6 sinf Tarix. 1-dars. Kirish I bo’lim. Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi



Download 464 Kb.
bet5/9
Sana15.01.2017
Hajmi464 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Miloddan avvalgi VIII – VI asrlarda Yunonistonda kichik-kichik quldor­lik davlatlari vujudga kela boshladi, ular qariyb yuzta bo’lgan. Bu davlatlar har bir vodiyda va har bir orolda vujudga kela boshladi. Ular orasida eng kattasi esa poytaxti Afina shahri bo’lgan Afina davlati edi. Afina shahrida markaziy maydon bo’lib, uning tevaragini turli-tuman imoratlar qurshab turar edi. Maydon esa agora deb yuritilgan. Shahar aholisining ko’pchiligini hunarmandlar va savdogarlar tashkil etar edi. Afina shahrida barcha erkak fuqarolar davlatni qanday boshqarish kerakligi xususida o’z fikr-mulohazalarini baуon eta olar edi. Ular yuzaga kelgan muammolar va yangi qonun­larni muhokama qilish uchun har oyda to’rt marta Akropolga yig’ilardilar. Barcha qarorlar ovoz berish уo’li bilan qabul qilingan. Boshqaruvning bu shakli demokratiya deb ataladi, ya’ni bu atama "xalq hokimiyati" degan ma’noni anglatadi ("demos" - xalq + "kratos" - hokimiyat). Yunonistonning boshqa shaharlari­dagi singari Afinada ham aholining bir qismi zodagonlar (aristokratiya) mol-mulk va boylikning deyarli hammasiga egalik qilar, boshqa bir qismi «xalq» (demos) ularning foydasiga ishlashga majbur edi. Aynan shu narsa mamlakat aholisi o’rtasidagi doimiy ke­lishmovchilik va nizolar manbayi bo’lgan. Adolat qaror topishini xohlagan har ikkala tomon Drakont degan hukmdorga murojaat etishadi. Ular Drakontdan huquq va majburiyatlar borasida hammani tenglashtiruvchi qonunlar yozishni iltimos qilishadi. Мil. avv. 621-yilda Drakont xalq boshqaruvini bekor qilgan qonunlarni yozadi va amalga kirita­di. Bu qonunlar shu qadar qattiq va ayovsiz ediki, afinaliklar ularga "siyoh qolib, qon bilan yozilgan" deya ta’rif berishgan. Qonunni arzimas darajada buzganlik uchun ham Drakont bitta jazo - o’lim jazosi belgilagan. Masalan, Drakont qonunlarlga ko’ra, o’zga kishining bog’idan olma o’g’irlagan odam qatl etilishi shart bo’lgan. Avvaliga afinaliklar bu qonunlarga itoat etishgan, so’ngra norozi bo’la boshlashgan va qonunchi Drakontni shahardan haydab yuborishgan. Xalqning ahvoli tobora yomonlashaverdi, shunda odamlar o’z haq-huquqlari uchun kurashga bel bog’ladilar.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Yunon-fors urushlari

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Miloddan avvalgi V asrda Уunonistonga forslar tahdid sola boshladi. Doro I hukmronlik qilayotgan Fors davlati yangi-yangi mamlakatlarni bosib olishga intilar edi. Forslarning Yunonistonga harbiy yurishlari yunon-fors urushlari nomini olgan, ular miloddan avvalgi 490-yildan boshlanib 449-yilga qadar davom etgan. Yunonistonning barcha shaharlarida fors elchilari paydo bo’lishdi, ular: "Bizning hukmdorimiz, buyuk shahanshoh Doro, kunchiqardan kunbotargacha barcha odamlarning birdan bir egasi sizdan yer va suv talab qilmoqdadir", deb baralla aytishardi. Yunonistondagi ayrim shaharlar aholisi forslarga qarshilik ko’rsatishning sira iloji yo’q deya hisoblashar, shahanshoh Doro I ning shartlarini qabul qilishga rozi edilar. Afina va Sparta bosqinchilarga itoat etmaslikka ahd qildi. Fors elchilari Afinaga kelganda, shahar aholisi g’azabdan ularni o’ldirib, qoyadan tashlab yubordilar. Elchilarni chuqur quduqqa tashlab yuborgan spartaliklar esa zaharxanda bilan: "Уetarlicha suvni ham, yerni ham quduq tubidan topasiz-da!" deyishgan ekan. Мil. avv. VI asr oxirida Fors shohlari Kichik Osiyodagi yunon shahar-davlatlarini bosib oldilar. Afina hukmdori yunon polislariga yordam qo’lini cho’zdi. Bundan g’azablangan Doro I Afinadan shafqatsiz qasos olishga ahd qildi. Miloddan avvalgi 490-yilning sentabrida fors harbiy floti Egey dengizini kesib o’tdi va Attika sohilida langar tashladi. Forslarning kemalari beso’naqay va burilishi qiyin edi. Marafon tekisligida o’q-yoylar bilan qurollangan fors suvoriylari kemadan tusha boshladilar. Bu tekislik otliq lashkar harakatlanishi uchun qulay edi, forslar aynan shu yerda jang olib borishga qaror qilishdi. Yunonlar forslarga qaraganda ancha oz edi, shuning uchun ham fors suvoriylari yetib borolmaydigan qoyalarga o’rnashib oldilar. Yunonlar lashkari forslarni Attika ichkarisiga boradigan yo’llardan to’sib qo’ydi. Ammo ochiq jangga kirishdan cho’chir edilar.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Yunonistonning Makedoniya tomonidan bosib olinishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Forslarning qudratli lashkarlarini tor­mor etib tashlagan yunonlar nega makedonlarning qo’shinlariga qarshi tura olmadilar? Yunonlar bir-birlari bilan urushayotgan mahalda Makedo­niya podshosi Filipp II Elladani bosib olish maqsadida jang tak­tikasini takomillashtirdi va qo’shin yig’di. Uning qo’shinlari suvoriylar va piyodalardan tashkil topgan edi. Piyoda qo’shinlar 16 qatordan iborat falangada saflanardi. Falanganing oltinchi qatoridagi nayza birinchi qatordagi jangchini muhofaza etardi. Jang mahalida butun falanga zirhlangan temir maxluqotga o’x­shab qolar edi. Falanga qanotlarini otliqlar himoya qilardilar. O’zaro urushlar Yunoniston xo’jaligini izdan chiqarib, mamlakat aholisini xonavayron qildi. Kambag’allar va qullarning birgalikdagi qo’zg’olonlari ham tez-tez ko’tariladigan bo’ldi. Yunonlar Filipp II tartib o’rnatadi va polislar o’rtasida tinchlikni barqarorlashtiradi deb umid qilar edi. Faqat mash­hur notiq Demosfen Ellada shaharlarini kezib, ularning aholisi­ni birlashish va makedonlarga qarshi kurashishga da’vat etadi. Ammo faqat Fiva shahri aholisi Filipp II qo’shinlariga qarshi Afina shaharlari ittifoqiga qo’shiladi, xolos. Demosfen Filipp II ni istilochi sifati­da baholashni davom ettiradi va yunon davlatlari boshliqlarini dush­manga qarshi kurashish uchun hamjihat bo’lishga da’vat qiladi. Demosfen yunon shahar-davlat­lari hukmdorlarining bir qismini ishontirish va ko’ndirishga erishadi, ular bir ittifoqqa uyushadilar. Qattiq qarshilik ko’rsatilishiga qaramasdan, Filipp II yunon shaharlarini birma­ bir zabt eta boshladi. Miloddan avvalgi 338-уil avgustda yunonlar va makedonlarning asosiy kuchlari Xeroneуa shahri yaqinidagi Beotiyada to’qnashadilar. Qo’shinlar son jihatdan teng edi. Ammo yunonlar qarshisida Makedoniyaning erkin fuqarolaridan tuzilgan yaxshi harbiy ta’lim ko’rgan lashkarlar turar edi. Yunonlarning qo’shinlari esa ma’lum haq evaziga jang qiluvchi yollanma askarlar va fuqarolarning durust harbiy ta’lim ko’rmagan jangchilaridan iborat edi. Qattiq jang uzoq davom etadi. Harbiy hiyla qo’llagan yunonlar ustunlikni qo’lga oladilar. Makedonlar chekina boshlayilar. G’alaba qilayotganiga ishona boshlagan yunonlar ularni quvishga tushadilar. Yunonlarning qo’shinlari shunda ikki bo’lakka ajraladi. Ana shu bo’laklardan biriga Filipp II ing o’g’li Aleksandr qo’mondonlik qilayotgan suvoriy qo’shinlar qaqshatqich zarba beradi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Qadimgi Yunoniston madaniyati (2 soat)

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Bolalikdan yunonlar miyasiga jamo­at ishlari shaxsiy yumushlardan ustuvor ekanligi to’g’risidagi dunyo­qarash singdirilar edi. Maktablar faol fuqarolar, davlat himoyachilarini tarbiyalashi lozim edi. Sport rivojlantirilishi va Olimpiada o’yinlariga yalpi qiziqish ham shunga xizmat qilar edi. Bolalikdanoq o’g’il bolalarga she’riyat va musiqaga muhab­bat hissi singdirilardi. Arslonni yenggan Gerakl haykaliga nazar tashlaymiz. Qadimgi yunon pahlavon kurashchisi Gerakl go’yo ertak bag’ridan chiqib kelayotgan ulkan odamga o’xshaydi. Shundaymasmi?! Orqa oyoqlarida turib olgan bahaybat arslon esa Geraklning yelkasidan ham kelmaydi. Ammo nega Gerakl libossiz tasvirlangan? Bu qadimgi yunon madaniyatining o’ziga xos jihatlaridan biridir. Haykaltarosh nazarida Geraklning kuch-qudratini ko’rsatish muhim edi. Bordi-yu usta haykaltarosh bahodirni kiyimda tasvirlasa, uning arslonni уen­gayotgan mushak va changallaridagi kuchni ko’rmagan, qudratli, mashq ko’rgan tanasi go’zalligini his etmagan bo’lardik. Umumiy ta’limdan tashqari o’g’il bolalar ikki yillik harbiy ta’limni ham o’tashgan. Birinchi уili ular uylarida yashar va safda yurish, qurol taqib yurish, ochlik va sovuqqa chidamli bo’lishni o’rganishardi. Ikkinchi уili esa ayrimlari Attika chegara qal’alarida harbiy xiz­matni o’tasa, boshqalari Pirey portida dengizchilik san’ati asoslarini o’rga­nishar edi. Mamlakatni mudofaa qilish zarurati yuzaga kelgan taqdirda 30 yoshga to’lmagan erkaklarning barchasi qurol-yarog’lari va harbiy kiyim-kechaklari bilan ko’rikka yetib kelishi shart bo’lgan. So’ngra esa o’z xudolari, jonajon kulbasi va mamlakati uchun janglarga kirishgan. Vatanga muhabbat davlat har bir fuqarosining oliy mato­nati va jasorati hisoblangan. Yunonlarga yuksak vatanparvarlik hissi xos bo’lgan. Vatan himoyasi yo’lida halok bo’lganlar qahramonlar deb e’lon qilinar edi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Qadimgi Yunoniston olimlari va mutafakkirlari (2soat)

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda jahon xalqlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Qadimgi Yunonistonda faylasuflarni bemalol suhbat qurish va istalgan savolga javob olish imkoni bo’lgan donishmandlar, hayot murabbiуlari sifatida bilishgan. Yunon mutafakkirlari Olam tuzilishi va inson hayoti ma’nosini tushuntirishga harakat qilib ko’rishgan. Ular o’simliklar, hayvonlar, inson tanasi, Quyosh va yulduzlarni o’rganishgan. Mashhur yunon faylasufi Geraklit Уer yuzidagi hamma narsa olovdan kelib chiqqan deya uqtirar edi. "Bir daryoga ikkinchi marta sho’ng’iy olmaysan", "Нamma narsa oqadi, hech narsa bir joyda turmaydi" degan mashhur hikmatlar unga mansubdir. Frakiyalik Demokrit degan faylasuf Geraklit fikriga e’tiroz bildirgan, bizni qurshab turgan hamma narsa ko’zga ko’rinmaydigan mayda-mayda zarralar – atomlardan tashkil topgan degan ma’nodagi fikrni bayon etgan edi. Yunon faylasufi Diogen Insonda hech qanday ehtiyojlar bo’lmasligi shart degan fikrni o’z ta’limotiga asos qilib oldi. Hayotdagi barcha qulayliklardan voz kechgan Diogen bir bochkada kun kechirgan. Makedoniyalik Aleksandr undan: "Senga qanday yordam berishim mumkin?" deb so’raganida, Diogen: "Nariroq tursang-chi, quyoshni to’sib qo’yding!" deya kinoya qilgan ekan. Miloddan avvalgi V asrda yashagan Gerodot «Tarix» deb nomlangan kitob yozgan. Misr, Mesopotamiya va Shimoliy Qora dengizbo’yi koloniyalari bo’ylab sayohatini nihoyasiga yetkaz­ganda Gerodotni hali Yunonistonda birov tanimas edi. O’z vatandoshlarini "Yunon-fors urushlari to’g’risidagi tarix" asari bilan tanishtirganidan so’ng birdaniga mashhur kishiga aylandi. Tirikligidayoq Gerodotga "tarixning otasi" degan unvon berilgan edi. Qadimgi yunon olimi Aristotel to’plangan bilimlarni alohida tarmoqlarga ajratdi va ularni mustaqil fanlar sifatida ta’riflab berdi. Aristotelni Sharqda «Arastu» deya aytish keyinchalik odatga aylangan. Barcha zamonlarda olimlar ilmiy masala yechimini topgan Yunon fizigi va matematigi Artimedning "Evrika!" (Topdim, topdim!") qiyqirig’ini takrorlab yurishadi. Ehtimol, bu bir afsonadir, ammo yunonlar to’la ishonch bilan Arximed ko’zgular tizimi­dan foydalanib yorug’likni bitta yo’nalishga jamlagani va yunonlar ustiga hujum qilib kelayotgan rimliklar­ning kemalarini yondirib yuborgani haqida hikoya qilib berishadi. Arximed richag qonunini ishlab chiqdi va mashhur bo’lib ketgan bir ibo­rani aytdi: "Menga tayanch nuqtasini topib bering, Yerni o’z o’qidan chiqarib yuboraman!" Arximed boshi bilan ilm dengiziga sho’ng’igan olim tim­soliga aylangan. Rimliklar uning jonajon shahri Sirakuzni bosib olganlarida qumda chizmalar chizgancha matematikaga oid bir masalani yechishga urinib o’tirgan ekan. Rimlik askar yetib kelganida: "Mening chizmalarimga qo’l tekkizmagin!" deyishga ulgurdi, xolos: Arximedga nayza sanchilgan edi. Afinalik mashhur faylasuf Sokrat (O’rta Osiyoda keyinchalik «Suqrot» tarzida aytilgan) o’zining dono hik­matlari tufayli shaharning eng aqlli kishisi deb e’lon qilingan edi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Qadimgi Yunoniston afsonalari (2soat)

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davlatning bosqichilik yurishlari va davlat tuzumlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilar shu davr va davlat haqida mustaqil fikr yurita oladilar..



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Yunon asotirlari (miflari) - xudolar va bahodirlar haqidagi rivoyatlar­ning qahramonlari har xil titanlar (xudolardan tug’ilgan qudratli pahlavonlar), yovuz maxluqotlar, sirenalar (yarim qush, yarim ayollar), kentavrlar (yarim otlar, yarim odamlar), sikloplar - peshanasida bitta dumaloq ko’zi bo’lgan afsonaviy mavjudot­lardir. Asotirlar (yunon tilida "mif") mamlakat tarixidagi qadimgi davr haqida ko’p narsalarni bilishga imkon beradi. Ular Olamning yaratilishi, Уer yuzida hayot va odamning paydo bo’lishi, qahramonlar jasorati va dengiz sayohatlari haqida hikoya qiladi. Yunon asotirlari rang-barang va qiziqarlidir. Olam va xudolarning kelib chiqishi haqidagi asotir ham maroqli. Avvalboshda Yer va Osmon - Geya va Uran bunyod etilgan. Ular Olamni boshqaruvchi titanlarni dunyoga keltirdilar, Olimp tog’ida yashovchi xudolar ularni taxtdan ag’darmagun­cha hukmronlik qildilar. Asotirlarda aytilishicha, azalda Yer hamma tomonidan den­gizlar bilan o’ralgan edi. Dastlab ularning hukmdori Okean degan titan bo’lgan. Ulkan osmon gumbazi Yerning bir chek­kasida turguvchi Atlas degan titan yelkalariga suyanib turardi. Yunonlarning rivoyatlari Gerakl, Axill, Tesey va Ayaks singari bahodir qahramonlar jasorati haqida naql etadi. Ularning barchasi matonat, kuch-qudrat va aql-zakovat kabi fazilatlarga ega bo’lgan. O’n ikki jasorati tufayli Gerakl Olimp tog’idagi xudolar saltanatida faxrli o’ringa ega bo’lgan ekan. Qadimgi yunonlar ham ularning hayoti va tevarak olam ko’zga ko’rin­mas sirli kuchlarga tobe ekanligiga e’tiqod qilardilar. Bu ko’rinmas kuchlarni yunonlar xudolar deb atadilar. Xudolar ularning Yer yuzi va marhumlar saltanatidagi hayotida hukmron edi. Qadimgi yunonlarning uch xudosi Olamga hukmronlik qilar edi: Zevs osmonda, Poseydon dengiz­da, Aid marhumlar saltanatida oily xudo deb hisoblangan. Qolgan xudolar esa dehqonchilik va hunarmandchilik, san’at va she’riyat, ishq-muhabbat va go’zallik homiylari hisoblangan. Urush va g’alaba, adliya, uyqu va tonggi shafaq xudolari ham bo’lgan. Satiralar va nimfalar degan tuban xudolar ham mavjud edi. Ular o’rmonlar, daryolar va tog’larda yashagan deb tasavvur etilgan. Yunonlarning e’tiqodicha, xudolar Makedoniya va Fessaliya chegarasidagi bir tog’da, Yunoniston viloyatlaridan biri Elidada, Olimp tog’ida yashagan. Qadimgi yunonlarning xudolari va ilo­halari ham odamlarga ancha o’xshay­di. Olimp tog’i xudolari timsolini tasvirlar ekan, yunonlar xudolarni qizg’anchiq va shafqatsiz, kunni bazmi jamshid va ermakbozlikda o’tkazadi, bir-biri bilan tortishadi, deb hisoblashgan. Xudolar qattiqqo’l va qasoskor. Yunonlarning xudolari xohish-irodasiga qarshi borganlarni shafqatsiz jazolaydi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 5.

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: 1. Qadimda Afinada Fuqarolar yuzaga kelgan muammolar va yangi qonunlarni muhokama qilish uchun 1 oyda necha marta Akropolga yig’ilardilar?

a) 1 marta s) 3 marta

b) 2 marta d) 4 marta

2. Fermopil darasida 300 spartalikka bosh bo’lgan podsho kim?

a) Miltiad s) Leonid

b) Perikl d) Femistokl

3. Qadimgi Yunonistonda o’g’il bolalar harbiy ta’limda birinchi yili nimalarni o’rganishgan?

1 – safda yurish

2 – chegara saflarida harbiy xizmat o’tash

3 – qurol taqib yurish a) 1,2,4,6

4 – ochlikka chidamli bo’lish b) 1,3,4,6

5 – dengizchilik san’atini o’rganish s) 2,5,7,8

6 – sovuqqa chidamli bo’lish d) 1,2,3,4,7,8

7 – yugurish

8 – jang san’atini o’rganish

4. “Illiada” dostonining bosh qahramoni kim edi?

a) Hektar s) Axilles

b) Paris d) Yelena

5. Yunon afsonalarida xudolardan tug’ilgan qudratli paxlavonlar qanday nomlangan?

a) titan s) kentavr

b) sirena d) siklop

6. “Diskobol” (Disk uloqtiruvchi) haykali muallifi kim?

a) Gomer s) Poliklet

b) Miron d) Perikl

7. Qadimda Afina shahrida markaziyt maydon nima deb atalgan?

a) Akropol s) Demokratiya

b) Agora d) Metek

8. Qadimda yunoniston shimolidan janubiga olib boradigan biran bir yo’l qaysi edi?

a) Gellospont bo’g’ozi s) Fermopil darasi

b) Salamin bo’g’ozi d) Ptariya shahri

9. Nima sababdan arslonni yengan Gerakl haykali libossiz tasvirlangan?

a) chunki libos kiyish mumkin bo’lmagan

b) chunki Yunonistonda xudolar libossiz tasavvur qilingan

s) chunki Geraklning kuch qudratini ko’rsatish muhim edi

d) chunki sher libossiz bo’lgan

10. Yunon afsonalarida aytilishicha siren anima

a) yarim qush, yarim ayol ko’rinishidagi mahluqot

b) yarim ot, yarim odam ko’rinishidagi mahluqot

s) xudolardan tug’ilgan qudratli paxlavonlar d) peshonasida bitta ko’zi bo’lgan afsonaviy mavjudot

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Takrorlash

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

Katalog: fayl
fayl -> Amerika qo'shma shtatlari (aqsh)
fayl -> 8 sinf jahon tarixi
fayl -> Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif
fayl -> O`zbekistonning eng go`zal va betakror makonlaridan biri bu Farg`ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatlariga ko`ra Farg`ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan
fayl -> E. Heminguey “Quyosh bari bir chiqaveradi” Kirish
fayl -> Ii bob. G’arbiy Yevropa davlatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
fayl -> I bo’lim. XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti
fayl -> Birinchi bo’lim o’rta yer dengizida bo’ron
fayl -> Ispaniya birinchi jahon urushida betaraf qoldi. Bu hol unga urushayotgan har ikki harbiy siyosiy ittifoqqa kiruvchi davlatlar bilan muvaffaqiyatli savdo sotiq munosabatlarini amalga oshirishga imkon berdi
fayl -> Shimoliy va markaziy arabiston hududidagi qadimgi davlatlar

Download 464 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent axborot
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
махсус таълим
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Navoiy davlat
haqida umumiy
Buxoro davlat
fizika matematika
fanining predmeti
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat