7-Ma`ruza mashg‘ulot Texnologik qurilmalarni montaj qilish. Reja



Download 63,75 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi63,75 Kb.
#228702
Bog'liq
8-Maruza....


7-Ma`ruza mashg‘ulot

Texnologik qurilmalarni montaj qilish.

REJA:

1. Zamonaviy binokorlik qurilish konstruksiyalarini barpo qilish.

2. Qurilish konstruksiyalarini montaj qilish usullari.

3. Transport jarayonlari.

4. Konstruksiyalar montaji uchun texnik vositalar tanlash.

5. Yuk ko‘taruvi moslamalar.



TAYANCH IBORALAR

Transport jarayonlari; tayrgarlik jarayonlari; bevosita montaj jarayoni; blok usulida montaj; kompleks montaj; aralash montaj; temiryo‘l, avtomabil, suv va havo transporti; o‘zi yurar, strelali, minorali, kranlar; traversa, qamrov; strop;

1. Sanoatlashgan qurilishda qurilish konstruksiyalari montaji asosiy texnologik jarayon hisoblanadi. Bunga asosiy sabab qurilish konstruksiyalari va buyumlari ishlab chiqarish sanoatining rivojlanganligi, samarali mexanizatsiya borligi, shuningdek, qurilish jarayonlarini yirik blok va konveerlash usulida olib borishidir.

qurilish tuzulmalari montaji kompleks texnologik jarayoni deganda bino va inshootni sinchini alohida qismi va butun binoni barpo qilishdagi barcha operatsiya va jarayonlar kirib ketadi.

qurilish konstruksiyalar montaji qo‘yidagi uchta jarayondan iboratdir:

Transport jarayonlari – konstruksiyalarni tashib keltirish, tushirish, taxlash, qabul qilib olish;

Tayyorgarlik jarayonlari – konstruksiyalarni yiriklashtirish, montaj jarayoniga vaqtincha zo‘riqtirish, konstruksiyalarga vaqtinchalik ish joyini ta’minlovchi moslamalarni o‘rnatish va konstruksiyalarni montaj uchun uzatib berish;

Bevosita montaj jarayoni – tuzilmalarni ilmoqlarga ilish, ko‘tarib o‘rnash, joyiga olib borish, o‘rnatib vaqtincha qotirish, to‘g‘rilash va konstruksiyalarni loyiha holatida doimiy qotirish.

Montaj ishlarini «Ombordan» va «Bevosita transport vositasidan» tashkil qilish mumkin.

Ombordan montaj ishlarini tashkil qilishda texnologik jarayon sxemasida ko‘rsatilgan barcha operatsiya va jarayonlar qurilishi maydonida kechadi.

Bevosita transport vositasidan montaj ishlari tashkil qilinganda faqat montaj jarayonigina qurilish maydonida kechadi, qolgan ishlar bevosita konstruksiyani tayyorlagan zavodda bajarilib , tashib olib kelinadi.

2. Yiriklashganlik darajasi bo‘yicha qo‘yidagi usullarga bo‘linadi:

Mayda elementli - mayda alohida elementlar montaji, bo‘nda ko‘p mehnat talab qilinadi, tuzilmalar massasi asosan har xilligi uchun kran yuk ko‘tarishi va vaqtidan kam foydalaniladi;

Elementlar bo‘yicha – alohida konstruktiv elementlar (ustun, tusin, plita va x.k.), ularga tayyorgarlik ishlariga kam mehgat sarflanib sanoot va fuqoro qurilish tuzilmalarini bevosita transport vositasidan montaj qilish imkonini yaratadi.

Blok usulida montaj – alohida konstruktiv elemenlarni yassi yoki xajmiy blok xoliga keltirib olingan usul. Bunda kranning yuk ko‘tarish qobiliyatidan kelib chiqib, imkoni boricha yiriklashtiriladi.

Konstruktiv elementlarning montaji ketma – ketligi bo‘yicha qo‘yidagi usullar mavjud:

-Alohida (differensiyalangan) – bunda bir turdagi konstruktiv elementlarni o‘rnatib, vaqtincha va doimiy qotiriladi. Masalan; ustun, to‘sin, yopma va x.k.

-Kompleks montaj – bunda bir uyachadagi barcha konstruksiyalarni o‘rnatilishi ko‘zda tutiladi.

-Aralash montaj – aloxida va kompleks montaj usullari yig‘indisidan iborat, bunda birinchi bulib ustunlar o‘rnatib olingach , unga qolgan konstruksiyalar o‘rnatib turiladi.

Konstruksiyalarni o‘rnatib, loyiha holatiga keltirish bo‘yicha qo‘yidagi usullar mavjud:



-Erkin montaj – o‘stirish usuli, bu usulda montaj qilinayotgan konstruksiyani o‘rnatishda biror, bir chegaralash bo‘lmaydi .

- CHegeralangan erkin montaj – konstruksiyalar xarakatlanishini qisman chegaralaydigan maxsus tayanch yoki fiksator va boshqa moslamalar yordamida montaj qilish usuli. Bu usul yirik paneli uylar montajida qo‘l keladi.

-Majburiy montaj usuli – konduktor, manipulyator yoki indekator yordamida bajarilib, konstruksiyani erkin xarakatini chegaralab qo‘yadi. Bu usulda konstruksiyani joyiga o‘ta aniq, kam mehnat sarflab bajarilishi ta’minlanadi.

3. Montaj ishlari olib boriladigan maydonning joylshgan xududi va montaj ishlarini tashkil qilishiga qarab konstruksiyalarning tashib kelishining qo‘yidagi variantlari mavjud:

- Temiryo‘l transporti yordamida tayyor konstruksiyalarni zavodlardan yiriklashtirish maydoniga yoki bevosita montaj krani xarakat doirasiga;

- avtomobil transporti yordamidaqurilish maydoniga taxlash uchun yoki bevosita transportdan montaj qilishi uchun;

- suv transporti qachonki qurilish maydoniga suv xavosi yaqin bo‘lganda amalga oshirilishi mumkin, unda zavoddan konstruksiya oraliq tushirish maydoni orqali qurilish maydoniga etkaziladi;

- havo transportida yuqoridagi tashish usullarining iloji bo‘lmaganda konstruksiya zavoddan bir yo‘la qurilish maydoniga oraliq yuklash tushirish ishlari orqali olib kelinadi.

Konstruksiyalarning tashib keltirishning asosiy texnologik xususiyati ularni montaj qilish ketma – ketligi rioya qilgan xolda xususiyati va sifatini saqlagan xolda montaj zonasiga etkazib berishdir. Buning uchun maxsus transport vositalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular konstruksiyalarni tashish jarayonida imkoni boricha loyiha xolatiga yaqin xolda (ustun va ayrim tuzilmalar bundan mustasno) tashib keltiriladi. Bunda shunga axamiyat berish kerakki, Davlat avtomobil nazorati talabiga ko‘ra tashilayotgan konstruksiyaning yo‘l satxidan balandligi 3,8 metrdan, eni 2,5 meirdan, uzunligi 20,0 metrdan ortib ketmasligi zarur. Transport vositasidan konstruksiyani osilib chiqib turgan qismi 2,0 metrdan ortmasligi zarur.

Montaj ishlarini tashkil qilish sxemasiga asosan konstruksiyalarni taxlash ikki usulda; oraliq maydonlariga yoki bevosita kran xarakat doirasiga olib boriladi. qurilish maydoniga konstruksiyalarni taxlashda ularni montaj ketma-ketligini hisobga olgan holda amalga oshirilishini ta’minlash zarur. Konstruksiyalar ombori bevosita konstruksiyalar taxlash o‘rni va oraliq yo‘laklardan iborat bo‘ladi.

qurilish maydoni xududiga yaqin joylashgan zavodlardan olib kelinadigan konstruksiyalar miqdori montaj jarayoni tezkorligiga qarab 3 kunlik zaxiradan kam bo‘lmasligi kerak.

4. Montaj ishlarila va yuklarni ko‘tarib – tushirishda ishlatiladigan kran va yuk ko‘taruvchi mexanizmlarning turlariga qo‘yidagilar kiradi; o‘zi yurar strelali,minorali kranlar va turli ko‘taruvchi – montaj moslama (domkrat, arqonli kran, montaj strela, shevr va x.k.) lar kiradi. O‘zi yurar strelali kranlar o‘zining xarakatlanuvchanligi vaxolatini tez o‘zgartira olishi, boshqacha qilib aytganda qulayligi tufayli montaj ishlarida keng qo‘llaniladi.

Montaj va yuklash tushirish ishlarida kran jxozli ekskavator kranlar ham keng qo‘llaniladi.

O‘zi yurar strelali kranlarning turlariga qo‘yidagilar kiradi :

- pnevmog‘ildirakli o‘zi yurar kranlar - o‘zining o‘ta xarakatlanuvchanligi bilan ajralib montaj ishlarida keng qo‘llaniladi. Bunday kranlarni yuk ko‘tarish qobiliyati 13 – 1000 t .

- zanjirli g‘ildirakli kranlar - o‘zining yo‘lsiz joylarda xarakatlanishi, xarakachanligi, tayanch qismida gruntga kam 0,15 MPa bosm berishi bilan, shuningdek tayanch qismi kattaligi tufayli hatto yuk ilingan holda xarakatlanish imkoni yaratilgan.



- avtomobil kranlar – avtombil shossiga o‘rnatilib, chiquvchi tayanch bilan qo‘shimcha jixozlangan. CHiqarilgan tayanchda bunday kranlar 5 …6 tonnagacha yuk ko‘tariig‘shi mumkin.

Minorali kranlar – o‘z navbatida xarakatlanuvi, binoga tirmashtirilgan va o‘zini – o‘zi ko‘taruvchi turlarga bo‘linadi.

CHorpaya kranlar – omborlarda yukni tushirish, taxlash va yuklash ishlarida shuningdek tuzilmalarni yiriklashtirishda ishlatiladi.

5. qurilish konstruksiyalarni montaji uchun turli egiluvchan po‘lat arqonlar, traversalar, stroplar va maxkam ushlab ko‘taruvchi qamrovlar qo‘llaniladi. Ular oson va ishonchli ilib ko‘tarishi ta’minlashlari zarur. YUk ko‘taruvchi moslamalar statik va dinamik yukka sinalgan bo‘lib, qancha yuk ko‘tara olishi pasportida yozilgan bo‘ladi.

Egilkuvchan stroplar asosan po‘lat arqonlardan tayyorlanib, engil ustun, to‘sin, yopma, devor paneli va boshqalarni ko‘tarishda qo‘llaniladi. Texnologik maqsadga ko‘ra ular bir, ikki, to‘rt, olti tolali, shuningdek universal yoki engillashtirilgan turlariga bo‘linadi.

Traversalar po‘lat tusin, quvur yoki profilli po‘latlardan tayyorlangan ferma tarzida bo‘lib, ularga stroplar osilgan. Ular ko‘tarilayotgan yukti to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlaydi. Konstruksiyalarni ilib ko‘tarish ikki yoki to‘rt nuqtadan amalga oshirilishi mumkin. Katta xajmi konstruksiyalarni ko‘tarish uchun fazoviy traversalar ham mavjud. Agar yuk notekis joylashgan bo‘lsa, u xolda yukni balanslab beruvchi traversalar qo‘llaniladi.

qamrovlvr – ilishi xalqasi bo‘lmagan konstruksiyalarni maxsus maxkam tutkichlar yordamida ushlab ko‘tariladi. Ular konstruktiv sxemasi bo‘yicha; mexanik, elektromagnit va vakuumli tarzda ishlanadi.

Mexanik qamrov yordamida ilib ko‘tarish, asosan siqib ushlash yoki konstruksiyaning chiqib turgan qismi ostidan ilib ko‘tarishga asoslangan. Elektromagnit qamrovlar esa tok o‘tkazuvchi konstruksiyalarda elektoromagnit maydon xosil bo‘lishi hisobiga amalga oshiriladi.Ular asosan metal konstruksiyalarni montaji va yuklab turish ishlarida qo‘llaniladi.



Vakuum qamrovlar, asosan, yupqa devorli yassi konstruksiyalarni ilib ko‘tarish uchun moslangan.
Download 63,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish