Microsoft Word turk fil kir10. doc



Download 286,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana23.01.2022
Hajmi286,84 Kb.
#401735
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
pdffox.com maruzalar-matni



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O’RTA MAX SUS TA’LIM VAZIRLIGI  

 

 

BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT 

UNIVERSITETI 

 

O’zbek filologiyasi  yo’nalishi uchun 

 

 



 

TURKIY FILOLOGIYAGA KIRISH 

 

 



FANIDAN 

 

 



MA’RUZALAR    MATNI 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

NUKUS 

 

 



 

 



 

2

 



Tuzuvchi: 

 

  ABDULLAEV 



SH. 

 

 



 

 

 



 

 

 



Ma’ruzalar matni Qoraqalpoq davlat universiteti 

o’zbek filologiyasi kafedrasining 2008 yil ____-

avgustdagi yig’ilishida qayta ko’rilib, ayrim 

tuzatishlar kiritilib ma’qullangan. 

 

 

 



 

 

 KAFEDRA 



MUDIRI: 

  dots. 

H.Abdullayev 


 

3

1-MAVZU:  



«TURKIY FILOLOGIYAGA KIRISH» KURSINING  

MAQSAD  VA  VAZIFALARI 

                                  

REJA: 


1.

 

Turkiy filologiyaning shakllanishi. 



2.

 

Eski o’zbek tili bo’yicha yaratilgan filologik asarlar.  



3.

 

A.Navoiyning asarlari haqida xarakterli ma’lumotlar.  



 

 

Turkiy xalqlar tillari va adabiyotini ilmiy ravishda o’rganish an’anasining 



vujudga kelishi o’rta asrlarga borib taqaladi. Bu an’ananing qaror topishida klassik 

arab filologiyasi bo’yicha tahsil ko’rgan filolog olimlarning ilmiy faoliyati katta 

ahamiyatga ega bo’ldi. Klassik arab filologiyasining qachon paydo bo’lgani 

ma’lum emas, chunki dastlabki arab filologiyalarining asarlari bizgacha etib 

kelmagan. Mavjud ma’lumotlar bu fanning VII asrda paydo bo’lganidan dalolat 

beradi. 


Arab filologlari, xususan, arab tilshunoslari  VIII-XIV asrlarda yuksak 

natijalarni qo’lga kiritdilar. Iso as-Sag’ofiy (VIII asr), al-Vasriy Sibovayhiy ( VIII 

asr), al-Mubarrad (1X asr), al-Dinavariy (1X asr), az-Zamaxshariy (XII asr), Abu 

Hayyom (XIII XIV asrlar) kabi olimlar arab tili fonetikasi va grammatikasi haqida 

mukammal va izchil ta’limot yaratdilar. 

Arab tilshunosligi ayniqsa lug’atchilik sohasida ulkan yutuqlarni qo’lga 

kiritdi. Xalil ibn-Ahmad al-Farohidiy (VIII asr) «Kitob-ul-Ayn» lug’atini yaratdi. 

Fonetik-fiziologik prinsipga asoslangan bu lug’at arab leksikografiyasining ibtidosi 

hisoblanadi. Bu lug’atning arab leksikografiyasi tarixida tutgan o’rnini shunday 

bilish mumkin: Xalil ibn-Ahmaddan qariyb uch yuz yil keyin yashagan Mahmud 

Qoshg’ariy o’z asarini uning lug’atiga o’xshatib tuzish niyatida bo’lganini alohida 

ta’kidlab ko’rsatadi.  

Arab leksikograflari lug’atining xilma-xil turlarini ijod etdilar. Al-Asmaiy 

(1X asr) tematik lug’at, Abu Ubayda (1X asr) maqol va matallar lug’ati, 

Muhammad al-Anbariy (X asr) qarama-qarshi ma’noli so’zlar lug’ati, Abdulla ibn 

Qutayba (1X asr) 12 tomli ensiklopedik lug’at yaratdi. XIV asrda yashagan 

mashhur filolog olim al-Feruzabodiy 60 tomli (ba’zi manbalarga qaraganda 100 

tomli) ensiklopedik lug’at tuzgani haqida ma’lumotlar bor.  

Arab leksikografiyasining imomi nomiga sazovor bo’lgan Ismoil al-Javhariy 

(X asr) lug’atchilikda alfavit prinsipiga asos soldi. Uning 40 ming so’zlik lug’atida 

so’zlar o’zak oxiridagi tovushga (harfga) qarab joylashtirilgan. 

Klassik arab filologiyasi degan ifodadan bu fanni arablarning o’zlari 

yaratgan ekan, degan ma’no kelib chiqmaydi. Arab filologiyasi an’anasining 

tashkil topishi va taraqqiy etishida, arablar bilan bir qatorda, boshqa xalqlarning 

vakillari ham ishtirok etgan. Arab xalifaligida arab tili faqat din tili bo’libgina  

qolmay, shu bilan bir qatorda, adabiyot va fan tili ham bo’lgan. SHuning uchun 

adabiyotda, fanda ma’lum mavqega intilgan har bir kishi arab tilini mukammal 

bilishi va shu tilda ijod qilishi shart edi. Ingliz sharqshunosi B.Braunning «Eron 




 

4

adabiyoti tarixi» asarida ko’rsatilishicha, islom madaniyatining «oltin davri» 



hisoblanmish abbosiylar sulolasi hukm surgan davrida (749-846-yillar) arab fani 

va madaniyatining eng mo’tabar vakillari deb sanalgan 45 kishidan 30 tasi boshqa 

xalqlarning vakillari bo’lgan. 

Mashhur arab filologlaridan Sibovayhiy eronlik, as-Zamaxshariy xorazmlik, 

Ismoil al-Javhariy turkiy xalq vakili ekanligining o’ziyoq arab fani, xususan, arab 

filologiyasi tarqqiyotida boshqa xalq vakillari qanday rol o’ynaganligini ochiq-

oydin ko’rsatadi. 

Arab filologiyasi an’analari ta’sirida tahsil ko’rgan olimlar o’rta asrlarda 

boshqa xalqlar tili va adabiyotini o’rganishda, xususan, turkiy xalqlar tili va 

adabiyotini o’rganishda katta rolp o’ynaganlar. Bunday olimlarning ko’pligi 

mahalliy xalqlar orasidan etishib chiqar edi. Turkiy filologiya fanining vujudga 

kelishi ham mana shu olimlarning ilmiy faoliyati bilan bog’lanadi. 

 

Eski o’zbek tili bo’yicha yaratilgan filologik  asarlar. 



 

Alisher Navoiyning «Muhokamat-ul-lug’atayn» asari. 

Alisher Navoiy o’zbek xalqi madaniyati, adabiyoti va tili tarixida mislsiz  katta rol 

o’ynagan ulug’ siymodir. A.Navoiyning ijodi O’rta Osiyo turkiy xalqlarining 

vatanparvarlik harakati ku’chaygan bir sharoitda kamol topdi. U o’zbek 

adabiyotini namuna adabiyot, klassik adabiyot darajasiga ko’tardi. A.Navoiyning 

nomi haqli ravishda Sharqning Firdavsiy, Nizomiy kabi zabardast shoirlari 

qatorida turadi.A.Navoiy o’zbek adabiyotini mana shu yozuvchilar yaratgan ulug’ 

adabiyot darajasiga olib chiqdi. Umrining oxirgi paytlarida yaratgan «Lison-ut-

tayr» asarida A.Navoiy shunday deb yozadi: 



Turk nazmida chu tortib men alam 

Ayladim ul mamlakatni yak qalam. 

 

O’zbek adabiyotini klassik adabiyot darajasiga ko’targan Alisher Navoiy ayni 



chog’da o’zbek adabiy tilini ham klassik til darajasiga ko’tardi. Navoiy tili bir 

necha asr davomida turkiy xalqlar orasida namuna til bo’lib, xizmat qildi.  

Alisher Navoiy o’z asarlarida ona tilida ijod qilish masalasiga bir necha 

marta to’xtab o’tdi. Ona tilini taraqqiy ettirish har bir yozuvchining muqaddas 

burchi, deb ta’kidladi u. Bu jihatdan «Layli va Majmun» dostonining so’ng so’zida 

aytilgan fikrlar ayniqsa muhimdir: 



Men turkcha boshlabon rivoyat, 

Qildim bu afsonani hikoyat; 

Kim shuhrati jahonga to’lg’ay, 

Turki bila dag’i bahra olg’ay. 

CHunki bu kun jahonda atrok 

Ko’ptur x ush tab, sof idrok. 

A.Navoiy o’zining bu maqsadini amalga oshirish uchun o’ttizdan ortiq 

badiiy va badiiy-didaktik asar yozdi. O’z davrda barchani hayratga solgan va 



 

5

hamon kitobxonlarni lol qilib kelayotgan bu asarlarda o’zbek xalqining aql-



zakovati, o’zbek tilining badiiy qudrati to’la namoyon bo’ldi. U o’zbek tilining 

boyligi va nafisligini zamondoshlariga namoyish qilish niyatida «Muhokamat-ul-

lug’atayn» asarini yozdi. 

Ona tiliga hurmat bilan qarash, uni qadrlash, rivojlantirib borishga otashin 

chaqiriq bo’lgan bu asar ma’lum tarixiy sharoitda, ma’lum talablar asosida uzaga 

keldi. Bu davrda Movarounnahrda ham, Xurosonda ham o’zbek va fors-tojik 

xalqlari orasida aralashish, ikki tillilik juda kuchaygan edi. Buni Alisher 

Navoiyning o’zi ham alohida ta’kidlab ko’rsatadi: «Har miqdorki, bu birining u 

biri bila omizish va g’uftu-guzori bor, ul birining ham bu bir bila hamoncha 

takallum va guftori bor… Ammo turkning ulug’din kichigiga degincha va 

navkardin begiga degincha sort tilidin bahramanddurlar, andog’kim o’z xurd 

ahvoliga ko’ra ayta olurlar, balki fasohat va balog’at bilan takallum qilurlar. Hatto 

turk shuarosikim forsiy til bila raigin ash’or va shirin guftor zohir qilurlar…». 

Bu davrda turkiy shoirlarning ko’pchiligi fors tilida ijod qilar edi. 

A.Navoiyning «Majolis-un-nafois» asaridagi ikkinchi majlisda tilga olingan va 

Navoiy  yoshlik chog’ida ko’rgan yoki gaplashgan 90 shoirdan 16 tasi turkiy tilda, 

shuningdek fors tilida ham ijod qilgan. Asarning uchinchi majlisida tilga olingan 

110 shoirdan (bular-Navoiyning yaqin zamondoshlari) faqat 3 tasi turkgo’y 

bo’lgan. Fors tilida ijod qilgan shoirning ko’pchiligi, shubhasiz, forslar bo’lgan. Bu 

faktlar o’sha davrda fors tilining qanday mavqe tutganligini yaqqol ko’rsatadi.  

O’zbek shoirlarining o’z ona tilidan ko’ra ko’proq fors tilida ijod qilishga 

intilishining sababini Navoiy ishonarli dalillar bilan ko’rsatib berdi. Bu 

sabablardan biri fors tilida yozish odat, an’ana tusiga aylanganligi, ikkinchisi-fors 

tilining engilligidir, deb ko’rsatadi Alisher Navoiy. Fors tilining engilligi 

deyilganda, bu tilning ishlanganligi nazarda tutiladi. Bu til qarshisida ishlanmagan, 

kundalik so’zlashuv ehtiyojlariga xizmat qiladigan turkiy til shoirlarning ko’ziga, 

shubhasiz, og’ir, poeziyadek nozik san’atga yaroqsiz ko’rinar edi. O’z ijodini fors 

tilida boshlagan A.Navoiy ham o’zbek tilining qudratini keyinchalik idrok etdi. Bu 

haqda Navoiyning dil so’zlari joy topgan. 

Uning «Muhokamatul-lug’atayn» asari mana shu « qo’l tegmagan» boylikni 

zamondoshlariga namoyish qilish maqsadida yozildi. Asar hijriy 905 yilda 

(milodiy 1499) tamomlandi. Bu asar Navoiy ijodiga, uning turkiy (eski o’zbek) 

adabiy til ustida olib  borgan kuzatishlariga qisqcha yakun yasadi. 

Asar qisqacha tarixiy ma’lumot bilan boshlanadi. Bunda Alisher Navoiy 

arab tilining ahamiyati, fors tili, turkiy xalqlarning madaniy uyg’onishi, ularning 

tili to’g’risida yozadi. Asarda avtobiografik ma’lumotlar, Navoiy yozgan 

asarlarning ro’yxati va uning ustozlari to’g’risida ma’lumotlar bor. A.Navoiy 

turkiy tilda ijod etgan shoirlarni ham ko’rsatib o’tadi. Bular: Lutfiy, Sakkokiy, 

Haydar Xorazmiy, Atoiy, Muqumiy, YAqiniy, Amiriy va Gadoiylardir. 

Asarning asosiy qismida eski o’zbek va fors tillarining leksik va grammatik 

xususiyatlari solishtiriladi. Bu qiyosiy mulohazalarda A.Navoiy bizning ko’z 

o’ngimizda ulug’ vatanparvar olim, uksak madaniyatli inson sifatida gavdalanadi. 




 

6

Eski o’zbek tilining afzal tomonlari, ustunliklari to’g’risida mulohaza bildilar ekan, 



u fors tilini aslo erga urmaydi, bu tilga o’z hurmatini ochiq izhor qiladi. 

A.Navoiy turkiy va forsiy tillardagi so’zlarni bir-biriga taqqoslar ekan, 

ancha-muncha tushunchalarning turkiycha atamasi bo’lgani holda fors tilida shu 

tushunchani ifodalovchi so’z yo’q ekanligini ko’rsatdi. 

Navoiyning bu asari o’zbek va fors-tojik tillarini, ularning lug’at sostavlarini 

taqqoslashga bag’ishlangan birinchi filologik asar bo’lib qoldi. 

 

«TURKIY  FILOLOGIYAGA  KIRISH»  KURSINING 



MAQSAD  VA  VAZIFALARI MAVZUSI  BO’YICHA 

NAZORAT  SAVOLLARI 

 

1. Turkiy filologiyaga kirish fani nimalarni o’rganadi? 



2.Turkiy filologiyaning vujudga kelish tarixi haqida  nimalarni bilasiz? 

3.O’rta asr arab tilshunosligi haqida ma’lumot bering? 

4.Eski o’zbek tili bo’yicha yaratilgan filologik asarlarni sanab ko’rsating.  

   Ular haqida nimalarni bilasiz? 

5. «Muhokamatul-lug’atayn» qanday asar? 

6. Arab tilshunosligining turki filologiyaga ta’siri. 

7. Turkiy filologiyaning barcha turkiy tillar uchun umumiy fan ekanligi. 

8. Turkiy filologiyaga kirish kursi oldiga qo’yilgan talablar. 

9. Turkiy filologiyada qiyosiy tadqiqotlar. 

10. Turkiy filologiyaga kirish kursining ahamiyati. 

 

                                TAYANCH ATAMALAR 



1.Filologiya. 

2.Turkiy filologiya. 

3.Turkiy filologiyaga kirish. 

4.Filologik asar. 

5.Lingvistik asar. 

6.Lug’at. 

7.Tarixiy lug’at. 

                               ADABIYOTLAR: 

1.Qo’chqortoev I. Turkiy filologiyaga kirish. Toshkent. 

2.Abdurahmonov G’. Rustamov A. Qadimgi turkiy til.T.1982 y. 

3.Baskakov A. Vvedenie v izuchenie turkskix yazikov. M.1969. 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

7


Download 286,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish