6 sinf Tarix. 1-dars. Kirish I bo’lim. Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi



Download 464 Kb.
bet7/9
Sana15.01.2017
Hajmi464 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Hozirgi Turkmaniston janubida, Eronning shimoli sharqida joylash­gan mamlakat Parfiya deb atalgan. Мil. avv. VI asrda Parfiyani midiyaliklar bosib oladilar, keyin esa u Ahamoniylar saltanati tarkibiga kiradi. Мil. avv. IV asrda Parfiya Salavkiylar davlatining bir qismiga aylanadi. Viloyat shaharlarida yunon-makedonlarning garnizonlari joy­lashtiriladi. Miloddan avvalgi III asrning o’rtalarida Arshak boshchili­gida parnlar ko’chmanchi qabilalari Parfiyani bosib oladilar. Salavkiylar noyibi Andragorning armiyasi tor-mor etiladi. Parnlar tomonidan Parfiyaning bosib olinishidan ana shu davlat tarixi ham boshlanadi. Parfiyaning dastlabki podsholari keng bosqinchilik siyosati­ni yuritdilar. Parfiyaliklar Eron va Mesopotamiyani bosib oldilar. Sharq tomonda esa parfiyaliklar dastlab Уunou-­Baqtriya davlati va keyin esa Kushon davlati bilan raqobat qildilar. G’arb tomonda Parfiya davlati sarhadlari kengayib borishi uzluksiz urushlarga bog’liq bo’lgan. Parfiya sarhadida, asosan Mesopotamiyada Salavkiylarning shaharlari ko’p edi. Mahalliy aholi bilan ittifoqda yunonlar parfiyaliklarga qarshi kurashadi va rimliklarni yordamga chaqiradi. Мil. avv. 55-yilda Rim sarkardasi Krass parfiya­liklar bosib olgan yerlarni Rim imperiyasiga qo’shib olish uchun Sharqqa yurish qildi. Krassning 7 legion va 4 ming nafar suvoriydan iborat kuchli armiyasi bo’lgan. Krass armiyasi Dajla daryosiga yetib keladi, daryo sohili bo’ylab quyiga qarab yurish qiladi. Yo’l jazirama sahro orqali o’tgan edi. Dushman jangga kir­mas, o’zini chekinayotgandek ko’rsatar edi. Biroq Karra shahridan uncha uzoq bo’lmagan joyda parfiyaliklar rimliklar ustiga quyundek yopirildilar. Ayniqsa, parfiyaliklarning otliqlari yaxshi jang qilar edi. O’zini har doim chekinayotgandek qilib ko’rsatsa-da, otliq qo’shin rimliklar ustiga o’q yomg’irlarini yog’dirar edi. Rimliklarning og’ir qurollangan otliq qo’shinlari esa beso’naqay edi. Jang chinakam qirg’inga aylanib ketdi. Rim armiyasining 40 ming jangchilaridan atigi 10 ming nafari tirik qolgan edi. Krassning o’zi esa parfiyalik­lar sardori Surena bilan muzokaralar paytida xoinlarcha o’ldiriladi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Buyuk Ipak yo'li

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: To’marisning o’g’li Sparangiz va uning qo’shini halokatini eshitib, To’maris va qabiladoshlari qalbiga o’q sanchilgandek bo’ldi. Yuraklarni ezib yuborgudek qayg’uli yig’i massagetlar qarorgohini qopladi. To’maris yig’lamadi. Uning ko’ngli toshdek qotib qolgan edi, qimir etmay turardi, dahshatli og’riq uni shu ko’yga solgan edi... Qasos, faqat qasos uning qalbini yumshata olar edi!

…Forslar massagetlar turgan joyga kelganlarida ulardan nom-u nishon qolmagan edi. Atrof hududsiz sahro. Podsho o’ljasini oldirgan quturgan yirtqichdek his etdi o’zini. To’maris qo’shinlari daragini topish zarur edi. Bir necha kun o’tgach, choparlar To’maris lashkarlarining yaqin orada turgani xabarini yetkazdilar. Baland tepalik yonida jang boshlandi. Forslar son jihatdan massagetlardan ko’p edilar, shuning uchun ularning o’qiga uchmaslik uchun oldinroq massagetlarga tashlandilar. Lekin tashnalik, ochlikdan charchagan forslarning dushmanga yashindek tashlanish shashti уo’q edi. Massagetlarning esa otgan o’qi xato ketmasdi. Yoyandozlar (kamonchilar) bir necha qatorga tizilishib, birinchi qator o’qlarini otib tugatishgach, o’zlarini orqaga olardilar, ikkinchi qatordagilar jangga kirishardi. Dushman ustiga o’q yomg’irini yog’dirishardi. Massagetlar "уo hayot, уo mamot" deb urushardilar. Yarog’lar jarangi, hayqiriq va yaradorlar dod-voylari, otlar pishqirig’i hamma yoqni qoplagandi... Har bir massaget o’z oilasi, ona tuprog’i va vijdoni uchun jang qilardi. Kir II lashkari jangda tashabbusni qo’lga kirita olmadi. To’maris jangchilaridan biri ot yeldirib kelar ekan, unga nayza sanchishga ulgurdi. O’z shohlarining otdan qulab tushganini ko’rgan forslar sarosimaga tushib, qocha boshladilar.

- Kirning kallasini keltiring menga, - buyurdi qilich chopishaverib qizishib ketgan To’maris.

- Meshni qonga to’ldirib olib keling!

Jangchilar malikaning buyrug’ini bajarishdi.

- Eу Kurush, hayoting qonga tashnalik bilan o’tdi, umr bo’yi odamlar qonini to’kding. Bugun ular qoniga to’yadigan kuning kel­di! - deya xitob qildi To’maris va kallani qon to’ldirilgan meshga tiqdi. Olqish hayqiriqlari janggohni tutdi. Meshni yerni chuqurroq kovlab ko’mdilar. Urush urug’i, jabr-zulm va zo’ravonlikni hamisha­likka dafn etardilar go’yo. To’maris ikkala qo’lini osmonga cho’zganicha Tangri taolo Mazdaga shukronalar aytardi u ato etgan g’alaba uchun.

- Endi ona tuprog’imiz ozoddir, Ammo, jangchi massagetlar, dala-qirlarimiz tepasida ozodlik quyoshi doimo balqib turishi uchun o’q-u nayzalarimiz hamisha shay turishi lozim!

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Takrorlash

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Qadimgi yunonlarning uch xudosi Olamga hukmronlik qilar edi: Zevs osmonda, Poseydon dengiz­da, Aid marhumlar saltanatida oily xudo deb hisoblangan. Qolgan xudolar esa dehqonchilik va hunarmandchilik, san’at va she’riyat, ishq-muhabbat va go’zallik homiylari hisoblangan. Urush va g’alaba, adliya, uyqu va tonggi shafaq xudolari ham bo’lgan. Satiralar va nimfalar degan tuban xudolar ham mavjud edi. Ular o’rmonlar, daryolar va tog’larda yashagan deb tasavvur etilgan. Yunonlarning e’tiqodicha, xudolar Makedoniya va Fessaliya chegarasidagi bir tog’da, Yunoniston viloyatlaridan biri Elidada, Olimp tog’ida yashagan. Qadimgi yunonlarning xudolari va ilo­halari ham odamlarga ancha o’xshay­di. Olimp tog’i xudolari timsolini tasvirlar ekan, yunonlar xudolarni qizg’anchiq va shafqatsiz, kunni bazmi jamshid va ermakbozlikda o’tkazadi, bir-biri bilan tortishadi, deb hisoblashgan. Xudolar qattiqqo’l va qasoskor. Yunonlarning xudolari xohish-irodasiga qarshi borganlarni shafqatsiz jazolaydi. Shuning uchun ham yunonlar o’zlari yaratgan xudolardan qo’rqishar, ularga qurbon­liklar qilar va ko’plab ibodatxonalarni ularga bag’ishlab barpo etar edilar.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Italiya va uning aholisi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Apennin yarimorolida iqlim iliq bo’lib, yil bo’yi yomg’ir kam yog’ar edi. Yarimorolni to’liq egallagan Italiya mamlakatida qurg’oqchilik ham, qattiq sovuq ham bo’lmasdi. Yegulik mahsulotlar mo’l­ ko’lligi va tuproq unumdorligi tufayli ko’p asrlar davomida Qadimgi Italiya aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik va chorvachilik bo’lgan. Tog’lar mamlakat o’lkalarini bir-biridan ajratmas, shuning uchun ham Italiyada joylashgan turli-tuman qabilalar birga yashashar edi. "Italiya" so’zining o’zi esa yunonchadan "buzoqchalar o’lkasi" tarzida tarjima qilinadi. Koloniya qurgan yunonlar bu mamlakatda sigirlarni o’tlatish uchun ajoyib o’tloqlarni birinchi bi’lib topgan edilar. Apennin yarimorolining eng yirik oqar suv manbayi Po daryosidir. Yarimorolning barcha qabilalari italiklar deb nomlangan. Ular orasida lotiпlar, samпiylar va sabiпiylar ko’pchi­likni tashkil etgan. Кelib chiqishi borasida ular yunonlarga yaqin qarindosh bo’lishgan. Italiyaning g’arbiy qismida Kichik Osiyodan bu mamlakatga ko’chib kelgan etrusklar yashagan. Ularning asosiy mashg’uloti dehqonchilik bo’lgan. Mil. avv. VIII asrga kelib etrusklar Italiyada 12 ta shahar-davlat tuzishadi. Mil. avv. VII asrda Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo­sotiq qilish uchun yunon kolo­niyalari bilan kurash boshladi­lar. Karfagen mamlakati ham ularga qo’shildi. Avvaliga kar­fagenlar va etrusklar g’alaba qozonishdi, ammo ko’p o’tmay yunon qo’shinlari ularni quruq­lik va dengizda tor-mor qildi. Shunday qilib, Italiya hududida mavjud bo’lgan etrusk siviliza­tsiyasi zavolga yuz tutdi, ammo uning ko’plab yutuqlariga Rim aholisi munosib voris bo’ldi. Rim shahri Tibr daryosi bo’yidagi shinamgina dehqonchilik manzilgohlaridan boshlangan. Tibr bo’ylab joylashgan kichik manzilgohlar bir­lashib, katta shaharga aylandi. Rim yettita tepalikda joylash­gan. Tibr toshgan kezlarda tepaliklar o’rtasidagi vodiy odam o’tolmaydigan botqoqlikka aylanib qolar edi. Shahar joylashishi harbiy nuqtayi nazardan juda ham qulay bo’lgan. Daryo va botqoqlik lotinlarni qo’shni qabilalar hujumlaridan himoya qilar edi. Rivoyatga qaraganda, miloddan avvalgi 753-yilda Rim shahriga aka-uka Romul va Rem tomonidan asos solin­gan. Dunyoga kelganlaridan so’ngra chaqaloqlarni Tibr daryosi bo’yida o’lsin deb tashlab ketishadi. Daryo bo’yida ularni Ona bo’ri topib oladi, bir cho’pon kelib olib ketmagun­cha aka-ukalarni emizadi va boqadi. Voyaga yetganlarida esa Tibr bo’yida shahar barpo etishga ahd qilishadi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Rim respublikasi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Rim podsholari muhim masalalarni muhokama qilish uchun Xalq majlisini chaqirar edi. Xalq majlisi urush e’lon qilar, sulh tuzar, qonunlarni qabul qilar va bekor etar, barcha muhim mansabdor shaxslarni saylab tayinlar edi. Bu majlisning qarorini Senat tasdiqlar edi, lotinchadan tarjima qilganda "senat" so’zi "oqsoqollar kenga­shi" degan ma’noni anglatadi. Senatorlarning avlodlari patritsiylar, Rimning oddiy xalqi esa plebeylar deb nomlangan. Rim boshqaruvida faqat patritsiylar ishtirok eta olar edi. Мil. avv. VI asr oxirida Rim davlati respublika deb yuritila boshladi. Italyanchadan tarjima qilganda "respublika" so’zi "xalq ishi, umumiy ish" degan ma’nolarni anglatadi (Res" ish, "publika" - xalq). Aslida esa Rim respublikasi boshqaruvida faqat zodagon quldorlar ishtirok eta olardi. Davlatga xizmat qilish evaziga haq to’lanmagani sababli qashshoq kishi, masalan, koпsul bo’la olmasdi. Saylovlarni tashkillashtirish uchun katta pul talab etilardi. Badavlat quldorlar turli yo’llar bilan saylovchilarni o’z tarafiga og’dirib olar, masalan, bepul tushlik uyushtirar, sovg’a-salom tarqatar va shunga o’xshash ishlarni amalga oshirar edi. Saylov kuni konsullikka o’z nomzodini qo’ygan badavlat quldorlar “kaпdida" deb ataluvchi oq-harir libos kiyib olishgan. Hozirgi "kaпdidat", ya’ni qandaydir lavozimni egallashga harakat qiluvchi nomzod shaxs ma’nosini beruvchi so’z ham "kandida"dan kelib chiqqan. Oq rang nomzodning vijdoni ham uning libosiday beg’ubor va pokiza ekanligini bildirib turar edi. Senat mamlakatda katta hokimiyatga ega bo’lgan. Birorta ham qonun Senatda muhokama etilmasdan turib, Xalq majlisi tomonidan qabul qilinmas edi. Asosiy mansabdor shaxslar konsullar esa bevosita davlatni boshqarar edilar. Mabodo qadim zamonlarda eng tajribali va hurmatli kishilar Senatda o’rin egallagan bo’lsa, vaqt o’tishi bilan konsullar hech bir saylovsiz Senatda o’rin egallab oladigan va uning umrbod a’zosiga seпatorga aylanadigan mavqega erishdilar. Urush boshlangan taqdirda yoki xalq qo’zg’oloni ro’y berganda diktator va uning o’rinbosari - otliq qo’shinlar boshlig’i tayinlanar edi. Diktator cheklanmagan hokimiyatga ega bo’lgan. Ammo u hokimiyatda olti oydan ko’p tura olmas edi. Har bir konsulni 12 kishidan iborat faxriy qorovul - liktorlar qo’riqlab yurar edi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Rim respublikasi hayoti

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Imperiya hududi kengayib borgani sayin shaharlar ham ko’paydi. Rim shaharlari oldindan puxta ishlangan reja asosida barpo etilgan. Shahar­larda ko’plab chiroуli jamoat va turar joy binolari, ibodatxonalar, hammomlar, savdo rastalari va dorixonalar bo’lgan. Ko’pchilik odamlar 2-3 qavatli bino­larda istiqomat qilgan. Badavlat odamlar esa o’zlariga koshona qurib olar edi. Bunday uylarda markaziy isitish tizimi bo’lgan: pollar isitilar, quvurlar orqali uylarga suv oqib kelar edi. Uy mozaikalar - shisha yoki tosh parchalaridan ishlangan suratlar bilan bezatilgan. Shohona koshona - uy-joylar - villalar devorlarini freskalar - selgimagan suvoqqa ishlangan rasmlar bezatib turar edi. Har bir shahar markazidagi Forumda bozor maydoni, xalq yig’ilishlari uchun joy va markaziy ibodatxona bo’lgan. Suv shaharga bir necha qavatli ko’prikka o’xshab ketuvchi akveduk orqali oqib kelar edi. Ovqat pishirish va isitish uchun yog’och ko’miri yonib turuvchi o’txonalardan (o’choqlar) foydalanilgan. Rim bozorlarida eng bozori chaqqon tovar qullar edi. Har bir shaharda qullar savdoga chiqariladigan bozor bo’lgan. Odamlar kiyib yuradigan liboslar ularning jamiyatdagi mavqeyini bildirib turar edi. Masalan, o’g’il bolalar 14 yoshga to’lgunga qadar pushti yo’llik "tog’u" kiyishgan. 14 yoshga kir­ganlarida ular voyaga yetgan shaxs hisoblanar va oppoq togu kiya boshlar edilar. Xuddi shunday harir tog’uni senatorlar ham kiyishar edi. Rimlik ayollar turli rangdagi ko’ylaklar ki­yishar, bosh va yelkalariga ro’mol yopinar edilar. Kundalik hayotda rimliklar o’z xudolariga madad va homiylik istab ko’proq murojaat etishardi. Xudolar uchun ulug’vor ibodatxonalar barpo etilgan. Bundan tashqari, har bir rimlik xonadonda o’z xudosi bo’lgan. Rimliklar xudolarining ko’pchiligi yunonlar xudolari­ni esga soladi. Muhim ishni boshlashdan oldin rimliklar bu ishda madad berishi uchun xudolarga qurbonliklar bag’ishlar edilar. Turfa xudolar hayotning turli jihatlarini boshqarar edi. Masalan, jangda mag’lubiyatga uchragudek bo’lishsa, demak, qaysidir ish bilan urush xudosi Marsning jahlini chiqardik degan xayolga borishgan ( qiyoslang: yunonlarda urush xudosi Ares). Rimning bosh xudosi, osmon, momaqaldiroq va yashin podshosi Yupiter hisoblangan. Yupiter Rim davlatining homiysi, xalqlar va davlatlar taqdirini boshqarib turadi deb hisoblangan. Neptun dengiz xudosi, uyqu xudosi Morfey, ov xu­dosi Diaita hisoblangan. Rimliklar Vulkanni olov va temirchilar xudosi deb hisoblashgan. Venera bahor va sevgi xudosi, Baxus maу xudosi bo’lgan. Rimning odil sudlov ilohasi esa Yustitsiya hisoblangan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 7

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: 1. Xitoy tarixchilari qaysi shaharni Bityan deb atashgan?

a) Dovon s) Qang’dez

b) Axsi d) Ershi

2. Buyuk yo’lining uzunligi qancha?

a) 12 ming km s) 18 ming km

b) 10 ming km d) 22 ming km

3. Qang’ davlatiga qachon asos solingan?

a) mil.avv. III asr s) milodiy I asr

b) mil.avv. I asr d) milodiy II asr

4. Buyuk Ipak yo’li qachon yuzaga keldi?

a) mil.avv. XVI asrda s) mil.avv. IV asrda
b) mil.avv. VIII asrda d) mil.avv. II asrda

5. Qachon Xorazmda mahalliy taqvim ishlab chiqarilgan?

a) mil.avv. II asr s) milodiy I asr

b) mil.avv. I asr d) milodiy II asr

6. Kushon davlatining qaysi shaharlari xom g’ishtdan qurilgan mustahkam istehkom devorlari bilan o’ralgan?

a) Xolchayon va Ayritom s) Dalvazintepa va Eski Termiz

b) Qoratepa va Fayoztepa d) Zartepa va Jonbosqal’a

7. Xorazm hududidagi qaysi yogorlikdan xum sirtiga sirtiga chekilgan yozuv topilgan?

a) Qo’yqirilganqal’a s) Oybo’yirqal’a

b) Tuproqqal’a d) Jonbosqal’a

8. Qaysi Kushon davri yodgorligidan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan?

a) Dalvarzintepa s) Eski Termiz

b) Xolchayon d) Ayritom

9. Xorazmda mil.avv II – II asrlarda qurilgan shahar qaysi?

a) Ko’zaliqir s) Yerqo’rg’on

b) Afrosiyob d) Tuproqqal’a

10. Kushon davlatiga oid qaysi yodgorlikda buddaviylik ibodatxonalari bo’lgan?

a) Surxko’tal, Xolchayon, Zartepa s) Qoratepa, Zartepa, Dalvarzintepa

b) Eski Termiz, Dalvarzintepa, Ayritom d) Jonbosqal’a, Qo’yqirilganqal’a, Tuproqqal’a

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: O'rta Yer dengizida hukmronlik uchun kurash

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa


Katalog: fayl
fayl -> Amerika qo'shma shtatlari (aqsh)
fayl -> 8 sinf jahon tarixi
fayl -> Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif
fayl -> O`zbekistonning eng go`zal va betakror makonlaridan biri bu Farg`ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatlariga ko`ra Farg`ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan
fayl -> E. Heminguey “Quyosh bari bir chiqaveradi” Kirish
fayl -> Ii bob. G’arbiy Yevropa davlatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
fayl -> I bo’lim. XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti
fayl -> Birinchi bo’lim o’rta yer dengizida bo’ron
fayl -> Ispaniya birinchi jahon urushida betaraf qoldi. Bu hol unga urushayotgan har ikki harbiy siyosiy ittifoqqa kiruvchi davlatlar bilan muvaffaqiyatli savdo sotiq munosabatlarini amalga oshirishga imkon berdi
fayl -> Shimoliy va markaziy arabiston hududidagi qadimgi davlatlar

Download 464 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik