7-Mavzu. Korxonalardagi haqiqiy investitsiyalar, yangiliklar va innovatsiyalar portfelini shakllanishi. Reja


Investitsiyalar kiritish qoidalari



Download 50.49 Kb.
bet2/6
Sana08.09.2021
Hajmi50.49 Kb.
1   2   3   4   5   6
Investitsiyalar kiritish qoidalari.

Investitsiyalar kiritishning barcha shakllaridagi muvaffaqiyatlarning umumiyroq shartlari quyidagilardan iborat:



  • kerakli axborotlarni yig’ish;

  • sarmoyador qiziqayotgan sohalar bo’yicha bozor holatining istiqbollarini bashoratlash;

  • investitsion tovarlar bozoridagi hulq strategiyasini tanlash;

  • investitsion taktikaga va shuningdek strategiyaga ham egiluvchan joriy tuzatishlar kiritish.

Investitsiyalar kiritishning eng samarali usulini tanlash ehtimol bo’lgan variantlarni aniq belgilashdan boshlanadi.

Muqobil loyihalar navbatma navbat bir birlari bilan solishtiriladilar va ulardan daromadlik, xavfsizlik va ishonchilik nuqtai nazaridan eng yaxshisi tanlab olinadi. Investitsiya kiritish haqidagi masalani hal qilishda sarmoyalarni qaerga: ishlab chiqarishgami, ko’chmas mulkkami, qimmatbaho qog’ozlargami, qayta sotish uchun tovarlar xarid qilishga yoki valyutaga kiritish foydaliroqligini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun investitsiya kiritishida amaliyot tomonidan tanlab olingan quyidagi qoidalarga rioya qilish tavsiya etiladi.



  1. Muddatlarning moliyaviy muddatlar tamoyili (“oltin bank qoidasi”) deydiki: mablag’larni olish va taqsimlash belgilangan muddatlarda sodir bo’lishi kerak, o’zini o’zi oqlashining uzoq muddatlariga ega kapital kiritmalarni uzoq muddatli mablag’lar (uzoq muddatli bank kreditlari va to’lashning uzoq muddatlariga ega obligatsiyali qarzlar) hisobiga moliyalashtirish maqsadga muvofiqdir.

  2. Xatarlarning muvofiqlashtirilganlik tamoyili – ayniqsa xatarli investitsiyalarni shaxsiy mablag’lar (sof foyda va amortizatsion ajratmalar hisobiga moliyalashtirish maqsadga) muvofiqdir. Ushbu holda korxona o’zini o’zi moliyalashtirish tamoyiliga rioya qiladi va o’zini qo’shimcha qarzli majburiyatlar bilan bog’lamaydi.

  3. Eng yuksak rentabellik qoidasi – sarmoyadorga eng katta (eng yuksak) daromadlilikka erishishni ta’minlovchi kapital kiritmalarni tanlashni tavsiya qiladi. G’arbiy iqtisodchi olimlarni hisoblashlariga kompaniyani foydani (demak, sarmoyalarga daromadlik me’yori)ni ko’paytirishga intilishi rahbariyatning aktsiyadorlar boyligini ko’paytirish istagiga tengdir. Bu tasdiqni tushuntirib beramiz. Foydani ko’paytirishga qarama qarshi bo’lgan maqsadlarning ko’pchiligi haqiqatda ikkinchi darajali bo’ladilar. Aktsiyadorlar kompaniyaning egasi sifatida boshqa maqsadlarga (masalan, raqobat kurashidagi etakchilikka) erishish uchun qanday narxni to’lashlari kerakligini bilishlari kerak. Bundan tashqari kompaniya direktsiyasi aktsiyadorlar oldida hisobot beradilar. Agar rahbariyat faoliyati kiritilgan sarmoyalarga ularga ma’qul foydani keltirmasi, ular almashtirilishlari mumkin, yoki firma yutib yuborish ob’ekti bo’ladi. Demak, foydani ko’paytirish asosida investitsion qarorlarini qabul qilish mezonlaridan kompaniya ishi samaradorligini baholash uchun (agar foydani keyingi taqsimlanishidan abstraklanilsa) foydalanish mumkin. Bu juda muhimdir, chunki hozirgi vaqtga qadar kompaniya samaradorligini o’lchashning samaraliroq usuli yoki aktsiyadorlar va umuman jamiyatning uzoq muddatli boyligini ta’minlovchi boshqa muqobil maqsadlar taklif qilinmagan.

  4. Ushbu kapital kiritmadan sof foyda bank depozitiga pul mablag’larini joylashtirish miqdoridan oshib ketishi kerak.



5. Investitsiyalarning rentabelligi hamma vaqt inflyatsiyaning o’rtacha yillik sur’atidan yuqori bo’lishi kerak.



6. Vaqt omili (pullarning vaqtli qiymati)ni hisobga olishga aniq investitsion loyihaning rentabelligi hamma vaqt muqobil loyihalar daromadliligidan yuqoridir.

7. Korxona aktivlarining loyiha amalga oshirilgan keyingi rentabelliligi ko’payadi va har qanday holda ham bank foizining o’rtacha stavkasidan oshib ketadi:

bu erda Ra – aktivlarning rentabelliligi, %; SP – kredit bozoridagi bank foizlarning o’rtacha stavkasi.

8. Ko’rib chiqilayotgan loyiha korxonaning tovar bozoridagi hulqining asosiy strategiyasiga ishlab chiqarishning ratsional navli tuzilmasini shakllantirish, investitsion xarajatlarni o’zlarini o’zlari oqlash muddatlari, ishlab chiqarish va muommalar xarajatlarini qoplashning moliyaviy manbalarining mavjudligi va daromadlarni loyihadan foydalanish davri davomida kelib tushishining barqarorligini ta’minlash nuqtai nazaridan mos kelishi kerak.

Haqiqiy loyihalarga investitsiyalar kiritish – vaqt bo’yicha uzoq jarayondir. Shuning uchun ularni baholashda quyidagilarni hisobga olish zarur:

a) loyihalarning xatarligini – harajatlarning o’zini o’zi oqlash muddati qanchalik uzun bo’lsa, investitsion xatar shunchalik yuqori;

b) pullarning vaqtdagi qiymatini, chunki vaqt o’tishi bilan pullar inflyatsiya oqibatida o’z qiymatini yo’qotadilar;

v) loyihaning sarmoyalar kiritishning muqobil variantlariga nisbatan xatarning kichikroq darajasida daromadni ko’payishi va kompaniya aktsiyalari kursi qiymatini o’sishi nuqtai nazaridagi o’ziga jalb qila olishligini, chunki bu maqsad sarmoyador uchun belgilab beruvchidir.

Sarmoyador, ko’rsatib o’tilgan qoidalardan amaliyotda foydalanib, o’zining strategik maqsadlariga javob beruvchi asoslangan qarorni qabul qilishi mumkin.




  1. Download 50.49 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat