7-sinf IV- chorak. Ona tilidan test savollari.
1. Sof ko`makchilar berilgan qatorni toping?
a) Uchun, ammo, qadar. s) Haqida, ba`zan, yo, yoki.
b) Bilan, kabi, tufayli. d) Avval, keyin, qadar.
2.Vazifadosh ko`makchi ishtirok etgan gapni toping?
a) Akam ustiga yaltiroq qog`oz qoplangan sovg`ani onamga berdi.
b) Orqadan chuqur soy oqardi.
s) Donolar oldida doim eshitguvchi bo`l. d) Avval o`yla, keyin so`yla.
3. -dek,-day qo`shimchalari qaysi ko`makchilar bilan ma`nodoshlikni hosil qiladi?
a) Uchun, tufayli. b) Qadar, sayin. s) Haqida, tug`risida. d) Kabi, singari.
4. Shuning uchun kitobni ko`p o`qimoq, o`rganmoq hamda boshqalarga ham o`rgatmoq joizdir. Ushbu gapda qanday bog`lovchilar bor?
a) Aniqlov, zidlov boglovchilar. b) Sabab, biriktiruv boglovchilar. d) Shart, ayiruv boglovchilar.
5. Qaysi qatorda inkor bog`lovchisi ishtirok etgan?
a) Kulgi ham, qo`shiq ham ko`ngilga sig`maydi.
b) Shu topda Karimni ham, buvimni ham topib bo`lmasdi.
s) Unga na otasining, na do`stlarining gapi kor qildi.
d) Kampir na o`g`lidan, na kelinidan hech kimga nolimadi.
6. Ushbu gapda qanday bog`lovchi ishtirok etgan? Agarda uning yonida usta Olim bo`lmaganda edi, ehtimol u qay vaqtlargacha serrayib qolar edi.
a) Zidlov bog`lovchisi. b) Shart bog`lovchisi. s) Aniqlov bog`lovchisi. d) Sabab bog`lovchisi.
7. Qaysi gapda tushum kelishidagi ot belgisiz qo’llangan?
a) Cho’l qovunlari shirin bo’ladi.
b) Hech qachon o’zing qilishing mumkin bo’lgan ishni birovga yuklama.
s) Har fasl o’z ishini bilsin.
d) Bir kishi ariq qaziydi
8. Axir, faqat dalalarda ish boshlanadi-ku! Gapda nechta yuklama bor?
a) 2 ta b) 3 ta s) 4 ta d) 5 ta
9. Qaysi gapda bog’lovchi bor?
a) Adham bilan Karim bizni ko’rgani kelishdi.
b) U ko’pdan beri birov bilan gaplashmagan.
s)Tog’a atrofni o’raganlarga jahl bilan qaradi.
d) Ikromjon g’ayritabiiy intilish bilan bir oyoqlab o’rnidan turdi.
10. Bog’lovchi- ko’makchini toping?
a) bilan b) sari s) balki d) haqida
11. Gumon yuklamasi qo’llanmagan qatorni toping?
a) Suv hayot manbaidir
b) U sizni yo’qlab kelgandir.
s) Barcha gaplarda gumon yuklamasi qo’llangan.
d) Urug’ingdir, aymog’ingdir, biror og’zi maymog’ingdir.
12. Yana ular futbol haqida nazariy bilimlarga ega bo’lishimizni talab qiladilar. Ushbu gapdagi ko’makchilarning ma’no turini aniqlang?
a) chegara ma’nosini s)yo’nalish ma’nosini
b) fikr mavzusi ma’nosini d) maqsad ma’nosini
13. So’zga qo’shib yoziladigan yuklama berilgan qatorni toping?
a) – da b) – a s) – u d) – oq.
14.- oq (-yoq) yuklamasi yuklamaning qaysi turiga mansub?
a) ta’kid yuklamasi s) kuchaytiruv yuklamasi
b) so’roq va taajub yuklamasi d) ayiruv yuklamasi.
15. So’roq yuklamasi qaysi gap tarkibida qo’llangan?
a) boshqalarning ishiga aloqam yo’qmi? s) So’zingiz so’z-a?
b) Oppoq palatkalarda kimlar yashaydi? d) a, s.
16. Bu ko’chada ham faqatgina imorat xolos-da , boshqa hech narsa yo’q-ku, Bu gapdagi yuklamalar sonini aniqlang?
a) 5 b) 4 s) 3 d) 6
17. Ko’pincha zidlov bog’lovchisi o’rnida keladigan vazifadosh bog’lovchini toping?
a) biroq b) lekin s) ammo d) balki
18. Yozuvda qaysi ergashtiruvchi bog’lovchilaridan keyin vergul qo’yiladi?
a) shart b) gumon s) sabab d) aniqlov
19. “ Gar shul eshitganim bo’lmasa ro’yo..” Ushbu misradagi bog’lovchini toping ?
a) gar b) shul s) ro’yo
Do'stlaringiz bilan baham: |