6 sinf Tarix. 1-dars. Kirish I bo’lim. Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi



Download 464 Kb.
bet3/9
Sana15.01.2017
Hajmi464 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Dajla va Frot daryolari oralig’idagi vodiyni yunonlar Mesopotamiya deb nomlashgan, bu atama tarjimasi Ikki daryolik yoki Ikki daryo oralig’i degan ma’noni anglatadi. Odamlar Mesopotamiyaga qadim zamonlarda ko’chib joy­lashganlar. Tabiiy sharoitiga ko’ra Mesopotamiya Misrni esga soladi - daryolarning doimiy toshqini, jazirama havo, ishlov- berish uchun qulay serunum yerlar, o’rmonlar va botqoqlar esa sira uchramaydi. Qishda surunkali yomg’ir va daryolar toshqini boshlanadi. Shu sababli Mesopotamiyada jahondagi eng qadimiy miflardan biri - Yer yuzini butunlay suv bosishi to’g’risidagi To’fon rivoyati dunyoga keldi. Xurmo daraxtini Mesopotamiya ahli "hayot daraxti" deyishgan. Bir tup daraxt 50 kilogrammgacha hosil bergan. Xurmo ,mevasidan asalga o’xshash moу siqib olingan. Daraxt poyasi qurilish materiali va o’tin sifatida ishlatilgan. Xurmo danagidan qoramollarni boqish uchun уem tayyorlangan. Xurrno danaklarini shuningdek temirchilik ustaxonalarida o’tin o’rnida ham ishlatishgan. Yog’och beradigan o’rmonlar bo’lmagani uchun uylarni tuproq va toshdan qurishgan. Miloddan avvalgi IV mingyillikda Mesopotamiyada shumerlar manzilgohlari vujudga kela boshladi. Ular Janubiy Mesopotamiyaga joylashib, bu yurtni Shumer deb atadilar. Mamlakatning Akkad deb atalgan shimoliy qismiga akkadlar o’rnashdi. Мil. avv. III mingyillik oxirida shumerlarga singishib ketgan akkadlar butun Mesopotamiyani egallab oldilar. Mesopotamiya aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik bo’lgan. Dajla va Frot daryolari har yilgi toshqinlari mahalida suv bilan birga dalalarga unumdor loyqa oqib kelgan. Mesopotamiyada yog’och, tosh, metall singari xo’jalik uchun zarur materiallar bo’lmagan, ammo don mo’l-ko’l yetishtirilar, chorva mollari tuyog’i ko’p edi. Shuning uchun Mesopotamiya aholisi savdo-sotiq bilan ham shug’ullanadi. Qo’shni Kavkazorti va Eron o’lkalaridan donga ayirboshlab oltin, mis, kumush, qalayi va noуob toshlarni keltirishardi. Suriyadan esa kedr (sidra) yog’ochi keltirilar edi. Mesopotamiyada turli mahsulotlar va hunarmandchilik buyumlari bilan savdo qilishgan. Metall buyumlar, zeb-ziynat­lar, qurol-yarog’ va kulolchilik buyumlari ayniqsa qadrlangan. Savdo-sotiqda kumush quymasi ko’rinishidagi metall tangalar ishlatilgan. Mesopotamiyadagi og’irlik o’lchovi bo’lgan "mino" 550 gramm kumushga barobar edi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Bobil podsholigi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Miloddan avvalgi II mingyillikda Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi. Bobil qulay geografik o’ringa ega bo’lib, Frot va Dajla daryolari o’zanlari deyarli bir-biriga qo’shilib ketadigan bir makonda joylashgandi. Kemalarda tovarlari bilan birga suzib kelgan aksariyat savdogarlar Bu shaharga qo’nib o’tishar edi. "Bobil" so’zining o’zi esa "xudolar darvozasi" degan ma’noni anglatadi. Bobil shahrida ajoyib saroylar, muhtasham ibodatxonalar bo’lgan. Bobilning bosh ko’chasi g’alaba ilohasi Ishtar darvozasi bilan tugallangan. Bobil davlatida dehqonchilik, hunarmandchilik ishlab chiqarishi va savdo-sotiq yaxshi rivojlanadi. Ammo o’zaro urushlar bunga xalaqit beradi. Miloddan avvalgi XVIII asrda Bobil podshosi Xammurapi butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirishga muvaffaq bo’ladi. Xammurapi hukmronligi davrida Bobil eng qudratli davlatga aylanadi. Xammurapi tarixda qonunlar tuzuv­chi hukmdor sifatida nom qoldirgan. Xammurapi qonunlari hajmi jihatidan, hayotning har xil tomonlarini qamrab olishi bilan ilgari mavjud bo’lgan barcha qonunlardan ustunlik qiladi. Xammurapi qonunlari hamma uchun ­badavlat va qashshoq kishilar uchun birdek bo’lgan. Qonunlar matnlari mamlakatning barcha shaharlarida o’rnatilgan tosh ustunlarga yozib qo’yiladi. Xammurapi qonunlari qat’iyligi bilan kishini lol qoldiradi. Basharti, shifokor amalga oshirgan operatsiya natijasida bemor bevaqt vafot etsa, shifokorning panjalari kesib tashlanishi shart bo’lgan. Mabodo arxitektor qurgan uу to’satdan yiqilib, biror kishini bosib qolsa, arxitektor qatl etilishi lozim bo’lgan. Qarzni vaqtida qaytarmagan kishi o’z oila a’zolarini qarz bergan kishi­ga uch yil muddatga qullikka berishi shart edi. Mabodo aybla­nuvchi jabrlanuvchining ko’zlariga jarohat yetkazgan bo’lsa, o’zi ham shunday jazo­lanishi, ko’zlariga jaro­hat yetkazilishi shart bo’lgan. Уong’in mahali­da o’g’rilik ustida qo’lga tushgan kimsa o’sha zahoti olovga otilgan. Qulfbuzar o’g’ri esa bun­dan ham qattiqroq jazo­ga mahkum etilgan: u o’zganing mulkiga suqi­lib kirgan joyida o’ldiri­lar, o’sha yerning o’zida ko’mib yuborilar edi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Old Osiyo davlatlari va ularning qo'shnilari

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Miloddan avvalgi II mingyillikda Old Osiyo hududida o’lkada yashagan xalqlarni birlashtirgan ilk davlatlar vujudga kela boshladi, jumladan: Xett, Mitanni, Ossuriya, Urartu, Finikiya shahar-davlatlari. Bu davlatlar doimiy bosqinchilik va mudofaa urushlarida kun kechirishgan. Taxminan miloddan avvalgi XVIII asrda Kichik Osiyo markazida (hozirgi Tuikiya hududida) xettlar degan shimollik xalq o’z davlatiga asos soladi. Xattusas shahri ana shu davlatning poytaxti bo’lgan. Aholining asosiy mashg’uloti dehqonchilik va chorvachilik edi. Xettlar qo’shni mamlakatlar bilan doimiy urushlar olib bo­rishgan. Jangovar aravalar va qoq o’rtasiga temir uchlik o’rnatilgan qalqonlardan foydalanishgan. Xettlar Suriyaning anchagina shaharlarini bosib olib, Bobilni talon-taroj qilganlar. Hozirgi Suriya hududida vujudga kelgan qo’shni Mitanni podsholigi xettlarning xavfli raqibiga aylandi. Urushlarda mitanniliklar otliq qo’shindan foydalanishgan, xettlar poytaxti Xattusasni bosib olish chog’ida otliq qo’shin hal qiluvchi rol o’ynagan edi. Shunday bo’lsa-da, miloddan avvalgi XIV asr boshlarida Xettlar podsholigi tag’in kuchaya boshladi. Xettlar O’rtayer dengizi bo’ylarini urushib qaytarib oldilar, Mitanni podsholigini zabt etdilar. Faqat Ossuriya tahdidi xavf-xatari ostida xettlar Misr hukmdori bilan sulh tuzishga majbur bo’ladilar. Ossuriyaliklar Bobilni bosib oladilar, ammo xettlar ularning tazyiqini to’xtatishga muyassar bo’ladilar. Miloddan avvalgi XIII asr oxirida tarixda nomlari noma’lum xalqlar (ularni "dengiz xalqlari" deb atashgan) xett­lar poytaxtini bosib olib, butunlay vayronaga aylantirdi. Davlat nuradi, xettlar esa boshqa xalqlarga singishib ketdi. Qadim zamonlarda ossuriyaliklar Dajla yuqori oqimidagi kichikroq hududni egallashgan. Avval Oshshur shahri, keyin esa Nineviya shahri poytaxt bo’lgan. Aholining asosiy mashg’uloti dehqonchilik va savdo-sotiq edi. Ossuriyaliklar davlati miloddan avvalgi XX asr atroflarida vujudga keldi. Ossuriyaliklar jangari xalq bo’lgan. Ular qo’shni yerlarga tez-tez hujum qilib turardilar. Ossuriyaliklarning qudratli lashkari har уili yangi yerlarni zabt etishga otlanar edi. Bo’ysundirilgan xalqlar Ossuriya hukmdoriga katta miqdorda xiroj to’lar edi. Mil. avv. XIII asrda podsho Salmanasar hukmronligi davrida Ossuriya podsholigi o’z ravnaqining yuqori сho’qqisiga erishadi. Mil. avv. VIII-VII asrlarda ossuriya podsholigi qayta yuksalgan davrda Bobil, Bibl, Tir, Sidon va Falastinning bir qismi ham bosib olinadi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Ahamoniylar davlati

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Mil. avv. VI asrda hozirgi Eron hududida Ahamoniylar sulolasiga mansub shohlar asos solgan Fors podsholigi vujudga keldi. Ahamoniylar podsholigi jahondagi eng yirik davlatlardan biri bo’lgan. Eron hududida qadim zamonlarda kassiylar, elamiylar sin­gari turli qabilalar yashab kelgan. Мil. avv. IX asrda bu mam­lakatga midiyaliklar va forslar ko’chib o’rnashadi. Eron o’zida katta yassitog’likni mujassam etgan mamlakat­dir. Mamlakat hududi deyarli hamma tomonidan o’rmon bilan qoplangan tog’lar bilan qurshalgan. Tog’oldi vodiylarda aholi dehqonchilik bilan shug’ullangan, jazirama cho’l mintaqalarida chorvadorlar mehnat qilgan va kun kechirgan. Eron ham Kichik Osiyo, Mesopotamiya, Kavkazorti, O’rta Osiyo va Hindiston mamlakatlarini bog’lab turgan karvon yo’llari chorrahasida joylashgan edi. Mil. avv. III mingyillikda Eronning g’arbiy qismida Mesopotamiya bilan chegarada Elam davlati vujudga keldi. Bu davlatning poytaxti Suza shahri bo’lgan. Elamda jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri yaratilgan edi. Mil. avv. IX asrda Kaspiy dengizidan janubi g’arbda joy­lashgan Midiya podsholigi vujudga keldi. Mil. avv. VII asrda padsho Kiaksar hukmronligi davrida Midiya qudratli davlatga aylandi. Mil. avv. 612-605-yillarda Midiya davlati Bobil bilan ittifoq bo’lib Ossuriyani bosib oldi. Eron janubida, Fors ko’rfaziga tutashib ketgan yerlarda Fors vilo­yati - qadimgi forslar o’rnashgan o’lka joylashgan edi. Mil. avv. 558-yilda Ahamoniylar sulolasidan bo’lmish pod­sho Kir II barcha forslarni o’z hokimiyati ostida birlashtirdi. Midiya podsholigini bo’ysundirganidan so’ngra Kir II ulkan lashkar tuzdi va bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi. Armaniston, Midiya va Bobil zabt etildi (mil. avv. 539-уil) Eronliklar O’rtaye’r dengizi sohiliga chiqdilar, Falastin va Finikiyani itoatga kirgazdilar. Kir II ning O’rta Osiyoga, sak­lar va massagetlar ustiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugadi. Kir IIning istilochilik siyosatini vorislari Kambiz va DoroI ham davom ettirdilar. Kambiz Misrni zabt etishi bilan Eron davlati hududini nihoyatda kengaytirdi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Hindiston sivilizatsiyasi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Hindiston mamlakati shu nomdagi yarimorol hamda Osiyo qit’asining Hind va Gang daryolari vodiylarida­gi bir qismini egallagan. Tabiiy sharoiti jihatidan bu vodiy Misr va Mesopotamiyaga o’xshab keta­di. Issiq iqlim va suv bilan birga serunum loyqani oqizib kelayotgan keng уoуilib oqadigan daryolar dehqonchilik vujudga kelishi va rivoj topishi uchun imkoniyat yaratdi. Himolay tog’lari shimoli sharqdan dushmanlar va sovuq shamollar tajovuzidan o’ziga xos tabiiy mudofaa devori bo’lib xizmat qilar edi. Gang vodiysidagi tropik o’rmonlar ulkan daraxtlar va rang ­barang o’simliklarga kon bo’lgan. Daraxtlarning azamat po­yalariga o’ziga xos to’rlarni vujudga keltiruvchi bahaybat chir­movuqlar chirmashib o’sib yotardi. Jungli changalzorlarida faqat bolta yordamidagina yo’l bosish iloji bo’lgan, xolos. Miloddan avvalgi III mingyillikda Hind daryosi vodiysida yagona davlatga birlashgan katta shaharlar vujudga kela boshladi. Moxenjodaro va Xarappa shaharlari Hind daryosi havza­sining eng yirik sivilizatsiyasi edi. Ikkala shahar ham mus­tahkam mudofaa devorlari bilan himoyalagan, ichki qasri bo’lgan. Ko’chalar bilan biri-biridan ajratilgan mavzelarda pish­gan g’ishtdan qurilgan uylar topildi. Katta va chiroyli shahar bo’lgan Moxenjodaro aholisi mohir kulol, zargar va sangtarosh edi. Aholining asosiy mashg’uloti dehqonchilik va chorvachilik bo’lgan. Biroq miloddan avvalgi XVIII asrdan keyin Hind daryosi vodiysi manzilgohlari tez-tez ro’у berguvchi toshqin­lar, o’rmonlar va changalzorlar kengayishi hamda tuproq oriqlab ketishi tufayli zavolga yuz tutadi. Miloddan avvalgi 1500-yillarda Hindiston hududiga istilochilar bostirib kiradi. Olimlar farazicha, bosqinchi oriy­lar - Sharqiy Yevropa va Uralda yashagan ko’chmanchi qabi­lalar bo’lgan. Oriylar hujumidan keyin Moxenjodaro va Xarappa butunlay vayronaga aylanadi, Bu shaharlar qaytib tik­lanmadi. Qadimgi hindlar xuddi misrliklar va bobilliklar singari tabiatning ko’pdan ko’p hodisalari qarshisida ojiz edilar: tropik jalalar, suv toshqinlari, qurg’oqchilikdan qo’rqardilar.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Miloddan avvalgi II ming yillikda Hindiston

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topishi bilan Hindistonda harbiy aslzodalar va ruhoniylar ancha kuchayadi. Qullar va boshqa mehnat qilayotgan kishilarni itoatda saqlab turish uchun armiyasi, amaldorlari, sudyalari, posbonlari va soliq yig’uvchilari bo’lgan kuchli davlat zarur edi. Нarbiу sardorlar va oqsoqollar orasidan ajra­lib chiqqan hokimlar hokimiyatni vorislik yo’li bilan farzandi­ga qoldiruvchi podsholarga aylandilar. Shu taxlit miloddan avvalgi I mingyillikda Hindistonda bir necha davlatlar vujud­ga keladi, jumladan: Magadha, Koshala, Malla va boshqalar. Makedoniyalik Aleksandr O’rta Osiyoni zabt etganidan so’ngra miloddan avvalgi 327 yilda Panjob o’lkasi hududiga bostirib kiradi. Mazkur o’lkada joylashgan davlatlarning hukmdorlari bosqinchilarga qattiq qarshilik ko’rsatadilar. Makedoniyalik A1eksandr katta qiyinchiliklar bilan Hind vodiysigacha уetib boradi, miloddan avvalgi 325-yilda Bobilga qaytib ketadi. Mil. avv. 318-yilda уunon-makedon qo’shinlari Hindistondan butunlay quvib yuboriladi. Yunon va makedon qo’shinlariga qarshi kurashga mashhur hind sarkardasi Chandragupta sardorlik qiladi. Yunon va makedonlar qo’shinlari quvib yuborilgandan keyin Chandragupta Shimoliy Hindistondagi barcha davlatlari­ni o’z tarkibiga olgan Maurya davlati asoschisi bo’ldi. Pataliputra shahri esa Maurya davlati poytaxtiga aylandi. Mil. avv. III asrda podsho Ashoka hukmronligi davrida Maurya rivojlanishda yuksak pog’onalarga erishdi. Ammo pod­sho Ashoka vafot etganidan so’ngra o’zaro urushlar avj oldi, Hindiston tag’in mayda-mayda davlatlarga parchalanib ketdi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Xitoy sivilizatsiyasi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Misr, Mesopotamiya va Hindiston­dagi kabi Xitoyda ham ilk siviliza­tsiyalar Xuanxe va Yansizi degan katta daryolar bo’ylarida miloddan avvalgi III-II mingyilliklarda kurtak уova boshladi. Qadimgi Xitoy davlati Xuanxe daryosining o’rta oqimida vujudga keladi (Xitoycha "Xuanxe" - "Sariq daryo" ma’nosini anglatadi). Xitoyliklar “beqaror daryo", "minglab ofatlar daryosi" deb ham ta’riflagan Xuanxe o’zanini tez-tez o’zgartirib turardi. O’rtacha har ikki-uch yilda bir marotaba kuchli va sertalafot suv toshqinlari bo’lib o’tardi. Odamlar Bu toshqinlardan tepa­lik joylarda jon saqlab qolishardi. Miloddan avvalgi III mingyillikda Xitoyda qabilalar itti­foqlari paydo bo’la boshladi. Мil. avv. II mingyillik oxirida ittifoq-shaharlar yagona davlatga birlashdi, Bu davlat nomi ham uning bosh shahri nomi kabi "Shan" deb atalgan. Mil. avv. II mingyillik oxirida Shanga qo’shni chjou qabilasi bostirib kiradi, uning hukmdori Shan yerlarini o’zinikiga qo’shib oldi va "Chjou" degan katta davlatni bunyod etdi. Davlat ulkanligi bois hukmdorlar uni "Zafaryor" yoki "O’rta podsholik" deb, o’zlarini esa "Osmon o’g’illari" deb atashadi. Butun Markaziy Xitoy ana shu davlat tarkibiga kirgan edi. Dehqonchilik Xitoyda azaldan e’tiborli va faxrli kasb hisoblab kelingan. Asosiy dehqonchilik ekinlari javdar va bug’doy bo’lgan. Keyin­chalik xitoyliklar sholi yetishtira boshladilar, sholi urug’i Hindistondan keltirilgan. Sholi yetishtirish oson ish emas. Urug’ sochilishi oldidan dala ho’kiz qo’shilgan omoch bilan shudgor qilinadi. Shudgordan keyin tishlari kalta-kalta og’ir borona bilan dala tekislanadi. Sholi urug’i oldindan namlab qo’yilgani tufayli ko’kara boshlaydi. Ko’kargan urug’ ko’chati yerga o’tqazi­ladi. Ekiladigan uchastka ko’llatib sug’oriladi, ko’chat bo’yi 20-25 santimetr bo’lganida dalalarga o’tqaziladi. Sholipoya 5-10 santimetr qalinlikda ko’llatib sug’oriladi. Taxminan 100 kundan keyin sholi pishib yetiladi, hosilni yig’ishtirib olgandan keyin yog’ochdan yasalgan zanjirlar bilan yanchiladi. Xitoy aholisi keyinchalik "choy" daraxtini ham yetishtira boshladi, uning barglaridan shifobaxsh ichimlik bo’lmish "choy" tayyorlanadi. Choy tez orada butun jahonga tarqaldi. Tut daraxti yetishtirish Xitoy aholisining asosiy mashg’ulotlaridan biri bo’lgan. Tut bargi bilan ipak qurti boqiladi. Ipak qurtlari pillalalarga tolalarni o’raydi, pilladan esa nihoyatda yengil va tiniq mato bo’lmish ipak tayyorlanadi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Miloddan avvalgi II - I asrlarda Xitoy

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa


Katalog: fayl
fayl -> Amerika qo'shma shtatlari (aqsh)
fayl -> 8 sinf jahon tarixi
fayl -> Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif
fayl -> O`zbekistonning eng go`zal va betakror makonlaridan biri bu Farg`ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatlariga ko`ra Farg`ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan
fayl -> E. Heminguey “Quyosh bari bir chiqaveradi” Kirish
fayl -> Ii bob. G’arbiy Yevropa davlatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
fayl -> I bo’lim. XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti
fayl -> Birinchi bo’lim o’rta yer dengizida bo’ron
fayl -> Ispaniya birinchi jahon urushida betaraf qoldi. Bu hol unga urushayotgan har ikki harbiy siyosiy ittifoqqa kiruvchi davlatlar bilan muvaffaqiyatli savdo sotiq munosabatlarini amalga oshirishga imkon berdi
fayl -> Shimoliy va markaziy arabiston hududidagi qadimgi davlatlar

Download 464 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik