4-Mavzu: Muloqotning sohadagi o‘rni to‘g‘risida



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana09.02.2022
Hajmi0,73 Mb.
#438913
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
4-Topshiriq ona t maruza



4-Mavzu:
Muloqotning sohadagi o‘rni 
to‘g‘risida
 
Muloqotning qanday kechishi va kimning koʻproq ta’sirga ega boʻlishi 
sheriklarning rollariga bogʻliq. Ta’sirning tashabbuskorida ataylab ta’sir koʻrsatish 
maqsadi boʻladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida
ta’kidlangan vositalardan foydalanadi. Masalan, rahbar xodimini unga ishi tushib 
chaqirsa, xodimini o‘rnidan turib kutib oladi, quyuq soʻrashadi, keyin maqsadga 
o‘tadi. Ta’sirning adresati-ta’sir yo‘naltirilgan shaxs. Lekin, tashabbuskorning 
suhbatga tayyorgarligi yaxshi boʻlmasa yoki adresat tajribaliroq sherik boʻlsa, u 
tashabbusni oʽz qoʻliga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin 
boʻladi.
Kishilar bilan normal munosabatlarni oʻrnata olmaslik, ayniqsa, biznes 
sohasida sheriklarning holatlari, kutishlarini aniqlay olmaslik, oʽz nuqtai nazariga 
oʽzgalarni professional tarzda ko‘ndira olmaslik, “birovni” uning ichki 
kechinmalari va oʽziga boʻlgan munosabatini aniq tasavvur qila olmaslik amaliy 
psixologiyada kommunikativ oʻquvsizlik yoki diskommunikatsiya holatini keltirib 
chiqaradi. Bunda kishilar bir-birlarini tushuna olmay qoladilar, oqibatda tugay deb 
turgan ish bitmasdan choʽzilib ketishi mumkin. Shuning uchun, hozirgi paytda 
katta yoshdagi kishilarni kommunikativ bilimdonlikka oʽrgatish, ularda zarur 
kommunikativ malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Har bir ziyoli 
kishi boshqalar bilan hamkorlik qilish mahorati va san’atiga ega boʻlishi kerak. Bu 
vazifa odamlarni muomala va muloqot etikasiga oʽrgatishni har qachongidan 
dolzarb qilib qo‘ymoqda. Ma’lumki, gaplashayotgan kishilar biri gapiradi, 
ikkinchisi tinglaydi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik 
oʽzaro mosligi, bir-birini toʻldirishiga bogʻliq ekan. Mashhur amerikalik notiq, 
psixolog Deyl Karnegi “Yaxshi suhbatdosh-yaxshi gapirishni biladigan emas, balki 
yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatlarning 
insonlarda rivojlangan boʻlishini nazarda tutgan edi. Mutaxassislarning 
aniqlashlaricha, ishlayotgan kishilar vaqtining 45% kimlarnidir tinglashga sarf 
qilar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda boʻladiganlar-savdo xodimlari, 
aloqachilar, 
rahbarlar, 
muxbirlar 
35-40% 
oylik 
maoshlarini 
odamlarni 


tinglaganliklari uchun olarkanlar. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, 
kommunikatsiyaning eng qiyin sohalaridan hisoblangan tinglash qobiliyati odamga 
koʻproq foyda keltirarkan. Tinglashning ham xuddi gapirishga oʻxshash texnikasi, 
usullari mavjud. Ularning turi ham koʻp, lekin, biz ikki usulini qoʻllaymiz: soʽzma-
soʽz qaytarish va boshqacha talqin etish. Birinchisi, suhbatdoshni qoʻllab-
quvvatlashini bildiradi. Ikkinchi usul-sherikni soʽzlarini tinglab, undagi asosiy 
gʻoyani muxtasar, oʽzimizning talqinimizda ifoda etish. Bundan tashqari biz yaxshi 
tinglayotganimizda , “Yo‘gʻ-e?”, “Nahotki?”, “Qara-ya?”, “Yasha!”, “Qoyil!” 
luqmalari bilan suhbatdoshimizni gapirishga chaqirib turamiz. Muloqotga 
oʽrgatishning muhim yo‘nalishlaridan biri-odamlarni faol tinglashga, bunda barcha 
paralingvistik va noverbal omillardan oʻrinli foydalanishga oʽrgatishdir. Professor 
V. Karimovaning fikricha, professionaltinglash texnikasiga quyidagilar kiradi: 
— Aktiv holat bu tinglayotganda yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan 
tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash bilan unga qiziqishni 
bildirish; 
— Suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni oʽziga 
jalb qilib, balki keyin navbat kelganda oʽzining har bir soʽziga uni ham 
ko`ndirishning samarali yoʻlidir. 


— O‘ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat 
bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali oʽzingizning suhbatdan 
manfaatdorligingizni bildirish yoʻli.
Demak, tinglash madaniyati muloqot jarayonining samarali boʻlishida muhim 
ahamiyatga ega. Shuning uchun, biz suhbatdoshimizni diqqat bilan tinglashimiz, 
unda oʽz-oʽziga hurmatni tarbiyalashimiz, uni ilhomlantirishimiz, ruhlantirishimiz
kerak. 
His-hayajonni 
ifodalaydigan harakatlar bu koʻzga koʻrinadigan
harakatlardir. Bu yerda axborot yetkazuvchi boʻlib gavdani tutish, mimika, ishora, 
nigoh katta rol o‘ynaydi. Masalan, tadqiqotlarga koʻra soʻzlovchining yuzi 
qimirlamasa yoki koʽzga koʻrinmasa, 10-15 foiz axborot yetkazilmaydi. Koʽz 
yordamida hol-ahvol, kayfiyat haqida eng aniq ma’lumotlar yetkazib beriladi, 
chunki, koʽz qorachigʻining torayishi va kyengayishini nazorat qilib boʻlmaydi. 
Gʻazab va noxush kayfiyat kishining koʽz qorachigʻini toraytiradi. Yuzi iltifotsiz 
boʻlib qoladi, bu holat esa muloqotning samaradorligini pasaytiradi. 
Soʽzlovchining gavdasini «yopiq» tutishi (u gavdaning oldini bekitib, fazoda iloji 
boricha kam joy egallashga harakat qiladi) ishonchsizlik, qoʻshilmaslik, tanqidni 
bildiradi. «Ochiq» gavda tutishlar esa (tikka turganda: qo‘l kaftlari ochiq va tepaga 
qaratilgan; o‘tirganda qoʻllar yozilgan, oyoqqa uzatilgan) ishonch, rozilik, 
Hayrixohlikni bildiradi.
Ovoz xususiyatlari prosadika va ekstralingvistik ro‘y berishlar qatoriga kiradi. 
Ishtiyoq, quvonch va ishonchsizlik baland ovoz bilan bildiriladi. Gʻazab, qo‘rqish
ancha baland ovoz bilan, qaygʻu, gʻam-gʻussa, horgʻinlik odatda yumshoq 
pasaytirilgan ovoz bilan bildiriladi.
Munosabatning takesika vositalariga silab qoʻyishlar, daxldorlik, qoʻl berib 
koʻrishishlar, urib-urib qoʻyishlar kiradi. Ular ragʻbatlantirishning biologik turi 
bo`lib, ayniqsa, yetim bolalarga ta’sir etishi isbotlangan. Shumtaka va ranjigan 
bolani boshidan silab qoʻyib, siz boshqa vositalarni biriktirgan holda ham erishib 
boʻlmaydigan natijaga erishishingiz mumkin. 

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish