6 sinf Tarix. 1-dars. Kirish I bo’lim. Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi



Download 464 Kb.
bet6/9
Sana15.01.2017
Hajmi464 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Yunon fizigi va matematigi Artimedning "Evrika!" (Topdim, topdim!") qiyqirig’ini takrorlab yurishadi. Ehtimol, bu bir afsonadir, ammo yunonlar to’la ishonch bilan Arximed ko’zgular tizimi­dan foydalanib yorug’likni bitta yo’nalishga jamlagani va yunonlar ustiga hujum qilib kelayotgan rimliklar­ning kemalarini yondirib yuborgani haqida hikoya qilib berishadi. Arximed richag qonunini ishlab chiqdi va mashhur bo’lib ketgan bir ibo­rani aytdi: "Menga tayanch nuqtasini topib bering, Yerni o’z o’qidan chiqarib yuboraman!" Arximed boshi bilan ilm dengiziga sho’ng’igan olim tim­soliga aylangan. Rimliklar uning jonajon shahri Sirakuzni bosib olganlarida qumda chizmalar chizgancha matematikaga oid bir masalani yechishga urinib o’tirgan ekan. Rimlik askar yetib kelganida: "Mening chizmalarimga qo’l tekkizmagin!" deyishga ulgurdi, xolos: Arximedga nayza sanchilgan edi. Afinalik mashhur faylasuf Sokrat (O’rta Osiyoda keyinchalik «Suqrot» tarzida aytilgan) o’zining dono hik­matlari tufayli shaharning eng aqlli kishisi deb e’lon qilingan edi. Bunga javoban Sokrat shunday debdi: "Mening donishmandligim shundaki, kamina faqat hech nimani bilmasligimni bilaman, xolos!" Sokrat hech mahal o’z asarlarini qog’ozga tushirmagan. Sokratning g’oyalari Atlantida degan xaуoliу (ideal) davlat to’g’risida ta’limotni yaratgan Platon degan tag’in bir yunon faylasufining muloqotlari orqali bizgacha yetib kelgan. Platonni endilikda «Aflotun» sifatida ham bilamiz. Darvoqe, bizgacha Sokratning mashhur bir hikmati ham yetib kelgan: "Xudo bizning o’zimizdadir!" Sokrat fuqarolarning axloqiy-ma’naviy tarbiyasiga katta ahamiyat bergan. Delfiya ibodatxonasidagi bitik uning sevimli hikmati ekan: "O’z o’zingni anglagin va bilgin!" Muxoliflari bilan dialoglarida Sokrat Уaxshilik va Уomonlik nima degan masalaga javob berishga harakat qilib ko’rgan. Уomon, aldoqсhi va shafqatsiz bo’lishga qaraganda yaxshi, halol, rahmdil bo’lish ancha yaxshiroq, deb uqtirgan faylasuf. Sokrat ayniqsa ochko’zlik va molparastlik singari nuqsonlarni qattiq tanqid qilgan. Bozor bo’ylab sayr qilib yurganida shunday degan ekan: "Bularsiz ham kun kechirish mumkin bo’lgan shuncha narsalar borligi ham qandoq yaxshi!" Sokrat dunyoda Ezgulik qonunlari mavjudligini, faqat ularni bilish va ularga rioya qilgan holda yashash kerakligini isbotlagan. Afinadagi ba’zi tartibotlarni qo’rqmasdan tanqid qilgani sababli uni o’limga mahkum etishgan. Sokratning boshqa bir davlatga qochib ketish imkoniyati bo’lsa-da, rad etgan. Sokrat tarixda odamiylik, sabr-matonat va jasurlik timsoli bo’lib qolgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: O'rta Osiyoga Ahamoniylarning bosqinchilik yurishlari (2soat)

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Miloddan avvalgi VI asr o’rtalarida Qadimgi Fors shohlari sulolasidan bo’lgan Ahamoniylar xonadoni hukmdorlari tarkibiga jahonning barcha yirik mamlakatlari va shaharlari kirgan imperiya barpo etishga harakat qila boshladilar. Kir II hukmronligi davrida Midiya, Lidiya (Kichik Osiyo) va Bobil (Mesopotamiya) bosib olindi. Muvaffaqiyatlardan quturib ketgan Kir II O’rta Osiyoga lashkar jo’natdi. U O’rta Osiyo hududini bosib olishga harakat qilib ko’rgan ilk fors podshosi bo’lgan. Мil. avv. 545 va 540-yillar oralig’ida u Parfiya, Marg’iyona va Baqtriyani bosib oldi. Mil. avv. 530-yilda Kir II ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurishga otlandi. Massagetlar mamlakati qanday qilib bosib olingani to’g’risida "tarixning otasi" Gerodot hikoya qilib bergan. Forslar mas­sagetlar hududiga bostirib kirganlarida ularning podsho-hokimasi To’maris bosqinchilarga tinch-omon qaytib ketishni taklif qiladi. Ammo Fors shohi bu taklifni rad etadi va Araks - Amudaryodan kechib o’tishni boshlash to’g’risida farmon beradi. Gerodot massagetlarning asosiy kuchlari bilan forslarning jangi to’g’risida shunday hikoya qiladi: "Bu jang... barcha janglardan ham dahshatlirog’i edi. Avval har ikki dushman kuchlar bir-biriga qarshi jangovar saf tizishib, kamondan o’q yog’dirishdi. O’qlari tugagach, qo’llariga xanjar va nayzalar olib dushmanga qarshi tashlandilar. Jang uzoq davom etdi. Hech kim chekinishni xayoliga keltirmasdi. Кo’p qon to’kildi. Nihoyat, massagetlarning qo’li baland keldi. Fors qo’shinlarining ko’pchiligi qirildi. Jang maydonida Kir II ning o’zi ham halok bo’ldi.” Miloddan avvalgi 522-yilda Aha­moniylar sulolasi vakillaridan biri Doro I taxtga o’tirdi. U miloddan avvalgi 522-486-yillarda hukm­ronlik qilgan. Doro I hukmronligining birinchi уili Marg’iyonada fors istilochilariga qarshi yirik xalq qo’zg’oloni ko’tarildi. Qo’zg’olonga Frada rahbarlik qiladi. Qo’zg’olonchilar bilan forslar qo’shinlari o’rtasida hal qiluvchi jang miloddan avvalgi 522-yilda bo’ladi. Fradaning o’zi asirlikka olinadi va milod­dan avvalgi 521-yilda qatl etiladi. Bu voqea haqidagi ma’lumot Behistun kitobalarida keltirilgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: O'rta Osiyo xalqlarining yunon-makedon bosqinchilariga qarshi kurashi (2 soat)

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Miloddan avvalgi IV asrda Filipp II Makedoniya podshosi bo’ldi. U kuch­li armiya tuzdi. Мil. avv. 338-yilda Xeroneya yaqinida makedonlar yunonlar qo’shinini tor-mor etib tashladi. Ana shu jangda Filippning o’g’li navqiron Aleksandr alohida jasorat ko’rsatdi. Korinf shahrida yunon shaharlari elchilarining kengashi to’plandi. Unda Filipp Fors podsholigi ustiga yurish maqsadida yunonlar va makedonlar harbiy ittifoqini tuzishni taklif qildi. Filippning o’zi Sharqqa yurishni amalga oshira olmadi. Мil. avv. 336-yilda Filipp teatrga borganida saroy xizmatkor­laridan biri unga xanjar urdi. Aleksandr miloddan avvalgi 336-yilda Makedoniya pod­shosi bo’ladi. Shu уili u 20 yoshga to’lgan edi. Makedoniyalik Aleksandr g’ayriodatiy kuch-g’ayrat va jaso­rat sohibi bo’lgan, safdoshlari va qo’shinlari unga nihoyatda sadoqatli edi. Мil. avv. 334-yilda u Sharqqa yurish boshladi, bu yurish 10 yil davom etdi. Ana shu yurish davomida u Kichik Osiyo, Suriya, Misr, Eron va Hindistonda katta-katta hudud­larni bosib oladi. Makedoniyalik Aleksandr ulkan hududda yunon madaniyati tarqalishiga imkon yaratish maqsadida bosib olingan shaharlarga yunonlarni joylashtirdi. Makedoniyalik Aleksandr yurishlarida qatnashgan tarixchi Aristobul ular haqida mufassal ma’lumotlar qoldirgan. Miloddan avvalgi VII-IV asrlarda O’rta Osiyo jangchilari nima bilan qurollangan edi? Jangchilar jangga sovut kiyib kirganlar, boshlarida dubulg’a bo’lgan. Xanjar va qilich bilan qurollanganlar. Jangovar oybolta va nayza ham ishlatganlar. Kamon o’qi va chopqilar temir va jez­dan yasalgan. Jangchilar otda ham, piyoda ham jang qila olganlar.O’rta Osiyo xalqlari orasida xanjar "aqinak", jangovar oybolta esa "sagaris" deb nomlang,an. Uzoq masofadan turib jang qilish quroli sifatida kamon o’qlaridan foydalanilgan. Jangovar otlar ustiga va ko’kragiga temirdan to’qilgan bargustvon yopilgan. Dushmanga qarshi hujumni suvoriylar boshlab berganlar. Ular ot choptirib kelayotib o’q-yoy, nayza yoki qilich bilan dushmanga hamla qilganlar. Suvoriylar boshqa bir taktikani ham qo’llaganlar: yolg’ondakam chekinishlari va boshqa tomondan dushmanni pistirmaga duchor qilishlari ham mumkin edi.Qal’a va shaharlarni himoуa qilishda o’q-уoу va palaxmon­dan foydalanganlar. Tosh irg’itganlar, qaynab turgan suvni sochganlar. Mudofaa maqsadida tosh va pishgan g’isht guvalalardan ham foydalanilgan. Miloddan avvalgi VII-IV asrlarda Qiziltepa, Afrosiyob va Uzunqir singari shaharlar burj va borulari bo’lgan mustahkam devorlar bilan o’rab olingan edi. Devorlar tepasida kamonchilar uchun yo’laklar qurilgan. Devorlar sirtidagi burj va borularda ham kamonchilar qo’yilgan. Suv to’latilgan chuqur va keng xandaq qal’aga boradigan yo’lni to’sib turar edi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Salavkiylar davlati va Yunon-Baqtriya podsholigi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Miloddan avvalgi VII-IV asrlarda Qiziltepa, Afrosiyob va Uzunqir singari shaharlar burj va borulari bo’lgan mustahkam devorlar bilan o’rab olingan edi. Devorlar tepasida kamonchilar uchun yo’laklar qurilgan. Devorlar sirtidagi burj va borularda ham kamonchilar qo’yilgan. Suv to’latilgan chuqur va keng xandaq qal’aga boradigan yo’lni to’sib turar edi. Miloddan avvalgi 330-yilda Makedoniyalik Aleksandrning doniyalik Aleksandr Qadimgi Fors istilochiligi davlatining Ahamoniylar sulolasidan bo’lgan so’nggi shohi Doro III qo’shinlarini tor-mor keltirdi. U Hindistonga yurish qilishdan oldin qo’shini orqasini xavfsiz­lantirish maqsadida Amudaryoning narigi tomonida yashovchi elatlarni bo’ysundirmoqchi bo’ladi. Birinchi bo’lib uning yo’lini to’sgan shahar Baqtriya poу­taxti Baqtra (Zariasp) bo’ldi. Bu yerda satrap Ahamoniylar sulolasidan bo’lgan Bess edi. U Baqtra shahrini himoyachilarga tashlab, Amudaryoning narigi tarafiga qochgan edi. So’g’diyona mustaqilligicha turar edi. Makedoniyallk Aleksandr o’z ustozi, qadimgi уunon faylasufi Aristotelning Amudaryodan ikki podsho - Kir II va Doro I kechib o’tgani, ikkalasi ham mag’lubiyatga uchragani, shuning uchun u уurishga yaxshi tayyorgarlik ko’rishi lozimligi to’g’risidagi maslahatini yodda tutar edi. Mil.avv. 329 yilda Makedoniyalik Aleksandr qo’shinlari Amudaryodan o’ta boshladi. Aleksandrning jangchilari bu to’siqdan o’tib oldilar oshladi. Rivoyatga ko’ra, Bu shaharga fors shohi Kir asos solgan ekan. So’g’diyona xalqi bosqinchilarga qarshi kurashga ko’tarildi. Tez orada so’g’diylarga baqtriyaliklar, sak va massagetlar qo’shiladilar. Qo’zg’olonga iste’dodli rahbar va qo’mondon Spitamen boshchilik qiladi. Ancha qo’shin to’plagan Spitamen Maroqandani qurshovga oldi. Aleksandr qamalda qolganlarga yordamga 3 mingga yaqin jangchidan iborat qo’shin jo’natadi. Qadimda "Politi­met" deb ham atalgan Zarafshon daryosi bo’yida makedonlarga pistirma qo’ygan Spitamen dushman guruhini tamomila qirib tashlaydi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 6

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: 1. forslar tomonidan massagetlar mamlakatini qanday bosib olgani haqida kim hikoya qilib bergan?

a) Gerodot s) Poliyen

b) Arrian d) K.K.Ruf

2. Aleksandr ahamoniylarning qaysi hukmdorini mil.avv. 330 yilda tor – mor keltirdi?

a) Kir II s) Kserks

b) Doro I d) Doro III

3. Uni dadasi mil.avv. 293 yilda parfiya, Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona noibi etib boshqardi?

a) Kserks s) Antiox

b) Makedoniyalik Aleksandr d) Demetriy

4. O’rta Osiyo hududini bosib olishga harakat qilib ko’rgan ilk fors podshosi qaysi podsho edi?

a) Doro I s) Kserks

b) Kir II d) Doro III

5. Sagaris nima?

a) xanjar s) jangari oybolta

b) otlar ustiga yopgich d) nayza

6. quyidagi hududlardan qaysi biri salavka davlati tarkibiga kirmagan?

a) Makedoniya, Misr s) Baqtriya, So’g’diyona

b) Mesopatamiya, Eron d) to’g’ri javob b va s

7. Aleksandrning sharqqa yurishi necha yil davom etdi?

a) 10 s) 12

b) 11 d) 15

8. Makedoniylik Aleksandr qachon vafot etdi?

a) mil.avv. 329 yil 13 mayda s) mil.avv. 323 yil 13 iyunda

b) mil.avv. 328 yil 18 iyunda d) mil.avv. 312 yil 21 sentabrda

9. quyidagi tarixchilardan qaysi biri Makedoniyalik Aleksandr yurishlarida qatnashgan?

a) Arrian s) Aristobul

b) K.K.Ruf d) Gerodot

10. Yevtidem qaysi davlat hukmdori edi?

a) Yunon – Baqtriya s) Ossuriya

b) Parfiya d) Finikiya



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Takrorlash

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: SUZADAGI SAROY QURILISHI HAQIDA DORO I BITIGI

Qurilishda ishlatilgan oltin Sard va Baqtriyadan olib kelindi. Olmos, la’l va yoqut So’g’diyonadan keltirildi. Qo’llanilgan to’q ko’k yoqut Xorazmdan, kumush va jez Misrdan olib kelindi. Persepoldagi fors shohlari saroyi devoriga o’yib ishlangan man­zarada Markaziy Osiyo xalqlari boshqalar qatori ahamoniylarga xiroj olib kelishi tasvirlangan.

Sakkizinchi guruh - so’g’diylar. Ular yetti nafar, o’ziga xos oyoq kiyimida, qo’llarida qadah, mato va qaysidir hayvon terisi. Ular ikki bosh qo’yni yetaklab kelmoqdalar.

O’n birinchi guruh - uchi o’tkir kigiz qalpoqli saka-tigraxaudalar. Ular ot yetaklagan va qo’llarida sarupo.

O’n uchinchi guruh - parfiyaliklar. Qo’llarida qadah, baqtriya tuyasini yetaklaganlar.

O’n beshinchi guruh - baqtriyaliklar, yaktak kiyib, shalvorlarini himarganlar. Qo’ llarida idishlar va tuya yetaklaganlar.

O’n yettinchi guruh - xorazmliklar. Kalta qilich va oybolta bilan qurollanganlar. Ot yetaklaganlar.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Qadimgi Xorazm, Qang', Dovon

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: POLIYEN SHIROQ JASORATI HAQIDA

Qo’shinlar Shiroq bilan yetti kunlik yo’lga tushdilar, suvsiz qum sahrosi va biyobonga kirib bordilar. Mingboshi Ranosbat quloviz (yo’lboshlovchi)dan so’radi: "Buyuk shohimizni aldab, ko’p sonli qo’shinlarni bu suvsiz sahro qa’riga boshlab kelishga seni nima majbur qildi? Bu yerlarda qush uchsa qanoti, odam yursa oyog’i kuya­di. Na bir chashma, na bir jonzod uchraydi. Ilgari yurmoq yoki orqaga qaytmoqning imkoni yo’q". Shiroq qah-qah urib, javob berdi: "Мen yengdim. Saklarni halokatdan qutqazmoq uchun sizlarni tashnalik va ochlik balosiga giriftor qildim!"



SIRLI "AMUDARYO XAZINASI"

1880-уil maу oyi oqshomlarining birida Afg’onistonning janubida Kobuldan uch kunlik yo’lda Buxoro savdogarlari karvoniga qaroqchi­lar hujum qildi. Buxoroliklar Peshovarga ketayotgan edilar. Buxoro savdogarlaridan biri qaroqchilar bandidan qochib, kech soat 9 da kapi­tan F. Berton harbiya postini oyoqqa turg’izdi. Kapitan F. Berton shu tumanning harbiy-siyosiy noibi edi. Berton juda jasur zobit ekan. Redyard Kipling asarlaridagi qahramonlardek ikki yordamchisini yoniga olib, qaroqchilar ketidan tushdi. Berton to’satdan qaroqchilar qarshisidan chiqib qolganda tun yarim bo’lgan edi. Ular o’ljani bo’lishayotgandi. Shu oradagi g’orda to’satdan paydo bo’lgan zobitga qaroqchilar qarshilik ko’rsatmadilar. Pistirmaga duch kelishdan cho’chib, Berton tong otguncha karvon mollarini g’orda qo’riqlab chiqdi. 1905-yilda Britaniya muzeyining xazinachisi O. Dalton Buxoro savdogarlari xazinasi to’g’risida "Oks xazinasi" degan kitob yozdi. Savdogarlar so’zi bo’yicha bu oltin buyumlar 1877-уili Qo’bodiyon vodiysidan, Qadimgi Baqtriya zaminidan topilgan. U yuqori badiiy uslubda ishlangan oltin va kumush buyumlar majmuyidan iborat edi. Fanda ular "Amudaryo xazinasi" nomi bilan mashhur.



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Kushon podsholigi (2 soat)

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa


Katalog: fayl
fayl -> Amerika qo'shma shtatlari (aqsh)
fayl -> 8 sinf jahon tarixi
fayl -> Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif
fayl -> O`zbekistonning eng go`zal va betakror makonlaridan biri bu Farg`ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatlariga ko`ra Farg`ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan
fayl -> E. Heminguey “Quyosh bari bir chiqaveradi” Kirish
fayl -> Ii bob. G’arbiy Yevropa davlatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
fayl -> I bo’lim. XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti
fayl -> Birinchi bo’lim o’rta yer dengizida bo’ron
fayl -> Ispaniya birinchi jahon urushida betaraf qoldi. Bu hol unga urushayotgan har ikki harbiy siyosiy ittifoqqa kiruvchi davlatlar bilan muvaffaqiyatli savdo sotiq munosabatlarini amalga oshirishga imkon berdi
fayl -> Shimoliy va markaziy arabiston hududidagi qadimgi davlatlar

Download 464 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik