6 Tarix. 1-variant



Download 41 Kb.
Sana31.10.2020
Hajmi41 Kb.

6 Tarix. 1-variant
1. Quyidagilardan qaysi tarixchi “Rim tarixi” asarini yozgan?

A) Tit Liviy B) Tatsit

C) Plutarx D) Kvint Kursiy Ruf

2. Yer yuzida iqlim iliq bo’lgan davrlarda odamlar manzilgohlari qanday yerlarda joylashgan?

A) anhorlar bo’yida va tog’lar etagida

B) buloqlar yaqinida va g’orlarda

C) kichik soylar va jilg’alar bo’yida

D) kichik daryolar va buloqlar yaqinidagi tepaliklarda

3. Qaysi podsholik davrida Sinay yarimoroli bosib olindi, mahalliy qabilalar Misrga soliq to’lay boshlashdi?

A) Qadimgi B) O’rta C) Yangi D) So’nggi

4. Finikiyaliklar qo’shnilariga nimalarni sotardilar?

A) don mahsulotlari, chorva mollari, oltin

B) mis, kumush, qalayi va noyob toshlar

C) oltin, smola, fil suyagi va yog’och

D) yog’och, metallar, gazlamalar

5. Quyidagi zardushtiylik diniy marosimlari o’tkazilgan joylardan qaysi biri noto’g’ri?

A) markaziy maydonda B) gulxan yonida

C) osmon ostida D) uydagi o’choq olovi atrofida

6. Spartada kichik-kichik qishloqlarda kimlar yashaganlar?

A) ajnabiylar B) ilotlar C) periyeklar D) fuqarolar

7. Nautaka hozirgi qaysi hududga to’gri keladi?

A) Qashqadaryoning sharqiy qismi

B) Xorazmning janubiy qismi

C) Qashqadaryoning g’arbiy qismi

D) Surxandaryoning sharqiy qismi

8. Yangi podsholik ham parchalanib ketgach Misr yana qachon yagona davlatga birlashdi?

A) mil.avv. VII asrda

B) mil.avv. VI asrda

C) mil.avv. V asrda

D) mil.avv. IV asrda

9. Rim respublikasini qayta tiklashga urinib ko’rgan Brut qayerda qo’shin to’plab, Rimga jiddiy xavf solidi?

A) Apenin yarimorolining janubida

B) Ispaniya hududida

C) Sitsiliya orolida

D) Shimoliy Yunonistonda

10. Surxko'tal yodgorligidan topilgan yozuv….

A) lotin alifbosidagi baqtriya yozuvi edi

B) oromiy alifbosidagi so'g'd yozuvi edi

C) yunon alifbosidagi kushon bitigi edi

D) so'g'd alifbosidagi tohar bitigi edi

11. Turar joylar qurilishi dastlab qaysi davr odamlarining muhim ixtirosi bo'lgan?

A) ilk paleolit B) o'rta paleolit

С) so'nggi paleolit D) mezolit

12. Ikkinchi Puni urushida Karfagen armiyasi qaysi tog‘ etaklariga yetib bordi hamda o‘tib bo‘lmasdek tuyulgan tog‘lardan oshib o‘tdi?

A) Alp B) Monblan C) Pireneya D) And

13. Urug' jamoasida yetakchilik qay tariqa erkak kishiga o'ta boshladi?

A) Iqlimning o'zgarishi va tezyurar hayvonlarning paydo boiishi natijasida ov jarayonining qiyinlashuvi.

B) Mehnat qurollari va xo'jalik yuritish shakllarining takomillashuvi.

C) Qarindoshchilikning ota tomoniga o'tishi.

D) Tosh qurollarning iste'moldan chiqa boshlashi.

14. Qadimgi Misrda qaysi podsholiklar davrida piramidalar qurilgan?

A) Ilk, Qadimgi va O'rta podsholik.

B) Ilk va Qadimgi podsholik.

C) Qadimgi va O'rta podsholik.

D) Faqat O'rta podsholik.

15. Yunoniston - Eron urushi davrida sodir bo'lgan janglarni aniqlang.

1) Granik; 2) Marafon; 3) Fermopil; 4) Kann;

5) Salamin; 6) Troya; 7) Puni; 8) Beotiya;

9) Plateya; 10) Xeroniya.

А) 1,3,5,9. В) 1,2,3,8 С) 2,3,5,9. D) 2,4,5,10.

16. Rim respublikasi qo‘shiniga dastlab kimlar olingan?

A) armiyada xizmat qilishni xohlagan ko‘ngillilar

B) barcha jinoyatchi va qullar

C) ozod rimliklar

D) yer-mulkka ega bo‘lgan rimliklar

17. Qadimgi Rimga tegishli bo'lgan atamalarni aniqlang.

1) mino; 2) triumf; 3) goplit; 4) titan; 5) liktor;

6) sirena; 7) satira; 8) akveduk; 9) veto; 10) nimfa.

A) 2,4,5,7 B) 1,5,8,9 C) 2,5,8,9 D) 2,3,4,6

18. Insonlar tomonidan munchoqlar, tumorlar va uzuklar qaysi tarixiy davrdan boshlab yasala boshlangan?

A) ilk paleolit B) o'rta paleolit

C) so'nggi paleolit D) mezolit

19. Quyida keltirilgan javoblardan noto'g'risini toping.

A) Afina palestrlarida adabiyot, she'r, musiqa o'rgatilgan.

B) Spartada chiroyli ibodatxonalar, turar joy binolari, san'at asarlari bo’lgan.

C) Afinada oliy ma'lumot beradigan o'quv yurtlari ham bo'lgan.

D) Spartada to'la-to'kis huquqqa ega bo'lmaganlar perieklar, deb atalgan.

20. Quyidagilardan so`nggi paleolit davriga to`g`ri keladiganlarini aniqlang?

A) Kromanyon odamining shakllanishi, urug` jamoalari, taqinchoqlar va turar joylar qurilishinig paydo bo`lishi

B) O`qli kamon, hayvonlarni qo`lga o`rgatishning shakllanishi

C) Ishlab chiqaruvchi xo`jalik, omochli ziroatchilik, mikrolitlarning paydo bo`lishi

D) O`troq turmish tarzi, kulolchilik va to`quvchilikning shakllanishi

21. Quyidagilardan qaysi so‘z yunonchadan olingan?

A) Senat B) Italiya C) Respublika D) Imperator

22. Qaysi davrdan boshlab odamlar kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishganlar?

A) mezolit davridan B) neolit davridan

C) eneolit davridan D) bronza davridan

23. Qanday kishilar qadimgi Misrda yuksak saviyadagi ma’lumotli va savodxon hisoblangan?

A) o’qishni o’zlashtirgan kishilar

B) husnixat san’atini egallagan kishilar

C) jamoadagi yuqori martabali kishilar

D) harbiy a’yonlar

24. Harbiy demokratiya bu -………………..

A) urug’ jamoasiga o’tish davrida qabilaga harbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shaklidir

B) katta patrialxal oilaga o’tish davrida qabilaga harbiy sardorlar boshchilik qilgan davrdir.

C) ilk davlatchilikka o’tish davrida qabilaga harbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shaklidir

D) harbiy jamoaga o’tish davrida qabilaga harbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shaklidir

25. Qadimda Buyuk Ipak yo‘li orqali O‘rta Osiyoga Xitoydan nimalar keltirilgan?

A) atlas va parchalar B) ip-gazlama va paxta chigiti

C) guruch va ipak matolar D) jun gazlama

26. Ma’lumki, Qadimgi Afinada oliy ma’lumot beradigan o’quv yurtlari bo’lgan. Ularda kimlar o’qish imkoniyatiga ega edi?
A) faqat senatorlarning farzandlari B) goplitlar

C) o’ta boy ota-onalarning farzandlari D) meteklar

27. Qadimgi Xitoydagi podsholiklar tartib bilan keltirilgan qatorni toping?

A) Sya, Shan, Chjou, Ko‘p podsholiklar, Sin, Xan

B) Sya, Shan, Sin, Ko‘p podsholiklar , Chjou , Xan

C) Chjou, Sya, Shan, Sin, Ko‘p podsholiklar, Xan

D) Sin, Sya, Shan, Chjou, Xan, Ko‘p podsholiklar

28. Peshovar hozirgi qaysi davlat hududiga to‘g‘ri keladi?

A) Afg‘oniston B) Bangladesh

C) Pokiston D) Hindiston

29. Qaysi davrda odamlar kiyim-kechak tayyorashda hayvonlar terisidan foydalanishgan?

A) ilk paleolit B) o’rta paleolit

C) so’nggi paleolit D) neolit

30. Quyidagilardan Yangi podsholik davriga oid voqeani aniqlang.

A) fir’avnlar Nubiya va Liviyaga yurish qilib, shaharlarni talaydilar, asirlar, chorva mollari va boshqa boyliklarni egallab oladilar

B) fir’avnlar Janubiy Falastin yerlari va Nubiya shimolini Misrga qo’shib olishga muyassar bo’ldilar

C) Old Osiyoda misrliklar hukmronligi o‘rnatildi

D) ko’chmanchi giksos qabilalari Misrga hujum qildi

31. Hozirgi Eron hududida qadim zamonlarda qaysi qabilalar yashab kelgan?

A) xettlar va elamiylar B) midiyaliklar va forslar

C) kassiylar va elamiylar D) doriylar va urartlar

32. Zardushtiylikda qaysi xudo hosildorlik va suv ilohasi hisoblanadi?

A) Ahuramazda B) Mitra C) Anaxita D) Ahriman

33. Yunonlar umrbod tark etgan vatanning bir parchasi sifatida nimani olishgan?

A) zaytun yog’i B) baliq C) olov D) yog’och

34. Xoriyent va Oksiartning tog’ qal’alari qayerda joylashgan edi?

A) Amudaryo bo’ylarida B) Marg’iyonada

C) Pomir tog’larida D) Hisor tog’larida

35. Yunonistonda katta kemalar bo’lmagani tufayli uzoqlarga suza olishmagan.Tajribali dengizchilar esa yelkanlardan foydalanib qayerlarga suzib borishgan?

A) Misrga hamda O’rtayer va Orol dengiz sohillaridagi shaharlarga suzib borishgan

B) Mesopotamiyaga hamda O’rtayer va Qora dengiz sohillaridagi shaharlarga suzib borishgan

C) Misrga hamda O’rtayer va Qora dengiz sohillaridagi shaharlarga suzib borishgan

D) Massagetlar yurtiga hamda O’rtayer va Qora dengiz sohillaridagi shaharlarga suzib borishgan

36. Qaysi imperatordan so’ng rimliklar yirik bosqinchilik urushlari olib bormagan?



A) Avgust B) Trayan C) Kaligula D) Neron
Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat