiqaruvchiga aylantirishi kerak edi. Biroq erkinlikni sotib olish haqi juda baland bo’lgan. Bu esa dehqonlarni amalda sudxo’rlar sirtmog’iga ilintirib qo’ygan. Angliya - Fransiya urushi busiz ham ahvoli og’ir bo’lgan dehqonlarni xonavayron qilgan. Bu esa Fransiya tarixiga ,,Jakeriya qo’zg’oloni" nomi bilan kirgan dehqonlar qo’zg’olonining yuz berishiga sabab bo’lgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Fransiyani birlashtirishning tugallanishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Yangi urush va uning oqibati. Fransiyadagi og’ir. Ichki vaziyatdan foydalangan Angliya 1415-yilda yana urush harakatlarini boshladi. Tez orada Fransiya qo’shini mag’lub etildi. Oqibatda Angliya Fransiyaning butun shimoliy qismini egallab oldi. Bunga qanoatlanmagan inglizlar qo’shini mamlakat poytaxti Parij shahrini ham bosib oldi. 1420-yilda Angliya va Fransiya o’rtasida Fransiyani tahqirlovchi shartnoma imzolandi. Unga ko’ra Angliya va Fransiya yakka qirollikka birlashtirildi. Fransiya qirolining o’g’illari vorislik huquqidan mahrum etildi. Tez orada vafot etgan Angliya qiroli Genrix V ning hali go’dak o’g’li Angliya va Fransiya qiroli deb e’lon qilindi. Mustaqil Fransiya tarafdorlari bu holatga toqat qila olmaganlar. Shu tariqa Fransiya bir-biriga dushman ikki qismga bo’linib ketgan. 1428- yilda inglizlar qo’shini Orlean shahrini qamal qilishga kirishganlar. Orlean egallansa, inglizlar Fransiyaning janubini ham qo’lga kiritish imkoniga ega bo’lardilar.

Janna d’Ark. Fransiya qo’shini g’alabaga bo’lgan ishonchni yo’qotdi. Taxt vorisi va uning a’yonlari dovdirab qolishdi. Shunday sharoitda fransuz xalqi tashabbusni o’z qo’liga oldi. Ular partizanlar urushini boshlashdi. Xalqning jasorati tufayli Orlean mustahkam qal’aga aylandi. Xalq ichidan chiqqan jasur vatanparvarlardan biri dehqon qizi Janna d’A rk edi. U o’zida mamlakatni inglizlardan xalos etuvchi kuchni topa oldi. O’zining xaloskorlik vazifasiga xudoi taoloning xohishi deb qaradi. 1429- yilda u Fransiya qiroli Karl VII bilan uchrashib, o’z fikrlarini bayon etdi. Ritsar qurol- aslahalarini taqib olgan Janna otda qirol qo’shinini aylanib chiqdi. Ularni urush harakatlarini Orlean yonida boshlashga da’vat etdi. Bu harakat albatta g’alaba keltirishini oldindan bashorat qildi. Tez orada Orlean uchun jang boshlandi. Janna d’Arkning jangdagi shaxsiy namunasi fransuz qo’shinini ruhlantirib yubordi. 1429- yil yuz yillik urushda burilish yasagan yil bo’ldi. Orlean to’qqiz kun ichida - 1429-yilning 5-may kuni butunlay ozod qilindi. Dushman qo’shini Fransiya shimoliga chekindi. Janna d’Ark "Orlean qizi" degan nom oldi. Uning jasorati, shon-shuhrati butun Fransiyaga yoyildi. Janna d’Ark kabi xalq qahramonlari obro’si hukmron tabaqalarni tashvishga solib qo’ydi. Endi Janna ularga kerak bo’lmay qoldi. Janna Angliya ittifoqchisi, Fransiya manfaatlariga xoinlik qilgan burgundlarga qarshi kurashda asirga tushib qolgan va katta pul evaziga inglizlarga sotib yuborilgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi 7 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 4

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: Lyudovik IX o’z siyosatini qaysi gersogni bo’ysundirishdan boshlaydi?

a) Bretan s) Anju

b) Akvitaniya d) to’g’ri javob a va s

2. “jamiyat baxt – saodati ittifoqi” qachon tuzilgan?

a) 1465 yilda s) 1481 yilda

b) 1477 yilda d) 1491 yilda

3. Lyudovik VI qaysi shaharlarni o’z domeniga qo’shib oladi?

a) Parij va Orlean s) Marsel va Shampan

b) Burj va Sans d) Lion va Tuluza

4. “Jamiyat baxt – saodati ittifoqi” rahbari kim edi?

a) Dyugeklan s) Gilom Kal

b) Karl Burgundskiy d) Jon Boll

5. XII – XIII asrlarda Fransiyada qaysi viloyat temir, tuz ishlab chiqarish, ot va qoramol yetishtirishga ixtisoslashgan?

a) Normandiya s) Burgundiya

b) Shampan d) to’g’ri javob b va s

6. Tampliyerlar ordeni qachon taqiqlangan?

a) XI asr boshi s) XIII asr oxiri

b) XII asr o’rtalari d) XIV asr boshi

7. XII – XIII asrlarda Fransiyada qaysi viloyat vinochilik, zig’ir tolasi va jundan gazlamalar to’qishga ixtisoslashgan edi?

a) Normandiya s) Burgundiya

b) Shampan d) to’g’ri javob b va s

8. Fransiyaning markazlasguvi qaysi voqea bilan yakunlanadi?

a) Burgundiyaning Fransiyaga qo’shib olinishi bilan

b) Karl VIII ning 1491 yil Bretan gersogining qizi Annaga uylanishi bilanHaHhsjahjhadjshdhajhdjcnn

s) Lyudovik IX ning feudal urushlarni taqiqlashi bilan

d) Filipp IIning Normandiyani inglizlardan tortib olishi bilan

9. Fransiyada qirol hokimiyatining kuchayishini qaysi qirol boshlagan?

a) Lyudovik VI s) Karl V

b) Lyudovik IX d) Eduard III

10. Fransiyada qaysi qirol qirol yerlaridagi feodal urushlarini taqiqlaydi?

a) Lyudovik VI s) Filipp II

b) Lyudovik IX d) Karl V



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Angliyada markazlashgan davlatning tashkil topishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

Katalog: fayl
fayl -> Amerika qo'shma shtatlari (aqsh)
fayl -> 8 sinf jahon tarixi
fayl -> Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif
fayl -> O`zbekistonning eng go`zal va betakror makonlaridan biri bu Farg`ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatlariga ko`ra Farg`ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan
fayl -> E. Heminguey “Quyosh bari bir chiqaveradi” Kirish
fayl -> Ii bob. G’arbiy Yevropa davlatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
fayl -> I bo’lim. XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti
fayl -> Birinchi bo’lim o’rta yer dengizida bo’ron
fayl -> Ispaniya birinchi jahon urushida betaraf qoldi. Bu hol unga urushayotgan har ikki harbiy siyosiy ittifoqqa kiruvchi davlatlar bilan muvaffaqiyatli savdo sotiq munosabatlarini amalga oshirishga imkon berdi
fayl -> Shimoliy va markaziy arabiston hududidagi qadimgi davlatlar

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik