O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni: Respublikani tashqi dushmanlardan himoya qilish zarur edi. Armiyada 17 yoshdan 46 yoshgacha bo’lgan erkak fuqarolar xizmat qila olar edi. 80 kishidan iborat bo’lgan jangchilar guruhi senturiylar deb yuritilgan. Bir necha senturiylar kogortani, 10 ta kogorta legionni tashkil etardi. Jangchilarning ko’pchiligi yaxshi ta’lim olgan askarlar bo’lib, ular uchun armiyada xizmat qilish bir umrlik ishga aylangan edi. Xizmat muddati 25 yil bo’lgan. Shuncha muddatdagi xizmati evaziga legioner uy-joy, durustgina oylik maosh olish va boshqa o’lkalarni ko’rish imkoniyatlariga ham ega bo’lar edi. Rimliklar o’ziga xos jang olib borish taktikasini ishlab chiqishgan: avvaliga shahar qurshab olinar, so’ngra esa kataputla degan qamal qurolidan foydalanib devorlarni teshishar va shaharga bostirib kirar edilar. Pishiq metall taxtachalardan tiklangan uzun qamal ko’tarma minoralari yordamida baland devorlardan oshib o’tardilar. Harbiy guruhlar imperiya hududi bo’ylab tezroq harakatlanishi uchun mamlakatda sozgina yo’llar tarmog’i barpo etilgan edi. Bu yo’llar bilan imperiyaning har qanday o’lkasiga yetib borsa bo’lar edi. Imperiya chegaralarida esa tosh qal’alar qurilgan edi. G’alabadan keyin Senat qaroriga ko’ra Rim qo’shinlari triumfni tantanali nishonlar edi. Qo’shinlar oldida to’rtta oq arg’umoq qo’shilgan aravada boshiga lavr gulchambari qadab olgan g’olib sarkarda borar edi. Sarkardaning izidan o’ljalarni olib borishardi. Kapitoliy tepaligida qo’lga kiritilgan g’alaba uchun minnatdorlik tariqasida xudolarga qurbonliklar bag’ishlanar edi. Rim davlatining hududi tinimsiz kengayib boraverdi. Мil. avv. III asr o’rtalariga kelib Rim sarkardalari mamlakatning shimoliy qismidan tashqari butun Italiyani zabt etishga erishdilar. Tez orada ularning istilochilik rejalari chegaradosh hududlarga ham уoуila boshladi. Bu paytda Sitsiliya orolining g’arbiy qismini bosqinchilik yo’li bilan o’z hududlarini kengaytirib borayotgan boshqa bir qudratli davlat - Karfagen quldorlari egallab olgan edilar. Aynan Sitsiliya masalasi Rim va Karfagen o’rtasidagi urushlar sababiga aylanib ketdi.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan TARIX. 6 sinf
I.Mavzu: Qullar va gladiatorlar
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish
Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni: Zafarli yurishlar natijasida Rimda qullar soni nihoyatda ko’payib ketdi. Misrda ham, Yunonistonda ham, qullarning soni Rimdagichalik ko’p emasdi. Bosib olingan mamlakatlar talon-taroj etilishini rimliklar oldindan ishlab chiqilgan rejaga muvofiq amalga oshirishgan: shahar bosib olinganidan keyin birovlari aholini talardi, boshqalari esa talovchilarni va talab tortib olingan narsalarni qo’riqlab turar edi. Erkin rimliklar tasavvuricha, qul butunlay quldorning ixtiyorida bo’lgan bir buyumdek edi. Qullarning qadri bo’lmagan, negaki ular judayam arzon turardi. Bosib olingan mamlakatlardagi urushlar va qarzdorlik sababli qullik tufayli Rimda qullar shu qadar ko’p bo’lganki, rimliklar har doim ham ulardan xo’jalik ishlarida to’g’ri foydalanishni bilmay boshlari qotib qolar edi. Badavlat rimliklarning bo’sh vaqti ko’p bo’lgan, chunki hamma ishlarni qullar bajarar edi. Rim davlatidagi qullarda mehnatdan manfaatdorlik hissi mutlaqo bo’lmagan. Savalash va qattiqqo’l muomala bilan ularni durust ishlashga, xo’jalik mollari va mehnat mahsulotlarini asrashga undashning ham iloji yo’q edi. Milodiy I-П asrlarda qullar mehnati quldorlar uchun foydali emasligi ma’lum bo’ldi. Ko’plab quldorlar qullarni yer ijarachilariga aylantira boshlashadi. Qullar qo’zg’olonidan qo’rqqan, hosildorlikni oshirishga intilgan zamindorlar o’z yerlarini kichik-kichik mulklarga bo’lib tashladilar, erkin kambag’allarga ijaraga tarqatib bera boshladilar. Ana shu yerlarda ijarachilar dehqonchilik bilan shug’ullandilar. UIar yerga qancha yaxshi ishlov bersalar, hosilning shuncha ko’p ulushi o’zlariga nasib etardi. Mayda yer ijarachilari kolonlar deb atalgan. Yerdan foydalanganlik uchun ular yer egasiga o’zlari yetishtirgan mahsulotlar bilan to’lov berishardi. Bora-bora mutlaq qaram qullarning soni kamaydi. Ayrim yer egalari xo’jaliklarni yuritish uchun qullarga kichik yerlarni mustaqil yuritishga mehnat qurollari, urug’lik va oilasi bilan birga yashashga ruxsat berishardi. Bunday qullar .. “kulbali qullar", ya’ni uy-joyli qullar deb nomlangan. Ular ham yerdan foydalanganlik uchun haq to’lashardi, ammo o’zlarining taqdiri xo’jayinlarning qo’lida bo’lgan. Qullar va kolonlar Rim imperiyasining eng mazlum aholisi bo’lib qolaverishdi, ular birgalikda quldorlarga qarshi kurash boshladilar. Rimliklarning sevimli tomoshalaridan biri gladiatorlar jaпgi bo’lgan. Aksariyat gladiatorlar qullar yoki jinoyatchilar bo’lishgan.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan TARIX. 6 sinf
I.Mavzu: Rimda respublikaning qulashi
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish
Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish
Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni: Qullar qo’zg’olonlari quldorlarni qattiq qo’rquvga solib qo’yadi. Quldorlar qarshisida kuchli hokimiyat bo’lmish harbiy diktatura o’rnatilishi zarurligi to’g’risidagi masala ko’ndalang turar edi. Senatorlar va kam sonli mansabdor shaxslar ulkan davlatni risoladagidek boshqarishni ta’minlay olmas edilar. Miloddan avvalgi I asrda muntazam yollanma qo’shinlarga tayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga aylandilar. Yollanma askarlarni Rimning harbiy kuch-qudrati va davlatning kuchayishi emas, balki faqat o’lja qiziqtirardi. Yollanma askarlar uchun kimlar bilan jang qilish yoki kimlarni talashning farqi bo’lmagan. Rimda esa davlat boshlig’i bo’lishni xohlovchi bir qancha sarkardalar bor edi. Spartak qo’zg’oloni bostirilib, tor mor etilganidan keyin Krass va Pompeу hokimiyat uchun ancha vaqt kurash olib bordilar, ammo Rim imperiyasi olib borayotgan urushlardan birida Krass halok bo’ladi. Endi Pompeу uchun Sezar birdan bir xavfli raqib bo’lib qoldi. Galliya urushlaridagi g’alabalar tufayli Sezarning nufuzi va obro’yi ancha ortdi. Yollanma askarlar uning ajoyib sarkardalik iste’dodiga ishonar, Sezarning ortidan to’g’ri kelgan tomonga borishga shay edilar. Bundan tashqari, mabodo, Senat majlisida qatnashsa, bizga yer ajratib beradi va qarzlarimizni bekor qiladi deb umid qilgan kambag’allar ham Sezarni qo’llab-quvvatlar edi. Galliyadagi muzaffar urushdan keyin Rimga boruvchi yo’ldagi Rubikon daryosidan kechib o’tar ekan, miloddan avvalgi 49-yilda Уuliу Sezar yakkahokimlik uchun oshkora kurashni boshlab yubordi. Sezar o’shanda shunday degan: "Qur’a tashlandi!”. Rim aholisi qo’llab-quvatlashi hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Pompeyning qo’shinlari Ispaniyada turar edi, Sezar g’alaba qozondi. U Rim imperatoriga aylandi. Sezarning xohish-irodasi Rim uchun qonun kuchiga ega edi. Hech qanday saylovlarsiz mansabdor shaxslarni tayinladi, Senat va Xalq majlisiga hisobot bermasdan qo’ydi. Bu hol uzoq davom etmadi. Sezarning cheklanmagan hokimiyatidan norozi bo’lgan senatorlar fitna uyushtirdilar. Ular Sezarni o’ldirishga va Senatga burungi mavqeyini qaytarishga ahd qildilar. Fitnaga Sezarning yaqin do’stlaridan bo’lmish Brut boshchilik qiladi. Senatdagi majlis paytida fitnachilar Sezarni qurshab oldilar va shartli ishora bilan unga xanjarlar bilan zarba bera boshladilar. Miloddan avvalgi 44-yilda Yuliy Sezar hukmronligi tugadi.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan TARIX. 6 sinf
I.Mavzu: Rim imperiyasining qulashi va zavolga yuz tutishi
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish
Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni: Imperator Konstantin zamonida milodiy 330-уili Rim imperiyasining poytaxti deb Bosfor bo’g’ozidagi Vizantiy shahri e’lon qilindi. Imperatorning buyrug’i bilan shahardagi barcha eski binolar buzib tashlandi va yangi shahar qurildi, Rim, Afina va Korinfdan keltirilgan haykallar va kollonnalar o’rnatildi. Shahar imperator sharafiga Konstantinopol deb atala boshladi. Ulkan imperiyani Konstantinopoldan turib boshqarish mushkul edi. Imperator Feodesiy zamonida milodiy 395-уili Rim imperiyasi uning ikki o’g’li o’rtasida G’arbiy va Sharqiy qismlarga taqsimlandi. Sharqiy Rim imperiyasida imperatorning yagona hokimiyati saqlandi, Garbiy Rim imperiyasi alohida davlatlarga parchalana boshladi. Milodiy III asrda Rim imperiyasining kuch-qudrati zaiflasha boshladi. Imperatorni endilikda armiya saylar, armiyaning o’zida ham turli guruhlar o’rtasida kurash borar edi. Imperator Trayan davridan boshlab rimliklar bosqinchilik urushlari olib bormadilar. Ayni mahalda imperiya chegaralarining shimoli g’arb tarafidan ko’chmanchi qabilalar paydo bo’ldilar. Rimliklar ularga "varvarlar" degan laqab berishgan va chegarada katta armiya saqlab turishga majbur edilar. Avval yunonlar tillari o’zlari uchun tushunarli bo’lmagan barcha qabilalar va xalqlarni "varvarlar" deb atashgan. Rimliklar esa, ularning fikricha, madaniy taraqqiyotning ancha quyi pog’onasida turuvchi xalqlarni shunday nomlashgan. Milodiy IV - V asrlarda butun Rim imperiуasining qullar va kolonlar qo’zg’olonlari qamrab oldi. Yerlarni va mo’l-ko’l o’ljalarni qo’lga kiritish maqsadini ko’zlagan "varvarlar"ning imperiyaga hujumlari ham kuchayib bordi. Bu davr 150 yildan ko’proq davom etdi. Milodiy 410-yilda Alarix boshchiligidagi gotlar Rimni qurhab oldilar. Rimliklar ular bilan muzokara boshladilar, ammo tunda qullar darvozalarni ochib berdilar, bosqinchilar shaharga yopirilib kirdilar. Gotlar haykallarni yo’q qilib, bebaho kitoblarni yondirgancha roppa-rosa uch kun Rimni taladilar. Talon-taroj qilingan Rim shahri huvillab qoldi. Germanlar savodsiz bo’lib, hech mahal teatrlar, kutubxonalar va hammomlarga borishmagan edi. Rim imperiyasi sarhadiga kirganlaridan keyin Rim imoratlari, arxitekturasi va haykallari go’zalligi va ulug’vorligini munosib baholay olishmasdi. Bularning barini shafqatsizlarcha yo’q qilib tashladilar. Germanlar qo’rg’onchalarini o’rab turgan devorlarni mustahkamlash uchun Rim ibodatxonalari va kutubxonalari binolaridan tosh taxtalarni ko’chirib olib ketadilar.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan TARIX. 6 sinf
).Mavzu: Qadimgi Rim madaniyati (2 soat)
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish
Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish
Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni: Qadim zamonlarda rimliklar turmushi o’ta oddiyligi bilan alohida ajralib turgan. Rimlik zodagonlar bo’lmish patritsiylar bir qavatli oddiy uylarda yashardilar, xo’jalikda qullar ham unchalik ko’p emasdi. Milodiy I asrga kelib rimliklar turmushida keskin o’zgarishlar ro’y berdi. Badavlat kishilar yashaydigan tepaliklar bag’rida tomoshabog’lar va chorbog’lar ko’p, havo esa tep-tekis joylardagiga qaraganda sog’lomroq va tozaroq bo’lgan. Imperatorning yaqin kishilari muhtasham koshonalarga egalik qilar edilar. Badavlat bo’lmagan rimliklar tepaliklar o’rtasidagi tekis joylarda yashar edilar. Bu yerlarda ko’chalar tor va iflos bo’lgan: axlatni ham to’g’ri ko’chaga tashlashgan. Ustiga-ustak Rim aholisi soni ham muntazam ortib bordi, chunki Italiyaning to’rt tomonidan xonavayron bo’lgan dehqonlar poytaxtga ko’chib kelardilar. Ishi yurishgan kishi bir burchakni yoki xonani ijaraga olardi, sayoqlar va gadoylar zinapoyalar tagida, zax va nimqorong’i yerto’lalarda yoki ochiqdan ochiq shahar ko’chalarida tunar edilar. Rimlik qashshoqlar mehrini qozonishga intilgan imperatorlar poytaxt aholisi uchun "termlar" deb atalgan ko’rkam hammomlar qurdirgan edilar (yunoncha "issiq" so’zidan, "termos" so’zi ham shundan kelib chiqqan). Arzimas to’lov evaziga har bir rimlik termlarga tushish imkoniyatiga ega bo’lgan. Bu yerda suzish uchun basseynlar, boks, kurash, qilichbozlik koptok o’yini bilan shug’ullanish imkoniyati bo’lgan sport zallari mavjud edi. Termlar qoshida kutubxona hamda ta’lim olish va fanlar bilan shug’ullanish zallari bo’lgan.
Bolalarning maktabda ta’lim olishi ota-onalarning tahsil uchun haq to’lash imkoniyatlariga bog’liq bo’lgan. Kambag’al rimliklarning farzandlari xo’jalik ishlarida ota onalariga yordam berganliklari sababli maktabda o’qimas edilar. Badavlat xonadon farzandlari esa 6 yoshdaп maktabga qatnar edilar. Yozuvni o’rganayotgan bolalar stil degan metall ruchka bilan harflarni mum qoplangan
taxtachalarga qitirlatib o’yib yozardilar. Yozuvni o’rganganlaridan so’ngra xat yozish uchun Misr papirusidan foydalanib, suv va qurum aralashmasi bilan yozar edilar. O’qish, yozish va hisoblashni o’rganganidan keyin ko’pchilik ta’lim olishni yakunlar edi. Ayrimlar grammatikada (o’rta maktabda) tahsilni davom ettirgan. Tarix, geografiya, geometriya, musiqa va astronomiya o’qitilardi. Yunon tilini o’rganishga alohida e’tibor qaratilgan, chunki fanning turli tarmoqlariga oid kitoblarning aksariyati yunon tilida yozilgan edi. Siyosiy arbob bo’lishni istagan har bir kishi notiqlik va ritorikani - chiroyli so’zlasni o’zlashtirgan. Rim imperiyasida qurilish ishlari ayniqsa taraqqiy etgandi.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan TARIX. 6 sinf
I.Mavzu: Ma'naviyat manbalarida
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish
Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish
Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni: Avstralopitek - eng qadimgi odam turi.
Agora - Qadimgi Yunoniston shaharlarida xalq yig’ilishi joyi, markaziy maydon.
Akveduk - ustida shaharga suv keladigan anhori bo’lgan baland ko’prik.
Altamir - Ispaniyadagi so’nggi paleolitga oid qoya rasmlari topilgan g’or.
Amfiteatr - sahna atrofida tomoshabinlar o’tirishiga mo’ljallangan qurilmalar bilan qurshalgan tomsiz katta inshoot.
Amfora - suyuq mahsulotlarni tashish va saqlash uchun mo’ljallangan bo’g’zi ingichka va qo’shaloq dastali katta ko’za.
Amulet - misrliklar fikricha, mabodo inson o’zi bilan birga olib yursa, yovuz ruhlar va balo- ofatlardan himoya qiluvchi kichik buyumlar; tumor.
Animizm - insonni qurshab tirgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga e’tiqod.
Antik tarix - Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim tarixi.
Argonavtlar - oltin mo’ynani (sehrli qo’chqor terisini) izlab "Argo" degan ko’p eshkakli kemada yurishga chiqqan Ellada qahramonlari.
Ariylar - qadimgi xalqlar; tarjimasi "sodiqlar", "erkinlar" ma’nosini anglatadi; oriylar.
Arxeologiya - ashyoviy manbalarni o’rganuvchi va ular bo’yicha tarixiy o’tmishni qayta tiklovchi fan; qadimshunoslik.
Arxiv - davlatga oid hujjatlar saqlanadigan joy.
Arxitektura - binolar va boshqa inshootlarni barpo etish san’ati.
Budda - Siddhartha Gautamaning ikkinchi ismi, laqabi; "Ma’rifatlangan" tarzida tarjima qilinadi.
Buddaviylik - miloddan avvalgi VI asrda Hindistonda Siddhartha Gautama tomonidan asos solingan diniy ta’limot.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan TARIX. 6 sinf
I.Mavzu: Nazorat ishi – 8
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish
Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish
Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa
c) yangi dars daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
IX.Yangi mavzu bayoni:1. Puni urushlarida Karfagen qo’shinlariga kim rahbarlik qilgan?
a) Gannibal s) Ssipion
b) Mark Krass d) Brut
2. Zama shahri yaqinidagi Rim va Karfagen o’rtasidagi jang nechinchi yilda bo’lib o’tdi?
a) mil.avv.216 yilda s) mil.avv.183 yilda
b) mil.avv. 202 yilda d) mil.avv. 146 yilda
3. Kolizey amfiteatriga qancha tomoshabin sig’ardi?
a) 50 ming s) 120 ming
b) 100 ming d) 150 ming
4. Spartak qo’zg’oloni bostirgan Rim sarkardasi kim?
a) Pompey s) Ssipion
b) Mark Krass d)Mark Antoniy
5. Sezarga qarshi fitnaga kim boshchilik qilgan?
a) o’g’li Oktaviy s) dushmani Pompey
b) do’sti Brut d) rim senati
6. Rim imperiyasining oltin davri qaysi asrga to’g’ri keladi?
a) mil.avv. II asr s) milodiy I asr
b) mil.avv. I asr d) milodiy II asr
7. 410 yilda Rim shahrini egallagan gotlar shaharni necha kun taladi?
a) 3 kun s) 7 kun
b) 5 kun d) 10 kun
8. oxirgi Rim imperatori kim?
a) Konstantin s) Romul
b) Neron d) Attila
chiroyli so’zlash san’ati nima deb ataladi?
a) grammatika s) ritorika
b) fonetika d0 morfologiya
10. Panteon so’zining ma’nosi nima?
a) yuqori shahar s) barcha xudolar ibodatxonasi
b) shahar davlat d) umumiy ish
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan TARIX. 6 sinf
I.Mavzu: Takrorlash
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish
Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish
Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
-
salomlashish
-
davomadni aniqlash
-
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
Do'stlaringiz bilan baham: |