6-mavzu. Iqtisodiy sohalarida axborotkomplekslari o‘rtasidagi o‘zaro integratsiyasi



Download 16,69 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi16,69 Kb.
#273060
Bog'liq
2 5327860330292840764


6-mavzu. Iqtisodiy sohalarida axborotkomplekslari o‘rtasidagi o‘zaro integratsiyasi

  1. Intergratsiyalashgan tizimlar haqida tushyncha?

  2. Integratsiyalashgan tizimlarga ta’rif berisng?

  3. Turli yechimlarni qo’llab-quvvotlovchi axborot tizimlarni sanang?

  4. Integratsiyalashgan axborot muhiti nima?

  5. Integrallashgan ma’lumotlar qanday tashkil qilinadi?

  6. Iqtisodiy komplekslarda qanday integrallashgan tizimlarni bilasiz?

  7. Billing tizimi o’zi nima?

  8. Iqtisodiy axborot komplekslarida billing tizimini o’rni?

  9. Billing tizimining afzalliklari va kavchiliklari?

  10. Nima uchun Billing tizimi integrallashgan tizim deyiladi?

Javoblar

  1. Korxonaning zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimi zamonaviy axborot texnologiyalarining ishlashi, biznes maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun integratsiya tizimi hisoblanadi.

  2. Integratsiya tizimi bugungi kunda ichki bozorni ishlab chiqish va joriy etishda ikkita asosiy yo‘nalish hukmronlik qilmoqda.

Birinchisi, masalan, korxona avtomatlashtirish tizimini faqat o‘z faoliyatining ayrim sohalarida tanlangan (“lokustli”) avtomatlashtirish bilan ta’minlab va keyinchalik ularni umumiy tizimga birlashtirishni taklif etib joriy etishga harakat qiladi. Garchi, bu yo‘l, bir qarashda, kam xarajatdek ko‘rinsada, bu kabi tizimlarni amalga oshirish tajribasi shunga o‘xshash loyihalarda minimal xarajatlar ko‘pincha eng kam daromadga aylanishini ko‘rsatdi yoki umumankutilgan natijani keltirib chiqarmaydi.

Ikkinchi yo‘nalish — avtomatlashtirish tizimini kompleks amalga oshirish va jarayonlarni axborotlashtirib kuzatish, bu menejment tizimining barcha bo‘g‘imlarini: ishlab chiqarishni qismlarga ajratishning eng past bosqichidan yuqori boshqaruv darajasigacha egallashga imkon beradi.

3.Turli yechimlarni qollab quvvatlovchiaxborot tizimlari lokustli va umumiy kabi turlarga bo’linadi. . Bu kabi holatlarda ushbu integratsiyalangan tizim quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

• boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish va axborot bilan ta’minlash, tahlil qilish va strategik rejalashtirish jarayonlari;

• korxona faoliyatining ko‘plab yo‘nalishlarini avtomatlashtirish (buxgalteriya hisobi, moliyaviy boshqaruv, shaxsiy, savdo, ta’minot va hokazo);

• korxonaning asosiy texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish va axborot bilan ta’minlash.

4. Integratsiyalangan axborot muhiti. Axborot telekommunikatsiya tizimining samarali faoliyati, odatda, ma’lumotlar bazasi va ombori, ularni saqlash va foydalanish texnologiyalarini ifodolovchi korxonaning yagona axborot makonida yagona tamoyil va umumiy qoida asosida foaliyat yurituvchi axborot va telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari majmuida yuz beradi. Axborot makonining ushbu tuzilishi ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyatining barcha qatnashchilari himoyalangan o‘zaro axborot almashinuvini ta’minlaydi, shuningdek, lavozim majburiyatlari ierarxiyasi va ma’lumotlarga kirish darajasiga muvofiq ularning axborotga bo‘lgan talabini qondiradi.

5. Integrallashgan malumotlarni tashkil qilishda turli xil korporativ xizmatlari tarmoqlarida har xil ommaviy ma’lumot va axborotlarning aylanishi ularni to‘plash, tuzish, qayta ishlash, tahlil qilish, saqlash, arxivlash va biznes qarorlarini qabul qilish uchun foydalanuvchiga etkazishda ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi.

Buning uchun standart interfeyslar va protokollardan, masalan, SQL va JDBC/ODBC, shuningdek, ma’lumotlar relyasiya bazasining turli uskunalaridan (Relational Database — RD) foydalaniladi; mufassal depozitlar — artefaktlar va loyihalash ob’ektlari haqida ma’lumot saqlovchi “ustiga qurilgan” ma’lumotlar bazasi; Meta ma’lumotlarning ko‘plab lug‘aviy ma’nosi1 (Transparent Repository — TR); ma’lumotlarni zamonaviy saqlash joyi va fabrikasi (Data Warehouse, Data Factory — DW, DF). Integratsiya texnologiyasining oxirgi ko‘rinishi, odatda, yirik kompaniyalarda va ishlab chiqarish birlashmalarida qo‘llanadi. Bu texnologiyalar ma’lumotlarni saqlash va qo‘llash uchun foydalanuvchiga yagona qulay muhitni yaratadi.

6. Funksional-amaliy,tashkiliy,lokustli va umumiy. Funksional-amaliy va tashkiliy darajadagi integratsiya. Integratsiyaning bu turi oqimlarni qayta taqsimlash bilan makrofunksiyalarda bir xil turdagi o‘xshash funksiyalar qatorini birlashtirishni taklif etadi; ma’lumotlar va boshqaruv, shuningdek, amalga oshirish resurslari va mexanizmlari.Bu ko‘pincha tashkiliy tuzilmalarni, biznes jarayonlarni va mos ravishda ularning axborot va hujjatlar bilan ta’minlanish sxemasini qayta tuzishni talab etadi. Bunday integratsiyaning foydasi ham aniq – jarayonlar yanada oshkora, boshqariladigan va kam xarajatli bo‘ladi. Bundan tashqari, xizmat ko‘rsatiladigan shaxslar, hujjatlarni shakllantirishda xatolar soni va hokazolar kamayadi. Biroq, bunday turdagi integratsiya jarayonlar tarmog‘ini sezilarli darajada qayta qurish va to‘liq qayta tiklashni talab etadi, bu esa yirik xavflar bilan bog‘liq. Ko‘pincha bunday integratsiya korxona biznes jarayonlarni talab etiladigan standart darajasiga olib chiqish zarurligi yoki ustuvorliklar o‘zgarishi munosabati bilan faoliyatini qayta qurish, boshqa mamlakatlarda filiallarni ochish, bozorning yangi bo‘g‘imlarini o‘zlashtirish va hokazolarda qo‘llash uchun ma’lum qaror asosida KISni joriy etishga tayyorlangan holatlarida olib boriladi

7. TBilling» — telefoniya xizmatlari yagona billing tizimi¬ning asosiy maqsadi zamonaviy ishonchli va xavfsiz ma’lumotlar axborot bazasini yaratish, axborot resurslari va xizmatlari bozorini rivojlantirish, kompaniya bo‘lin-malarida axborot almashishning elektron shakliga bosqichma-bosqich o‘tishni ta’min¬lash, xizmat ko‘rsatishning yagona korporativ tizimini yuritish, aholiga ko‘rsatilayotgan telefoniya xizmatlari uchun to‘lovlarni real vaqtlarda ko‘rish, abonentlarga to‘lov uchun hisob-varaqalarini chiqarishdan iborat.

Billing tizimining funksional vazifalari asosan 3 turga bo‘linadi:

1) Hisob-kitob jarayonida bajariladigan vazifalar.

2) Axborot xizmatlari.

3) Moliyaviy xizmat ko‘rsatish.

8.Iqtisodiyot axborot komplekslarida billing tizimi quyidagi vazifalarni bajaradi-xizmatlarni aniqlash — qo‘ng‘iroqlar haqida batafsil ma’lumot olish, kommutatsion uskuna orqali olingan trafik¬dan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ishlov berish, iste’molni baholash — iste’mol haqidagi hisob-kitob xususiyatlarini aniqlash, abonentlar uchun to‘lovlarni shakl¬lantirish, tuzatishlar, to‘lov varaqalarini taqdim etish, yetkazib berish yoki abonentlarni to‘lov varaqalari bilan tanishtirishni ta’minlash, abonentlarning shaxsiy hisob-raqamlarini boshqarish kabi vazifalar kiradi.

9. Billing va hisob tizimlari integratsiyalashuvi 1-variantining

afzallik va kamchiliklari

Afzalliklari

• Xizmatlardan olingan tushum va ularga doir qarzdorliklarni har ikkala tizim o‘rtasida o‘zaro solishtirish imkoniyati mavjudligi;

• Billing tizimi bilan ishlovchi va undan kerakli hisobotlarni oluvchi menejerlarni qayta o‘qitish zaruratining yo‘qligi

Kamchiliklari

• Turli billing tizimlarida katta hajmdagi oxirigacha etmagan ishlanmalar mavjudligi va shu sababli turli chalkashliklarning vujudga kelish ehtimoli;

• Buxgalteriya hisobotini «1S –Buxgalteriya» dasturida nazarda tutilgan boshlang‘ich hujjatlarga asoslanmasligi, aksincha billing tizimi interfeysiga asoslanganligi, shu sababli



buxgalterlarni qayta o‘qitish zarurati mavjudligi

10.Billing tizimi integratsiyalashgan tizim deb ham yuritiladi. Chunki iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalarda mavjud iqtisodiy tizimlarda hisob va billing tizimlari integratsiyalashuvini ta’minlash uchun ushbu tizimlar o‘rtasida bir tomonlamali yoki ikki tomonlamali axborot almashuviga erishilishi, kontragentlar, shartnomalar, abonetlarning shaxsiy schetlari, aloqa xizmatlari turlarining yaxlit klassifikatorlari shakllantirilishi lozim. Bunda normativ-spravkali axborotlarni (NSA) kiritishning boshlang‘ich nuqtasi sifatida yoki hisob tizimi, yoki billing tizimi axborotlari asos qilib olinishi kerak. Bunday yaxlitlik NSAlarni yaratilishida tizimlar ma’lumotlar bazasida bir-birini takrorlamaslik, kompyuterlar xotirasidan samarali foydalanish imkonini beradi.
Download 16,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish