7 sinf Jahon tarixi. 1-dars. Kirish I bob. Yevropa ilk o’rta asrlarda


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi



Download 0.51 Mb.
bet4/8
Sana19.01.2017
Hajmi0.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Xo’jalikdagi o’zgarishlar. Shaharlar qadimgi dunyoda ham bo’lgan. Lekin o’rta asrlar shaharlari jamiyat hayotida tutgan o’rni bilan avvalgi shaharlardan tubdan farq qilgan. XI asrdan boshlab shaharlar jamiyat taraqqiyotining muhim omiliga aylangan. Buning asosiy sababi - Yevropada XI asrdan boshlab hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqish hodisasi ro’y berganligi edi. Vaqtlar o’tishi bilan hunarmandchilik xo’jalikning alohida mustaqil sohasiga aylangan. Hunarmandchilikning mustaqil xo’jalik sohasiga aylanishiga avvalo dehqonchilikning yuksak sur’atlarda rivojlanishi sabab bo’lgan. XI asrga kelib Yevropada katta miqdordagi yerlar o’rmonlardan tozalangan. Ular ekinzorlarga aylantirilgan. Shu tariqa haydaladigan yer maydonlari tobora kengayib borgan. Dehqonchilikda uch dalali almashlab ekishga o’tilgan. Dehqonchilikni tobora rivojlantirish zarurati qishloq xo’jalik asbob- uskunalarining takomillashuvini ham talab eta boshlagan. Yevropa aholisining jun gazlamadan tikiladigan kiyim-kechakka bo’lgan talabi tobora ortib borgan. Bu esa qo’ychilikning rivojlanishiga olib kelgan. Endi gazlama to’qish uchun alohida moslamalarga bo’lgan ehtiyoj yanada ortgan. Qishloq xo’jaligi asbob-uskunalarini va jun-gazlama to’qish moslamalarini takomillashtirish zarurati hunar mandchilikning yanada rivojlanishiga turtki bo’lgan. Bu ikki omil hunarmandchilik hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishini zaruratga aylantirib qo’ygan.

Hunarmandchilikning ajralib chiqishi. Oxir-oqibatda hunarmandchilik dehqonchilikdan xo’jalikning alohida sohasi bo’lib ajralib chiqdi. Shu tariqa jamiyatda hunarmandchilikni o’ziga asosiy kasb qilib olgan kishilar guruhi vujudga kelgan. Bu esa o’z navbatida savdo-sotiqning rivojlanishiga asos bo’lgan. Qishloq xo’jaligining o’sishi ortiqcha mahsulotni vujudga keltirgan. Dehqon ortiqcha mahsulotni shaharga olib borib sotgan. Uning o’rniga hunarmandchilik buyumlarini sotib olgan. Bu omil savdo-sotiqning rivojlanishiga asos bo’lgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Tovar xo'jaligi va savdo-sotiq

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Tovar xo’jaligining vujudga kelishi. Tovar sotish uchun ishlab chiqariladigan mahsulotdir. Hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi hunarmandchilik va dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirdi. Hunarmand ham, dehqon ham bir­ biri bilan savdo qilishdan birday manfaatdor edi. Shu tariqa hunarmandchilik va dehqonchilik tovar xo’jaligiga aylana borgan. Bu esa savdo-sotiqning tobora rivojlanishiga olib kelgan. Tovar xo’jaligining rivojlanishi natural xo’jalikning ahamiyatini tobora pasaytirgan.

Savdo-sotiq rivoji yo’lidagi to’siqlar. O’rta asrlarda savdo-sotiq foydali, ammo qiyin va xatarli ish edi. Savdogarlarni quruqlikda yo’lto’sarlar - ritsarlar talardi. Dengizda esa qaroqchilar shilib olardi. Savdogarlar feodal yeridan, ko’prigidan, daryo kechuvidan o’tganligi uchun boj to’lashga majbur edi. Feodallaro’z daromadini ko’paytirish uchun quruq joylarga ham ko’prik solganlar. Savdogarlar ot­aravalaridan ko’tarilgan chang uchun ham soliq to’laganlar. Yo’llar tor bo’lib, tosh yotqizilmaganligi uchun bahor va qishda yurib bo’lmaydigan darajada botqoq bo’lib ketardi. Arava g’ildiraklari sinishi oqibatida yerga ag’darilib tushgan tovar o’sha yer egasining o’ljasi hisoblanardi. Dovulda halokatga uchragan kema yukini to’lqin qirg’oqqa chiqarib tashlasa, sohil egasi bo’lgan feodal o’sha tovarlarni o’ziniki qilib olardi. Savdogarlar o’zlarini talonchilikdan himoya qilish uchun gildiyalarga birlashganlar. Ular talanishdan omon qolish maqsadida bir to’da bo’lib olishar, soqchilar yollar va ularning qo’riqchiligida safarlarga chiqardilar.

Sharq bilan savdo-sotiq aloqalari. Sharoit og’irligiga qaramay savdo­-sotiq rivojlanib bordi. Yevropa savdogarlari Sharq mamlakatlari bilan azaldan savdo-sotiq qilardi. Ular O’rta Yer dengizidan Suriya va Misr portlariga borardilar. Arab va Eron savdogarlari bu yerlarga qimmatbaho sharq tovarlarini olib kelardilar. Yevropa savdogarlari ulardan zeb-ziynat buyumlari, ziravorlar sotib olib, ularni o’z mamlakatlaridagi boylarga sotib, ko’p foyda topardilar. Dorixona tarozilarida tortilib, oz-oz miqdorda sotiladigan ziravor oltinga teng turardi. Italiyadagi Venetsiya va Genuya shaharlarining savdogarlari Sharqqa boradigan savdo yo’llarini o’z qo’llariga oldilar.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Osiyo mamlakatlarining o’rta asr shaharlari. Hunarmandchilik va savdo

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Osiyo davlatlari shaharlari. Yuqorida Yevropa shaharlari feodallarga qarashli yerlarda bunyod etilganligini bilib oldingiz. Ularning o’z mustaqilligi uchun olib borgan kurashidan ham boxabar bo’ldingiz. Osiyo shaharlarida bunday kurashlar bo’lmagan. Chunki Osiyoda yer xususiy mulk bo’lmay, davlat mulki edi. Shuning uchun shaharlar egallagan yer maydoni ham davlatniki hisoblangan. Osiyoda shaharlar Yevropadagi kabi alohida mustaqil shahar­-davlatlarga aylanmagan. Ularni davlat hukmdori tomonidan tayin­langan amaldor boshqargan. Shaharning barcha boshqaruv tashkilotlari davlat hokimiyatiga bo’ysungan. XI-XV asrlarda Xitoyning Chan’an, Loyan, Xanchjou; Yaqin Sharqning Qohira, Damashq va Bag’dod; O’rta Osiyoning Samarqand va Buxoro; Yaponiyaning Kamakura, Kioto va Osaka, Hindistonning Dehli kabi shaharlari Osiyoning eng yirik shaharlari edi. XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Samarqand shahri har tomonlama yuksaldi. U Temur davlati poytaxti sifatida jahonga mashhur bo’ldi. Buxoro esa islom dini markazi sifatida ulug’langan. Musulmon mamlakatlarida shaharlar o’ziga xos usulda bunyod etilgan. Shahar markazida ark-qal’a, ya’ni hukmdorning qarorgohi, uning yonida shahriston - shaharning asosiy qismi joylashgan. Shahar tevaragida hunarmandlarning mahallalari bo’lib, ular rabod deb atalgan. Shaharlar tosh va g’ishtdan qurilgan. Buning sababi yog’ochning yetishmasligi edi. Hunarmandchilik. Osiyo davlatlari shaharlari hunarmandchilik buyumlarining pishiqligi va nafisligi bilan shuhrat qozongan. Xitoy hunarmanulari o’zlarining zeb-ziynat buyumlari, qog’ozi, shoyi gazlamalari, chinni buyumlari va nafis kashtalari bilan mashhur edilar. Xitoy hunarmanulari dunyoda tengi yo’q 600-700 kishini sig’dira oladigan mustahkam kemalar yasaganlar. Eron gilamlari, Damashq (Suriya) harbiy qurol-aslahalari, Samarqand esa sifatli qog’ozlari bilan dunyoga dong taratgan. Osiyo shaharlarida ham sexlar bo’lgan. Ularning vazifasi asosan davlat soliqlarini hunarmanular o’rtasida taqsimlash, ularni vaqtida yig’ib, davlat xazinasiga topshirishdan iborat bo’lgan.

Savdo-sotiq. Osiyo shaharlari savdo-sotiq markazlari ham edi. Osiyoda ichki va tashqi savdo bir xil darajada rivojlangan. Tashqi savdoda Buyuk Ipak yo’li muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Shahar savdosida bozorlar alohida o’rin tutgan. O’rta Osiyo va Eronda bozorlar rastalarga bo’lingan. Har bir rasta qaysidir mahsulotni sotishga ixtisoslashtirilgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Takrorlash

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Shahar va feodallar. Shahar qayerda paydo bo’lmasin, u paydo bo’lgan yer albatta qaysidir feodalga tegishli bo’lib chiqardi. Bu o’rta asrlarning birinchi davrida qirolning yer in’om etish siyosati oqibati edi. Dastlab feodallar o’z yerlarida paydo bo’lgan shaharlarga homiylik qilgan edilar. Shaharlar o’sib boyigach, feodallar ulardan olinadigan soliqlarni ko’paytira borganlar. Bu esa shaharlarning rivojiga to’sqinlik qila boshlagan. Endi shaharlar feodallar zulmiga qarshi bosh ko’targan. Shaharliklar sabot va matonat bilan kurashish uchun qasamyod qabul qilardilar. Shaharlar bir necha o’n, ayrimlari hatto yuz yillab o’z mustaqilliklari uchun kurashganlar. Ularning maqsadi - erkin shahar maqomiga ega bo’lish edi. XII - XIII asrlarda butun G’arbiy Yevropada shaharlarning feo­dallarga qarshi kurashlari bo’lib turdi. Ba’zi shaharlar qonli urush va qo’zg’olonlar yo’li bilan mustaqillikka erishdi. Ba’zilari esa feodalga pul to’lab, mustaqil bo’lib oldilar. Ammo ko’p shaharlar qancha harakat qilmasin, bari bir feodallar hukmronligidan qutula olmaganlar.

Shaharlarning o’z-o’zini boshqaruvi. Mustaqillikka erishgan shaharliklar boshqaruv ishlarini o’z qo’llariga oldilar. Shahar o’z sudi, xazinasi va qo’shiniga ega bo’ldi. Shaharlar tepasida shaharliklar saylab qo’yadigan shahar kengashi bo’lgan. Fransiya va Angliyada shahar kengashining boshlig’i mer deb atalardi. Xazina, qo’shin kengash ixtiyorida edi. Shaharlarning mustaqillik uchun kurashi oqibatida shaharliklar feodallarga qaramlikdan qutuldilar. O’z xo’jayinidan qochib ketgan dehqon shaharga kelib bir yilu bir kun tura olsa, erkin hisoblanardi. Shaharlar feodallar hukmronligidan ozod bo’lgandan keyin yana­da tezroq o’sa boshladi. Shaharga qishloqlardan qochib keluvchilar ko’paya bordi. Ular o’z mehnatlari bilan shaharlar boyligini orttirardi.

Shaharliklar turmushi. O’rta asr shaharlarining aholisi nisbatan ancha kam edi. Odatda ular 5-6 ming kishidan oshmasdi. G’ arbiy Yevropadagi sanoqli shaharlar, chunonchi, Angliyada London, Fransiyada Parij shahri aholisigina bir necha o’n ming kishidan iborat edi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Xristian cherkovining jmiyatdagi o'rni

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Xristian dini tarixidan. Qadimgi Rim imperiyasi 395-yil Garbiy va Sharqiy imperiyalarga bo’linib ketdi. G’arbiy imperiya G’arbiy Rim, Sharqiy imperiya esa Vizantiya imperiyasi deb ataldi. Ayni paytda imperiyada bir-biridan mustaqil ikkita cherkov tashkil topdi. Bular Rim va Konstantinopol cherkovlari edi. 476- yilda G’arbiy Rim imperiyasi butunlay qulagan. Bu hodisa xristian dinining keyingi taqdiriga ta’sir etmay qolmadi. G’arbiy Rim imperiyasining qulashi bilan markaziy hokimiyat ham barham topdi. Imperiya hududlarida vujudga kelgan davlatlar hali mustahkam emas edi. Bu omil Rim cherkovi va uning boshlig’i obro’­sini mislsiz darajada oshirib yuborgan. Rim cherkovi xristianlarning birdan-bir tayanchi, madadkoriga aylangan. Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya)da esa ahvol boshqacha edi.bu yerda imperatorning kuchli hokimiyati saqlanib qoldi. Natijada sharqiy cherkov (Konstantinopol cherkovi) Rim cherkovidek qudratga ega bo’la olmadi. Imperator hokimiyati uni cheklab qo’ydi. Cherkov imperatorga bo’ysundirildi.

Xristian dinidagi bo’linish. 1054- yilda xristian dini ikki oqimga bo’lindi. Ulardan biri katolik, ikkinchisi esa pravoslav deb atala boshlandi. Bu ikki oqim o’z mustaqil cherkovlariga ega edi. Bu cherkovlar o’z navbatida katolik (butun dunyo) cherkovi va pravoslav (chin e’tiqod) cherkovi deb atalgan. Xo’sh, nega xristian dinida bo’linish yuz berdi? Rim cherkovi doimo Konstantinopol cherkovini o’ziga bo’ysundirishga harakat qilgan. Tabiiyki, bu harakat ikki cherkov munosabatlarining keskinlashishiga olib kelgan. Konstantinopol cherkovi Rim cherkovining o’z ichki ishlariga aralashuviga qattiq qarshilik ko’rsatgan. Sharqiy Yevropa slavyan xalqlarining xristian dinini Vizantiyadan qabul qilishi bu munosabatni yanada keskinlashtirgan. Ular o’rtasida cherkov daromaularini taqsimlashda ham murosasiz kurash borgan. Bundan tashqari, ikki cherkov xristian ta’limotini turlicha talqin etgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Salib yurishlari va uning maqsadlari

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Salib yurishi nima? Salib yurishi katolik cherkovi va Yevropa feodallari tomonidan Yaqin Sharqqa (Suriya, Falastin, Misr, Bolqon yarim oroli, Kipr oroli) uyushtirilgan bosqinchilik urushidir. Bu bosqinchilik urushining nomi xristian dini ramzi nomidan olingan. Salib yurishida qatnashganlar salibchilar deb nomlangan. Ular kiyimlariga salib belgisini (+) tikib olganlar. Bu o’z roziligi bilan salib yurishida qatnashishga niyat qilganlikni anglatgan, qasam ramzi hisoblangan.

Salib yurishlarining sabablari. G’arbiy Yevropa feodallarining Yaqin Sharq mamlakatlaridagi bitmas-tuganmas boyliklarni egallab olishdan iborat bosqinchilik maqsaulari salib yurishlarining asosiy sababi bo’ldi. XI asrga kelib G’arbiy Yevropa feodallarini o’z boyliklari qanoatlantirmay qo’ydi. Shaharlar va savdo-sotiqning o’sishi ularning boylikka bo’lgan ishtahalarini yanada orttirib yubordi. Ularni yana va yana katta boyliklarga ega bo’lish orzu-istagi chulg’ab oldi. Feodallarning bosqinchilikdan iborat maqsaulari katolik cherkovi tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Cherkov salib yurishining tashki­lotchisiga aylandi. Katolik cherkovining maqsadi cherkov ta’sirini yanada kuchaytirish, pravoslav cherkovini o’ziga bo’ysundirish, Yevropa davlatlari hukmdorlarini ham itoatda tutish, qudratini yanada oshirish hamda ko’proq boyliklarga ega bo’lib olish edi.

Salibchilar qo’shini. Katta qo’shinsiz salib yurishini amalga oshirib bo’lmas edi. Shuning uchun ham Rim Papasi va feodallar shunday qo’shin tuzishga kirishdilar. Qo’shinning asosini ritsarlar va dehqonlar tashkil etdi. Ritsarlar feodallarning ota merosi tegmagan kichik farzanulari edilar.

Mol-mulkka ega bo’lmagan kichik farzand qo’shinda xizmat qilgan. Urushlarda qo’lga kiritilgan boyliklar ular daromadining asosiy manbai bo’lgan. Ritsarlar salib yurishlarida bajonidil ishtirok etganlar. Ularning maqsadi Sharqda yer-mulkka ega bo’lib olish edi. Salib yurishida ishtirok etishga rozi bo’lgan dehqonlarning asosiy maqsadi - tinka-madorni qurituvchi krepostnoy qaramligidan ozod bo’lish qarzlardan qutulish hamda Sharqda yerga ega bo’lib olish edi. Salib yurishlarida Yevropa mustaqil shaharlari xalqaro savdoda yetakchi mavqega ega bo’lib olish uchun ishtirok etgan.



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Dastlabki salib yurishlari

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Salib yurishining boshlanishi. Salib yurishi 1096- yilning bahorida boshlandi va 1270- yilgacha davom etdi. Sakkiz marta salib yurishi bo’ lib o’tdi. Yurishni dastlab dehqonlar boshlashdi. 60-70 ming dehqon 5-6 guruhga bo’linib, bola-chaqalari bilan aravalarda to’kin hayot izlab, muqaddas yurt sari jo’nab ketdilar. Salibchilar katta qiyinchilik va talafotlar bilan yozda Konstantinopol shahriga yetib kelishdi. Vizantiya imperatori ularni Kichik Osiyoga o’tkazib yubordi. Bu yerda ular saljuqiy turklar qo’shini bilan to’qnashishdi. Salibchilar birinchi to’qnashuvdayoq tor-mor etildi. Ularning katta qismi qirib tashlandi. Qolgan-qutgani bir amallab Konstantinopolga qaytib keldi.

Shundan so’ng 1096- yilning kuzida yaxshi qurollangan Fransiya, Germaniya va Italiya ritsarlari Yaqin Sharqqa yo’l oldilar. Ular Konstantinopol shahrida uchrashdilar. Vizantiya imperatori avvalgidek ularni Kichik Osiyoga o’tkazib yubordi. 1097- yilning yozida salibchilar saljuqiy turklar qo’shinini tor-mor etdilar. So’ng Falastinga yo’l oldilar. Va nihoyat, yo’l-yo’lakay qattiq janglardan keyin 1099- yilning 15- iyul kuni muqaddas Quddus shah­rini ishg’ol qildilar. Salibchilar shaharni ayovsiz taladilar. Aholini shafqatsizlarcha qirdilar. Shu tariqa uch yillik jangu jadallar davomida jami 1200 km uzunlikdagi yer-mulkni bosib oldilar.



Katalog: fayl
fayl -> Amerika qo'shma shtatlari (aqsh)
fayl -> 8 sinf jahon tarixi
fayl -> Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif
fayl -> O`zbekistonning eng go`zal va betakror makonlaridan biri bu Farg`ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatlariga ko`ra Farg`ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan
fayl -> E. Heminguey “Quyosh bari bir chiqaveradi” Kirish
fayl -> Ii bob. G’arbiy Yevropa davlatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
fayl -> I bo’lim. XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti
fayl -> Birinchi bo’lim o’rta yer dengizida bo’ron
fayl -> Ispaniya birinchi jahon urushida betaraf qoldi. Bu hol unga urushayotgan har ikki harbiy siyosiy ittifoqqa kiruvchi davlatlar bilan muvaffaqiyatli savdo sotiq munosabatlarini amalga oshirishga imkon berdi
fayl -> Shimoliy va markaziy arabiston hududidagi qadimgi davlatlar

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik