5 – mavzu: psixologiyaning predmeti, vazifalari va tadqiqotmetodlari (4 soat) Reja



Download 32,46 Kb.
Sana15.04.2020
Hajmi32,46 Kb.
#44769
Bog'liq
Psixologiya

5 – mavzu:PSIXOLOGIYANING PREDMETI, VAZIFALARI VA TADQIQOTMETODLARI (4 soat)

Reja:

  1. Psixologiya predmetining ta’rifi.

  2. Psixologiya tarixining asosiy bosqichlari.

  3. Psixologiyaning tarmoqlari va boshqa fanlar bilan aloqasi.

  4. Psixologiyaning asosiy metodlari.


1.Psixologiya predmetining ta’rifi va vazifalari. Psixologiya sohasida mukammal darsliklar yozila boshlagan davrga deyarli 160 yil bo’ldi. Sрu davr ichida juda ko’plab ilmiy tadqiqot natijalarini o’z ichiga olgan monografiyalar, darsliklar, qo’llanmalar yozildi. Lekin, bu bilan fanning jamiyat hayotida tutgan o’rni juda oshib ketdi, deb bo’lmaydi. Sababi, psixologiya sohasida faoliyat ko’rsatgan barcha olimlar ko’proq diqqatlarini mavxum shaxs va individual psixologiyaga qaratdilar. Vaholanki, inson, uning barkamolligi, jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta’siri masalasi hozirgi davrga kelib, o’ta dolzarb va muhim muammolar qatoridan joy oldi.

XX asrda insoniyat texnika, elektronika va boshqa shunga o’xshash murakkab texnologiyalarni yaratgangani bilan xarakterlansa-da, vaqti kelganda, shunday holatga duch kelamizki, murakkab elektron texnikani yaratgan o’ta aqlli inson o’zi va o’zi atrofidagilarning ruhiy kechinmalarini to’g’ri baholay olmasligi sababli, o’zini nochor va kuchsiz sezishi mumkinligini hayot isbotladi. XXI asrda juda ko’plab davlatlarda bo’lgani kabi dunyo xaritasida munosib o’rin olgan mustaqil O’zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko’tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va stivilizastiya bilan uzviy bog’ladi. Bundan inson va uning mukammalligi, o’z ustida ishlashi, o’z mukammalligi xususida qayg’urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to’qqizinchi sessiyasidagi “O’zbekistondagi demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari” mavzuidagi maruzasida ettinchi ustuvor yo’nalish deb, barcha islohotlarning pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va mezoni ekanligi besabab ko’rsatib berilmagandir. (Karimov I. A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari.- “Turkiston”, 2002 yil 31 avgust).

Inson psixologiyasini bilish, o’z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro’y berayotgan jarayonlarni obyektiv va to’g’ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi.

SHunday qilib, yangi davr har bir insondan o’z ichki imkoniyatlarini adekvat bilish, shu bilimlar zahirasi bilan yaqinlari va hamkasblari psixik dunyosini bilishni talab qilmoqda. Buyuk Suqrot o’z davrida «O’z - o’zingni bil!» degan shiorni o’rtacha tashlagan bo’lsa, yangi davr «o’z yoningdagilarni va ularning qilayotgan ishlarini ham bil», degan shiorni har qachongidan ham dolzarb qilib qo’ydi. Ayni shu muammoni echishda hozirgi zamon psixologiya ilmi va amaliyotining roli benihoya kattadir.

Psixologiyaning fan sifatida dunyoga kelishi va rivojlanishi ko’plab olimlarning ilmiy adabiyot va darsliklarida bayon etilgan. Franstiyalik olim J.Godfruaning “CHto takoe psixologiya” nomli 2-jilddan iborat kitobida antik dunyodan boshlab inson psixikasi, uning qalbi, hislari, xulqi masalalari diqqat markazda bo’lgan ekanligi, psixologiyaning fan sifatida rivojlanishida faylasuflarning qarashlari, tabiiy fanlar rivoji, 17-asrdan boshlab falsafa fanidan turli fanlarning ajralib chiqishi, 18 va 19-asrlarda Kondilyak, Lokk, YUm yondoshuvlari asoslab berilgan. Psixologiyaning Fan sifatida rivojlanishida nemis psixologi va fiziologi Vilgelm Vundt (1832-1920)ning xizmati, uning tomonidan maxsus tajribaviy sinov laboratoriyalarining tashkil etilishi va mohiyati ochib berilgandir. Demak, psixologiya 1879-yilda Leypstig Universitetida nemis fiziologi va psixologi Vilgelm Vundt tomonidan birinchi psixologik laboratoriya tashkil etilib, unda ilmiy asosda turli tajribalar o’tkazish boshlangandan keyin mustaqil fan sifatida tan olingan.

Psixologiyaning paydo bo’lishi va Fan sifatida e’tirof etilishida biologik, ijtimoiy, bixevior (xulqga ko’ra), kognitiv, psixoanalitik, gumanistik, sostial-psixologik yo’nalishlar va ularning asoschilari bayon etilgan (Godfrua J. CHto takoe psixologiya: V 2-x t. T.1. Per. s franst. M., Mir, 1992. -496 s. 57-80-b.).

Rossiyalik psixolog olim R.S.Nemov uch jilddan iborat “Psixologiya” kitobida psixologiya atamasi 16-asrda birinchi marta qo’llanilganligini, ong va o’zini kuzatish tufayli inson o’zidagi psixik holatlarni o’rgana borganligini, keyinchalik insonning faoliyati sohasida shu psixik jarayonlarni o’rganish zarurati etilganligini izohlab bergan (Nemov R.S. Psixologiya: Uchebnik dlya stud. Vo’zov., Kn. 1.: 688 s. 8-12 b.).

O’zbek psixolog olimlari E.G’oziev, M.Xolmuhamedov, X.Ibrohimovlarning “Psixologiya metodologiyasi” o’quv qo’llanmasida psixologiya fanining falsafa va tabiatshunoslik fanlari negizida paydo bo’lganligi etarlicha dalillar vositasida ko’rsatib berilgan. E.G’ozievning 2 jilddan iborat “Umumiy psixologiya” darsligida psixologiya fanining predmeti, bu fanning vujudga kelshi, asosiy sohalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari, psixologiyaning metodologiyasi va prinstiplari, faoliyat, uning tuzilishi, shaxs va uning tuzilmasi, shaxs psixikasining namoyon bo’lish shakllari, shaxsning psixologik xususiyatlaridan qobiliyat, temperament, xarakter kabilar keng va batafsil yoritib berilgan. O’zbek psixologiyasida shaxsning rivojlanishida faoliyat, faoliyat tuzilmasi, kasbiy faoliyat xususiyatlari M.G.Davletshin tomonidan o’rganilgan. Shaxsning ijtimoiy ta’sirlar mahsuli ekanligi, shaxs va jamiyat munosabatlarining o’ziga xos tomonlari, jamiyatning bir bo’lagi sifatida oila institutining psixologiyasi masalalari G’.B.Shoumarov, N.A.Sog’inov, B.M.Umarov ishlarida o’rganilgandir. Oila maskanining milliy, xududiy, an’anaviy xususiyatlarini o’zbek, tojik, qirg’iz, qoraqalpoq, rus oilalari misolida maxsus tadqiq etish, uning motivlari, shaxslararo munosabatlari, nikoh qurish omillari jihatidan o’rganish ishlarini psixologlardan M.Utepbergenov, R.Dushanov, E.Morshinina, SH.Jo’raevalarning ilmiy ishlaridan ko’rinadi. Psixologiya fanida tafakkur xususiyatlarini maxsus o’rganish va tadqiq etish ishlari R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova ilmiy ishlarida kuzatiladi. SHu o’quv qo’llanmaning mualliflaridan biri V.M.Karimova o’zining bir qator kitoblarida psixologiyaning ijtimoiy psixologiyaga aloqador muammolarini, chunonchi rahbarlik, liderlik, muloqot, samarali ta’sir mexanizmlari, guruh va shaxs psixologiyasi muammolarini; umumiy psixologiyaga aloqador tafakkur, uni rivojlantirish usullarini, shaxsda mustaqil tafakkurni namoyon bo’lishi va uni samaradorligiga oid masalalarni ko’rsatib bergan. SHuningdek, bu muallifning ilmiy yo’nalishlari oila, yoshlarning oila to’g’risidagi ijtimoiy tasavvurlari muammolariga qaratilgandir.



2. Psixologiyaning predmeti va maqsadi. «Psixologiya» so’zi ikkita grek so’zlaridan - «psyche» - jon, ruh va «logos»- ta’limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmeti har birimizning tashqi olamni va o’z-o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika - bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Lekin bu qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto’g’ri bo’ladi. CHunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma - xilki, biz ba’zan o’z-o’zimizni ham tushunmay qolamiz.

Shunday qilib, psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni o’rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o’rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish mumkinki, bu hodisalar bevosita bizning o’zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o’zaro bir - birlari bilan bog’liq bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarga bo’ysunadi.

Demak, psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq - atvori va turli faoliyatlarining o’ziga xos tomonlaridir, deb ta’riflash mumkin.

Psixologiya fanining maqsadi insonni o’zini-o’zi anglashi va atrof-muhit bilan o’z mutanosib munosabatlarini o’rnatish va uni kamol toptiruvchi omillarni aniqlash.

Har bir inson pinhona bo’lsa ham o’zining psixologik xususiyatlarini bilmoqchi va o’zi to’g’risidagi fikrlarini psixolog yordamida tekshirib ko’rishga urinib ko’radi. Biz o’zimizni yaxshi bilishimiz kerakmi? Bu savolga faqat ijobiy javob berishimiz mumkin. qachonki inson o’zining murakkab bo’lgan psixik olamini yaxshi bilsa, u hayotiy muammolarini onsonroq echish yo’lini topaoladi, odamlar bilan tez muloqotga kirishaoladi, ulardan yordam oladi va etibor qozonadi. Har bir kishi o’zining ijobiy va salbiy xususiyatlarini bilib, yomonlarini yo’qatishga xarakat qiladi va yaxshilarini oshirishga intiladi, o’zining hulq-atvorini boshqaraoladi. Xozirgi kunda ko’p kasb egalariga ham psixologik muammoarni echish masalasi ko’ndalang turibdi. Ayniqsa o’qituvchi kasbini tanlagan insonlarga psixik olamni o’rganish ta’lim va tarbiya berishda o’quvchilarga individual yondoshuvni tanlashlarida ko’mak beradi. Amaliyotda pedagog doyim o’quvchi o’z olamida yashashi bilan to’qnashadi, o’qituvchi nima qilayotganini, nimaga undayotganini tushunmaydi. Ta’lim va tarbiyada eng muhim narsa nima? O’quvchilarning ta’lim olish jarayonini qanday osonlashtirish mumkin, ularni qilayotgan xatolarining sabablarini qanday o’rganish mumkin? Nega ba’zi bir o’quvchilar yomon o’qishadi yoki darslarni o’zlashtiraolmaydilar? O’quvchilarni o’qishga bo’lgan qiziqishlari yoki qiziqmasliklarini qanday tushuntirish mumkin? Bunday savollar juda ko’p va bunga faqatgina psixologiya fani aniq javob topib beradi.

Psixika o’ziga alohida bir olam emas: u organik hayotning yuksak shakllaridan bo’lib, faqat hayvonlar bilan odamga xosdir. Hayvonlar bilan odam, o’simliklardan farq qilib, yolg’iz organik hayotga ega bo’libgina qolmay, balki shu bilan birga, psixik hayotga ham egadir. Lekin, ma’lumki, xayvonlarning psixik hayoti odamning psixik hayotiga qaraganda soddaroqdir. Odam psixikasi hayvonlar psixikasidan sifat jihatidan farq qiladi. Odamda psixikaning yuksak shakli – ong bor. Odam ongli zotdir.

Psixik jarayonlar bu psixik hodisalarning paydo bo’lishi, qonuniy, izchil ravishda o’zgarishi va bir taraqqiyot bosqichidan navbatdagisiga o’tishi, ularda sifat o’zgarishlarining sodir bo’lishidir.

Psixik jarayonlarga bilish jarayonlari, irodaviy va emostional jarayonlar kiradi.



Bilish jarayonlariga esa: ongimizning muayyan obyektga yo’naltiriltiruvchi diqqatni, sezgi organlariga bevosita ta’sir qiladigan narsalarning, ya’ni qo’zg’atuvchilarining in’ikos sifatidagi sezgilar va idrokni; voqelikni yangilanib turadigan aksi sifatida xotirani; voqelik xususiyatlarining kishi ongida umumlashgan va qaytadan in’kos qilingan hamda bevosita bilish qiyin bo’lgan xayol va tafakkurni;

Irodaviy jarayonlar bu muayan tarzda harakat qilish motivlari yoki istagining paydo bo’lishi, birdan bir qarorga kelish va ijro etishdir.

Emostional yoki hissiy (his-tuyg’ularning hosil bo’lishi, ehtiyojining qondirilishiga qarab ularning kuchayishi va boshqalar)ni kiritish mumkin.

Psixik holatlar – shaxsning obyektiv voqelikdagi narsa va hodisalarga, o’z-o’ziga bo’lgan munosabatini ifodalovchi ijobiy hamda salbiy emostional kechinmalari; mamnuniyat va g’azab, ishonch va ishonchsizlik, aktivlik va passivlik kabi hislar. Psixik holatlargaxursandchilik, xafachilik, parishonxotirlik, ziyraklik, qayg’u, affekt va stresslar, yoqimli va yoqimsiz tuyg’ular, tinchlik-farog’at, hayajonlanish va mayuslanish, o’yg’oqlik va uyqu holatlari, dadillik, lanib qolish holatlarini boshdan kechirish psixik xolatlarga kiradi.

Shaxsning psixik xususiyatlari yoki fazilatlariga kishi aqlining va tafakkurining belgilari, uning xarakterida, temperamentida, qobiliyatlarida barqaror bo’lib qolgan irodaviy xususiyatlar, muayyan tarzda harakat qilishdan iborat barqaror va yangidan xosil bo’lib turadigan xoxish-istaklar, xis-tuyg’u xususiyatlari va shu kabilar kiradi.

3. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni

Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo’nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o’rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqozo etadi. Bo’lar birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo’lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o’ziga xos va etakchidir.



Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo’lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to’la anglash va uning rivojlanib borish tendenstiyalarini belgilashdagi o’rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo’lishiga yordam beradi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlashda ham yurtimiz sharoitida bu ikkala fan - falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog’liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko’ndalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va milliy g’oyani shakllantirish kabi dolzarb vazifani bajarishga xizmat qilmoqda.

Sostiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o’z taraqqiyotining muhim bosqichiga o’tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko’lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sostiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta’minlash ishiga xizmat qiladilar. Qolaversa, huquqiy, demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O’zbekiston aholisining huquqiy madaniyatini va demoqratik o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta’minlash, bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr va insonlar fikr va qarashlaridagi o’zgarishlarni o’z vaqtida o’rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tatbiqiy ahamiyat kasb etadi.

Pedagogikabilan psixologiyaning o’zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo’lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufo’zi o’ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan «Ta’lim to’g’risidagi Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlashning Milliy Dasturi»ni amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o’zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo’ydi. Milliy dasturda e’tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsnikamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo’lib etishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart - sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonlariga tatbiq etishda pedagogikaning o’z uslub va qoidalari etarli bo’lmaydi. SHuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta’lim olish davrlaridagi rivojlanish tendenstiyalaridan tortib, toki yangicha o’qitish texnologiyalarini bola tomonidan o’zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intellektual qobiliyatlarga nechoglik ta’sir ko’rsatayotganligini o’rganish va shu asosda ishni tashkil etish psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uyg’unlashtirishni taqozo etadi.

Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.k. psixik hodisalar va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini obyektiv o’rganish uchun material beradi. Ayniqsa, bosh miyaning hamda markaziy asab tizimining psixik faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiqlashtirishdagi rolini e’tirof etgan holda psixologiya fani tabiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan omilkorona foydalanadi. Masalan, shaxs qobiliyatlarini diagnostika qilish uning tug’ma layoqatlari hamda orttirilgan sifatlarini bir vaqtda bilishni taqozo etgani sababli, o’sha tabiiy layoqatning xususiyatlarini aniqlashda psixofiziologiyaning qator usullaridan (miya assimetriyasi qonunlari, miya bioritmlarini yozib olish, neyrodinamik hodisalarni aniqlash, qon aylanish va tana haroratini o’lchash metodlari) o’z o’rnida foydalanadi va biologiya, anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya kabi fanlarning shu kungacha erishgan yutuqlaridan foydalanadi. SHuning uchun tabiiy fanlar sohasida erishilgan barcha yutuqlar psixologiyaning predmetini mukammalroq yoritishga o’z hissasini qo’shgan holda uni boyitadi.

Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyatli va zarur bo’lib, u inson shaxsining o’zini-o’zi boshqarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o’z o’rnida foydalanadi. Ayniqsa, ma’lumotlar asri bo’lgan XX1 asrda informastion texnologiyalar va modellashtirish borasida psixologiya hamda kibernetika hamkorligining salohiyati yanada ortadi. Masalan, oddiy muloqot jarayonini yanada takomillashtirish, har bir so’zning shaxslararo munosabatlardagi ta’sirchanligini oshirish maqsadida hamda ana shunday ijtimoiy faoliyat jarayonida shaxs tizimini takomillashtirishda turli kibernetik modellaridan o’rinli foydalanish zamonaviy psixologiyaning jamiyatdagi o’rni va rolini oshiradi, maxsus kompyuter dasturlarining keng qo’llanilishi inson miyasi va ruhiy olami sirlarini tez va aniq o’rganishni kafolatlaydi.

Texnika fanlari bilan psixologiyaning o’zaro aloqasi va hamkorligi yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini echishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo’nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. Masalaning yana bir alohida tomoni ham borki, u ham bo’lsa, texnika taraqqiyotga intilayotgan bir vaqtda murakkab texnika va mashinalar bilan «muloqot» qilayotgan shaxs faoliyatini yanada mukammallashtirish va uning imkoniyatlariga moslash masalasi ham ana shu hamkorlikda hal qilinishi lozim bo’lgan masaladir.

Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o’zaro aloqasi va hamkorligi ham yangilik bo’lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma - bosqich o’tish sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o’ziga xos namoyon bo’lish qonuniyatlarini o’rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi. O’zbekiston Prezidenti I. Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq fuqarolarda, birinchi navbatda, yoshlarda yangicha iqtisodiy tafakkur shakllanishining jamiyat iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatiga e’tiborni qaratgan edilar. Demak, yangi davr shaxsini tarbiyalash va uning jamiyatga moslashuvi masalasida psixologiya iqtisodiyot fanida qo’lga kiritgan yutuqlar, yangiliklar va iqtisodiy samaraga erishish omillarini hisobga olsa, iqtisodiyot o’z navbatida iqtisodiy islohotlarning obyekti hamda subyekti bo’lmish inson omilidagi barcha psixologik o’zgarishlarni aniqlash, tahlil qilish va shu asnoda bashorat qilish vazifasini echishi kerak.

Yuqorida ta’kidlangan fan tarmoqlari psixologiya bevosita uzviy aloqada rivojlanadigan fanlarning asosiy qismi xolos. Bugungi kunda har bir fan rivoji uchun inson omilini hisobga olish zarur ekan, psixologiya o’sha barcha fanlar bilan aloqada va hamkorlikda rivojlanadi.

Suning uchun bugungi kunda psixologiya fanidan alohida bo’lib ajralib chiqqan tarmoqlar to’g’risida ham fikr yuritish mumkin.

Psixologiyaning alohida tarmoqlarini differenstiastiya qilish eng avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi haqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda. Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin. Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sostiologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi. CHunki hamma sohada inson shaxsi faoliyat ko’rsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashkil etish, olib borish uchun kishilar psixologiyasini, shaxslararo munosabatlar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-atvor normalarini bilish va shunga ko’ra ish olib borish muhimdir. SHuning uchun hozirgi davr mutaxassislari psixologik bilimlardan boxabar bo’lishlari lozimdir.

Psixologiyaning 300dan ortik tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi:

- umumiy psixologiya - psixologiyaning barcha masalalarining o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan maxsus sohasi;

- pedagogik psixologiya - kishiga ta’lim va tarbiya berishni psixologik qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi;

- yosh davr psixologiyasi - turli yoshdagi odamlarning tug’ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini o’rganadi;

- ijtimoiy psixologiya - odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o’rganadi;

- mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o’rganadi;

- injenerlik psixologiyasi - avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorning faoliyatini, odam-texnika o’rtasida funkstiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o’rganadi;

- yuridik psixologiya - huquq tizimining amal qilishi bilan bog’liq masalalarning psixologik asoslarini o’rganadi;

- harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo’ladigan xulq-atvorini, boshliqlar bilan ijro etuvchilar o’rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o’rganadi;

- savdo psixologiyasi - jamiyatda tijoratning psixologik sharoitlari, ehtiyojning individual, yoshga oid, jinsga oid xususiyatlarini, haridorga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi, modalar psixologiyasi kabi masalalarini ko’radi;

- tibbiyot psixologiyasi - shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi.

SHuningdek psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, iqtisodiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, rahbar psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, pedagogik psixologiya, intellekt psixologiyasi, psixodiagnostika va boshqa ko’plab sohalari mavjud.


4. Psixologiya fanining tadqiqot metodlari

Barcha tabiiy va ijtimoiy fanlar singari psixologiya ham bundan keyingi tahlilini taqazo qiluvchi faktlarning to’plashning ikkta metoliga – o’z navbatida qator shakillari mavjud bo’lib, ularning mohiyatini o’zgartirmaydigan kuzatuv va eksperiment o’tkazish metodlariga egadir. Psixologiyada ilmiy bilishning ushbu vositalari mavjudligi (garchi bu har qanday fanda, umuman olganda, tomomila o’z-o’zidan tushunarli deb hisoblansa ham) ni alohida ta’kidlash zarurati shundan kelib chiqadiki, idiealistik psixologiya yuqorida bayon etilgan sabablarga ko’ra, kuzatuvchi o’z- o’zini kuzatish bilan cheklanib, psixologik tadqiqotda, ayniqsa oliy darajadagi psixik jarayonlarni o’rganishda, eksperementning biron bir jiddiy rol o’ynashni inkor etib keladi.



Psixologiya fanining metodlari

1) Kuzatuv

a) uzluksiz;

b) o’zini-o’zi kuzatish

2) Tajriba usuli

a) laboratoriyada tajriba o’tkazish;

b) tabiiy sharoitda tajriba o’tkazish

v) kesma


3) So’rovnoma

        1. Suhbat

        2. Tarjimaixol

    1. Intervyu

    2. Sostiometriya

    3. Test

    4. Statistik ma’lumotlarni qayta ishlash

Kuzatuv agar u tashqi hodisalarni tasvirlash bilan cheklanibgina qolmasdan, balki ushbu hodisalarning psixologik tabiyatini izohlab berish darajasiga ko’tarilsa, psixik tadqiqot metodi bo’la oladi. Kuzatuvchining mohiyati psixologik faktlarni faqat hisobga olishdan emas, balki bu psixologik faktlarning sabablarini ilmiy nuqtai nazardan izoxlab berishdan iboratdir. Faktlarni hisobga olish bilan turmushdagi oddiy kuzatuvchilar deb atalmish kuzatishlar chog’ida shug’ullaniladiki, kishi u yoki bu ishlar, xatti- harakatning sabablarini tusmol Bilan izohlaydi. Turmushdagi kuzatuvchilar ilmiy kuzatuvchilardan avvalo o’zining tasodifiyligi, uyushmaganligi va rejasizligi bilan farq qiladi. Unda psixik faktning hosil bo’lishi va uning kechishiga ta’sir qiladigan barcha muhim shart sharoitlar kamdan- kam hisobga olinadi. Biroq turmushdagi kuzatuvchilar son- sanoqsiz ravishda o’tkazilib turishi va mezon sifatida ixtiyorida kundalik tajribaning mavjudligi vajidan oqibat natijada ba’zan psixologik donishmandlikni rastianal mag’zini hadiya etadi. Turmushdagi son sanoqsiz psixologik kuzatuvchilarning natijalari maqol va maqollarda mujassamlashgan va o’rganish uchun muayan qiziqish tug’diradi.

Kuzatishdan farqli o’laroq, psxologik eksperement tadqiqotchining sinalayotgan faoliyatiga faol aralashuvi mumkinligini nazarda tutudi. Jumladn, tadqiqotchi psixologik fakt aniq namoyon bo’lishiga, uning eksperimentchi xohlagan yo’nalish bo’yicha o’zgartirishlarga, har jihatdan tadqiq qilish uchun bir necha marotalab takrorlanishga imkon beradigan shart- sharoitni yaratadi.

Eksperement metodning ikkta asosiy turi farqlanadi: labaratoriya eksperimenti va tabiiy eksperiment.

Labaratoriya eksperimentning xarakterli belgisi faqat uning labaratoriya sharoitlarida maxsus psixologik asbob- uskunalar yordamida o’tkazishlarida va sinaluvchining xati- harakatlari yo’l- yo’riqqa qarab sodir bo’lishi bilgangina emas, balki sinalayotganini biladigan sinaluvchi kishining munosabati bilan ham belgilnadi. Labaratoriya eksperimenti yordamida diqqatning xossalarini, idrok, xotira va boshqalarning o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish mumkin. Hozirgi paytda labaratorya eksperimentining ko’pincha shunday tarzda o’tkazishadiki, unda odam odatdagi sharoitlarda bajarishi mumkin bo’lgan faoliyatning ba’zi psixologik jihatlari modellashtirilib qo’yiladi. Jumladan, eksperimentning anchagina hissiy zo’riqish vaziyati modellashtirilib, uning jarayonida sinaluvchi, masaln, kasbi kori uchuvchi bo’lgan kishi anglangan echimlar qabul qilishi, yuksak darajadagi uyg’unlikni taqazo etadigan murakkab xarakatlar qilishi, prborlardagi ko’rsatkichlarga munosabat bildirishi va h. k lar belgilab qo’yilgan bo’lishi mumkin.



Tabiiy eksperiment (birinchi martda 1910 yilda A. F. Lazurskiy taklif etilgan) mo’ljalanganligiga ko’ra, eksperiment o’tkazilayotganini biladigan sinaluvchida hosil bo’ladigan zo’riqishga yo’l qo’ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga (dars, suhbat, o’yin, uy vazifalarni bajarish va boshqalar) ko’chishi lozim.

Psixologik-pedagogik tadqiqot vazifalarini bajaradigan tabiiy eksperimentpsixologo – pedagogik eksperiment deb ataladi. Har xil yosh bosqichlarida o’quvchilarning bilish imkoniyatlarini o’rganishda, o’quvchi shaxsni shakllantirishni konkret yo’llarini anqlashda uning roli benihoya kattadir. Hozirgi payitda labaratoriya eksperimenti bilan tabiiy eksperimentning bir – biridan farqi juda ham shartli bo’lib, ular mutlaqlashtirillmasligi kerak.

Hozirga qadar biz tadqiqiy metodlar haqida so’z yuritik. Bu metodlar yrdamida olim ilmiy bilish uchun muhim faktlarni aniqlashi, u yoki bu qonuniyatlarning mavjudligini kashf etilishi, psixik hodisalarning sirli mehanizimini topishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ushbu metodlar vositasida amalga oshiriladigan tadqiqotlar predmeti psixologiya faning predmetiga mos keladi.

Test- qisa mudatli topshiriq bo’lib, uning bajarilishi ba’an bir psixik funkstiyalar mukammaligini ko’rsatkichi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Testlar yordamida ayrim qobilyatlarning, ko’nikmalarning, malakalarning bor yo yo’qligini aniqlashga, u yoki bu kasb sohasida ishlashi uchun layoqatlilik darajasini va h.k. larni bilishga harakat qilinadi. Psixologik testlar, jumladan, kosmonavtik kosmik parvozga psixologik jihatdan tayorgarlik darajsini aniqlash lozim bo’lib qolganida, sinaluvchilar o’qishningalohida usullari qo’llanilgan eksperimental guruppalarda bilimlarni qanday o’zlashtrilganliklarini bilish zarurati tug’ilgan paytlarda, shuningdek boshqa hollarda qo’llaniladi.

SHu bilan birga konkret psixologik metodikalarning ko’pchiligi uchun xos bo’lgan ba’zi umumiy belgilarni ham alohida ajratib ko’rsatish mumkin. Buni normal ravojlangan va va aqliy jixatdan zaif bolalarda diqqatning barqarorligi yoshga taalluqli tafovutlarni o’rganish vazifasi qo’yilgan tadqiqot misolida ko’rib o’tamiz.

Tadqiqot odatdagidek to’rt bosqichga ajratiladi.

Birinchi bosqich-tayyorgarlik bosqichi. Bunda xar xil vositalar yordamida material o’rganiladi dastlabki ma’lumotlar to’planadi (o’quv mashg’ulotlari va mkhnat faoliyati chog’ida, turmushda ataylab uyushtirilgan suhbatlar jarayonida kuzatuvdan foydalaniladi, ba’zan maxsus tanlangan savollar yozilgan anketalar qo’llaniladi, biografik ma’lumotlar aniqlanadi, anamnez to’planadi, ya’ni tadqiq qilinayotgan faktlar hosil bo’lishiga qadar mavjud shart-sharoitlar ta’riflanadi va xokozolar).

Ikkinchi bosqich-xususan eksperimental bosqich bo’lib, tadqiqotning kankret metodikasi amal qiladi va o’z navbatida bu bosqich birin ketin qo’llaniladigan qator bo’g’inga eksperiment seriallarga bo’linadi.

Tadqiqotning uchunchi bosqichi-tadqiqot ma’lumotlarni sifat jixatdan qayta ishlashdir. U psixologiyaning matematik aparatini dastlab ilgari surilgan gipotezaning tasdig’i tarzida olingan hulosalarning xaqqoniyligi xaqida hukm chiqarish imkonini beradigan turli xildagi statik usullari va ehtimolilik nazariyasining asosiy qoidalarini qo’llashni taqozo etidi.

Tadqiqotning to’rtinchi bosqichi-olingin ma’lumotlarni izohlab berish, ularni psixologik nazariya asosida talqin qilish, gipotezaning to’g’ri va noto’g’riligini uzil kesil aniqlashdan iboratdir.

Barcha tabiiy va ijtimoiy fanlar singari psixologiya ham bundan keyingi tahlilni taqozo qiluvchi faktlarni to’plashning ikkita metodiga – o’z navbatida qator shakllari mavjud bo’lib, ularning mohiyatini o’zgartirmaydigan kuzatuv va eksperiment o’tkazish metodlarigsha egadir.

Yangi faktlarga ega bo’lishning va obyekt tarzda ilmiy bilishning asosiy vaositasi – eksperiment metodidir. Eksperiment metodining ikkita asosiy turi farqlanadi: laboratoriya eksperiment iva tabiiy eksperiment.

Psixologik-pedagogik tadqiqot vazifalarini bajaradigan tabiiy eksperiment psixologo-pedagogik eksperiment deb ataladi. Har xil yosh bosqichlarida o’quvchilarning bilish imkoniyatlarini o’rganishda, o’quvchi shaxsini shakllantirishning konkret yo’llarini aniqlashda uning roli benihoya kattadir.

Suhbat metodi – psixologiyaning ilmiy tekshirish metodlaridan biri bo’lib, tekshiruvchi va tekshiriluvchi o’rtasidagi savo-javob tariqasida ro’y beradiyu Suhbat metodi tekshiruvchi tkshiriluvchiga o’rganiladigan muammoning tabiatiga muvofiq oldindan tayyorlab qo’yilgan savollar beroib, ularga javoblar oladi. Masalan, suhbat metodi yordamida shaxsning qiziqishlari, dunyoqarashi, e’tiqodi, nutqiy xususiyatlari va boshqa sifatlari o’rganilishi mumkin. Suhbat jarayoni samimiy, erkin ravishda o’tishi, savollar atroflicha o’ylab tuzilgan bo’lishi, keyingi savollar

Test – bu qisqa muddatli topshiriq bo’lib, uning bajarilishi ba’zan bir psixik funkstiyalar mukammalligining ko’rsatkichi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Testlar yordamida ayrim qobiliyatlarning, ko’nikmalarning, malakalarning bor yo yo’qligini aniqlashga, u yoki bu kasb sohasida ishlash uchun layoqatlilik darajasini va xokazolarni bilishga harakat qilinadi.

Mazkur mavzuni chuqurroq o’rganishda internet tarmog’idagi ma’lumotlarga ham e’tiboringizni qaratishni tavsiya etamiz, qarang (www.psychology.net.ru).

Qisqacha xulosa:

Yangi davr har bir insondan psixologik bilimlarni egallashni talab etadi. Buning uchun shaxs psixikasining namoyon bo’lish shakllari: psixik jarayonlar, psixologik holatlar, shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini bilish zarur. Psixologiya fan sifatida 18-asrning ikkinchi yarmida vujudga keldi. Hozirgi kunda bu fanning 300 dan ortiq sohasi alohida fan sifatida shakllangan. Psixologiya fani barcha fanlar bilan o’zaro bog’liqdir.



Tayanch iboralar:

Psixologiya, psixika, tarmoqlar, tadqiqot metodlari, inson omili, ruh, jon tushunchasi, psixik jarayon, bilish jarayoni, irodaviy jarayon, emostional jarayon, psixik holat, shaxs, pedagogika, test, metod



Nazorat uchun uchun savollar:

1. Psixologiya fanining predmeti nima?

2. Psixologiyaga asos solingan yil?

3. Psixologiya so’zining ma’nosi qanday?

4. Psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar?

5. Psixikaning namoyon bo’lish shakllari qanday ko’rinishga ega?

6. Psixologiya qaysi fanlar bilan o’zaro bog’liq?

7. Psixik jarayonlar deb nimaga aytiladi?

8. Psixologik holatlar qanday ko’rinishga ega?

9. SHaxsning individual xususiyatlari nima?



10. Psixologiyaning qanday tarmoqlari mavjud?
Adabiyotlar ro’yxati:

  1. Godfrua J. Chto takoe psixologiya: V 2-x t. T.1. Per. s franst. M., Mir, 1992. -496 s.

  2. G’oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

  3. Nemov R.S. «Psixologiya». Kn.1. - M., 2003

  4. Gamilton. YA.S. “Chto takoe psixologiya”. “Piter”, 2002.

  5. Drujinina V. “Psixologiya “. Uchebnik. “Piter”, 2003.

www.expert.psychology.ru
Download 32,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish