7 sinf Jahon tarixi. 1-dars. Kirish I bob. Yevropa ilk o’rta asrlarda


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi



Download 0.51 Mb.
bet2/8
Sana19.01.2017
Hajmi0.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Angliyaning birlashtirilishi. Bugungi kunda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo’shma qirolligi davlati Angliya deb ham ataladi. Bu davlatning V - XI asrlardagi tarixi qanday kechgan? V asrgacha Britaniya Rimga qaram edi. Rimliklar V asrda o’z qo’shinlarini olib chiqib ketgach, Britaniya mayda-mayda qirolliklarga bo’linib ketgan. V asrning o’rtalaridan boshlab esa Britaniyaga german qabilalari bo’lmish angllar, sakslar va yutlar bostirib kira boshlagan. Bu bosqinlar natijasida Britaniyada germanlarning o’ndan ortiq qirolliklari tashkil etilgan. Ular gegemonlik qilish uchun o’zaro shiddatli urushlar olib borishgan. VIII asr o’rtalariga kelib Uesseks qirolligi yetakchi qirollikka aylangan. Uning qiroli Ekbert (802 - 839) 829- yilda butun mamlakatni yagona davlatga birlashtirishga erishgan.

Angliya - Daniya munosabatlari. Birlashgan angl-saks qirolligining asosiy dushmani IX asrda tashkil topgan Daniya qirolligi edi. Daniya qirolligi salkam uch asr davomida Angliyaga hujum uyushtirib turdi. 866-yilgi hujum natijasida Daniya Angliyaning katta qismini bosib oldi. Angliya qiroli Buyuk Alfred 879-yilda daniyaliklar bilan sulh shartnomasi tuzishga erishdi. Unga ko’ra Angliya ikki qismga bo’lindi. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismi Daniyaga berildi. X asr oxiri - XI asr boshlarida Daniyaning tajovuzi yanada kuchaydi. Buning oqibatida Angliya davlat mustaqilligini butunlay yo’qotdi. Bu hodisa Daniya qiroli Kanut hukmronligi davrida (1017-1035) yuz berdi. U bu istilo natijasida Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Angliya va Shotlandiyadan iborat Shimoliy davlat deb ataluvchi davlat tuzdi. Angliya Daniyaga katta miqdorda soliq to’lashga majbur etildi. Biroq kuch bilan birlashtirilgan davlat uzoq yashamadi. Qirol Kanut vafotidan so’ng u parchalanib ketdi. 1042-yilda Angliyada yana angl-saks sulolasi hukmronligi tiklandi. Qirollik taxtini Eduard egalladi. Uning hokimiyati mustahkam emas edi. Shu tufayli u Normandiya gersogligi (Fransiyada) bilan yaqinlashish yo’lini tutgan. Normandiya gersogi Vilgelm qirol Eduardning vafotidan so’ng Angliya taxtini bosib oldi. 1066- yili u Angliya qiroli deb e’lon qilindi. Shu tariqa Angliya tarixida angl-saks sulolasi hukmronligi davri barham topdi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: VI-XI asrlarda Vizantiya imperiyasi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Imperiyaning tashkil topishi. 395- yilda qadimgi Rim imperiyasi G’arbiy va Sharqiy qismlarga bo’linib ketdi. Sharqiy qism Vizantiya deb atala boshlandi. Shu tariqa yangi davlat - Vizantiya imperiyasi vujudga keldi. Imperiya 1453­-yilgacha yashadi. Konstantinopol (hozirgi, Istanbul shahri) impe­riyaning poytaxtl bo’lib qoldi. Bu shahar o’rnida qadimda Vizantiy shahri bo’lgan. Imperiya nomi shu shahar nomidan olingan. Imperiya tarkibiga Bolqon yarim oroli, Yunoniston, Kichik Osiyo, Misr, Suriya, Falastin, Mesopotamiya, shuningdek, Kavkazortining bir qismi hamda Qrimning janubiy qirg’oqlaridan iborat hududlar kirgan. Imperiya tashkil topgan davrdan XI asrning birinchi yarmigacha uni beshta sulola vakillari boshqargan.

Vizantiya taraqqiyoti xususiyatlari. Vizantiya imperiyasi G’arbiy Rim imperiyasiga qaraganda mustahkam davlat edi. Vi­zantiyada G’arbiy Rim imperiyasini yemirayotgan qulchilik muno­sabatlari deyarli yo’q edi. Yerga ishlov berishda asosan erkin deh­qonlar mehnatidan foydalanilardi. Bu mehnat moddiy manfaat­dorlikka ham asoslangan. Bu esa yerdan yuqori hosil olish imkonini berardi. Bundan tashqari, imperiya hududi boy va madaniy o’lka­lardan iborat edi. Vizantiya shaharlari savdo-sotiq markazlariga aylangan. Ularda hunarmandchilik yaxshi rivojlangan. Imperiya hayotida, ayniqsa, poytaxt Konstantinopol shahri katta ahamiyat kasb etgan. Ayni paytda Konstantinopoldan ikkita muhim savdo yo’li o’tgan. Ulardan biri karvon yo’li, ikkinchisi suv yo’li bo’lgan. Karvon yo’li Yevropani Osiyo bilan, suv yo’li esa Qora dengizni O’rta Yer dengizi bilan bog’lagan. Vizantiya oltin puli xalqaro savdo puli vazifasini bajargan. Hunarmandchilik va tashqi savdo imperiya xazinasini boyitgan. Vizantiya imperator Yustinian davrida (527 - 565) g’oyatda yuksalgan.

Vizantiyaning zaiflashuvi. Har qanday imperiya kuch bilan tashkil etilgan. Jumladan, Vizantiya ham bundan mustasno bo’lmagan. Bu hol qachondir imperiyaga pand berishi muqarrar edi. Vizantiyada ham shunday bo’lgan. Og’ir soliqlar mehnatkash aholini tobora xonavayron qilgan. Bunga javoban ular qo’zg’olon ko’targanlar.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.



Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan Jahon tarixi 7 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 1

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: 1. Yevropada xalqlarning buyuk ko’chishlarini qaysi qabila boshlab berdi?

a) german s) xunn

b) slavyan d) varvar

2. Franklarda kimlar uzun soch qo’yib yurishi mumkin edi?

a) ruhoniylar s) harbiylar

b) hunarmandlar d) qirol oilasi

3. Yustinian I 534 yil sarkarda Velisariyni qayerga yuboradi?

a) Italiyadagi Langbardlarga s) Slavyan qabilalariga

b) Shimoliy Afrikadagi vandallarga d) Old Osiyoga


  1. Qadimgi german qabilalari qayerda joylashgan edi?

  1. Boltiq dengizi havzilarida s) Volgabo’yi va Bolqon yarim orolida

  2. Markaziy Yevropada d) Reyn va Elba daryolari havzalarida

  1. Varvar qabilalari yo’lboshchilari ichida birinchi bo’lib xristianlikni Rimdan qabul qilgan hukmdor kim?

a) Xlodvig s) Xilperik

b) Buyuk Karl d) Dezideriy

6. Buyuk Karl davrida ish yuritgan yirik zadogonlar va yer egalarining yig’ini bir yilda necha marta chaqirilgan?

a) 1 marta s) 3 marta

b) 2 marta d) 4 marta

7. Vizantiya imperiyasida ekzarxat nima?

a) oltin pul s) hukmdor

b) noiblik d) maslahat kengashi



    1. O’rta asrlarning birinchi davri qaysi davrlarni o’z ichiga oladi?

a) III asr boshidan – X asr boshigacha s) V asr oxiridan – XV asr oxirigacha

b) IV asr o’rtalaridan – X asr oxirigacha d) VI asr boshidan – XV asr oxirigacha

9. Ritsar so’zining ma’nosi nima?

a) harbiy s) qurol

b) birlashma d) otliq

10. Kim butun Angliyadan daniyalik bosqinchilarni jazolash orzusidagi jangchilarni yig’adi va daniyaliklarni bir necha bor mag’lub etadi?

a) Buyuk Alfred s) Richard

b) Amvrosiy Avrelian d) Vilgelm I



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Slavyan davlatlarining tashkil topishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Slavyan xalqlari haqida. Markaziy va Sharqiy Yev­ropada qadimdan slavyan qabilalari yashab kelganlar. Ular yashagan hududlar Boltiq dengizidan Qora dengizgacha bo’lgan ulkan maydonni egallagan. VII asrda slavyan xalqlari g’arbiy, janubiy va sharqiy slavyanlarga bo’linib ketganlar. Chexlar, polyaklar va slovaklar g’arbiy slavyanlarni; bolgarlar, serblar va xorvatlar janubiy slavyanlarni; ruslar, ukrainlar va beloruslar esa sharqiy slavyanlarni tashkil etganlar. Sharqiy slavyanlarda IX asrgacha davlat bo’lmagan. Bungacha ular urug’chilik tuzumida yashaganlar. Yer qishloq yoki urug’chilik jamoasining mulki bo’lgan. Qabila hayotiga tegishli masalalar vecheda ko’rib chiqilgan.

Chexiya davlati. X asr boshlarida Chexiya davlati tashkil topdi. Germaniya bu davlatni o’ziga bo’ysundirishga zo’r berib urindi. 1041- yilga kelib Chexiya Germaniyaning vassaliga aylandi. Ayni paytda Chexiya knyazlarining davlat ishlarini boshqarishdagi mustaqilliklari ma’lum darajada saqlab qolindi. Chunki istilochilik urushlarida Germaniyaga Chexiyaning ittifoqchi bo’lishi juda ham zarur edi. Shu tufayli Germaniya imperatori Genrix IV Chexiya knyazi Bratislav II ga (1042 - 1061) Qirol unvonini bergan. Biroq Chexiyaning qirollik maqomi uni Germaniyaga qaramlikdan to’la xalos etmagan.

Polsha davlati. Polsha davlati ham X asrda tashkil topdi. Unga barcha polyak qabilalarini birlashtirgan knyaz Meshko asos soldi. Bu tarixiy voqea 960- yilda yuz berdi. 966- yilda Meshko o’z qo’shini bilan xristian dinining katolik mazhabini qabul qildi. Polsha knyaz Boleslav I (992 - 1025) davrida kuchli davlatga aylandi. U Polsha hududlarini kengaytirdi. Rim Papasidan Qirol unvonini qabul qildi. Garchand Boleslav I ning o’limidan so’ng Polsha hududlari qisqargan bo’lsa-da, o’rta asrlar davomida Polsha o’z mustaqilligini saqlab qoldi. Polshani ham tobe etish rejasi Germaniya uchun orzu bo’lib qolaverdi.

Birinchi Bolgariya podsholigi. Xalqlarning buyuk ko’chishi jarayonida janubiy slavyanlar Bolqon yarim oroliga kelib o’rnashdilar. Ular bu yerda Bolgariya, Serbiya va Xorvatiya deb ataluvchi davlatlarni tuzdilar. Bolgariya podsholigi VII asrda Bolqonning shimoli-sharqida tashkil topdi. Bu davlatga Asparux asos soldi. IX asrga kelib Bolgariya kuchli, katta davlatga aylandi. Aholi xristian dinini qabul qildi. Podsho Buyuk Simon (883 - 927) bir necha marta Konstantinopolga hujum uyushtirdi. U garchi Konstantinopolni bosib ololmagan bo’lsa-da, o’zini Vizantiya imperatori bilan teng deb hisoblay boshladi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Kiyev Rusi davlati

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Davlatning tashkil topishi. Kiyev Rus davlati tashkil topishi arafasida sharqiy slavyanlar yerlari kichik-kichik knyazliklarga bo’linib ketgan edi. Ulardan biri Novgorod knyazligi edi. Novgorod knyazi Oleg 882- yilda Kiyevni egallagan. Bu g’alaba unga shimoliy va janubiy Rusni birlashtirish imkonini bergan. Kiyev shahri poytaxt etib belgilangan. Shu tariqa Kiyev Rus davlati tashkil topgan. Kiyev Rus davlati uch qardosh xalq - rus, ukrain va beloruslarning umumiy tarixiy beshigi edi. Bugungi Rossiya Federatsiyasi va Belorus Respublikasi nomida qadimgi Rus nomi saqlanib qolgan. Rus slavyan qabilasi nomida “o" “u” harflari doimo almashib turgan. Masalan, Ros daryosi yoki "Rus tili”.

Kiyev Rus davlatining mustahkamlanishi. Knyazlar o’z davlati chegaralari xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor berganlar. Chunki xazar va pechenglar deb ataluvchi ko’chmanchi qabilalar Rus yerlariga doimo hujum uyushtirib turganlar. Kiyev Rus davlati knyaz Svyatoslav hukmronligi davridan boshlab (964 - 972) kuchaya boshlagan. Svyatoslav Rusning rivojlanishiga to’siq bo’lib turgan Volga Bolganyasi va Xazar podsholiklarini mag’lubiyatga uchratgan. U hatto Vizantiyaga qarshi urush harakatlari ham olib borgan. Vizantiya Rusni Qora dengizga chiqarmaslikka urinar, turli ko’chmanchi qabilalarni Rusga qarshi gij-gijlardi. Knyaz Svyatoslav 972- yilda Vizantiya yurishidan qaytayotganida pechenglar hujumiga uchrab halok bo’lgan. Svyatoslavning o’g’li Vladimir Svyatoslavich davlatni mustahkamlash ishini davom ettirgan. U barcha sharqiy slavyanlarni Kiyev Rusiga birlashtiradi. Bu xizmati uchun Kiyevning Buyuk knyazi deb ataladi. Mustahkam chegara qal’alari qurdiradi. Dushman hujumidan ogohlantiruvchi gulxan yoqiladigan ulkan tepaliklar bunyod ettiradi. Chegara mudofaasi bilan shug’ullanuvchi maxsus chegara xizmatini tashkil etadi. Pechenglar hujumi shu tariqa to’xtatilgan. Bu xizmatlari uchun Vladimir yilnomalarda "Qizil Quyosh" deb ulug’langan. Rus Yevropaning eng yirik davlatlaridan biriga aylangan. Vladimirning Rus davlati oldidagi yana bir katta xizmati – xristian dinini joriy etganligida edi. Bu hodisa Rusni Yevropaning boshqa davlatlari bilan yaqinlashtirdi. Ayni paytda Vizantiyaning ilg’or madaniyati yoyilishiga ham xizmat qildi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: VI - XI asrlarda Yevropa xalqlarining madaniyati

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Yevropa madaniyati markazi. Vizantiya madaniyati Yevropaning boshqa davlatlari madaniyatidan ustun bo’lgan. Buning sababi, Vizantiyada kuchli markaziy hokimiyat mavjud bo’lganligi edi. Markaziy hokimiyatning mavjudligi imperiya ichki hayotida osoyishtalikni ta’minlagan. Bu esa o’z navbatida ishlab chiqarishning yuksak taraqqiy etishiga omil bo’lgan. Vizantiya shaharlari savdo va hunarmandchilik bilan bir qatorda, madaniyat markazlariga ham aylangan. Vizantiya haqli ravishda Yevropa madaniyati markazi edi. Shaharlarda diniy va xususiy maktablar, davlat maktablari faoliyat ko’rsatgan. Yevropada birinchi oliy o’quv yurti ham aynan Vizantiyada ochilgan. Poytaxt Konstantinopol shahri o’zining oliy tibbiy bilim yurti bilan ham mashhur bo’lgan. Vizantiyada, ayniqsa, matematika, kimyo, tarix va geografiya fanlari rivojlangan. Chunonchi, kimyo fani yutuqlari asosida "grek olovi" ixtiro qilingan. Bu olov dushman kemalari va qal’alarini yondirishda ishlatilgan. U maxsus moslama yordamida otilgan. Vizantiyada tarixga oid qator yirik asarlar yaratilgan. Ular orasida P. Kesoriyskiyning "Urushlar tarixi", “Sirli tarix", Agafiyning "Yustinianning podsholik qilishi" kabi asarlafi alohida ahamiyatga ega.

Me’morchilik. Vizantiyada odamlarni hayratga soluvchi hashamatli saroylar va ibodatxonalar qurilgan. Me’morlar ma­horati kishilarni lol qoldirgan. Bu imoratlar ayni paytda imperator hokimiyatining kuch-qudrati hamda mustahkamligini namoyish etgan. Vizantiya me’morchiligi­ning yorqin namunasi Konstan­tinopol shahri edi. Imperator Yustinian zamonida qurilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasi (532 -538) jahon me’morchili­gining ajoyib tarixiy yodgor­liklaridan biri bo’lib, u juda keng va g’oyat go’zaldir. Zamondoshlar Avliyo Sofiya ibodatxonasini "mo’jizalar mo’ji­zasi" deb ataganlar. Bu tarixiy obidaning mustah­kam qurilganligiga tan bermay iloj yo’q. Oradan salkam XV asr o’tganligiga qaramay u hamon tabiat sinovlariga bardosh berib kelmoqda. Vizantiya madaniyati Sharqiy va Janubiy Yevropa xalqlari ma­daniyatiga ham katta ta’sir ko’rsatdi. Chunonchi, Bolgariya, Serbiya va Kiyev Rusi davlatlari xristian dinini Vizantiyadan qabul qilgan. Yunon missioneri Kirill 855- yilda kirill deb atalgan alifbeni yaratgan. Unga yunon alifbesini asos qilib olgan. Vizantiyaning Yevropa madaniyatida tutgan o’rni uning kutub­xonalarida qadimgi yunon va rim allomalarining ko’plab nodir asarlari saqlanganligi bilan ham belgilanadi. Aynan shu kitoblardan keyingi avloular ham bahramand bo’lganlar.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Yangi din beshigi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Arabiston islomgacha bo’lgan davrda. Arabiston yarim orolining katta qismi suvsiz cho’l va sahrolardan iborat. Shu tufayli arab qabilalarining ko’pchiligi ko’chmanchi bo’lib, chorvachilik bilan shug’ullanishgan. Arablarning cho’l va sahroda kechadigan hayotida tuya alohida o’rin tutgan. Suv nihoyatda taqchil bo’lgan bir sharoitda bu tabiiy hol edi. Arablar uchun tuya suti va go’shti oziq-ovqat, juni esa kiyim-kechak hamda boshpana vazifasini o’tagan. Tuya junidan tayyorlangan kigizlardan chodirlar qurishda foydalanilgan. Ko’chmanchilar o’z chodirlarida yozning jazirama issig’idan jon saqlaganlar. Arabistonning dehqonchilik uchun eng qulay o’lkasi - ­Yaman viloyati edi. Arablar hayotida urug’chilik belgilari kuchli bo’lgan. Ular ko’plab urug’ va qabilalardan iborat edi. Bu bo’linish - qabilalararo doimiy urushlarning asosiy omiliga aylangan. Uzluksiz urushlar faqat vayronagarchilik keltirgan, xolos. Bundan tashqari, urug’lar o’rtasida xun olish odati davom etardi. Go’dak qiz bolalar tiriklayin ko’mib yuborilar edi. Jamiyatda qonunsizlik, axloqsizlik va zo’ravonlik: hukm surardi. Odamlarda uyat tuyg’usi yo’qol­gan edi. Ayni paytda tabaqalanish jarayoni tobora kuchayib borgan. Mol-mulk qabila zodagonlari qo’lida to’plangan, sudxo’rlik avj olgan. Arab jamiyatidagi islomgacha bo’lgan bu davr tarixga johiliya (jaholat) davri nomi bilan kirgan.

Katalog: fayl
fayl -> Amerika qo'shma shtatlari (aqsh)
fayl -> 8 sinf jahon tarixi
fayl -> Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif
fayl -> O`zbekistonning eng go`zal va betakror makonlaridan biri bu Farg`ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatlariga ko`ra Farg`ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan
fayl -> E. Heminguey “Quyosh bari bir chiqaveradi” Kirish
fayl -> Ii bob. G’arbiy Yevropa davlatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
fayl -> I bo’lim. XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti
fayl -> Birinchi bo’lim o’rta yer dengizida bo’ron
fayl -> Ispaniya birinchi jahon urushida betaraf qoldi. Bu hol unga urushayotgan har ikki harbiy siyosiy ittifoqqa kiruvchi davlatlar bilan muvaffaqiyatli savdo sotiq munosabatlarini amalga oshirishga imkon berdi
fayl -> Shimoliy va markaziy arabiston hududidagi qadimgi davlatlar

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik