4-mavzu nazorat savollariga javoblar va test G‘oyalar xilma-xilligi tushunchasining ma’no-mazmuni nimada?



Download 31,01 Kb.
Sana16.04.2020
Hajmi31,01 Kb.
#45175
Bog'liq
4-nazorat savollariga javoblar va test

4-mavzu nazorat savollariga javoblar va test

  1. G‘oyalar xilma-xilligi tushunchasining ma’no-mazmuni nimada?

Ilmiy bilishda g‘oya muhim rol o‘ynaydi.

G‘oyalar tabiatiga ko‘ra: a) ilmiy g‘oyalar; b) badiiy g‘oyalarga bo‘linadi.

G‘oyalar xarakteriga ko‘ra: a) borliqning to‘g‘ri, real in’ikosidan iborat g‘oyalar, b)borliqning xato yoki fantastik in’ikosidan iborat g‘oyalar.

Shuningdek, g‘oyalar: a) progressiv va b) reaksion g‘oyalarga ham bo‘linadi. Progressiv g‘oyalar ilmiy bilishni rivojlantirishga xizmat qilsa, reaksion g‘oyalar unga to‘sqinlik qiladi.

Umuman olganda, g‘oyalarni namoyon bo‘lish xususiyatlariga qarab quyidagi turlarga:

bunyodkor va vayronkor;

ilmiy va xayoliy;

falsafiy;

dunyoviy va diniy;

badiiy;

ijtimoiy-siyosiy;

milliy va umuminsoniy;

ma’naviy va ma’rifiy;

axloqiy va estetik;

tarbiyaviy g‘oyalar va hokazolarga ajratamiz.


  1. G‘oya – fikrning ijtimoiylashgan ko‘rinishi deganda nima tushuniladi ?

"G‘oya" aslida arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida - maqsad, intilish, niyat, qasd deganma’nolarni anglatsada, kishilarning kundalik ilmiy va amaliy faoliyatida esa birinchidan, obyektiv borliqni, voqelikni kishi ongida aks ettiruvchi, ayni zamonda kishining obyektiv borliqqa, voqelikka munosabatini ifodalovchi, kishilarning dunyoqarashlari asosini tashkil etuvchi, odamlarni maqsad sari yetaklovchi fikr, tushuncha, tasavvur; ikkinchidan, badiiy, siyosiy yoki ilmiy asarning mazmuni, tub mohiyatini belgilovchi asosiy fikr; uchinchidan, biror ish-harakat qilish haqidagi fikr, o‘y, niyat, maqsad degan ma’nolarni anglatish uchun ishlatiladi. Biroq, g‘oyani bunday kundalik sodda, oddiy tarzda tushunish uning tub moxiyatini ochib berolmaydi. Shuning uchun ham g‘oya nima, u qanday paydo bo‘ladi, shakllanadi va rivojlanadi, degan savollarga javob topish masalasi azaldan barcha aqli raso odamlarni qiziqtirib kelgan va u bugungi kunda ham shunday bo‘lib qolmoqda.

Har qanday tushuncha, fikr va qarash ham g‘oya bo‘la olmaydi. Chunki shaxsiy fikr - o‘ziga xos bir qarashdir, ijtimoiy fikr esa - voqelikka nisbatan o‘zgarish yoki harakatni taqozo etadigan faol munosabatni ifodalaydi. G‘oya ana shu munosabatni harakatga, jarayonga, zarurat tug‘ilganda esa, butun bir davr tarixiga aylantiradi.



  1. G‘oyalar xilma-xilligini taqozo etuvchi shart-sharoit va omillar haqida nimalarni bilasiz?

Har qanday mafkura muayan maqsadlarga xizmat qiladi, bu yo‘lda xilma-xil vazifalarni bajaradi. Malumki, mafkuraning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilarda namayon bo‘ladi:

- odamlarni muayan g‘oyaga ishontirish;

- shu g‘oyani atrofida uyushtirish;

- kishilarni ma

aviy – ruxiy jihatdan rag‘batlantirish;

- g‘oyaviy tarbiyalash;

- g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;

- harakat dasturi bo‘lish.



  1. Mafkuraviy jarayonlar mohiyati nimada?

Mafkuraviy jarayonlar ijtimoiy sharoitlar bilan bеvosita aloqadorlikda bo`ladi.

Mafkura va g`oyalar tarixiy taraqqiyotda еtakchi mavqеlardan birini egallaydi. Insoniyatning ko`p ming yillik o`tmishi buni yaqqol tasdiqlaydi. Еr yuzida dastlabki odamzod paydo bo`lib, uning urug`, jamoa yoki xalq sifatida shakllanishi ro`y bеrgan dastlabki davrlardayoq ularni birlashtirib turadigan umumiy g`oya va mafkuraga ehtiyoj tug`ildi. Mafkuraviy jarayonlar tarixiy va ijtimoiy shart-sharoit bilan uzviy aloqador bo`lib, davrlar almashuvi bilan yangilik tomon o`zgaradi.

Ma'lumki, milliy g`oya va mafkuraning tarixiy shakllari va ko`rinishlari xalqimizning ko`p ming yillik o`tmishi davrida rivojlanib kеldi.


5.Nima uchun XXI asrda mafkuraviy kurashlar avj oldi ?
Mustaqillikni mustahkamlashda O`zbеkiston milliy istiqlol mafku-rasining ilmiy-nazariy jihatlari quyidagi xulosalarda o`z ifodasini topadi:

- Mafkura O`zbеkiston jamiyati hayotida juda zarur, chunki mafkura bo`lmasa, odam, jamiyat, davlat o`z yo`lini yo`qotishi muqarrar.

- XX asrda yashagan zamondoshlarimiz ko`p sinovlar, azob-uqubatlar, fojialar, urushlar, qatag`onlarni boshidan kеchirdi.

- Insoniyat tarixida axborot asri dеb tan olingan XXI asrda ham turli mafkuralarning o`zaro kurashi shiddatli tus olmoqda.

Milliy istiqlol g`oyasi butun jamiyat, butun millat, butun o`zbеkis-tonliklar uchun xizmat qiladi. Milliy qadriyatlarimizni baholaganda, ularning milliy g`oyaga nеchog`lik mos ekanini nazarda tutamiz. Lеkin biz baholash jarayonida faqat alohida bir inson, muayyan ijtimoiy guruh manfaatini emas, balki umuminsoniy jamiyatimiz, barcha o`zbеkistonliklar manfaatini nazarda tutamiz. Shu bois, yuqorida zikr etilgan mеzon va tamoyillardan foydalanib, O`zbеkistonimizni jahondagi eng ilg`or davlatlar qatoriga qo`shishga harakat qilinmoqda. Bu mamlakatimizning jahondagi nufuzini, uning kеlajagini bеlgilaydi.
6. Mafkuraning turli ko‘rinishlari haqida ma’lumot bering.
Har qanday mafkuraning falsafiy, diniy va dunyoviy ildizlari mavjud.

Mafkuraning falsafiy ildizlari uning eng avvalo, falsafa fanining qoida va xulosalariga tayanishini ifodalaydi. Dunyo falsafa ilmi taraqqiyotida yorqin iz qoldirgan qadimgi hind, xitoy, yunon falsafiy maktablari, o’rta asrlar va uyg’onish davri SHarq va G’arb falsafiy oqimlari, italьyan, ingliz, frantsuz falsafasi vakillari, Kant, Gegelь, Fixte, Nitsshe kabi mashhur nemis faylasuflari ta’limoti o’z davrlarida milliy falsafalarning taraqqiyotiga asos soldi va o’zlari mansub bo’lgan jamiyatni birlashtirishga xizmat qildi.

Hozirgi davrda mavjudlik falsafasi deb e’tirof etilgan ekzistentsializm, amaliyot falsafasi bo’lgan pragmatizm, «ijobiy falsafa» deb tan olingan pozitivizm, shuningdek, zamonaviy fan yutuqlari - kosmonavtika, informatika, kibernetika sohasidagi yutuqlar mafkuraning falsafiy negizlari sifatida mafkuraviy taraqqiyotga katta ta’sir ko’rsatmoqda.

Mafkuraning dunyoviy ildizlari deganda yuqori darajada tsivilizatsiyalashgan (ma’rifatli) dunyoga xos bo’lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy munosabatlarning bir butun majmuini tushunish lozim. Insonparvarlik tamoyillari, qonun ustuvorligi, millatlararo hamjihatlik, diniy tolerantlik hozirgi dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi va u uning mafkurasi «Dunyoviylik - dahriylik emas» degan tamoyil orqali ravnaq topib boradi.

Mafkuraning diniy ildizlari deganda uning g’oyaviy asoslari diniy manbalar, ta’limotlar bilan uzviy bog’liq ekanligi nazarda tutiladi. «Zabur», «Tavrot», «Injil», «Qur’on» kabi ilohiy kitoblarda bayon qilingan ezgu g’oyalar ko’plab mafkuralarda o’z ifodasini topgan.

Konfutsiyning diniy g’oyalarga asoslangan ta’limoti asrlar davomida Xitoy xalqining taraqqiyot yo’lini yoritib kelganligi, Foma Akvinskiy g’oyalari katolik dinining rasmiy mafkurasi bo’lib kelganligi fikrimizning isbotidir.



7.     “Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” (I.A.Karimov) deganda nimani tushunasiz?
Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta’bir joiz bo‘lsa, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki yoshlarimiz milliy o‘zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da’vati» ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ham ularga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi. Yosh avlodimizni turli ma’naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida gapirganda, nafaqat xalqimizni ulug‘laydigan buyuk xususiyatlar, ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, eski zamonlardan qolib kelayotgan noma’qul odatlar haqida ham ochiq so‘z yuritishimiz zarur.
8.     Korrupsiyaning – mazmuni va mohiyati haqida nimalarni bilasiz?
Korrupsiya (lotincha “sorruptio” – poraga sotilish, aynish, tanazzul) – mansabdor shaxsning boyish maqsadida, o‘z mansabi bilan bog‘liq vakolatlarini suiiste’mol qilishdan iborat jinoyatdir.

“Korrupsiya” tushunchasi qonunlar ishlab chiqish jarayoniga, qonunni qo‘llash amaliyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababdan ham, bu muammo na faqat milliy davlatlarni, balki xalqaro tashkilotlarni ham tashvishlantirmoqda.

Hozirgi vaqtda kriminalist olimlar o‘rtasidagi bahslarda, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy, mehnat, xo‘jalik huquqi sohasidagi mutaxassislarning ilmiy ishlarida, ommaviy axborot vositalarida “korrupsiya” iborasi turli ma’nolarda qo‘llanilmoqda, bu esa korrupsiya ijtimoiy-huquqiy hodisa bo‘lib, poraxo‘rlikning o‘ta salbiy ko‘rinishidir, deb xulosa qilish imkonini beradi. Bu so‘zni fuqarolarimiz o‘zaro muloqotda qo‘llaydilar va bu so‘z kundalik nutqda ham qulog‘imizga tez-tez chalinadigan bo‘lib qoldi. Ba’zi manbalarda esa bu atama “iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar” va “mansabdorlik jinoyatlari” kabi so‘zlar bilan bir qatorda qo‘llanadi. Respublikamizda chop etilgan huquqiy adabiyotlar va maqolalarda ham korrupsiya deyilganida, yuqori mansabdagi shaxslar tomonidan sodir etilgan poraxo‘rlik nazarda tutiladi.
9.     O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ma’ruzalarida korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri masalalarining yoritilishini qanday izohlaysiz?.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti korrupsiya jinoyatchiligining o‘sishi nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq, balki o‘tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga bevosita tahdid tug‘diradi, deya ta’kidlagan va shu sababli, mustaqil davlatimiz mavqeini mustahkamlash maqsadida, bu illatning oldini olish bo‘yicha bir qator tavsiyalar bergan edilar. Korrupsiya jinoyati jamiyatimiz farovonligi va iqtisodiy taraqqiyotimiz kushandasidirki, unga qarshi kurashishni aslo susaytirmasligimiz lozim.

Davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzuidagi ma’ruzasida “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur”, deb bejiz ta’kidlamadi.
10.  Korrupsiyaga qarshi kurashishning goyaviy va huquqiy asoslari haqida nimalar bilasiz?

Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar sharoitida davlat qurilishi va huquqiy siyosatning mazmun va mohiyatini aniqlashtirish, uning maqsad va vazifalarini islohotlarning bugungi taraqqiyoti asosida shakllantirib borish, inson manfaatlarini ta’minlashning strategik jihatdan yangi vositalar bilan bir qatorda, ham taktik xususiyatga ega bo‘lgan yangi usullarni qo‘llash, shaxs hamda jamiyat manfaatlarini yanada samaraliroq himoya qilish, korrupsiyaning oldini olishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish ehtiyoji vujudga kelishi bilan belgilanadi. Xozirgi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi va samarali huquqiy mexanizmi yaratildi. Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2017 yil 3 yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Qonunning 3-moddasida asosiy tushunchalar berilgan bo‘lib, unda korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar to‘qnashuviga doir tushunchalarga ta’rif berilib, bular, o‘z navbatida, fuqarolarga korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning nima ekanligi va ularning salbiy illat ekanligi haqida ma’lumot beradi.


11.  Mafkuraviy kurashlarning ko’rinishlarini asoslang.

Xalqaro terrorizm o'zining mudhish qiyofasini o'ta mash'um «A1-Qoida» terroristik guruhi timsolida namoyon qildi. 2001 yilning 11 sentyabrida AmerikaQo'shma Shtatlaridagi xalqaro savdo markazining portlatilishi, insoniyat sabr kosasigatomgan oxirgi tomchi boidi. Dunyo hamjamiyati terrorizmning keng yoyilib boray otganligi va uning oldini olish birgina Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlarining vazifasi bo'lmay, butun dunyo xalqlarining asosiy maqsadi bo'lishi lozimligi haqidagi mamlakatimiz rahbarining chaqiriqlari va o'z vaqtida ogohlantirishlari nechogii achchiq haqiqat ekaniga iqror bo'ldi. Xalqaro kuchlar Afg'onistonda «Toliblar» rejimini magiub qilganidan keyin bu fojeaning oldi birmuncha olingan bo'lsa-da, uni ildizidan qo'porib tashlash uchun hali uzoq va mashaqqatli kurash olib bormoq lozim boiadi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, bugungi kunda xavfsizlikni ta'minlash bilan bog'liq boigan muammolarni hal etish mintaqadagi barcha mamlakatlarning istiqbolini bir qadar belgilab beradi. Shuning bilan birga bu mintaqada yashayotgan xalqlarning azaliy qon-qarindoshligi, hamkorligi va ma'naviy-ruhiy yaqinligini mustahkamlash borasida o'ta muhim ahamiyatga molik masala bo'lib qolaveradi. Bu esa hozir va kelajakda ham ushbu masala o'z dolzarbligini saqlab qolishini bildiradi.

12.  Anarxizm vakillari qanday g‘oyalarni mutloqlashtirgan?
Anarxizm - (yun.—beboshlik, hokimiyatsizlik) - har qanday hokimiyat va davlatni inkor etuvchi, har kim o‘ziga-o‘zi xo‘jayin, degan qarashni asos qilib oluvchi g‘oyalar asosida shakllangan ijtimoiy-siyosiy oqim. U jamiyatning umumiy manfaatlarini fuqarolarning individual, ya’ni xos manfaatlariga qarama-qarshi qo‘yish, umumiy manfaatlarni hisobga olib, jamiyatni boshqaruvchi, birlashtiruvchi, tartibga soluvchi davlat hokimiyatini tan olmaslik g‘oyasiga tayanadi. Bu g‘oya beboshlik va tartibsizlikka olib boradi, taraqqiyot yo‘lidan adashtiradi. Shuning uchun u reaksion, ya’ni vayronkor mohiyatga ega.

Anarxizm g‘oyalari K.Shmidt (1806-1856), J.Prudon (1809-1865), M.Bakunin (1814-1876), P.Kropotkin (1842-1921) kabilar qarashlarida ilgari surilgan bo‘lib, individualizm, subyektivizm, volyuntarizmni mutlaqlashtirishga asoslanadi.


13.  Mafkuralar inson va jamiyatga ta’sir qilish xususiyatlariga ko‘ra qanday tafsiflanadi?

Prezidentimiz I.Karimov mafkuraga shunday ta’rif berganlar: «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lishga qodir g’oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman»1.

Mafkura jamiyatda yangi paydo bo’lgan ijtimoiy-siyosiy kuchlarning ehtiyoj va maqsad-muddaolarini ifoda etuvchi yangi g’oyaviy tizim sifatida yuzaga keladi. Ammo vaqti kelib o’z sohiblari tarix sahnasidan tushsa ham mafkuraviy meros sifatida yangi davrda ham o’z salohiyatini saqlab qolishi, hatto g’ayriinsoniy mohiyat kasb etishi mumkin. Milliy mafkura har qanday xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat qiladigan, uni porloq istiqbolga yetaklaydigan yo’lchi yulduzdir. Milliy mafkurani faqat bitta millat yoki xalqning mafkurasi, deb tushunish noto’g’ri. CHunki «millat» degan so’z etnik birlikni ifodalash bilan birga «davlat» ma’nosini ham bildiradi. Masalan, «millat ravnaqi uchun» degan iborani «davlat ravnaqi uchun» deb tushunish mumkin. Milliy mafkura O’zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning mafkurasidir. Milliy mafkura o’zligimizni, bir butunligimizni ta’minlashga, ayni paytda unga tahdid soluvchi kuchlarga qarshi kurashga yo’naltirilgan g’oyaviy-nazariy qarashlar tizimi sifatida namoyon bo’ladi.
14.  Mafkuraning qanday shakllarini bilasiz ?

Tarixiy tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, 40 ming yillar muqaddam qadimgi ajdodlarimiz olamning, hayotning vujudga kelishi, mazmun-mohiyati to’g’risida mifologik (afsona, rivoyatlarga asoslangan) sodda dunyoqarashga ega bo’lganlar. Insoniyatning ibtidoiy davriga xos bo’lgan totemizm (o’simlik va hayvon turlariga sig’inish), animizm (ruh va jonlarga sig’inish), fetishizm (narsa, buyumlarga sig’inish) kabi mafkuraning ilk shakllari shundan dalolat beradi («Dinshunoslik» fani bu haqda batafsil ma’lumot beradi). Milliy asosdagi hinduizm, iudaizm, konfutsiylik, sintoizm singari diniy mafkuralar taraqqiyotning keyingi davrlarida paydo bo’ldi. Ular yuz yillar davomida davlat dini va mafkurasi sifatida yuqori mavqega ega bo’lib keldi. Davrlar o’tishi bilan ularning ayrimlari o’z mavqeini yo’qotgan bo’lsa-da, insoniyat ma’naviy taraqqiyotida chuqur iz qoldirdi.

Miloddan avvalgi ming yillik davomida olamning paydo bo’lishi, inson va uning mavjudligi, rivojlanish qonuniyatlarini falsafiy talqin qilish kuchaydi. Buning natijasida falsafiy ta’limotlar muayyan tizim shaklini oldi.

Monizm butun mavjudotning asosini bitta mohiyat tashkil etadi, degan g’oyaga asoslansa, dualizm esa olam ham moddiy, ham ruhiy-ilohiy boshlang’ichga ega deb ta’lim beradi (bu asoslarning har ikkalasi ham teng huquqlidir). Qadimgi davr yunon faylasuflari Geraklit 530-470y. Efes shahrida tug’ilgan. U aytadiki dengiz suvi ba’zi bir tirik mavjudot uchun toza (Milet maktabi vakillari, Geraklit, Demokrit va b.) olamning boshlang’ich asosi sifatida suv, havo, apeyron, olov, atom kabilarni e’tirof etganlar. Plyuralizm, ya’ni olamning asosida ko’p narsalar yotishi haqidagi g’oyalar shu tariqa paydo bo’ldi.
15.  Teizm va ateizmni qanday farqlaysiz?

Materializm va idealizm o’rtasidagi g’oyaviy kurash, ular o’rtasida ikkilanuvchilik, murosasizlik mavqeini egallagan dualizm g’oyalari qariyb ikki yarim ming yildan buyon davom etib kelayotir.

Xudoning mavjudligini e’tirof etuvchi, ilohiy qadriyatlarni mutloqlashtiruvchi teizm hamda ayni shu haqiqatlarni mutlaqo inkor qiluvchi ateizm o’rtasidagi g’oyaviy tortishuvlar ham asrlar mobaynida davom etmoqda.

Umuman olganda, insoniyat tarixi g’oya va mafkuralar tarixidir. Aniqroq aytganda, g’oyalar va mafkuralar kurashi tarixidir. «Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyoda ikki kuch - bunyodkorlik va buzg’unchilik g’oyalari hamisha o’zaro kurashadi. Bunyodkor g’oya insonni ulug’laydi, uning ruhiga qanot bag’ishlaydi. Sohibqiron Amir Temurning parokanda yurtni birlashtirish, markazlashgan davlat barpo etish, mamlakatni obod qilish borasidagi ibratli faoliyatiga ana shunday ezgu g’oyalar asos bo’lgan»2.

Tarixda g’oya va mafkuralar mazmun-mohiyatiga ko’ra ezgulik va yovuzlikka, bunyodkorlik va vayronkorlikka xizmat qilib keldi.
16.  Monarxiya qanday mafkura?
XXI asr boshidagi mafkuraviy kurashlarni targ„ibotlar kurashi davri, deb tavsiflash

mumkin. Bizga tahdid solayotgan mafkuralar «maftunkor», «ommabop» bo‗lib ko‗rinsada, puxta, ilmiytexnologik asosga qurilganligi sir emas. CHunki ularning targ‗iboti oldingi va hozirgi zamonaviymafkuraviy kurash usullariga ega. Faqat g‗oya, maqsad shakli o‗zgargan. Masalan, ana shundayg‗oyalardan biri «Xalifalik davlatini tuzish» g‗oyasidir. «Xalifa» so‗zining lug‗aviy ma‘nosi -«o‗rinbosar», terminologik ma‘nosi «musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamdadunyoviy boshlig‗i» deb talqin etiladi. Xalifalik davlati mutlaq monarxiya tipidagi davlat bo‗lib,davlatni xalifa boshqaradi. Xalifalik davlatining boshqaruv tizimi islom-shariat qonunlari bilanbelgilanadi. «Hizbut-tahrir» da‘vo qilgan xalifalik davlati esa «Islom Nizomi» nomli kitobida bayonqilingan qonunlarga asosan boshqariladi. Payg‗ambarimiz Muhammad (s.a.v.)dan rivoyat qilinganushbu Hadisi sharifda aniq aytilgan: «Xalifalik mendan so‗ng, ummatim ichida 30 yildir, undan keyin podshohlik bo‗ladi». Hozirda «Hizbut-tahrir» tarafdorlari minglab begunoh kishilarning nohaq qoni to`kilsa-da, xalifalik barpo etilishini majburiy, deb da‘vat etmoqdalar.


17.  Totalitarizmning o’ziga xos jihatlari nimalardan iborat?
Totalitarizm (“totalitare” – butunlik, to’lalik, mukammalik, “totalis” jami, to’la) – jamiyat hayotining barcha sohalarini davlat tomonidan to’la nazorat qilish, demokratik tashkilotlarni ta’qib qilish, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni tugatish, har qanday shaxs, ijtimoiy qatlam, guruh manfaatlarini davlat manfaatlariga bo’ysuntirilishini talab qiladigan siyosiy g’oyalar tizimi va ular asosida shakllanadigan davlat tuzumi.

18.  Liberalizm haqida nimalar bilasiz ?
Liberalizm (fransuzchalibéralisme) — odamlarning oʻzini, xatti-harakatlarini, mulkini boshqarishda erkin degan nuqtai nazarga asoslangan falsafiyiqtisodiy va siyosiy dunyoqarash, nazariya. Liberalizm 17-18-asrlarda Yevropa mamlakatlarida yuzaga kelgan, u Jon LokkAdam SmitSharl Lui Monteskye va boshqalarning mutlaq hokimiyatga qarshi qaratilgan nazariyalariga asoslanadi. Liberalizm gʻoyalari birinchi bor AQSH Konstitutsiyasi (1787) hamda „Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi“da (1789) mujassam boʻlgan. 19-asr va 20-asr boshlarida liberalizmning fuqarolik jamiyati, shaxs huquklari va erkinliklari, huquqiy davlat, demokratik siyosiy muassasalar, xususiy tadbirkorlik va tijorat erkinligiga oid asosiy qoidalari shakllangan. Hozirda liberalizm gʻoyalariga koʻra, erkin bozor mexanizmi samarali iqtisodiy faoliyat yuritish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni tartibga solib turish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi; ayni chogʻda bozor va raqobatchilik normal sharoitda rivojlanishi uchun bu sohaga davlatning muntazam ravishda aralashuvi zarur. 20-asr oxirida liberalizm, konservatizm va sotsial-demokratiya gʻoyalari bir-biriga yaqinlashdi.

19.  «Dushmanlardan  qo‘rqma  –  nari borsa, ular seni o‘ldirishi mumkin. Do‘stlardan qo‘rqma nari borsa, ular senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo‘rq – ular seni o‘ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo‘laveradi» - mazkur fikrni qanday izohlaysiz ?

Bugun dunyo ham, insonlar ham tamoman o‘zgarib ketdi. Globallashuv inson zotini ne ko‘ylarga solmayapti? Kechagina yurt, ota-ona bag‘rida yurgan, ko‘ngli orzu-havaslarga to‘la qanchadan-qancha navqiron yigitlar o‘z taqdirlariga loqaydliklari bois chet elda pul topaman deb, qullik iskanjasiga tushib o‘tiribdi. Farzandlarini mo‘may pul topish ilinjida yot yurtga jo‘natib yuborib, keyin esa ulardan pul olish tugul, hatto bir dom-darak va mujda eshitishga mushtoq bo‘lib, qon yig‘lab o‘tirgan ota-onalarni ham ko‘rayapmiz. Holbuki, bu ota-onalar bolalari taqdiriga befarq bo‘lmasdan, vaqtida bu yo‘ldan qaytarib, to‘g‘ri maslahat berganlarida shunday ko‘yga tushmas edi. Boriga qanoat qilmasdan erini chet elga kuzatib qo‘yib, keyin afsus chekib o‘tirgan xotin-qizlarning holini ayting.

20.  Milliy xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari va vositalari deganda nimalar  nazarda tutiladi?

Milliy xavfsizlikka erishishda davlatlararo bitimlar tizimini barpo etish muhim yo‘nalish hisoblanadi. O‘zbekiston qanchalik ko‘p mamlakat bilan do‘stona, amaliy muloqot va hamkorlik munosabatlarini o‘rnatsa, uning xavfsizligi shunchalik ko‘p kafolatlanadi.

Bugungi kunda O‘zbekistonni jahonning 125 mamlakati tan oldi. 84 mamlakat bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.

Respublika rahbariyati, mustaqillikning dastlabki oylarida birinchi bo‘lib Turkiyaga rasmiy tashrif buyurdi. Keyinchalik rasmiy delegatsiyalarimiz Germaniya, Fransiya, Avstriya, Gollandiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Misr, Indoneziya, Malayziya, Eron, Korea, Yaponiya kabi Yevropa va Osiyo qit’asining bir qancha boshqa mamlakatlariga safar qildi. Iqtisodiyot, ilm-fan va madaniyat kabi sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha shartnoma va hujjatlar imzolandi. Yangi mustaqil davlatlar bilan ikki va ko‘p tomonlama aloqalar rivojlandi.

Mazkur bitim va shartnomalar O‘zbekiston atrofida xavfsizlik, ishonch va yaxshi qo‘shnichilik muhitini yaratishiga ishonchim komil.

Imzolangan davlatlararo bitimlarga so‘zsiz amal qilish - xavfsizlik kafolati va shartidir.

Biz bu sohada ta’nalarga sabab bo‘ladigan ish qilmasligimiz, tanqidga nishon bo‘lmasligimiz lozim. Xuddi ana shu holdagina biz bilan hamkorlik qilayotgan davlatlardan zimmalariga olgan majburiyatlarini ijro etishni talab qilishimiz mumkin bo‘ladi.

Imzolangan hujjatlarga so‘zsiz rioya qilish inson huquqlari, kam sonli millatlar huquqlari, bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik, tinch-totuv yashash tamoyillari singari sohalarda, ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etadi.



Bu holat yangi mustaqil davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda ham o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Hamdo‘stlik barpo etilganidan buyon o‘tgan uch yildan oshiqroq vaqt ichida turli muammolar yuzasidan bir necha yuz bitim va shartnomalar qabul qilindi. Taassufki, ularning aksariyati qog‘ozda qolib ketdi. Shu bois gohida bir masala yuzasidan bir necha qaror qabul qilindi. Bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga, do‘stona va o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatishga monelik qilmoqda.

1



2



Download 31,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish