5 – sinf adabiyot fanidan test “vijdon ila bajaring !”



Download 131 Kb.
bet1/7
Sana06.09.2021
Hajmi131 Kb.
#167061
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 sinf adabiyot fanidan mavzulashtirilgan testlar toplami baxtiyor 090420150821




5 – sinf adabiyot fanidan test “VIJDON ILA BAJARING !”

1. Arabcha “so’z” degan ma’noni bildiruvchi xalq og’zaki ijodiga hos janr qaysi qatorda berilgan?

A) rivoyat B) maqol C) ertak D) hikoyat

2. Adabiy turlar berilgan qatorni aniqlang.

A) roman, hikoya, qissa B) adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi C) she’riyat, nasr, dramaturgiya, maxsus tur D) maqol, matal, topishmoq

3Hadislar barcha shartlariga ko’ra tekshirilib qanday turlarga bo’linadi.

A) sahih va g’ayri sahih B) hadis matni va sanadi C) hadis musnadi va sanadi D) B va C

4. Imom al-Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” kitobida nechta ishonchli hadis jamlangan?

A) 7275 ta B) 7375 ta C) 7397 ta D) 600000 ta

5. Buxoro amiri Xolid ibn Ahmadning taklifiga javoban “Men ilmni xor qilmayman, uni hukmdorlar eshigiga olib bormayman” deb javob qaytargan olim kim?

A) Firdavsiy B) Ezop C) Imom al-Buxoriy D) Beruniy

6. Musnad nima?

A) Hadislarni bir-biridan eshitib, rivoyat qilib, avloddan avlodga qoldirib kelgan roviylar ro’yxati B) hadis ilmi bilan shug’ullanuvchi olimlar C) Payg’ambarimiz so’zlarining qachon qanday sharoitda, kimlar huzurida aytilganligi hujjati D) to’g’ri javob yo’q

7. Milloddan avvalgi VI asrda yashagan Lidiya shohi Kerz saroyida xizmat qilgan, Vavilon shohi Likurg saltanatida xazinabon darajasiga ko’tarilgan, Delfa shahrida tog’ qoyasida otib yuborib o’ldirilgan jahon adabiyotining buyuk darg’asi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Herodot B) Aristotel C) Ezop D) Lafonten

8. Masal janrining rus adabiyotida rivojlanishiga beqiyos hissa qo’shgan masalchilarni aniqlang.

A) Babriy, I. Krilov B) I. Krilov C) Lessing, Gellert D) Lafonten, Fedr

9. Ota va o’g’illarning safar oldidan suhbati qaysi asarda tasvirlangan?

A) “Shiroq” afsonasida B) “To’maris” afsonasida C) “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida D) “Uch og’a-ini botirlar” ertagida

10. Hamid Olimjon qalamiga mansub she’riy dramalar qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) “Janub kechasida”, “O’rik gullaganda” B) “Zaynab va Omon”, “Ofeliyaning o’limi” C) “Muqanna”, “Jinoyat” D) H.Olimjon drama yozmagan

11. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida zindonda yotgan Oygulni zindondan ozod etgan obrazni aniqlang.

A) Baliqchi chol B) Qul Tarlon C) Jambil xoni D) Oygulni zindondan ozod etgan shaxsning ismi qayd etilmagan

12. “O’n besh yilning daftari”, “Zamon torlari”, “Shu’la” kabi she’riy to’plamlarning muallifi kim? A) M.Shayxzoda B) H.Olimjon C) Shukrullo D) Oybek

12. “Daniyaning Odens shahrida tug’ilgan Kopengagen universitetida o’qigan Gyugo, Balzak, Dyumo, Dikkens, Geyne kabi buyuk ijodkorlar bilan muloqotda bo’lgan”. Ushbu tarjimai hol qaysi ijodkorga tegishli?

A) A.S.Ekzyuperi B) N.Dumbadze C) H.K.Andersen D) Ezop

13. 1926- yilda chop etilgan “Tuyg’ular” nomli sheriy to’plam qaysi ijodkor qalamiga mansub?

A) Oybek B) Shukrullo C) H.Olimjon D) M.Shayxzoda

14. “Chol kasal odamga o’xshab, sekin-sekin pastga tushdi. O’siq qoshlari tagida qisilib yotgan ko’zlari ila hammamizga yalingansimon qaradi…” Mazkur jumla qaysi asardan olingan?

A) Oybek “Navoiy” romani B) Oybek “Fanorchi ota” hikoyasi C) H.K.Andersen “Bulbul” ertagi D) A.Qodiriy “Uloqda” hikoyasi

15. Pushkinning “Yevgeniy Onegin”, Lermontovning “Maskarad”, arman xalq eposi “Sosunli Dovud” dostonlarini o’zbek tiliga kim tarjima qilgan?

A) Cho’lpon B) Oybek C) G’afur G’ulom D) Mirtemir

16. O’.Hoshimov qalamiga mansub qissalar qatorini belgilang.

A) “Odamlar nima derkin”, “Shamol esaveradi” B) “Qatag’on”, “To’ylar muborak” C) “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari” D) A va C

17. “… dostondek o’qiladi. Uni o’qib o’z onalarimizni o’ylab ketamiz…” S. Ahmadning ushbu fikrlari O’tkir Hoshimovning qaysi asari haqida?

A) “Yo’qotganlarim va topganlarim” B) “Ikki eshik orasi” C) “Dunyoning ishlari” D) “Kelinlar qo’zg’oloni”

18. Yaxshidur avvalg’isi xud begumon,Lek ikkinchisi ham ermas yomon. Mazkur bayt A.Navoiyning qaysi asaridan olingan?

A) “Farhod va Shirin” B) “Hayrat ul-abror” C) “Lison ut-tayr” D) “Muhokamat ul-lug’atayn”

19. “Sher bilan Durroj” hikoyati A.Navoiy “Xamsa”sining qaysi dostonida keltirilgan?

A) “Hayrat ul-abror” B) “Farhod va Shirin” C) “Sab’ai sayyor” D) Saddi Iskandariy

20. Do’rmancha, O’ltarma, Roshidan, Zohidon, Qudash kabi joy nomlari kimning qaysi asarda uchraydi?A) Zavqiy “Sayohatnoma” B) Muqimiy “Tanobchilar” C) Muqimiy “Sayohatnoma” D) Muqimiy “Devon”da

21. Birov bilmdon-u bo’lsa tadbirkor,Nogoh toyib ketsa oyog’i yakbor. Kichik bir xatoga gapirma qo’pol, Ulug’lar demishlar: “Yaxshilikni ol!” She’r muallifi qaysi javobda ko’rsatilgan?

A) A.Navoiy B) H.Sheroziy C) S.Sheroziy D) Muqimiy

22. Alisher Navoiyning qaysi asarlarida majoziy shakldagi ibratli hikoyatlar mavjud?

A) “Hayratul - abror” va “Majolis un-nafois”da B) “Farhod va Shirin”, “Layli va

Majnun”da C)“Majolis un-nafois” va “Nasoyim ul-muhabbat”da D) “Hayrat ul-abror” va “Lison ut-tayr”da

23. Anvar Obidjonning ilk kitobi nomi?

24."14 yoshli bu bola yon atrofdagi tengqurlari uchun naqd azroilning o’zi edi

“N.Dumbadzening "Hellados" hikoyasidan olingan bu parchadagi ta’rif kimga tegishli?

A) Yanguli B) Koka C) Fedya D) Jamol

25. A.Oripov o'zining "Oʻzbekiston" qasidasida kimni "zanjirband she'r"ga o'xshatadi? A) A.Temur B) A.Navoiy C) M.Ulug'bek D) Beruniy

26. A.Oripov o'zining "O'zbekiston" qasidasida kimni "Ko'klamingdan olib sururni,dovrug’ soldi…."ushbu ta’rif kim haqida ? A) H.Olimjon B) Oybek C) Cho'lpon D) G'G'ulom

27. Anvar Obidjonning bolalarga atalgan ilk komediyasi qaysilar?

28. "Tuygan g'ururni qilmoq mumkin dunyoga doston", deb A. Oripov kimni nazarda tutgan?

A) A. Navoiy B) H.Olimjon C) G'. G'ulom D) Oybek

29. Qizning oldida bir xirs Ko'rsatib yovvoyi hirs

Ushbu parchadagi hirs soʻzining lug'aviy ma'nosi qaysi javobda to'g'ri izohlangan?

A) insonning xunuk nafsi B) ayiq C) zolim D) badkor

30. Abdulla Oripov jahon adabiyotining qaysi durdonasini o'zbek tiliga mahorat bilan tarjima

qilgan? A) "Faust" (Gyote) B) "Don Kixot" (Servantes) C) "Qirol Lir" (Shekspir) D) "Ilohiy

komediya"(Dante)

31. Erkin Vohidovning ilk dostoni qanday nomlanadi? A) "Nido"

B) "Ruhlar isyoni" C) "Istanbul fojiasi" D) "Tong lavhasi"

32. "Hellados" hikoyasida "O'tganning o'rog'ini, ketganning ketmonini olish"ni kasb

qilib olgan qahramon kim? A) Fema B) Yanguli ) Jamol D) Koka

33"Yozuvchilar bogi"dan shaharga qaytayotganda avtomobil halokatiga uchrab, vafot

etgan adib kim? A) M. Shayxzoda B) H. Olimjon C) M.Osim D) A.Qodiriy

34. "Hellados" hikoyasida Yanguli jo'nab ketgan kema qanday nomlanar edi?

A)"Kalipso" B)”Poseydon” C) "Hellados" D) "Yanguli"

35. Nodar Dumbadzening ilk hikoyalari berilgan qatorni topin.?

A) "Men, buvim, Iliko va Marion" B) "Qishloq bolalari" C) "Kukaracha" D) "Quyoshni

ko'ryapman"

36. Nodar Dumbadzening romanlari?

37. "Sher va Durroj" hikoyasida sher o'z bolasini nimadan himoya" qilish maqsadida

doim og'zida tishlab yurar edi? A) ilonlardan B) qushlardan C) timsohlardan D)

chumolilardan

38. "Tong lavhasi", "Kamtarlik haqida", "Buloq", "Sevgi", "Ona tuproq" kabi she'rlar

Muallifini aniqlang. A) E.Vohidov B) A. Oripov C) O.Yoqubov D) G'G'ulom

39. "Ey sorbon, ohista yur, oromijon kelmoqdadur"

Ushbu mashhur misra bilan boshlanuvchi g'azal muallifi kim? A) Sa'diy B) Navoiy C)

Bobur D)Muqimiy

40. "Sher bilan Durroj" hikoyati "Hayrat ul-abror" dostonininig

nechanchi maqolatida keltirilgan? A) uchinchi B) o'ninchi C) beshinchi D) o'n ikkinchi

41. Quyidagi variantda ifodalanganlardan qaysi biri uchala ertakda:"Uch og'a-ini

botirlar", "Oygul bilan Baxtiyor", "Botir tikuvchi"da uchraydi? A) ot - B) non C)oybolta

D) tosh


42. Bobur baytlarida keltirilgan "laim" so'zining ma'nosi?

A) kishan B) gado C) shoh D) oltin

43. Faqat astar-u avra boʻz qabo kiyadigan adolatli podsho qaysi

asarda uchraydi? A) "Guliston"B) "Bo'ston" C) "Hayrat ul-abror” D) "Sayohatnoma"

44. "Ko'plar ham bu chashma boshiga yetdi,Suv ichdi, dunyodan ko'z yumib ketdi.

Qanchasi zulm ila olamni oldi, Go'rga o'zi ketdi, olgani qoldi" "Bo'ston" asaridagi

hikoyatda keltirilgan ushbu so'zlar buloqning boshiga kim tomonidan yozilgan edi?

45. Poytaxtimiz Toshkentning markazida ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan. Uni o‘rab turgan moviy gumbaz ostiga shoirning qaysi misralari bitilgan?


A) Orazin yopg‘och, ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,
Bo‘ylakim paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh.
B) Odamiy ersang, demagil odami
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.
C) Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘,
Yor o‘lung bir-biringizgakim, erur yorlig‘ ish.
D) Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,
Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.
46. Badiiy adabiyotning yozma shakli nechta adabiy turga bo‘linadi?

A) 2 ta: nasr, nazm B) 3 ta: nasr, nazm (she’riyat), dramaturgiya C) 4 ta: nasr, nazm, she’riyat, dramaturgiya D) 4 ta: nasr, nazm, dramaturgiya, maxsus tur


47. Katta-kichik she’rlar, she’riy masallar, ballada va dostonlar
adabiyotning qaysi turini hosil qiladi?
A) she’riyat B) nasr C) dramaturgiyaD) maxsus tur.
48. Ertaklar, hikoya va ocherklar, qissa va romanlar birlashib so‘z
san’atining qaysi turini tashkil qiladi?
A) she’riyat B) dramaturgiya C) maxsus tur D) nasr

49. Kichik sahna asari bo‘lmish intermediyalardan tortib yirik drama,


komediya, tragediya singari sahna asarlari mansub bo‘lgan adabiy
tur qaysi? A) she’riyat B) nasr C) maxsus tur D) dramaturgiya
50. Qaysi adabiy turga mansub asarlar muallif ixtiyoriga ko‘ra she’riy
yo‘l bilan ham, nasriy yo‘l bilan ham yozilishi mumkin?
A) she’riyatga mansub asarlar B) nasrga mansub asarlar C) dramaturgiyaga mansub asarlar D) to‘g‘ri javob yo‘q

51. Barcha avlod va xalqlarga birdek qadrli bo‘lib qolaveradigan,


haqiqiy adabiyot namunasi bo‘lgan «Odisseya» asari muallifi kim? A) Shekspir B) Arestotel C) Pushkin D) Homer
52. Mashhur «Odisseya» asari qaysi xalqning dostoni hisoblanadi?
A) yunon B) rus C) lotin D) fransuz
53. Nasrda ijod qiluvchilar qanday nomlanadi? A) nosirlar B) adabiyotshunoslar C) shoirlar D) olimlar
54. Ballada va roman qanday shaklda yoziladi? A) Ballada va roman she’riy va nasriy shaklda yoziladi. B) Ballada nasriy shaklda, roman esa she’riy shaklda yoziladi. C) Ballada she’riy shaklda, roman esa nasriy shaklda yoziladi. D) Ballada she’riy shaklda, roman esa she’riy va nasriy shaklda yoziladi.
55. Nasriy asarlarni toping. A) ertak, hikoya, ocherk, ballada, roman B) drama, hikoya, ocherk, roman C) ertak, hikoya, ocherk, qissa, roman D) roman, hikoya, ocherk, qissa, doston
56. Nuqtalar o‘rniga mos ismlarni qo‘ying. «Nemis shoiri ... asarlarini o‘zbeklar qanchalik qiziqish bilan mutolaa qilsalar, … ning «Boburnoma» kitobini nemislar shunchalik diqqat bilan o‘rganadilar».A) Shekspir, Bobur B) Gyote, Bobur Mirzo C) Balzak, Bobur D) Gyote, Xayriddin Sultonov57. Adabiyotning asosiy quroli nima? A) she’r B) badiiylik C) gap D) badiiy so‘z
58. Quyidagi misralar Muhammad Yusufning qaysi she’ridan olingan?

Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish