6- mavzu: Bilim inson ma’naviy kamoloti omili. «Gnoseologiya»



Download 26,47 Kb.
bet1/5
Sana26.04.2022
Hajmi26,47 Kb.
#582277
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6.mavzu


6- Mavzu: Bilim inson ma’naviy kamoloti omili.
«Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta'limot, fan so‘zlaridan kelib chiqqan. So‘zma-so‘z ma'nosi - «bilish haqidagi ta'limot (fan)», «ong haqidagi ta'limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jumladan falsafiy qomuslar va lug‘atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. Shu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda «epistemologiya» so‘zi ham qo‘llaniladi. Epistemologiya gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki uning amaliy ifodasidir. Tom ma'nodagi epistemologiya hozirgi kunda ilmiy, haqiqiy bilimning mazmunini, shuningdek diniy e'tiqodlarning gnoseologik mohiyatini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bunda esa bilish (ong)ning mohiyati to‘g‘risida bahs yurituvchi falsafiy ta'limot ma'nosidagi «gnoseologiya» atamasidan foydalaniladi. Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar (falsafa fani) bo‘limi bo‘lib, unda 1)insonning dunyoni bilish imkoniyati;
2) insonning o‘zlikni anglash jarayoni;
3)bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi,
4)bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan o‘zaro nisbati o‘rganiladi.
Shunday qilib, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning o‘z-o‘ziga, boshqa odamlarga va umuman jamiyatga ta'siri natijalarini fiziologik darajada his qilamiz va ko‘ramiz. Biroq bu jarayonda ongning o‘zi ko‘rinmaydi. Moddiy dunyo hodisalaridan farqli o‘laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U go‘yo vaqt va makon chegaralaridan tashqarida turadi. Gnoseologiyaning vazifasi bu ko‘rinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar dunyosi bilan o‘zaro aloqalarini aniqlash, uni o‘z muhokama va tadqiqot predmetiga aylantirishdan iborat.
Gnoseologiyaning asosiy muammosi bizning barcha bilimlarimiz tajribada sinalganmi? degan «oddiy» masalani yechishdan iborat: Bu savolga javob izlash va masalaning yechimini topishda gnoseologiyada ikki muxolif an'ana: bilimlarimiz tajribada sinalganini qayd etuvchi empirizm va buni inkor etuvchi ratsionalizm to‘qnashadi.
Ratsionalizm (ratsionalistlar) insonda tug‘ma g‘oyalar, adolat, insoniylik, uyg‘unlik g‘oyalari va tajribadan olinishi mumkin bo‘lmagan boshqa g‘oyalar mavjudligidan kelib chiqadi. Bunda ayrim ashaddiy ratsionalistlar (masalan, Platon, Avgustin va ularning hamfikrlari) ko‘rsatib o‘tganidek g‘oyalar inson aqliga xos tug‘ma g‘oyalar bo‘lib, ularni inson faqat o‘z aqlidan olishini qayd etadilar; boshqa, mo‘tadil ratsionalistlar (masalan, Leybnits, Volf, Baumgarten) esa, g‘oyalar aqlga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lsa-da, biroq ular faqat aqlda tafakkur va falsafiy mushohada yuritish jarayonida tug‘ilishini ta'kidlaydilar.
Empirizm (empiristlar, F. Bekon, J. Lokk, T. Gobbs, D. Yum, L. Feyerbax), aksincha, inson, insoniyat shaxsiy yoki ijtimoiy tajribaga ega bo‘lgunga qadar biron-bir g‘oya mavjud bo‘lishini inkor etadilar. Ular barcha g‘oyalar inson ongi zamirida yo shaxsiy tajriba, yo boshqalar tajribasi, butun insoniyat tajribasini umumlashtirish orqali tug‘ilishini qayd etadilar va bu tezisni isbotlashga harakat qiladilar. Ularning fikriga ko‘ra, tajriba inson ongida uning sezgilari va o‘zini qurshagan dunyoni idrok etishi orqali aks etadi. Falsafada idrok etishni persepsiya (lotincha «perception» - idrok etish) deb atash odat tusini olgan. Persepsiya o‘zini qurshagan dunyodagi narsalar va hodisalarni sezgilar orqali idrok etishga aytiladi, appersepsiya borliqni aql bilan anglash, bilish, ularni g‘oyalarda ifodalashdir.
Gnoseologiya inson bilimining chegaralari to‘g‘risidagi masalani yechishni ham o‘z ichiga oladi. Gnoseologiya inson bilimi va bilishga doir juda ko‘p muammolar bilan shug‘ullanadi. Demak gnoseologiya falsafaning eng muhim omilidir.
Materialistik modellar zamirida dunyoning inson ongida aks etish tamoyillari: Demokritda – obrazlar (eydoslar), Yangi davr faylasuflarida – sensor signallari, Berklida – sub'ektning sezgilari yotadi. Leybnits bilishni ilohiylashtirilgan g‘oyaning inson tug‘ma tushunchalariga ta'siri deb hisoblagan. Gegel taklif qilgan modelning zamirida mutlaq g‘oyani anglash yotadi. Max, Avenarius va boshqa sub'ektiv idealistlarda (XIX asr oxiri – XX asr boshlari) bilish jarayoni – bu sezgilarning bo‘sh va tejamli aloqasini amalga oshirishdir.
Optimistlar dunyoni bilish mumkinligini ta'kidlaydilar, agnostiklar, aksincha, buni rad etadilar (I.Kant – «narsa o‘zida»). Skeptiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar (XVIII asrda D.Yum), biroq bilimning haqiqiyligiga shubha bildiradilar. Bilimga chanqoq bo‘lgan, bilishga harakat qilayotgan odam optimist: «Men buning nimaligini bilmayman, biroq bilishga umid qilaman», deydi. Agnostik esa, «Men buning nimaligini bilmayman va hyech qachon bila olmayman», deb ta'kidlaydi. Yuzaki skeptitsizm, ko‘r-ko‘rona fanatizm kabi, dunyoqarashi tor odamlarda ko‘p uchraydi. F.Laroshfuko ta'biri bilan aytganda, kaltabin odamlar odatda o‘z dunyoqarashi doirasidan chetga chiqadigan hamma narsani qoralaydi. Agnostitsizmga olib keluvchi asosiy muammo shundan iboratki, narsa yoki hodisani bilish jarayonida bu narsa yoki hodisa albatta bizning tafakkur va sezgi a'zolarimizda aks etadi. Gnoseologik relyativizmborliq hodisalari va voqyealarini bilish o‘zgaruvchanligi, o‘tkinchiligini mutlaqlashtiruvchi agnostitsizmning yo‘nalishlaridan biridir. Relyativizm tarafdorlari dunyoda hamma narsa o‘tkinchi, haqiqiy dunyoviy darajada ham, hattoki ilmiy darajada ham bizning olam hodisalari haqida olgan faqat shu paytdagi bilimlarimizni ifodalaydi, kecha haqiqat deb hisoblangan narsa bugun ishtiboh, xato sifatida tan olinadi: xuddi dori kabi, haqiqatning ham saqlanish muddati bor. Skeptiklarga xos bo‘lgan bu yondashuv antik davrdayoq yuzaga kelgan. Dunyoda hamma narsa shu qadar tez o‘zgaradiki, unda mutlaqo o‘zgarmas bo‘lgan hyech narsa mavjud emas, deb hisoblagan Kratil ta'limoti ashaddiy relyativizmga misol bo‘lishi mumkin.
Bilish nazariyasida mutlaq relyativizm – bu tafakkur «boyligi»ning namoyon bo‘lish shakllaridan biri. Unga quyidagi mushohada xos: haqiqat albatta mutlaq bo‘lishi kerak, agar haqiqat mutlaq bo‘lmasa, u haqiqat emas. Bu fikr zamirida nafaqat nisbiy, balki mutlaq haqiqatga ham ishonchsizlik yotadi. Ilmiy bilishning harakat yo‘li – amalda to‘g‘ri chiziq emas, balki kesimlarida yanglishish hollari yuz berishi mumkin bo‘lgan egri chiziqdan iborat. Biroq bu bizning barcha bilimlarimiz safsata ekanligini isbotlamaydi. Relyativist «bilimda nisbiylik unsuri mavjud» degan to‘g‘ri qoidani «bilim doimo nisbiydir», binobarin, bilim kerak emas, degan yanglish qoidaga almashtiradi. Bilim nima? Bilim tushunchasiga aniq ta'rif berish qiyin, balki hatto mumkin ham emas. Gap shundaki, birinchidan, bu tushuncha eng umumiy tushunchalardan biri hisoblanadi, umumiy tushunchalarga esa doim aniq ta'rif berish qiyin. Ikkinchidan, bilimning juda ko‘p turlari mavjud va ularning hammasini yonma-yon qo‘yib bo‘lmaydi. Shuni e'tiborga olib, bilim nima ekanligini aniqlashga harakat qilib ko‘ramiz. Odatda, biz nimanidir bilishimiz haqida gapirganimizda, o‘zimiz bu «nimadir» haqida ancha to‘g‘ri tasavvurga egamiz, deb hisoblaymiz. Shuningdek, bizning tasavvurimiz xom xayol yoki faqat o‘z shaxsiy fikrimiz emasligiga ham ishonchimiz komil bo‘ladi. Nihoyat, biz bu ishonchni mustahkamlovchi qandaydir dalillar keltirishimiz mumkin. Shunday qilib, o‘z shaxsiy hayotimizda biz amaldagi holatga mos keladigan va ma'lum asoslarga ega bo‘lgan ishonch, e'tiqodni bilim deb hisoblaymiz. Bilim – bu haqiqatga mos keladigan va asoslangan ishonchdir. Bilim zamirida aniq, ishonchli va xatosiz asoslar yotishi lozim, degan tasavvur bilish nazariyasidagi eng nufuzli yondashuv hisoblanadi. Unga antik faylasuflarning asarlaridayoq duch kelish mumkin, eng aniq ko‘rinishda va dasturilamal sifatida u Yangi davrda mashhur faylasuflar F.Bekon, R.Dekart va J.Lokk tomonidan ta'riflab berilgan. Bu yondashuvni klassik fundamentalizm deb nomlash, uning barcha muqobillarini esa, hozircha undan ma'lum darajada chetga chiqish sifatida tavsiflash mumkin.

Download 26,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish