4-маvzu. Qo‘shilgan qiymat va aksiz soliqlari



Download 63,22 Kb.
Sana08.04.2017
Hajmi63,22 Kb.
#6294

4-маvzu.

Qo‘shilgan qiymat va aksiz soliqlari


4.1. Ma'ruza mashg‘ulotining texnologiyasi

Vaqti - 2 soat

Talabalar soni: 75-80 nafar

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Vizual ma'ruza, ikki tomonlama tahlil.

Ma'ruza mashg‘ulotining rejasi

1.Qo‘shilgan qiymat solig‘i tushunchasi. QQSni to‘lovchilar va soliq ob'ekti.

2.Soliq stavkalari va ularni qo‘llash tartibi. QQSdan imtiyozlar.

3.QQSni to‘lash va hisobini taqdim etish muddatlari.

4.Aksiz solig‘i tushunchasi va soliq to‘lovchilarni guruhlash. Aksiz solig‘ini soliqqa tortish ob'ekti va hisoblash tartibi.

5.Aksiz solig‘ini hisobini taqdim etish tartibi va soliqqa to‘lash muddatlari.

6.Respublikaga olib kelinadigan va chiqarib ketiladigan tovarlarga aksiz solig‘i to‘lash tartibi.



O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz solig’i mohiyatini tushuntirish.

edagogik vazifalar:

- qo’shilgan qiymat solig’i iqtisodiy mohiyati jihatidan qo’shilgan qiymatga nisbatan to’lanadigan va bahoga hamda aholi turmush darajasiga ta’sir etish jarayonini aniqlashtirish;

- aksiz solig’ini ta’riflash bilan bog’liq muammolar va aksiz osti tovarlarini belgilash mezonlarini o’rgatish;

- ayrim aksiz osti tovarlarini soliqqa tortishda soliq obyektini xususiyatlaridan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan holda soliqqa tortish haqida tushuncha berish.



O‘quv faoliyatining natijalari:

Talaba:


- qo’shilgan qiymat solig’ining iqtisodiy ahamiyatini anglaydi;

- qo’shilgan qiymat solig’ining asosiy imkoniyatlari va turli mamlakatlarda ularning ishlatilishini tahlil qiladi;

- aksiz solig’ining qo’shilgan qiymat solig’idan farqlanuvchi xususiyatli jihatlarini o’rganadi;

- eksport va import mahsulotlarga belgilangan aksiz solig’i haqida ma’lumotga ega bo’ladi.




O‘qitish uslubi va texnikasi

Ma'ruza, hikoya, axborot, tovar, pul

O‘qitish shakli

Guruhiy, kollektiv

O‘qitish vositalari

Ma'ruza matni, proektor, O‘TV/KT

grafik organazaer



O‘qitish shart-sharoiti

Jihozlangan auditoriya



Ma'ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi

Bosqichlar, vaqti

Faoliyat mazmuni

o‘qituvchi

talaba

1-bosqich.

Kirish


(10 min.)

1.1. Ma'ruza mavzusi va rejasi e'lon qilinadi.

Avvalgi mavzuga savol-javob orqali bog‘lanadi.



1.1. Eshitadilar, yozadilar, javob beradilar.

2-bosqich.

Asosiy


(70 min.)



2.1. Mavzuni yoritish uchun muammoli savollarni taklif etadi.

2.2. Dars avvalida va so‘ngida “bilaman-bildim” jadvalini to‘ldirish uchun savollar tarqatiladi.

2.3. Qo’shilgan qiymat va qo’shilgan qiymat solig’ini yoritib beradi.

2.4. QQSni qanday shaxslar to’laydi va soliq obyekti nimaligini yoritib beradi.

2.5. Aksiz tushunchasi va aksiz solig’i nimani ifoda etishini yoritib beradi.

2.6. Egri soliqlar mohiyatini ochib beradi.

2.7. B.B.B. jadvalining 2-ustunini to‘ldirishni taklif etadi.


2.1. Muammoli savollarga e'tibor beradilar: «bilaman-bildim» jadvalining 1-ustunini to‘ldiradilar.

2.2. Eshitadilar, yozadilar.


2.3. B.B.B. jadvalining 2-ustunini to‘ldiradi.

3-bosqich.

Yakuniy


(10 min.)

3.1. Mavzuga xulosa chiqaradi. Asosiy masala ustida to‘xtaladi. B.B.B. jadvalini to‘ldirishdagi savol-javoblarni tahlil qiladi va faol talabalarni baholaydi.

3.2. Mustaqil ish uchun topshiriqlar beradi: muammoli savollarga tayyorgarlik ko‘rish.



3.1. Eshitadilar, savollarini beradi yozib oladilar.

3.2. Topshiriqlarni yozib oladilar.



1-ilova.

B.B.B. metodi asosida tarqatma materiallar





Тushuncha

Bilaman “+”,

Bilmayman “-”.

Bildim “+”,

Bilolmadim “-”.

1

O’zbekiston soliq tizimi







2

qo’shilgan qiymat solig’i







3

aktsiz solig’i







4

davlat byudjeti







5

yuridik shaxslar







6

jismoniy shaxslar







7

norezidentlar







8

rezidentlar







9

Soliq solinadigan oborot







10

Soliq solinadigan import







11

Qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi







12

Nol darajali stavka







13

Imtiyozlar







14

Soliq solinadigan baza








Vizual materiallar.

2-ilova.

Qo’shilgan qiymat solig’i tushunchasi. QQSni to’lovchilar va soliq obyekti

  • Qo’shilgan qiymat solig’ini mahsulot (xizmat) ishlab chiqarish, sotish yoki uni import qilish jarayonida mahsulot (xizmat) narxiga qo’shilgan qiymatning bir qismi davlatga to’lanadi.


3-ilovа.

  • Qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchi har qanday yuridik shaxs sotilgan mahsulot yoki xizmatlar uchun olinadigan to’lov mablag’i qachon kelib tushganidan qat’iy nazar, budjetga qo’shilgan qiymat solig’ini to’lashi shart.

  • Stavkasi 20 foizni tashkil etadi.

2000 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston xududida byudjet tashkilotlarining buyurtmasi

va mablat hisobiga keltiriladigan asbob-uskunalar tovarlar (ishlar, xizmatlar) QQSdan ozod

etilgan
4-ilovа.

Soliq stavkalari va ularni qo‘llash tartibi. QQSdan imtiyozlar

Belgilangan soliq stavkasiga qarab QQS summasi ikki usulda aniqlanadi:

1. Ist.QQS = SO*N: 100 bu yerda: Ist.QQS – iste'molchilardan undiriladigan qushilgan qiymat solig‘i, SO-soliqqa tortiladigan oborot, N — soliq stavkasi. Bu tartib deyarli xamma maxsulotlar (ishlar, xizmatlar) oborotiga qo’llaniladi.

2. O’z ichiga QQS summasi qo’shilgan baho va ta'riflarda sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotilganda soliq quyidagi shaklda aniqlanadi: IstQQS = TQQQS*N:(NQ100). Bu holat asosan asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni sotganda qo’llaniladi.



TQQQS — QQSni o’z ichiga oluvchi tovar qiymati. QQSdan ozod bo’lgan korxonalar yoki tovarlar bo’yicha QQSdan ozod bo’lgan yuridik shaxslar erkin (shartnomaviy) baho va ta'riflarga QQS summasini qo’shmaydilar.

Shunday holat yagona soliq to’lovchi kichik korxonalarga, yalpi tushumdan yagona soliq to’lovchi savdo tashkilotlariga va yagona yer solig’i to’lovchi qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarga ham taalluqlidir.


5-илова.

Soliq to’lashdan to’lik ozod etiladigan yuridik shaxslarga:

1.Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchi yagona yer solig’i to’lovchilar;

2.Yagona soliq to’lovchi kichik korxonalar;

3.Yalpi tushumdan yagona soliq to’lovchi savdo tashkilotlari.

4.Belgilangan daromaddan yagona soliq to’lovchi chakana savdo bilan shug’ullanuvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar.

Soliqdan ozod etiladigan ishlar va xizmatlarga quyidagilar kiradi:

1.Sug‘urta vositachilari va agentlari xizmatchilari tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarni ko‘shib, sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash operatsiyalari xizmati;

2. Ssuda olish va berish;

3. Pul omonatlari, joriy schyotlar, to‘lovlar, o‘tkazmalar, cheklar va boshqa qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari;

4. Pullik xizmatlardan tashqari qonuniy to‘lov vositasi bo‘lmish chet el valyutasi va pul muomalasi operatsiyalari;

5. Pul operatsiyasi deb pul mablag’lariga mulk huquqini o’tishi bilan bog‘liq bo’lgan operatsiyalar tushuniladi;

6.Tayyorlov va saqlov operatsiyalaridan tashqari qimmatbaho qog‘ozlar muomalasi operatsiyalari

Soliqdan ozod etiladigan tovarlarga quyidagilar kiradi:

Protez-ortopedik mahsulotlarga;

Ularni tayyorlash uchun kerak bo’ladigan xomashyo va materiallar uchun;

Ayrim texnik vositalar uchun;

Ayrim iste’mol mahsulotlar uchun.

6-ilovа.
QQSni to’lash va hisobini taqdim etish muddatlari

Korxonalar uzlari ro’yxatdan o’tgan soliq inspeksiyalariga QQS hisobini xar oyda hisobotdan so’ngi oyning 15 sanasiga qadar, yillikda yillik moliyaviy hisobotlar topshirgan muddatda topshiradilar.

Korxonalar QQSni soliq hisobi topshirgan kundan kechiktirmay tegishli davrdagi (oy) xaqiqiy sotish oborotidan kelib chiqib to’laydilar.

7-ilova.



Aksiz solig‘i tushunchasi va soliq to‘lovchilarni guruhlash. Aksiz solig‘ini soliqqa tortish ob'ekti va hisoblash tartibi

Aksiz solig‘i o‘z mohiyatiga ko‘ra tovar bahosiga kiritiluvchi va oxirgi iste'molchi tomonidan to‘lanadigan egri soliqlarning bir turidir.

Aksiz solig‘ining QQSdan farqli tomoni - ma'lum bir chegaralangan tur va guruhdagi mahsulotlarning narxiga qo‘shiladi.

8-ilova



9-ilova

  • O‘zbekiston Respublikasida aksiz solig‘i qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birgalikda 1992 yilda joriy etilgan bo‘lib, bu soliqni huquqiy tartibga soluvchi soliq qonunchiligi hujjati bo‘lib 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida»gi Qonun hisoblanadi.

10-ilova


Aksiz solig‘ini hisobini taqdim etish tartibi va soliqqa to‘lash muddatlari.

Aksiz osti tovarlari uchun soliqqa tortish ob'ekti bo’lib shartnomaviy (erkin) baxolarda (o’z ichiga aksiz solig‘i ko’shilgan) QQSsiz ortilgan tovarlar qiymati xisoblanadi. Shu jumladan maxsulot yetkazuvchining xom ashyosi hisobga ishlab chikarilgan tovarlar kiradi.

Aksiz osti tovarlarini natural haq sifatida yoki bepul berish ham soliqqa tortish oboroti hisoblanadi.

Joriy to’lovlar bo’yicha o’tgan oyning xaqiqiy sotish xajmidan kelib chiqib hisoblangan aksiz soliq summasi byudjetga quyidagi muddatlarda to’lanadi:

Joriy oyning 13 —sanasigacha — 1 o’n kunlik uchun.

Joriy oyning 23—sanasigacha — joriy oyning 2 o’n kunligi uchun.

Kelgusi oyning 3 —sanasigacha — xisobot oyining oxirgi kunlari uchun.

Sotish kuni deb maxsulotni ortganligini ko’rsatuvchi tovar jo’natish xujjatlarida ko’rsatilgan kun hisoblanadi.

11-ilova

Respublikaga olib kelinadigan va chiqarib ketiladigan tovarlarga aksiz solig‘i to‘lash tartibi.


  • O’zbekiston Respublikasiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan aloxida tovarlarni olib kirilganda aksiz solig’i to’lash tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Bojxona Qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilib 1999 yil 23 avgustda 821 son bilan Adliya vazirligidan ro’yxatdan o’tgan shu nomdagi yo’riqnoma bilan belgilanadi.

  • Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O’zbekistonga olib kiriladigan va undan olib chiqiladigan ba'zi tovarlarga aksiz solig‘i bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarori bilan belgilangan aksiz osti tovarlari tortiladi

12-ilova


Aksiz soligidan quyidagilar ozod etiladi:

1.Jismoniy shaxslar tomonidan aksiz osti tovarlarni belgilangan normasida olib kirilsa;

2.Maxsulot ishlab chiqaruvchilar o’zi yoki ularning dillerlari tomonidan eksportga EAVga maxsulot sotilsa;

3.Avtomobil va qurilish materiallaridan tashqari xar bir jismoniy shaxs bir tovar turini chiqarib ketsa;

4.Chikarib ketayotgan tovar bir jismoniy shaxsga alkogol ichimliklari 2 litrgacha, alkogolsiz ichimliklar 2 litrgacha, suvlar (ma'danlisi bilan) 6 litrgacha, sigaretlar 10 pachkagacha, papiroslar 10 pachkagacha;

5.O’zbekistan Respublikasiga olib kirilayotgan aksiz osti tovarlari byudjet tashkilotlarining mablag’i xisobidan o’z maqsadlariga keltirilsa ozod etiladi.


13-ilovа.

Ma'ruza yuzasidan muammoli savollar:

1-savol.

1. O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy qilinishining iqtisodiy sabablari va ahamiyati.



2-savol.

1. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda tutgan o‘rni?

2. Aksiz solig‘i va uning soliq tizimida tutgan o‘rni.

3-savol.

1. Aksiz solig‘i to‘lovchilar tarkibi.



4-savol.

1. Soliq stavkalari va ularning tabaqalanish mezonlari.


4.2. Seminar mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi


Vaqti - 2-soat

Talabalar soni: 25-27 nafar

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Mustaqil ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish bo‘yicha muammoli seminar.

Seminar mashg‘ulotining rejasi

1.Qo‘shilgan qiymat solig‘i tushunchasi. QQSni to‘lovchilar va soliq ob'ekti.

2.Soliq stavkalari va ularni qo‘llash tartibi. QQSdan imtiyozlar.

3.QQSni to‘lash va hisobini taqdim etish muddatlari.

4.Aksiz solig‘i tushunchasi va soliq to‘lovchilarni guruhlash. Aksiz solig‘ini soliqqa tortish ob'ekti va hisoblash tartibi.

5.Aksiz solig‘ini hisobini taqdim etish tartibi va soliqqa to‘lash muddatlari.

6.Respublikaga olib kelinadigan va chiqarib ketiladigan tovarlarga aksiz solig‘i to‘lash tartibi.



O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: mavzu bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish, tizimlashtirish va mustahkamlash. Mavzu bo‘yicha egri soliq turlarini mohiyatini o‘rganish.

Pedagogik vazifalar:

  • mavzu bo‘yicha bilimlarni tizimlashtirish, mustahkamlash.

  • darslik bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish.

  • soliq axborotlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

O‘quv faoliyatining natijalari:

Talaba:


  • O`zbekistonda qo`shilgan qiymat solig`i joriy qilinishining iqtisodiy sabablari va ahamiyatini tushunib oladi;

  • qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchilari tarkibini sanaydi;

  • qo`shilgan qiymat solig`ining soliq solish ob`ektini aniqlaydi;

  • soliq ob`ektlarining tarkibi: tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishi bo`yicha aylanmalari tovarlarning importi hamda O`zR hududida bajarilgan (ko`rsatilgan) ishlar (xizmatlar) importi aylanmalarini hisoblaydi.

  • aktsiz solig`i va uning soliq tizimida tutgan o`rnini bilib oladi;

  • O`zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan tovarlar uchun aktsiz soligini o’rganadi;

  • aktsiz solig`i to`lovchilarining tarkibini aniqlaydi;

  • aktsiz solig`ining soliqqa tortish ob`ektini farqlaydi;

  • aktsiz solig`ini hisoblash tartibini bilib oladi.

O‘qitish uslubi

Muammoli usul, blits-so‘rov.

O‘qitish shakli

Frontal, jamoa va guruhlarda ishlash.

O‘qitish vositalari

Ma'ruza matni, proektor, flipchart, marker, konspektlar

O‘qitish shart-sharoiti

Guruhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya


Seminar mashg‘ulotining texnologik kartasi

Bosqichlar, vaqti

Faoliyat mazmuni

o‘qituvchi

talaba

1-bosqich.

Kirish


(10 min.)

1.1. Mavzu, reja va maqsad, seminar mashg‘ulotining rejasi ma'lum qilinadi.

Eshitadilar va mavzuni yozadilar

2-bosqich. Asosiy

(70 min.)



2.1. Muammoli masalalarni o‘qib beradi muammoni shakllantiradi va muammoli dars qoidasini eslatib o‘tadi (1-ilova).

2.2. Bilimlarni faollashtirish maqsadida asosiy tushunchalar borasida blits so‘rov o‘tkazadi (ilova 2).

2.2. Talabalarni guruhlarga bo‘ladi va ularga guruhlar e'tiboriga vazifani havola qiladi.

Uyga vazifa sifatida berilgan muammoli savollarning javoblarini guruhlarda o‘zaro muhokama qiladi va prezentatsiyaga tayyorlaydi.

2.3. Guruh sardorlari muhokamani, o‘z prezentatsiyalarini taqdimot qilishiga taklif etadi.

2.4. Noaniqliklarni aniqlashtiradi, savollarga javob beradi. Bajarilgan ishlarni guruhlar faoliyatini baholaydi. O‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun nazorat savollari beradi.



2.1. Eshitadilar, eslaydilar. Savollarga javob beradilar.

2.2. Guruhlarda ishlaydilar taqdimotga tayyorlanadilar.

2.3. Raqib guruhga savollar beradi. Munozarada ishtirok etadi.
Eshitadilar, yozib oladilar.
2.4. Savollarga javob beradilar.


3-bosqich.

Yakuniy


(10 min.)

3.1. Mavzuga xulosa qilinadi. Mavzuning asosiy jihatlari aniqlashtiriladi.

3.2. Kelgusi amaliy mashg’ulot uchun uy vazifalari beradi.

Eshitadi, aniqlashtiradi va topshiriqni yozib oladilar.

1-ilovа.

2-masala. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda soliqlar to‘lovchisi ishlab chiqaruvchi korxona 2009 yil hisobot davri uchun quyidagi ko‘rsatkichlarga ega:

Ichki bozorda mahsulotni sotishdan tushgan tushum-12800 ming so‘m;

Chet el valyutasiga sotilgan mahsulot 14 ming AQSh dollari miqdorida (yuk ortilgan vaqtda 1 AQSh dollari-1140 so‘m)

Omborxonalarni ijaraga berishdan olingan sof daromad-2700 ming so‘m;

Uskunalarni o‘z vaqtida olib kelib o‘rnatilmagani uchun sotuvchi korxonadan tushgan jarima va shartnomada ko‘rsatilgan qo‘shimcha to‘lov-998 ming so‘m;

Yordamchi korxonadan olingan dividendlar (dividenddan undirlgan soliq xaqidagi ma'lumot mavjud)-1339 ming so‘m;

«Ishonch» firmasi tomonidan xodimlar bo‘limiga tegishli 1751 ming so‘mlik kompyuter datsuri yaratilgan va tekinga o‘rnatib berilgan.

2008 yilda qonunchilikka asosan chegirmaga olib berilgan 3005 ming so‘mlik sotilgan mahsulotning puli kelib tushgan.

Sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi-11375 ming so‘m, shu jumladan ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy vositalarning eskirishi belgilangan me'yorga nisbatan 2 koeffitsient qo‘llanilgan bo‘lib, 2100 ming so‘mni tashkil etgan.

O‘tgan davr uchun quyidagi xarajatlar amalga oshirilgan:

Me'yor chegarsida o‘zining mahsulotini reklama qilish uchun –125 ming so‘m sarflangan;

Boshqaruvda ishlovchilar uchun ish haqi bo‘yicha xarajat-4495 ming so‘m;

Xizmat safari xarajatlari, me'yordagisi-392 ming so‘m, me'yordan yuqori-85 ming so‘m;

Xizmat avtomobili saqlash uchun xarajatlar-145 ming so‘m;

Uyali telefon-1345ming so‘m;

Ishlab chiqarishda qatnashmaydigan asosiy vositalar eskirishi-895 ming so‘m;

Hisobot davrida hisobvaraqlar bo‘yicha olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i-925 ming so‘m.

Aniqlang:

1.Hisobot davrida davlat byudjetiga to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i summasini.

2.Davlat byudjetiga to‘laniishi lozim bo‘lgan ko‘shilgan qiymat solig‘ini.

3.Korxonaning moliyaviy natijlari bo‘yicha hisobotni (2-shakl) tuzing.

4.Hisobot davri uchun foyda solig‘ining shaklini to‘ldiring.

Masalani yechish davrida mol-mulk solig‘i, yer solig‘i hamda boshqa soliqlar va majburiy to‘lovlarga ahamiyat bermaslikka ruxsat etiladi.
2-ilova.

Testlar

1. Soliq – bu:

a) Budletga tushadigan majburiy to’lov; b) Soliq to’lovchi bilan soliq soluvchi o’rtasidagi munosabat; c) Davlat daromadlarining davlat ixtiyoriga olinadigan bir qismi; d) Noto’g’ri javob yo’q.



2. Soliq ob’yekti deganda:

a) Soliq undiruvchilar tushuniladi; b) Soliq to’lovchilar tushuniladi;

c) Aholi, ya’ni ayrim jismoniy shaxslar tushuniladi; d) Soliq solinadigan daromad, mol-mulk yoki iqtisodiy faoliyat tushuniladi.

3. Soliq sub’yekti deganda:

a) Soliq undiruvchilar va soliq to’lovchilar tushuniladi; b) Soliq solinadigan daromad tushuniladi; c) Soliq solinadigan ish haqi tushuniladi; d) Soliq solinadigan mol-mulk tushuniladi.



4.To’g’ri soliqlar – bu...

a)Fuqarolar va turli iqtisodiy tashkilotlarning daromadlari va mulkidan olinadigan soliqlar; b)Faqat fuqarolardan olinadigan soliqlar. c)Faqat ishlab chiqaruvchilardan olinadigan soliqlar.

d)Byudjet tashkilotlarida faoliyat yurituvchi shaxslardan olinadigan soliqlar.

5.Progressiv soliq ...

a)Daromad qancha ko’p bo’lsa, soliq stavkasi shincha katta bo’ladi. b)Badavlat kishilargina soliq to’laydi; c)Soliq faqat ishlab chiqarish korxonalaridan olinadi.

d)Ishchilar soni qancha ko’p bo’lsa, soliq stavkasi shuncha katta bo’ladi.

6. Odatda egri soliqlar davlat budjetiga bevosita kim tomonidan to’lanadi?

a) iste’molchilar; b) fuqarolar; d) sotuvchilar; e) xaridorlar; f) to’g’ri javob yo’q.



7. Egri soliqlar nimadan olinadi?

a) yerdan; b) mulkdan; d) daromaddan; e) tovardan; f) resurslardan.



8. Egri soliqlarga qaysi bir soliq turi kiradi?

a) Daromad solig’i; b) Yer solig’i; c) Foyda solig’i; d) Transport vositalari solig’i.



9. Davlat budjetining xarajat qismi tarkibi qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?

a) soliqlar; b) maorif, fan, sog`liqni saqlash, ijtimoiy ma’lumot, mudofaa;

d) foyda solig’i; e) aksiz solig’i, transfert to’lovlari; f) yuqoridagilarni barchasi.

10. Korxonadan olinadigan soliq turlari qaysi bandda to’g’ri berilgan?

a) daromad solig’i; b) aksiz solig’i; c) mol – mulk solig’i; d) yer solig’i, qo’shimcha qiymat solig’i; e) yuqoridagilarni hammasi.




3-ilova.

Qo`shilgan qiymat solig`i mavzusiga doir masalalar:
1-masala. Quyidagi ma’lumotlarga asosan qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblang (ming so’m).

1. Hisobot davrida xarid qilingan xom-ashyo va materillar – 6500

2. Hisobot davrida jo’natilgan tovarlar qiymati – 13200

Echilishi:

1. Korxona hisobot davrida jo’natilgan tovarlari buyicha imtiyozga ega bo’lmaganligi bois jami realizatsiyadan soliq tulaydi, ya’ni:

Sqqs = Stob x SS / 100 = 13200 x 20 %= 2640 ming so’m.

(bu yerda, Sqqs – iste’molchilardan undiriladigan soliq summasi; Stob – soliqqa tortiladigan oborot; SS – soliq stavkasi).

2. Byudjetga o’tkazilishi lozim bulgan soliq summasini aniqlash uchun hisobot davrida qo’shilgan qiymat solig’i bilan xarid qilingan xom-ashyo va materiallar uchun to’langan qo’shilgan qiymat solig’ini ayirishimiz lozim, ya’ni:

Tqqs = 6500 x 20 % =1300 ming sum

3. Byudjetga o’tkazilishi lozim bulgan soliq summasi hisobot davrida jo’natilgan tovarlar bo’yicha hisoblangan qo’shilgan qiymat solig’idan xarid qilingan xom-ashyo va materiallar uchun to’langan qo’shilgan qiymat solig’ining chegirmasiga teng, ya’ni:

SBqqs = Sqqs – Tqqs = 2640 – 1300 = 1340 ming so’m.


2-masala. Qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchisi bo’lgan qayta ishlash korxonasi joriy yilda quyidagi ko’rsatkichlarga ega:

  • mahsulotni sotishdan tushgan tushum – 1400 ming so’m;

  • bunda qaytarib berilishi lozim bo’lgan idishning narxi – 250 ming so’m;

  • tekinga tannarxi bo’yicha 120 ming so’mlik mahsulot berilgan.

  • Olingan jarima summasi – 25 ming so’m;

  • Bankdan olingan foizlar – 10 ming so’m;

  • 300 ming so’m korxona tomonidan nomoddiy aktivlar sotilgan (boshlang’ich narxi – 500 ming so’m, to’plangan amortizatsiya – 320 ming so’m);

  • nolikvid xom-ashyo zaxiralari sotishdan tushgan tushum – 87 ming so’m, ularning tannarxi – 75 ming so’m;

Hisobvaraq-fakturada olingan qo’shilgan qiymat solig’i

  • xom ashyo uchun – 320 ming so’m;

  • ishlab chiqarish inshootlarini ijaraga berishdan – 150 ming so’m;

  • uyali aloqadan – 70 ming so’m;

Aniqlang:

Joriy davrda davlat byudjetiga to’lanishi lozim bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’i necha so’mga teng?

Aktsiz solig`i mavzusiga doir masalalar:

1-masala. Quyidagi ma’lumotlarga asosan aktsiz solig’ini hisoblang (ming so’m).

1. Korxonaning hisobli bahosi – 2200

2. Mahsulot uchun belgilangan soliq stavkasi – 25 %.

Echilishi:

Aktsiz solig’i quyidagicha aniqlanadi:

As = O x A / 100 = (2200 x 25) / 100 = 550 ming so’m

yoki


As = 2750 – 2200 = 550 ming so’m

2-masala. Quyidagi ma’lumotlarga asosan aktsiz solig’i va qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblang (ming so’m).

1. Hisobot davrida xarid qilingan xom-ashyo va materiallar–3800

2. Korxonaning hisobli bahosi – 7000

3. Mahsulot uchun belgilangan soliq stavkasi – 11 %


3-masala. 40 ming butilka (0.5l dan) aroqni sotishda aktsiz solig’i summasini hisoblang, agarda aroqdan spirtning hajmi 40% ni tashkil etsa.

Aktsiz solig’i summasini hisoblang?

Mavzu bo`yicha nazorat savollari:

  1. Qo’shilgan qiymat qanday tarkib topadi?

  2. Qo’shilgan qiymat solig’i ilk bor qaysi davlatda kim tomonidan joriy etilgan?

  3. Qo’shilgan qiymat solig’ining davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati qanday?

  4. Qo’shilgan qiymat solig’ini qanday shaxslar to’laydi?

  5. Qo’shilgan qiymat solig’i ob’ekti qanday aniqlanadi?

  6. Aktsiz solig’i qachon joriy etildi?

  7. Aktsiz solig’i to’lovchilar qanday guruhlanadi?

  8. Aktsiz osti tovarlarini aniqlash mezonlari qanday?

  9. Aktsiz solig’i ob’ekti nimalardan iborat?

  10. Aktsiz solig’ining bazasi qanday aniqlanadi?

Download 63,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish