6-sinf uchun ona tili va adabiyot fanidan test
1.Shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati natijasida ro’y bergan harakatni ifodalovchi fe’llar qanday fe’llar deyiladi?
A.Holat fe’llari B.Harakat fe’llari C.Tabiiy holat fe’llari D.Harakat nomi
2.Undosh bilan tugagan bir bo’g’inli fe’llarga orttirma nisbatning qaysi qo’shimchasi qo’shiladi?
A.-ir,-ar,-iz B.—in,-n C.-il,-l D.-t
3.Fe’l asosiga birdan ortiq fe’l nisbati qo’shimchasi qo’shilsa,fe’l qaysi nisbatda bo’ladi?
A) nisbat hosil qiluvchi oxirgi qo’shimchaga qarab
B) o’zakka nisbatan eng yaqin joylashganligiga qarab
C) bir fe’lga birdan ortiq nisbat yasovchi qo’shimcha qo’shilmaydi.
D) tarkibida birdan ortiq nisbat hosil qiluvchi qo’shimchalar mavjud bo’lgan fe’llar bir necha nisbatga oid bo’ladi.
4. To’qimachilikni so’zi tarkibidagi so’z yasovchi qo’shimchalar berilgan qatorni toping.
A) –ma, -chi, -lik B) –i, -ma, -chilik C) –chi, -lik D) –ma, -chilik
5. Bir xil asosli so’zlar qaysi javobda berilgan?
A) kulgi, kuldon, kulba, kulolchilik B) boshda, boshliq, boshqa, boshqird
C) betinim, tinchlik, tindirmoq, tiniq D) noma, nomus, nomzod, nomard
6. Egalik, kelishik va shaxs-son qo`shimchalari shakl yasovchi qo`shimchalarning qaysi guruhga kiradi?
A) morfologik shakl yasovchilar B) sintaktik shakl yasovchilar
C) lug`aviy shakl yasovchilar D) leksik shakl yasovchilar
7.Harakat nomi otlar kabi qanday qo’shimchalarni oladi?
A.So’z yasovchi B.Egalik,ko’plik,kelishik C.darajalar D.Kichraytirish-erkalash
8.Sifatdoshlar qanday xususiyatiga ko’ra sifat so’z turkumiga o’xshaydi?
A.Narsaning turg’un belgisini bildirishiga ko’ra
B.Daraja ko’rsata oladi
C.Shaxs va narsalarning belgisini bildirishiga ko’ra
D.Atash ma’nosiga ko’ra
9.Nurga to’ldi dara,,to’ldi soy,Nur yo’gildi qorong’i jarga.Ushbu gapda qanday nisbatdagi fe’llar bor?
A.Aniq nisbat B.O’zlik B.Aniq,ozlik D.Majhul
10.Xonaga qo’rqib kirmadi.Ushbu gapda ravishdosh qanday gap bo’lagi vazifasida kelgan?
A.Payt holi B.Maqsad holi C.To’ldiruvchi D.Sabab holi
11. “ Shum bola “ qissasida Shum bolaning yolg`oni qaysi gapdan boshlangan?
A) dandon sopli pichoqning sinishidan B) omborxonaga o’t tushishidan
C) To’riq qashqaning harom o`lishidan D) Tozi itning terisi shilinishidan
12. Turob To`laning zamondosh o`zbek adabiyoti va san’ati namoyandalariga bag`ishlangan asarlarini toping
A) “Nafosat” , “Kamalak” B) “Sumbula” , “Ko`chalar”
C) “Oromijon” , “Gulyor” D) “Shodligim” , “Tabassum”
13. “ Shisha qabzali kulrang eshigida qo`ng` iroq tugmasi bor...” joy qayer?
A) Abdug`aniboyning hovlisi B) Shahardagi doktorxona
C) Sotiboldining uyi D) Abdug`aniboyning ombori
14. O. Yoqubovning dastlabki yirik asarini aniqlang.
A) “Dastlabki qadam” B) “Diyonat” C) Tengdoshlar” D) “Ko`hna dunyo”
15.Akam kollejda o’qiydi.Ushnu gapda fe’l qaysi zamonda?
A.Hozirgi zamon B.Kelasi zamon C.O’tgan zamon D.Uchala zamonga ham tegishli
16.Morfologiyada nima o’rganiladi?
A.So’zlarning grammatik ma’nolarini va ularni ifodalovchi grammatik shakllarni
B.So’zning atash ma’nosi C.Gapning tuzilishiga ko’ra turlari
D.So’z birikmasi
17.Sodda yasama so’zlar berilgan qatorni toping
A.Tinmoq,gulchi B.Ishla,kitobxon C.Chaqir,ishchi D.Kestirmoq,gulla
18.Kulimsiramoq fe’li tuzilishiga ko’ra qanday so’z?
A.Sodda yasama so’z B.Qo’shma fe’l C.Tub fe’l D.Yasama so’z
19.”Tanobchilar hajviyasida Sulton Ali Xo’ja xolasi deb kimni tanishtiradi?
A.Nurato B.Bibi Ubayda C.Hokim oyim D.Chimlig’ azizlar
20. “O`zbegim” qasidasida bir o`rinda ismi, boshqa bir o`rinda taxallusi tilga olingan obraz bu - …
A) Alisher Navoiy B) Furqat C) Firdavsiy D) Mirza Bobur
21. Hamid Olimjonning “O`zbekiston” she’rida “yopinmagay xas” iborasi ishlatiladi. Bu aslida nimani anglatadi?
22. bilan, uchun ko’makchilarining qisqargan shakllari qanday yoziladi?
23. Mening bu voqeadan xabardorligimni unga ayta ko‘rma. Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida qanday fonetik o‘zgarishlar kuzatiladi?
24. a yoki i unlisi bilan tugagan fe’l asoslariga qaysi qo‘shimcha qo‘shilsa a unlisi o ga, i unlisi u ga aylanadi va shunday yoziladi?
25.Fe’lning munosabat shakllarini yozing.
Test javoblari
1-B
2-A
3-A
4-D
5-C
6-B
7-B
8-C
9-D
10-D
11-A
12-A
13-B
14-C
15-D
16-A
17-B
18-C
19-B
20-A
21.Yupunlik
22.-la.-chun
23.Tovush tushishi,tovush almashishi,tovush ortishi
24.Harakat nomini hosil qiluvchi –v qo’shimchasi
25.Zamon,mayl,shaxs-son
7-sinf ona tili va adabiyot fanidan test
1. Qaratqich kelishigidan keyin kelgan otdan so’ng keluvchi so’zda qanday qo’shimcha mavjud bo’ladi?
A.Ko’plik qo’shimchasi B.Shaxs-son qo’shimchasi C.Egalik qo’shimchasi D.Kelishik qo’shimchasi.
2.Turlanish bilan bog’liq tovush o’zgarishi bo’ladigan so’zlar qatorini toping.
A.Kitob,xo’roz,ittifoq B.Samo,osmon,shivir C.Bo’taloq,chiroq,o’choq D.O’qish,pedagog,yeti
3.Qaratqich kelishigidagi so’z bog’langan qism nima deb ataladi?
A.Qaratqich B.Qaralmish C.Qaratuvchi D.Qaralgan
4.Tilshunoslikni fan sifatida shakllantirgan qadimgi hindlar so’zlarni nechaga ajratdilar?
A.Ot,fe’l,yordamchi B.Ism,ot,fel C.Ravish,ot,fe’l D.Ot,fe’l,sifat
5.Ismlarning munosabat shakllariga qaysi qo’shimchalar kiradi?
A.Lug’aviy shakl yasovchi
B.Sintaktik shakl yasovchi
C.So’z yasovchi
D.Shaxs-son
6.Ismlarning egalik qo’shimchalari bilan shaxs va sonda hamda kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishi…
A.Tuslanish B.Turlanish C.Yasalish D.A va B
7.Turnalar!Kelinglar,yelkamga qo’ning !Qo’llarimga qo’ning ,Boshim,Ko’ksimga…Ne tog’lardan oshgan ho’l qanotingiz Tars-turs urilsinlar yuzim-ko’zimga .Ushbu gapdagi munosabat shakllarning sonini aniqlang.
A.14 B.15 C.16 D.12
8.Sifatdosh va harakat nomi tarkibdagi egalik qo’shimchalari nimani bildiradi?
A. Qarashlilikni B.Harakar bajaruvchisining shaxsi va sonini
C.Xoslikni D.Umudan ajratilganlikni
9..O’.Umarbekovning qaysi qissasi voqealar rivojining sirliligi,personajlar xatti-harakatining kutilmaganligi bilan e’tiborni tortadi?
A.”Yoz yomg’iri” C.”Odam bo’lish qiyin”
B.”Urush farzandi” D.”Cho’li iroq”
10.Qaysi gapda egalik qo’shimchasi so’z asosi bilan yaxlitlanib ,oz vazifasini yo’qotgan?
A.Kechasi ishlaydi,kunduzi uxlaydi. B.Kecha dam olishimiz maroqli o’tdi.
C.Bu yerlarning yozi juda so’lim. D.Mulla bilganin o’qir, tovuq ko’rganin cho’qir.
11.Qaysi gapdagi qaratqich kelishigi qo’shimchasini chiqish kelishigi qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin?
A.Maqtanganning uyiga bor,kerilganning to’yiga bor.
B.Mehmonlarning yoshi ulug’I gapirdi.
C.Institut kutubxonasi birinchi qavatda.
D.Palovning masallig’I tayyorlab qo’yildi.
12.Bosh kelishikdagi so’z gapda qanday sintaktik vazifalarda keladi?
A.To’ldiruvchi B.Aniqlovchi C.Ega,undalma,ot-kesim D.Hol
13.Dumini quvnoq silkitib uchadigan olmos varrak uning xayolini musaffo bolalik yillariga olib ketdi.Ushbu gapda nechta ism mavjud?
A.8 ta B.9 ta C.10 ta D.11 ta
14.Kimlar ismlar ichidan sifat ,son,olmoshni ajratdilar?
A.Hindlar B.Ruslar C.Yunonlar D.O’zbeklar
15.Kelishik qo’shimchalari doim qanday so’z tarkibida keladi?
A.Tobe so’z B.Hokim so’z C.Fe’l D.Bosh so’z
16. “Mardlik afsonasi” balladasida Kayxusravga kim yoki nima “Endi jondan kech!” deb aytadi?
A) To`maris B) Ranosbat C) zarbof to`ni D) tilla sop qilichi
17.“Tug`ilish” she’rida suyunchi so`rab yuruvchi obrazni belgilang.
A) Bir qo`li mayib ota B) yashil shabada C) bola D) quyosh
18. Ravshan Zulxumorni izlab Shirvon o’lkasiga yo’l oldi. U mingan tulpor otning ismi nima edi?
A) G’irko’k B) Boychibor C) Ko’kdo’nan D) Jiyronqush
19. U o‘qish niyatida shaharga yo‘l oldi. Jo‘nalish kelishigi shaklidagi so‘z gapda qanday vazifada kelgan?
A) Egа B) Kesim C) To‘ldiruvchi D) Hol
20.O.Umarbekovning qaysi asaridan boshlab milliy adabiyotimizga qaytadan fojia tasviri kirib keldi?
A.”Odam bo’lish qiyin” C.”Yoz yomg’iri”
B.”Sevgim,sevgilim” D.”Fotima va Zuhra”
21.”Oq kema” qissasida bola portfelini ko’rsatsa,kim ustidan kuladi?
22.Taraqqos boylamoq so’zining ma’nosi nima?
23. “Ravshan” dostonida Aynoq kal “Qadama og`och” o`yini uchun qaysi daraxtlardan foydalanmoqchi bo`ladi?
24. Ismlarning lug’aviy shakllariga qaysilar kiradi?
25.Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi harakat nomi tarkibida kelsa qanday gap bo’lagi vazifasida keladi?
Test javoblari
1-C
2-C
3-B
4-A
5-B
6-B
7-C
8-B
9-B
10-A
11-B
12-C
13-C
14-C
15-A
16-C
17-B
18-D
19-D
20-B
21.Seydahmad
22.Uchadigan qushday bo’lmoq
23.Tol,qayrag’och
24.Ko’plik,kichraytirish-erkalash,qiyoslash,belgining darajasi
25.Maqsad holi
Do'stlaringiz bilan baham: |