4 Umumta’lim maktablari xarajatlarini moliyashtirish mexanizmi 28



Download 0,58 Mb.
bet7/13
Sana17.12.2022
Hajmi0,58 Mb.
#889536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Энг охиргиси zyub1

Bekobod tumani

45,7

10,8

4.3







Zangiota tumani

55,3

11.5

3.6







Bo`ka tumani

72,2

13.0

6.1







Yangiyo`l shahri

52,2

13.8

6.4







Ushbu jadvalda Toshkent viloyati tumanlararo mahalliy budjetlarning moliyaviy ko`rsatkichlari taqdim etilgan va unda Yangiyo`l shahar Mahalliy budjet daromadi 13.8 mlrd so``mni tashkil etgan.


Moliya bo‘limlari va g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha budjet tashkilotlari rahbarlari nomiga tegishli choralar ko‘rish uchun taqdimnoma tayyorlaydilar.
Moliya bo‘limi rahbari har oyda mahalliy budjetlar xarajatlarining ijrosi va shakllantirilishi monitoringi natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga tegishli takliflar, shu jumladan budjet tashkilotlarining bo‘sh turgan va vaqtincha foydalanilmayotgan obyektlari bo‘yicha keyinchalik ularni xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ijaraga berish uchun ma’lumotlar taqdim etadi.
Davlat budjeti xarajatlari davlat va mahalliy hokimiyat vazifa va faoliyatini moliyaviy ta’minlashga yo’naltiriladigan pul mablag‘laridir. Budjet mablag‘lariga egalik qiluvchilar budjet mablag‘larini oluvchilar yoki boshqaruvchilar bo‘lgan, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi tashkilotlar budjet xarajatlari orqali moliyalashtiriladi. Shunday qilib, budjet xarajatlari tranzit xarakterga ega. Budjetda faqat budjet xarajatlarining miqdori xarajatlar moddalari bo‘yicha belgilanadi, bevosita xarajatlarni esa budjet oluvchilar amalga oshiradilar. Bundan tashqari dotatsiyalar, subvensiyalar, subsidiyalar va budjet ssudalari vositasida budjet tizimi darajalari bo‘yicha budjet mablag‘larini qayta taqsimlash budjet orqali amalga oshadi.
Budjet tizimi budjetlari xarajatlarining tasnifi budjet tizimi budjetlari xarajatlarini kodlashdan iborat bo‘ladi hamda davlat boshqaruvi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish sektori birliklari asosiy funksiyalarini bajarishiga, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishiga budjet mablag‘larini yo‘naltirilishini aks ettiradi.
Budjet tizimi budjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi (1 — 6 kodlar) amalga oshirilayotgan xarajatlarning qaysi mablag‘lar manbasi va budjetlar darajasiga (tegishli budjet darajasiga, davlat maqsadli jamg‘armasi turiga va sh.k.) mansubligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi.
Vazifa jihatdan tasnif ikki darajadan iborat:
Vazifa jihatdan tasnifning birinchi darajasi (bo‘limlar) davlatning asosiy vazifasini bajarish uchun moliyaviy resurslarning yo‘nalishini aks ettiradi. Kichik bo‘limlar vazifa jihatdan tasnifning ikkinchi darajasi hisoblanib, davlat vazifalarining bajarilishida budjet mablag‘larining bo‘limlar doirasidagi yo‘nalishini aniqlashtiradi.
Vazifa jihatdan tasnifning kichik bo‘limlarining tuzilishi davlatning asosiy vazifalarini aniqlashtirish tamoyiliga asosan qurilgan.
Vazifa jihatdan tasnifning kodi 7 ta raqamdan iborat bo‘lib, shundan 4 ta raqam — bo‘lim, 3 ta raqam esa — kichik bo‘limdir.
Vazifa jihatdan tasnifning bo‘limlari va kichik bo‘limlari yagona bo‘lib, budjet jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzishda, tasdiqlashda va ijro qilishda foydalaniladi.
7 011 000 “Ijro etuvchi va qonunchilik organlari, budjet—moliyaviy masalalar, xalqaro munosabatlar” bo‘limi bo‘yicha davlat vakillik organlari, qonunchilik hokimiyati organlari, davlat hokimiyati organlari, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatiga qilinadigan xarajatlar, budjet-moliyaviy masalalarga, xalqaro faoliyatga, zaxira jamg‘armalari va boshqa umumdavlat boshqaruvi organlariga xarajatlar aks ettiriladi.
7 011 100 “Davlat vakillik organlari, qonunchilik hokimiyati organlari faoliyati” kichik bo‘limi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini saqlash xarajatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining va Senati a’zolarining faoliyatini ta’minlash, Oliy Majlis palatalarining majlisiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati bilan bog‘liq boshqa xarajatlar aks ettiriladi.
7 011 200 “Davlat hokimiyati organlari faoliyati” kichik bo‘limi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, hokimliklar boshqarmalari va bo‘limlarini saqlash xarajatlari, shuningdek boshqa toifalarga kiritilmagan davlat hokimiyati organlarini saqlash xarajatlari aks ettiriladi.
7 011 300 “Budjet-moliyaviy masalalar” kichik bo‘limi bo‘yicha Moliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari, Davlat soliq qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari, Davlat bojxona qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalarini saqlash xarajatlari, shuningdek Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi va boshqa toifalarga kiritilmagan budjet-moliyaviy masalalar bilan bog‘liq xarajatlar aks ettiriladi.
7 011 4006 “Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyati” kichik bo‘limi bo‘yicha shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlarini saqlash xarajatlari aks ettiriladi.
7 011 900 “Umumdavlat boshqaruvining boshqa organlarining faoliyati” kichik bo‘limi bo‘yicha davlat zaxirasiga g‘amlash, oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini yaratish xarajatlari hamda 7 011 100 — 7 011 500 kichik bo‘limlarida ko‘rsatilmagan boshqa davlat boshqaruvi organlariga xarajatlar, shuningdek maqsadli xarajatlar uchun ayrim tashkilotlarga ajratilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
7 012 000 “Xalqaro faoliyat” bo‘limi bo‘yicha xalqaro munosabatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar va o‘tish iqtisodiyotidagi mamlakatlarga iqtisodiy yordam, xalqaro tashkilotlar orqali ko‘rsatiladigan iqtisodiy yordam va boshqa toifalarga kiritilmagan xalqaro faoliyatning boshqa masalalari bo‘yicha xarajatlar aks ettiriladi.
7 012 100 “Xalqaro munosabatlar” kichik bo‘limi bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi, Respublikaning chet eldagi elchixonalari, vakolatxonalari, konsulxonalari, agentliklari va boshqa diplomatik muassasalarini saqlash xarajatlari, xalqaro tashkilotlarga a’zolik badali to‘lovi bo‘yicha Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ning davlatlararo tashkilotlarini moliyalashtirish xarajatlari, shuningdek xalqaro munosabatlarni ta’minlaydigan va boshqa toifalarga kiritilmagan xalqaro munosabatlarni ta’minlovchi boshqa tashkilotlar xarajatlari aks ettiriladi.
7 012 200 “Rivojlanayotgan mamlakatlarga va o‘tish iqtisodiyotidagi mamlakatlarga iqtisodiy yordam” kichik bo‘limi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining chet davlat Hukumatlariga kredit berish va chet davlatlarga beg‘araz yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlari aks ettiriladi.
7 012 300 “Xalqaro tashkilotlar orqali ko‘rsatiladigan iqtisodiy yordam” kichik bo‘limi bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy yoki boshqa xalqaro tashkilotlar iqtisodiy rivojlanish jamg‘armalariga badallari aks ettiriladi.
7 012 900 “Boshqa toifalarga kiritilmagan xalqaro faoliyatning boshqa masalalari” kichik bo‘limi bo‘yicha boshqa toifalarga kiritilmagan xalqaro faoliyat bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek maqsadli xarajatlar uchun ayrim tashkilotlarga ajratilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
7 013 000 “Umumiy xizmatlar” bo‘limi bo‘yicha kadr xizmatining umumiy masalalariga, umumiy vazifadagi rejalashtirish xizmati va statistika xizmatiga, arxiv muassasalari va boshqa umumiy xizmatlar faoliyatiga xarajatlar aks ettiriladi.
7 013 100 “Kadrlar xizmatining umumiy masalalari” kichik bo‘limi bo‘yicha kadrlar siyosati bo‘yicha masalalar va kadrlar xizmati bilan bog‘liq boshqa xarajatlar aks ettiriladi.
7 013 200 “Umumiy ahamiyatdagi rejalashtirish xizmati va statistika xizmatlari” kichik bo‘limi bo‘yicha statistik ishlarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasi bo‘yicha xarajatlar aks ettiriladi.
7 013 300 “Arxiv muassasalarining faoliyati” kichik bo‘limi bo‘yicha arxiv muassasalarini saqlash xarajatlari aks ettiriladi.
7 013 900 “Boshqa umumiy xizmatlar” kichik bo‘limi bo‘yicha Qabullar uylari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi ma’muriy binodan foydalanish bo‘yicha boshqarmani saqlash xarajatlari, shuningdek boshqa xarajatlar aks ettiriladi.
7 014 000 “Fundamental tadqiqotlar” bo‘limi bo‘yicha aniq amaliy yoki tajriba maqsadiga erishishni ko‘zda tutmaydigan, hodisalarning asoslari va kuzatiladigan dalillar haqida yangi bilimlar olishga yo‘naltirilgan fundam ental tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini saqlash xarajatlari, shuningdek, maqsadli xarajatlar uchun ayrim tashkilotlarga ajratilgan mablag‘lar aks ettiriladi.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish