6 sinf Tarix. 1-dars. Kirish I bo’lim. Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi



Download 464 Kb.
bet2/9
Sana15.01.2017
Hajmi464 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Odamlar mis va bronzadan mehnat qurollari yasashni o’rgangan kezlardan beri oradan ko’p asrlar o’tdi. Faqat miloddan avvalgi 1 mingyillik boshlaridagina temirdan mehnat qurollari yasash imkoniyati paydo bo’ldi. Bu jarayon ancha sermehnat bo’lgan, negaki temir misga qaraganda ancha yuqori haroratda eriydi (l500 С). Ammo temir mis va bronzaga nisbatan olganda ulkan afzallik­larga egadir: temir ulardan qattiqroq edi. Temirdan birinchi bo’lib Kichik Osiyoda xettlar (miloddan avvalgi XIV -XIII asr­lar), so’ngra qo’shni mamlakatlar (Mesopotamiya, Eron, Kavkazorti) xalqlari foydalana boshladi. Temir buyumlarning tarqalishi sekinlik bilan borgan. Temir nodir va qimmatbaho metall bo’lmasa-da, undan dastlab zeb-ziynat buyumlari sifatida foydalanishgan. Shunday bezaklar Misr fir’avni Tutanxamon maqbarasidan va Kavkazdagi Maykop qo’rg’oni yodgorligidan topilgan. Mehnat qurollari yasash uchun temirdan foydalanilishi, eng avvalo, dehqonchilik texnikasi rivojiga ta’sir o’tkazdi. Temir uchli omochlar, temir boltalar va omochlar paydo bo’ldi. Bu mehnat qurollari katta-katta maydonlarda ziroatchilikni rivojlantirishga imkon yaratib berdi. O’rta Osiyodan topilgan eng qadimgi temirdan yasalgan buyumlar miloddan avvalgi IX- VIII asrlarga oid bo’lsa-da, ulardan ko’pi miloddan avvalgi VII-VI asrlarga oiddir. Yevropadan farqli o’laroq Sharqda dehqonchilik asosan sun’iy sug’orish zaminida rivojlandi. Gulga burkangan bog’lar va serhosil dalalar Sharqda anhorlar va ariqlar keng tarmog’i yordamida dalalarga oqizilgan suv tufayli mavjud bo’lishi mumkin edi. Temir qurollarning keng tarqalishi mehnat unumdorligini oshirdi. Bu narsa yanada rivoj topgan ishlab chiqarish usuliga o’tilishiga zamin hozirladi. Urug’ jamoasi o’rnini hududiy qo’shnichilik jamoasi egallay boshladi. Мil.avv. 1 mingyillik boshlarida O’rta Osiyoda aholi to’rt guruhga ajratilgan: kohinlar, jangchilar, dehqonlar, hunar­mandlar. Qabila-urug’ boshliqlarining nufuzi asta-sekin orta bordi. Нarbiу sardorlarning nufuzi ayniqsa ortib, hokimiyat otadan o’g’ilga o’tadigan bo’ldi. Doimiy harbiy to’qnashuvlar sharoitida qabila sardorlarining ahamiyati va nufuzi orta bordi, jamiyat esa harbiy demokratiya qoidalariga asosan yashay boshladi. “Avesto”dan O’rta Osiyoda jamiyatning negizi “nmana” deb ataluvchi katta patriarxal oila bo’lganini bilib olamiz. Bir necha “nmana”lar urug’ jamoasi – visni tashkil etgan. Hududiy qo’shnichilik jamoasi esa “varzana” deb nomlangan. Bunday jamoalar qabilaga – “zantu”ga birlashgan. O’z hududini himoya qilish uchun bir qancha qabilalar ittifoqqa – “dah’ya”ga uyushishgan. “Avesto”ga ko’ra, jamiyatni idora qilishning quyidagi tizimi mavjud bo’lgan: oqsoqollar kengashi – xalq yig’ilishi – alohida tumanlar – viloyatlarning hukmdorlari. Aholi urug’ va qabila bo’yicha emas, balki hududiy tamoyilga ko’ra guruhlarga ajratilishi vujudga kelayotgan davlatchilikning muhim alomati edi.
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 1

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: 1. Qazilma ishlarida topib o’rganilgan Persopol shahri qayerda joylashgan?

a) Hind vodiysida s) Nil vodiysida (Misrda)

b) Eronda d) Iroqda

2. Zinjantrop qayerdan topilgan?

a) Sharqiy Afrikadagi Olduvay darasidan s) germaniyadan

b) Indoneziyaning Yava orolidan d) Fransiyadan

3. olov qaysi davrda kashf qilingan?

a) So’ngi paleolit s) Neolit

b) Mezolit d) Bronza

4. “Avesto”da hududiy qo’shnichilik jamoasi qanday nomlangan?

a) vis s) varzana

b) zantu d) dahyu

5“Marhumlar kitobi” qaysi xalqlar haqida ma’lumot beradi?

a) hindlar s) misrliklar

b) yahudiylar d) O’rta Osiyo xalqlari

6. U yoki bu buyumlarga sig’inish fanda nima deb ataladi?

a) Animizm s) sehrgarlik (magiya)

b) Fetishizm d) Totemizm

7. qaysi davrda hayvonlarni qo’lga o’rgatish boshlangan?

a) So’ngi paleolit s) Neolit

b) Mezolit d) Eneolit

8. Mil.avv I mingyillik boshlarida O’rta Osiyoda aholi necha guruhga bo’lingan?

a) 2 s) 4

b) 3 d) 5

9. Tangalarni tatqiq etish bilan qaysi xalq shug’ullanadi?

a) Numizmatika s) geraldika

b) Epigrafika d) Lingvistika

10. . Buyuk muzlash qaysi davrda boshlangan?

a) Ilk paleolit o’rtalarida s) o’rta paleolitda

b) Ilk paleolit so’ngida d) so’ngi paleolit boshlarida



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Nil vodiysi va uning aholisi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: O’zi bilan birga huzurbaxsh salqin havo va mo’l-ko’l hosilni olib kelguv­chi sersuv Nil viqor bilan oqadi.

Ulug’vor daryo Afrika shimoli sharqida sivilizatsiya vujudga kelishi uchun maydon hozirlagan. Adog’ida bir qancha sha­xobchalarga bo’linib oquvchi Nil daryosi borib-borib O’rtayer dengiziga quyiladi. Nil daryosi qayirlarini уunonlar delta deb atashgan, chunki dengizga quyiluvchi shoxobchalarning to’la­ to’kis manzarasi uchburchaksimon yoki teskari yozilgan “uchburchak” ­harfiga o’xshash yunoncha "delta" harfiga monand bo’lgan. Nil vodiysi - har ikkala qirg’oq bo’ylab birdan to yigirma kilometrgacha kenglikdagi sug’oriladigan yerlardir. Nil vodiy­sini har ikkala tomondan tog’lar mudofaa devorlaridek muho­faza qilib turadi, adirlar ortida Sahroyi Kabir va Liviya cho’l­larining ko’z ilg’amas qumliklari yastanib yotadi. Daryoning har ikkala qirg’og’ida qora tuproqli serhosil dalalar yastangan. Vodiyliklar yurtga "Misr"-"Qora tuproq" deb nom berishgan. Har holda, hammavaqt ham shunday bo’lmagan. Qadim o’tgan zamonlarda Nil vodiysi odam o’tolmaydigan, papirus butalari bir-biriga chirmashib ketgan botqoqliklar bilan qoplan­gan, suvda son-sanoqsiz yirtqich timsohlar kun kechirar, qup­quruq yerlarda yovvoyi hayvonlar galasi sanqib yurar, botqoq­zorlarda esa zaharli ilonlar yashar edi. . Vaqt o’tgani sayin iqlim o’zgarib bordi, suv ham yildan yilga kamayaverdi, Shimoliy Afrika ham cho’lga aylanaverdi. Buloq suvlarini axtarib yurgan odamlar va hayvonlar obod yurtlarini tark etishga majbur bo’lishdi. Shu taxlit, ziroatchi­lik aholining asosiy mashg’ulotiga aylandi. Мil.avv. IV ming­yillik boshlarida odamlar Nil daryosi qirg’oqlaridagi yerlarni o’zlashtirishga bel bog’ladilar. Nil daryosi dalalarni suvga bostirib, keng-mo’l oqqan yillarda misrlik dehqonlar hosili ham barakali bo’lar edi. Misrlik dehqonlar bug’doy va arpa ekishar, yetishtirilgan kanopdan esa gazlama to’qilar edi. Nil vodiysida uzum, qovun, anor, xurmo, piyoz, bodring, loviya kabi meva va sabzavot yetishtirilardi.



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Misr va qo'shni xalqlar

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Misr, janubdan Nubiya bilan chega­radosh bo’lgan. Bu mamlakatga misr­liklar Nil bo’ylab oltin, smola (qat­ron), fil suyagi, nodir navli yog’och­larni ayirboshlash uchun borishardi. Misr g’arbida, Liviya cho’lida shu nomdagi mamlakat joylashgandi. Sahro aholisi ko’chmanchi chorvadorlar bo’lgan. Arabiston sahrosida hech kim istiqomat qilmas, ammo u orqali o’tadigan yo’l Sinay yarimoroliga borar, bu yerda esa mis qazib olinar edi. Sinay yarimorolidan shimolroqda Falastin, uning yonboshida Suriya joylashgan edi. Bu mamlakatlar mis va temir rudasiga hamda boshqa foydali qazilmalarga boу edi. Falastin va Suriyadan misrliklar hunarmandlar yasagan buyumlar va nodir qimmatbaho toshlarni ham olib kelishardi. O’rta podsholik davrida Sinay yarimoroli bosib olindi, mahalliy qabilalar Misrga "xiroj" to’lay boshlashdi. Fir’avnlar Nubiya va Liviyaga ham yurish qilib, shaharlarni talattirdilar, asirlar, chor­va mollari va boshqa boyliklarni egallab oldilar. O’rta pod­sholik fir’avnlari Janubiy Falastin yerlari va Nubiya shimolini Misrga qo’shib olishga muyassar bo’ldilar. Miloddan avvalgi XVIII asr oxirida ko’chmanchi giksoslar qabilalari Misrga hujum qildi. Misrliklarning piyoda qo’shin­laridan farqli, o’laroq giksoslarning asosiy kuchi yengil aravalar - otlar qo’shilgan jang aravalari bo’lgan. Bir askar otlarni boshqarib turgan mahalda ikkinchisi kamondan dush­manlarni nishonga olib o’q uzar edi. Quyi Misrni bosib olgan giksoslar misrliklar shaharlari va qishloqlariga hujum qildi, ularni ayovsiz taladi va odamlarni asirlikka haydab ketdi. Bu mahalda O’rta podsholik ko’plab mayda "nom"larga bo’linib ketgandi, ular giksoslarga xiroj to’lar edi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu:

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Misr aholisi uchun din kundalik turmushning ajralmas bir bo’lagi hisoblangan. Qadimgi misrliklar xudolar hayvonlar siymosiga o’tib olib, mushuk, qo’y, ho’kiz, arslon, sigir shaklida odamlar orasi­da yashaydi deb hisoblashgan. Misrliklar xudolarning bir qan­cha joni mavjud: ulardan biri hayvon tanasida, boshqasi esa hayvon haykalida yashaydi deb bilishardi. Misrliklar xo­nadonidagi mehrobda xudolarning haykalchalari o’rnatilgan. Kohinlar ibodatxona ruhoniylari, ular xudolarni dindorlar in’om tariqasida keltirgan narsalar bilan boqishadi, deb hisoblashgan. Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisda o’z xudosi - Ptax bo’lgan, Ptax esa, misrliklar e’tiqodicha, Olamni yaratayotganida har bir narsaning nomini odamga o’rgatgan. Xudo shunchalik qudratliki, uni asl qiyofasida ko’rishning iloji yo’q. Shuning uchun ham Ptax degan xudoning Yer yuzidagi qiyofasi Apis bo’lib, u peshanasi va belida oq qashqasi bo’lgan qora ho’kiz timsolida tasav­vur etilgan. Misrliklar o’z xudolariga butun­lay ishonishar, har bir ishni ba­jarishga kirishishdan avval ulardan maslahat, madad yoki rozilik so’ra­shar edi. Quyosh xudosi Amon-Ra degan iloh esa fir’avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan. Dastavval ikkita xudo bo’lgan: Fiva shahri homiysi Amon va Quyosh xudosi Ra, so’ngra ikkalasi yagona xudoga birlashgan. Geliopolda misrliklarning eng asosiy xudosi bo’lmish Quyosh xudosi Raning ibodatxonasi joylashgan. Fir’avnlar Quyosh xudosi o’g’illa­ridir, hukmdorlar hamma ishni o’zi­ning samoviy otasi amri bilan amalga oshiradi, degan qarash mavjud edi. Xapi - Nil xudosi- Misrdagi ha­yotning birlamchi manbayi va posboni, Osiris - yerosti saltanati xudosi hisoblangan. Rivoyatda ayti­lishicha, Osiris Misrning ilk podsho­laridan biri bo’lib, o’z xalqini dehqon­chilikka o’rgatgan ekan. Birodari Set esa Osirisni o’ldiradi. Ammo Osirisning singlisi Isida uni mumiyolagan va qayta tiriltirgan ekan. O’shandan boshlab jon qaytib keladigan joy bo’lishi uchun barcha marhum­lar mumiyolanadi. Osiris ibodatxonasi xarobalari Abidos shahri­da hozirgacha saqlanib qolgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Piramidalar va maqbaralar

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Qadimgi va O’rta podsholiklar davri­da misrliklar barpo etgan ulkan piramidalar fir’avnlar dafn etiladigan joy-maqbaralar bo’lgan. O’tgan mingyilliklar davomida ko’pdan ko’p shaharlar va davlatlar yo’q bo’lib ketdi, ibodatxonalar va saroylar xarobazorga aylandi, faqat piramidalar vaqtdan qo’rqmaydi, faqat piramidalargina to’rt ming yildan oshgan zamon davomida o’zgarmasdan turibdi. Eng mashhur piramidalar Giza shahri atrofida uch fir’avn - Xufu. Xafra va Menkaura uchun bunyod etilgan. Bu piramidalar jahonning yetti mo’jizasidan biri, boz ustiga, ular orasida ham hozirga qadar saqlanib qolgan birdan bir inshootlardir. Eng katta piramida Xufu (yunonlar uni Xeops deb atashgan) uchun miloddan av­valgi 2600-yilda qurilgan edi. Uning balandligi 147 metr. Piramida har biri ikki tonnadan og’irroq bo’lgan 2,5 million dona tosh bloklardan tashkil topgan. Toshlar shunchalik aniq-rasolik bilan kesilgan va taroshlanganki, ular o’rtasida­gi yoriq 0,5 millimetrdan ham oshmaydi. Piramida ichida dahliz bilan tutashtirilgan bir qancha xonalar mavjud. Ulardan birida fir’avnning mumi­yolangan jasadi solingan toshtobut - sarkofag joylashgan edi. Misrliklar inson vafot etga­nidan so’ngra o’zga bir olamga yo’l oladi, bu hayotda foydalan­gan narsalarning hammasi na­rigi dunyoda ham kerak bo’la­di, deb hisoblashgan. Dahmalar ichi esa munojot­lar va qarg’ishlardan iborat bi­tiklar bilan qoplangan, ular fir’avnni himoya qilishi va o’z­ga hayotga o’tayotganida unga yordam berishi mo’ljallangan. Yirik piramidalarni o’rtacha kamida 20 yil davomida qurishgan. Bu og’ir mehnat ekanligi sir emas. Piramidalarni sfinkslar - tanasi arslon va boshi odamnikisimon bo’lgan ulkan haykallar qo’riqlaydi. Yangi podsholik davrida boshqa piramida qurmay qo’yish­di. Fir’avnlarni tog’larga o’yilgan tosh maqbaralarga dafn etadigan bo’lishdi. Ularga kiraverish yo’llarini bekitib tash­lashgan. Eng mashhur maqbara fir’avn Tutanxamonga tegishli bo’lgan. Maqbara ichidagi tasavvurga sig’maydigan boyliklar bizga qadar yetib kelgan. Qadimgi misrliklar inson vafot etganidan keyin marhumlar saltanatiga ketadi, o’sha yerda umrini davom ettiradi, deb hisoblashgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Qadimgi Misr madaniyati (2 soat)

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Qadimgi Misrliklar yozuvi birinchilardan bo’lib vujudga kelgan yozuvlardan biridir. Avvaliga har bir so’z rasm ko’rinishida yozilgan. Yozuvdan qarg’ishlar va marosim­larni yozib borishda foуdalanishgan, shuning uchun ham uni "muqaddas" yoki "xudolar kalomi" deb nomlashgan. Yozuvlar maqbaralar devorlariga va xudolar haykal­lariga chekib yozilgan. Qa­dimgi yunonlar ularni "iye­rogliflar" deyishgan (“tosh­ga chekilgan muqaddas bitik­lar" ma’nosini anglatadi). Misrliklar alifbosi 700 iyeroglifdan iborat bo’lgan. Har bir so’z o’zida bir qan­cha ramzlar va timsollarni ifoda etgan. Iyerogliflarni o’rganish rosa qiyin ish bo’lib savod chiqarish ko’pchilikka nasib etavermagan. Iyerogliflarni qamish qilqalam bilan papi­rusga, ya’ni papirus poyasidan ishlangan qog’ozga yozishgan. Turli rangdagi mineral bo’yoqlar siyoh vazifasini o’tagan. Ta’lim olayotganda spool buyumlar parchasiga yoki ohaktoshga yozar edilar. Husnixat san’atini egallagan kishilar yuksak saviyadagi ma’lumotli va savodxon kishilar sanalganlar, katta imtiyozlarga ega bolib, izzat-hurmat ko’rganlar. Qashshoq oilalar farzand­larining ko’pchiligi savodsiz bo’lib qolavergan, hunarlarini esa ota-onalaridan o’rgangan. Taniqli fransuz olimi Jak-Fransua Shampolyon l822 yilda jahonshumul ahamiyatga molik kashfiyot qildi: Misr matnlarini o’qish kalitini topdi. Bu kashfiyotga Qohira shahridan uncha uzoq bo’lmagan Rozett shahri yaqinidagi bir toshga chekilgan qadimgi Misr va уunon tillaridagi bir xil ma’nodagi bitik sababchi bo’ldi. Уunon tilidan tarjima qilish qiyinchilik tug’dirmadi, matnlarni taqqoslab ko’rib, har bir iyeroglif anglatgan ma’noni tushuntirib berish imkoni topildi. Ana shu kashfiyotdan keyin papiruslarga bitilgan ko’plab matnlar, ibodatxonalar va piramidalar-devorlaridagi bitiklar ko’p asrlik jimjitlikdan so’ngra "tilga kirdi". Ta­rixchilar esa Qadimgi Misr sivilizatsiyasini o’ rganish uchun muhim va ishonchli manbaga ega bo’lishdi. Bugungi kunda Rozett bitiktoshi Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Misrliklar nazariy bilimlarining duyoga kelishi va rivoj topishi ular­ning amaliy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan. Ziroatchilar qachon urug’likni yerga qadash, qay mahalda hosilni yig’ishtirib olishni bilishi zarur edi. Bu muddatlarni misrliklar yulduzlarga qarab aniqlaganlar. Shu tariqa, astronomiya, ya’ni yulduzlar haqidagi fan dunyoga keldi. Yulduzlarni kuzata turib misrliklar yil davomiyligini 365 kun etib aniq-raso belgilashdi, birinchi bo’lib taqvim tuzishdi, 365 kunni esa 30 kundan 12 oyga taqsimlashdi, ortib qolgan 5 kunni esa bayram kunlari sanab, hisobga kiritishmadi. Misrliklar tomonidan tuzilgan osmonda yulduzlar joylashuvi xaritasi hozirga qadar saqlangan. Misrliklar dengizlar va sahrolarda yulduzlarga qarab mo’ljal olishgan, yo’lni belgilashgan. Anhorlar qazilayotganda, istalgan imorat va inshootni barpo etayotganda maydon, hajmni o’lchash zarur edi, shu tariqa geometriya fani - yer yuzasini o’lchash ilmi dunyoga keldi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 2

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: 1. Qadimgi Misrda hukmdor fir’avnlar saroylari va ibodatxonalar nimadan yasalgan?

a) loydan s) pishirilgan xom g’ishtdan

b) somon qo’shilgan g’ishtdan d) toshdan

2. Qadimgi Misrliklar e’tiqodiga ko’ra xudolar qiyofasida odamlar orasida yashaydi. xudolarning bir qancha joni mavjud, ulardan biri hayvon tanasida boshqasi esa …….. yashaydi deb bilishardi?

a) fir’avn taxtida s) piramidalarda

b) sfinkslarda d) hayvon haykalida

3. Qadimgi Misrda ehromlar qurilmay qo’ygandan so’ng fir’avnlar qayerga ko’milgan?

a) qabristonga s) tog’lardagi muqaddas joylarga

b) Tog’larga o’yilgan tosh maqbaralarga d) Fir’avn jasadini olovda yoqishgan

4. O’rta podsholik davrida Misr poytaxti qaysi shahar edi?

a) Memfis s) Fiva

b) Xiops d) Xufu

5. Qadimgi Misrda Ptaxning yer yuzidagi qiyofasi qanday nomlangan?

a) Set s) Maat

b) Xatxor d) Apis

6. Qadimgi Misrda mumiyolash necha kun davom etgan?

a) 50 kun s) 70 kun

b) 60kun d) 80 kun

7. Misrda mil.avv. 3000 yilda birlashtirilgan davlatning birinchi hukmdori, ya’ni fir’avni kim edi?

a) Tutmos s) Tutanxamon

b) Menes d) Yaxmos

8. Qadimgi Misrda dastlab Amon qaysi shahar homiysi bo’lgan?

a) Geliopol s) Memfis

b) Fiva d) Abidos

9. qadimgi misrliklar e’tiqodiga ko’ra inson vafot etgach, marhumlar saltanatida qaysi xudo sud qilgan?

a) Anubis s) Isida

b) Set d) Osiris

10. Osiris sudida tarozining pallasiga nimalar qo’yilgan?

a) bir pallasiga marhumning kallsi, ikkinchisiga Osirisning qo’li

b) bir pallasiga marhumning yuragi, ikkinchisiga muqaddas qo’ng’iz

s) bir pallasiga marhumning kallasi, ikkinchisiga qush patlalari

d) bir pallasiga marhumning yuragi, ikkinchisiga qush patlari



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan TARIX. 6 sinf

I.Mavzu: Mesopatamiya sivilizatsiyalari

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa


Katalog: fayl
fayl -> Amerika qo'shma shtatlari (aqsh)
fayl -> 8 sinf jahon tarixi
fayl -> Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif
fayl -> O`zbekistonning eng go`zal va betakror makonlaridan biri bu Farg`ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatlariga ko`ra Farg`ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan
fayl -> E. Heminguey “Quyosh bari bir chiqaveradi” Kirish
fayl -> Ii bob. G’arbiy Yevropa davlatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
fayl -> I bo’lim. XIX asr o’rtalarida o’zbek xonliklarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti
fayl -> Birinchi bo’lim o’rta yer dengizida bo’ron
fayl -> Ispaniya birinchi jahon urushida betaraf qoldi. Bu hol unga urushayotgan har ikki harbiy siyosiy ittifoqqa kiruvchi davlatlar bilan muvaffaqiyatli savdo sotiq munosabatlarini amalga oshirishga imkon berdi
fayl -> Shimoliy va markaziy arabiston hududidagi qadimgi davlatlar

Download 464 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik