5-mavzu. Tarixiy toponimiya. Predmeti maqsadi va vazifalari Reja



Download 106,04 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.04.2020
Hajmi106,04 Kb.
#44525

5-mavzu. Tarixiy toponimiya. Predmeti maqsadi va vazifalari 

 

Reja: 

1. Toponimikaning umumiy onomastikada tutgan o„rni 

2. Tarixiy toponimiyaning shakllanish va taraqqiyot yo„llari  

3. Toponimikaning tasnifi: oykonimiya, gidronimiya, oronimiya, 

dendronimiya va h.k. 

4. Toponimik materiallarning tarixiy manbaviy ahamiyati   

 

Tayanch  so‘z  va  iboralar:  toponim,  tarixiylik,  tarixiy  geografiya,  transfor-

matsiya, etemologiya, topoformant, lokalizatsiya, ma‟no siljishi, Mouru, Sug„uda, 

Xorasmi, Turon, Bahdi.  

 

Inson  paydo  bo„libdiki,  uning  hayoti  muayyyan  makon  bilan  bog„liq  bo„lib 



kelgan.  Makon  tushunchasi  keng  ma‟noda  talqin  etilsa,  inson  hayoti  va  faoliyati 

makrodunyoning  turli  nuqtalari  bilan  uzviylikda  kechadi.  Odamzod  o„zi 

yashayotgan,  qadami  yetgan  yerlarga  nom  qo„yishi  tabiiy  hol,  chunki  u  yoki  bu 

voqeani  odam  o„sha  voqea-hodisa  sodir  bo„lgan  yerga  bog„laydi.  Qadimgi 

yunonlar bu sohaga umumiy nom qo„yishgan va fanda toponimika atamasi paydo 

bo„lgan. “Topos” – o„rin, joy; “onomos”  – ism, ot demakdir. “Onima” varianti – 

nomlanish deb tarjima qilinishi mumkin.  

Joy nomlari bir tomondan geografiya uchun ob‟ekt bo„lsa, ikkinchi tomondan 

ularning  tuzilishi  materiali  leksik  birliklar,  ya‟ni  bir  tilning  ayrim  olingan  so„zi, 

qo„shma  so„zi  kabilardan  iborat  bo„lgani  uchun  filologiyaga,  xususan 

tilshunoslikka  aloqador.  Tilshunos  olim  toponim  usullarni  tarkibiy  tuzilishi 

yasalish  usullarini  til  qonuniyatlari  asosida  o„rganadi.  Geograf  esa,  joy  nomlari 

asosida  u  yoki  bu  ob‟ektning  topografik  o„rnini  kartalashtirish,  masafalarni 

aniqlash  kabi,  xududlarni  belgilash,  dunyo  tomonlariga  (shimol,  janub,  g„arb, 

sharq) munosabatini aniqlash kabi maqsadlarini amalga oshiradi.  

Toponimikaning  fan  tarmog„i  sifatidagi  asosiy  vazifasi  geografik  nomlarni 

o„rganish,  ularning  o„ziga  xos xususiyatlarini  aniqlash,  shakllanish  va  rivojlanish 

(o„zgarish)  bosqichlarini  tekshirish,  ilk  ma‟nolarini,  keyingi  davrlarda  ularning 

ma‟nolarida  ro„y  bergan  siljishlar,  toponimlarni  shakllantirgan  grammatik 

omillarni  o„rganishdir.  Bularning  barchasi  bir  qarashda  tilshunoslikka  bevositap 

aloqador.  Lekin  ayni  shu  masalalar  toponimlarning  tarixiy  tahliliga  ham  xizmat 

qila oladi.  

Gap shundaki, toponimlarning aksatriyati uzoq tarixiy o„tmish bilan bog„liq. 

Ularning paydo bo„lishini bilish muayyan tarixiy shart-sharoitlarlarning ma‟nosini 

ochishga  xizmat  qiladi.  Toponimlarga  bu  yo„sinda  yondoshish  tarix  fanining 


yordamchi  sohasi  “Tarixiy  toponimika”  uchun  ilmiy  uslubiy  zamin  yaratadi. 

Demak, tarixiy toponimika yordamida tarixiy voqea-hodisalarningmohiyatiga kirib 

borish imkoniyati yanada kengayadi.  

Toponimika  masalalari  odamlarni  qadimdan  o„ziga  jalb  etgan.  Zero  joy 

nomlari  tasavvur  etish  qiyin  mavhum,  muallaqlik  bo„lib  tuyulgan.  Shu  sababli 

insoniyat o„zi yaratgan hayoliy mifologik ijodi voqealarni ham albatta joy nomlari 

bilan,  xatto,  o„ylab  topilgan  hayoliy  nomlar  bilan  bog„lab  kelgan.  Masalan, 

“Chambl  bel”  Go„ro„g„li  dostonlar  turkumining  poytaxt  shahri,  Ramayanada 

Xastinapur  mifologik  shahar nomi, Gomerning  Illiada va  Odisseya  dostonlaridagi 

talay mifologik manzillar shular jumlasidandir.  

Xuddi  shu  kabi,  juda  qadimiy  joy  nomlari  bo„lib,  ularning  asl  tarixi 

unutilgach,  tarixiylikdan  mifologik  qatlamga  surilgan  nomlar  ham  uchraydi. 

Bularning  bari  toponimik  material  tarixiy  talqinga  muhtoj  manba  ekanini 

ko„rsatadi.  

Geografik  nomlarni  yaxlit  ma‟noda  ifodalovchi  atama  toponimiya, 

toponimiya sohasi esa, toponomist deyiladi. Ma‟lum hududga tegishli toponimlani 

birlashtiruvchi  boshqa  atama  ham  bor.  Bu  geografik  nomenklakturadur. 

Nomenklatura  “joy  nomlari  tavsifi”  yoki  “...  ro„yxati”  deb  tarjima  qilinishi 

mumkin.  Nomenklatura  so„zi  boshqa  fanlar  uchun  ham  qo„llanadi.  Masalan, 

“texnik  nomenklatura”,  “biologik  nomenklatura”  va  boshqalar.  Bu  o„rinda  shu 

fanlarga tegishli atamalar majmui ko„zda tutiladi.  

Geografik  ma‟noda  toponimlar  joyni  yer  yuzasidagi  muayyan  nuqtaga 

odamlar  tasavvuri  uchun  bog„lashga  xizmat  qiladi.  Toponimiya  shunchaki  joy 

nomini  atash  emas.  Zero,  toponimlar  ularni  yuzaga  keltirgan  tushunchalar  bilan 

bog„liq  holda  onomastika  (nomshunoslik)ning  boshqa  sohalari  bilan  ham  uzviy 

aloqadordir. Bular antroponimlar, zoonimlar, gidronimlar, dendronimlar, oronimlar 

va hakazo. Ko„pincha toponimlar atoqli ot toifasiga kirguniga qadar turdosh otlar 

safida bo„ladi. Ular biror joy nomi sifaptida qaror topgach toponimga – atoqli otga 

aylanadi.  

Geografik nomlar ular qaysi ob‟ektga nisbatan qo„llangani aniq bo„lmaguncha 

joyga  nisbatan  aniq  tasavvur  bermaydi.  Masalan  Kesh  toponimi  O„zbekiston, 

Qashqadaryo,  boringki,  Shahrisabz  vohasi  kabilar  bilan  bog„liq  izohlanmasa,  bu 

atama mansub tarixni bilmagan odam uchun hech qanday ma‟no bermaydi.  

Qo„shtepa tomonimi umuman ob‟ekt sifatida bir qancha yerda mavjud. Buni 

Darg„om  bo„yidagi,  Urgut  tumaniga  qarashli  yerda  joylashgan  arxeologik  ob‟ekt 

deb  tushunilsa  aniq  tarixiylik  kasb  etadi  va  aniq  joy  tasavvuriga  xizmat  qiladi. 

Xuddi  shuningdek  Kichik  Osiyoda  Kosho-Depe  ham  o„z  makoni  bilan  bog„liq 

izohlanmasa tushunish qiyin.  



Toponimlarning  tarixiy  talqini  murakkab  ilmiy  izlanishlarni  talab  etadi. 

Chunki  toponimlar u  yoki bu  ob‟ektga  nisbatan turli davrlarda  berilishi  mumkin. 

Ba‟zan  shunday  ham  bo„ladiki,  ma‟lum  bir  makondan  aholi  migratsiya  qilib 

boshqa  manzilga  qo„nadi.  Uning  asl  joyini  boshqa  xalq  yoki  etnik  o„zgalar 

egallaydi. Ba‟zan eski nomlarni saqlab, ularning talaffuzini o„zgartiradilar yoki o„z 

tillariga  kalka  usuli  bilan  ag„darib  oladilar.  Xuddi  shu  kabi  xodisa  Zarafshon 

daryosiga  nisbatan  bir  necha  bor  ro„y  bergani  ma‟lum.  Yunonlar  uni    Politimet 

deganlar.  Arab  mualliflari  Naxri  Sug„d,  Naxri  Buxoro  va  boshqa  nomlar  bilan 

atashgan, nihoyat o„rta asrlarda daryoga nisbatan Zarafshon atamasi qaror topgan. 

“Politimet” yunoncha “ko„p sharafli” degan ma‟noni bildirgan. Agar  yunonlar bu 

daryoning nomini mahalliy atamaga ko„ra Kalka qilgan bo„lsalar, u holda qadimgi 

sug„dlar  o„z  daryolarini  Namich  deb  atagan  bo„lsalar  kerak.  Bu  fikrni  Sankt 

Peterburglik olim V. A. Livshis o„rtaga qo„ygan edi. Bizningcha bunda bir ma‟no 

bor. Chindan ham qadimgi sug„d tilida “namo„” – ulug„vor, nomdor, sharafli degan 

ma‟nolarga ega.  

Tarixiy  toponimlarning paydo bo„lish, unutilish,  yangilanish shart-sharoitlari 

butun  bir  tarixiy  jarayonlar  bilan,  ma‟naviy  diniy  dunyoqarash  tizimlari  bilan, 

xo„jalik  yuritish,  turli  xil  sotsial  buxronlar,  xarbiy  voqealar  tabiiy  xodisa  va 

boshqalar  bilan  bog„liq  bo„ladi.  Masalan,  “Xuda  urgan”  toponimi  Toshkentning 

shimolida  Xasanboy  qishlog„iga  kiraverishdagi  ko„prikning  nomi  bo„lgan.  Bu 

ko„prik  atroflari  ovloq  yerlar  bo„lib  u  yerda  bir  guruh  qaroqchilar  yo„l  to„sarlik 

qilishgan  ekanular  yo„lovchi  paydo  bo„lib  ko„prikka  yaqinlashganda  yo„lga 

ko„ndalang  qilib  xoda  tashlashar  ekan.  Yo„lovchi  uchun  bu  “boringni  berib 

o„taver”  degan  ma‟no  berar  ekan.  Hasanboy  xalqi  bu  himoyani  unutgan  emas. 

Xolbuki o„sha ko„prik allaqachon yo„q bo„lib ketgan. Chunki hasanboy arig„ining 

o„zani  boshqa  yerga  surilib  yangi  kanal  orqali  olib  o„tilgan.  Yoki,  boshqa  bir 

misol: katta boylarning yerlari egalari nomi bilan atalgan paytlar bo„lgan. Mazkur 

Hasanboy qishlog„ida katta ekin maydonlaridan biri “Rixsiboyning yeri” deb atalar 

edi.  Boshqa  bir  ekin  va  bog„  maydonlar  Yovshubboyning  yeri  deyilar  edi.  Bu 

boylar  allaqachon  o„tib  ketgan  bo„lishiga  qaramay,  yerlarni  katta  va  keksa 

yoshdagi aholi shu nomlar bilan eslashadi.  

Endi  Hasanboy  qishlog„i  deyilishiga  saba  haqida.  Hasanboy  aholisi  asosan 

Toshkent  shahrida  “shahar  hovlilari”  bo„lgan,  yozda  “dala  havoi”ga  chiqib,  ekin 

tekin, bog„-rog„ qilib tiriksilik qilgan. Qishloq XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida 

Sebzor  dahasining  aholisi  yetakchilik  qilgan,  ularni  “dala”ga  olib  chiqib  yer  suv 

taqsimlab bergan oqsoqol Hasanboy ota nomi bilan bog„liq. Shu tadbir Hasanboy 

ota Toshkent aholisini iqtisodiy tanglikdan qutqarib qolgan. Chunki, o„sha davrda 

Toshkent Qo„qon xonlari (Olimxon) tasarrufiga tushib qolgan va zulm kuchaygan 

edi.  


Toponimlarni  sotsio-lingvistik  tahlil  etish  beihtiyor  ularning  tarixiy  asoslari 

tomon  yetaklaydi.  Masalan,  etnotoponimlar,  antropo-toponimlar,  ijtimoiy  voqea-

hodisalar bilan bog„liq joy nomlari bular hammasi jamiyat holatlari tufayli sotsial 

hayot  in‟ikosi  sifatida  yuzaga  keladi.  Shu  sababli  toponimlarni  tarixiylikning  bir 

chizig„ida  –  sinxron  kesmada  hamda  joy  nomlari  taraqqiyotining  boshlanishidan 

avomiyligi  asosida  dioxronik  usullar  bilan  o„rganiladi.  Bulardan  ikkinchisi,  ya‟ni 

diaxronik  yondashuv  tarixiy  jarayon  nuqtai  nazaridan  qiziqroq  va  samaraliroq 

bo„ladi.   

Markaziy osiyo toponimik nomenklaturasining diaxronik manzarasini kuzata-

digan  bo„lsak,  so„ngi  uch  ming  yil  davomida  bu  mintaqada  shu  sqadar  ko„p 

toponimik  qatlamlar  paydo  bo„lganki,  ularni  o„z  qatlamlari  doirasida  aniq 

chegaralab  tekshirish  amri  mahol.  Chunki  toponimik  qatlamlar  ayrim  hollarda 

yangi  tarixiy  sharoitda  paydo  bo„lgan  toponomenklatura  orasiga  kirib  yashovchi 

nomlarga  ega  bo„lishi  ham  mumkin.  Masalan,  Naxshab  –  islom  davrida  arablar 

tomonidan nasaf deb yuritildi.  

Choch  toponimi  X  asrdan  boshlab  Toshkent  shaxrida  qo„llana  boshlagan. 

Xitoycha  Shi-kan  –  “tosh  shahar”  deb  atalgani  ham  bejiz  emas.  Lekin  Choch 

atamasi  keyingi  asrlarda  ham  saqlanib  qolaverdi.  Bobur  Choch  kamonlari  haqida 

yozib “Kamoni Chochiy” iborasini qo„llagani yaxshi misol bo„la oladi.  

Ba‟zan  tarixiy  toponimlar  ma‟lum  joy  aholisiga  tushunarsiz  bo„lsa-da, 

yashovchanligini yo„qotmaydi. Masalan, Toshkentning Xadra maydoni. Sinchkov 

va  til  tarkibidan  habardor  odam  xadra  “xaddi  roh”  yo„l  cheti  deb  izohlanmasa, 

oddiy  toshkentlik  uchun  bu  atama  an‟anaviy  mavjud  va  yodaki  aytiladi  xolos. 

Bundan  tashqari,  arab  tilida  “axdarun”  va  “xadraun”  so„zlari  “yashil”  ma‟nosini 

anglatishini  hisobga  olsak,  Xadra  maydonini  “yashil  maydon”  deb  ham  tarjima 

qilish mumkin. Novza atamasi Toshkentning g„arbiy mavzelaridan birining nomi. 

Bu so„z tuzulishiga ko„ra juda qadimiy. Sug„d tilida nov “yangi”, za esa “er, joy” 

demakdir.  Demak  qochonlardir  qadimiyatda  va  ilk  o„rta  asrlarda  Choch  orqali 

savdo  ishlari  olib  borgan  sug„dlar  shu  mavzeda  qo„nim  topishgan,  balki  yashab 

qolib, mahalliy turkiy axoli bilan aralashib ketgan deyishga asos bor. Toponimning 

tarixiy dinamikasi 1,5 ming yildan ortiq vaqtni ko„rsatmoqda.  

Toponimiya  davriy  qatlamlariga  ko„ra  tarixiy  va  hozirgi  zamonda  amalda 

bo„lgan  qatlamlarga  bo„linadi.  Tarixiy  toponimlarning  unutilgan  qatlami  va  uzoq 

davrlardan  buyon  davomiy  amal  qilib,  hozirgacha  yetib  kelgan  qatlamlari  ham 

hisobga olinmog„i lozim.  

Toponimik  nomenklatura  birliklari  va  ularni  shakllantiruvchi  unsurlari  va 

kelib  chiqish  davri  har  xil,  til  manbalari  ham  turli-tuman  bo„lishi  mumkin. 

Masalan, O„zbekiston toponimik nomenklaturasida qadimgi turkiy, qadimgi eroniy 

elementlar  keng  tarqalgan.  Shu  bilan  birga  turli  siyosiy-ijtimoiy,  etnologik, 


madaniy  ma‟naviy  omillar  tufayli  paydo  bo„lgan  toponimlar  ham  katta  sonni 

tashkil  etadi.  Siyosiylashgan  qatlamda  yuz  bergan  “portlash”  sovet  davri 

toponimlari  misolida  yaqqol  namoyon  bo„ldi:  Qizil  to„qimachi,  Baynalminal, 

Pervomayskaya,  Bolshevik  ko„chasi,  Sovetskaya  ko„chasi,  lenin  kolxozi, 

Ordjonikidze royoni va hokazo.  

Toponimiya amaliy mohiyatiga ko„ra ijtimoiy tarixiy hodisadir. Shunga ko„ra, 

toponimiyani tarixiy materoial sifatida o„rganish muhim ahamiyatga ega.  

Boshqa  jihatdan  toponimiya  so„z  birliklari  bilan  ish  ko„rgani  sababli 

tilshunoslik  uchun  ham  o„rganish  ob‟ekti  hisoblanadi.  Toponimiya  shunchaki 

leksik  birliklar  yig„indisi  emas,  balki  ekstralingvistik  omillar  yig„indisi  hamdir. 

Toponimiyada  ijtimoiy  hayot,  madaniy  jarayonlar,  turli  xil  siyosiy  vaziyatlar,  bir 

so„z  bilan  aytganda  ijtimoiy  kollektiv  hayotining  barcha  sohalari  aks  etishi 

mumkin.  Masalaning  bu  tomoni  toponimlarda  etnik  jarayonlar,  iqtisodiy 

munosabatlar,  ma‟lum  ijtimoiy  etnomadaniy  aloqalar,  tillar  ta‟sirdoshligi  va 

boshqa ko„plab hususiyatlar mujassamlashadi.  

Toponimiya sotsiolingvistik nuqtai nazardan haligacha yetarli o„rganilmagan. 

Tarixiy  jihatdan  ham  toponimiyaning  maxsus  va  yalpi  o„rganilgan  deb  ayta 

olmaymiz.  Zero,  toponimiya  tarixiy  jihatdan  shunday  murakkab  tadqiqot 

maydoniki,  uning  avvalo  lingvistik  (leksik,  semantik,  fonologik,  morfologik) 

asoslari  to„liq  tasavvur  qilingan  emas.  Xatto  aytish  mumkinki,  Markaziy  Osiyo 

tarixiy  toponimiyasining  leksik  fondini  tartibga  solingan  ro„yxati,  katalogi,  izohli 

to„liq  lug„ati  yaratilmagan.  Ahvolning  bu  qadar  murakkabligi  tarixiy  toponimiya 

tadqiqotining  asosiy  muammolarini  “Yordamchi  tarix”  fanlari  tarkibida  bir  bora 

qayd etib o„tishni dolzarb masalaga aylantirdi.  

Tarixiy  toponimiyani  tadrijiy  (diaxronik)  rivojlanib  boruvchi  xodisa  deb 

baholash  bilan  barobar,  ularning  tarixiy  fani  uchun  qo„shimcha  ma‟lumotlar 

beruvchi manba ekani alohida hisobga olinishi lozim.  

Toponimiya joy nomlari bilish bilan birga umumiy nomshunoslikning barcha 

tarmoqlari  bilan  uzviy  aloqada  bo„lishi  mumkin.  Ya‟ni,  kishi  ismlari  – 

antroponimlar joy nomlari vazifasida amal qilishi mumkin. Gidronimik toponimlar 

ham  uchraydi. Zoonimik  toponimlar, oronimik  toponimlar, godonim  (yo„l  nomlar 

– yunoncha hodos “yo„l”), agronimlar (maydonlar) va hokazo toponimik guruhlar 

ularning  mazmun  tasnifidan  kelib  chiqadi.  Shu  bilan  bir  qatorda  toponimiya  o„zi 

atagan  manzilning  katta  yoki  kichikligiga  qarab  makrotoponimlar  va 

mikrotoponimlarga bo„linadi.  

Toponimiyaning  geografiya,  tilshunoslik  va  tarixning  sintezi  deb  qarovchilar 

ham  bor.  Bunday  qarash  toponimiyani  tadqiq  qilishda  metodologik  va  tetodik 

yondoshuvni  belgilashga  yordam  beradi.  Ya‟ni  toponimika  tarkibida  yuqorida 

sanalgan  yo„nalishlarning  barchasi  uchun  umumiy  bo„lgan  atamalak  hususiyati 


bilan  birga  atrofdagi  ob‟ektlarga  nisbatan  atama  yasashning  o„ziga  xos 

xususiyatlari birlashadi.                



 

Download 106,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish