4-mavzu: Kichik lirik janrlar sharhi: ruboiy, tuyuq va fardlar Reja



Download 23,43 Kb.
Sana31.10.2020
Hajmi23,43 Kb.
#51680
Bog'liq
Nav.4


4-MAVZU: Kichik lirik janrlar sharhi: ruboiy, tuyuq va fardlar

Reja:

  1. Ruboiylarning mavzu mundarijasiga ko‘ra tasnifi.

  2. Tuyuqlarda shakldosh so‘zlar va ma’no tanosubi.

  3. Fardlarda Navoiy hikmatlarining aks etishi.

Fariddiddin Attorning “Muxtornoma” asaridan qalbni, xulqni, go‘zallashtirishga da’vat etuvchi besh mingdan ortiq ruboiy joy olgan. Mavlono Jaloliddin Rumiyning devonida bir yarim mingga yaqin ruboiy  berilgan. Ular Xayyomning inson umri g‘animatligi, dunyoning o‘tkinchiligi to‘g‘risidagi SHarqu G‘arbda shuhrat topgan. Sрarq poetikasida ruboiy faqat hazaj bahrining axrab va axram tarmoqlarida yozilishi va albatta to‘rt misradan iborat bo‘lishi qat’iy belgilangan. Abu Ali ibn Sino, SHayx Najmiddin Kubro, Mirzo Abdulqodir Bedil singari donishmandlar o‘zlarining ma’rifiy aloqiy, ilohiy qarashlarini ruboiylarida ifodalashgan.

Janrlar an’ana tarzida avvaldan mavjud bo‘lishi tabiiydir. Ammo uni mavzu, uning zamirida turgan hayot materiali, mazmun yo fikr tanlaydi.

Ruboiy – lirikaning mo‘‘jaz janrlaridan biri bo‘lib, dastlab fors-tojik adabiyotida folklor ta’sirida paydo bo‘ldi, keyinchalik turkiy adabiyotdan ham mustahkam o‘rin oldi.

Ruboiy (arabcha, to‘rtlik so‘zidan) – axloqiy-falsafiy, ishqiy mavzularda yaratiladigan to‘rt misradan iborat yaxlit, tugallangan she’r. Dastlab fors-tojik she’riyatida, Abu Abdulloh Rudakiy ijodida paydo bo‘lgan. Turkiy adabiyotda ruboiy janrining dastlabki namunalari Hofiz Xorazmiy devonida uchraydi. Uning jami 12 ta ruboiysi mavjud.

“Haft qulzum” asaring muallifi Qabul Muhammad ruboiy janriga shunday ta’rif beradi: “Bilgilki,  ruboiy lug‘atlarda ikki baytli  she’r deganidir. Vazn va qofiyada to‘rttala misrasi  ham  muofiq kelgan she’r ruboiy deyiladi. Ruboiyda aksar birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi  misralar qofiyadosh bo‘ladi. Maboda  uchinchi misra ham kelsa , unga “ruboiy  tarona” deb yuritiladi”.

«FUNUNU-L-BALOG‘A»dan: Ruboiy to‘rt misra’ bo‘lur. Avvalg‘i va ikkinchi va  to‘rtinchi misra’ida qofiya keltirurlar. Va uchinchi misra’i ixtiyordur. Agar qofiya keltursalar ruboiyi musarra’ derlar.

Eron olmi Muallim Nojiy ruboiyning har to‘rtala misrasi qofiyalangan shakliga  “ruboiyi musarra (“kushodu ravshan” ravshanu oshkor” deb nom beradi. Ruboiyning  bu turi Alisher Navoiy asarida “ruboiya” deb ataladi.BuhaqdaNavoiy “Mezonul-avzon” asaridashundayyozadi: “Ruboiy vaznikim, oni “dubaytiy” va “tarona” hamderlar, hazaj bahrining “axram” va “axrab”idin istixroj qilibdurlar va ul vaznedur asru xush oyanda vavaznedur bag‘oyatra boyanda”.

Ruboiyni ta’riflash  XX asr o‘zbek adabiyotshunosligida ham aytib o‘tildi.

To‘rt misra’ligina bo‘lub, 1-, 2-, 4-misra’i qofiyadosh, 3- misra’i qofiyasiz bo‘lg‘an tizmalarga ruboyi deyiladir. Ruboyi forsi(y)ga maxsus bir tizim shaklidir. Bizga forslardan kelgandir. Buning maxsus vazni bordir. Arab-fors aruzini chig‘atoychada yozg‘an Navoyi ruboiy uchun “hazaj” bahridan yigirma to‘rt vazn borligini so‘ylaydir. Biroq bu yigirtma to‘rt vazn bir-biriga shuncha yaqindirkim, Navoyining o‘zi ham, misollarini ko‘rsatganda aralashtirib yuboradir” (Fitrat)

Jumladan, Navoiy poetikasi masalalarini maxsus o‘rganish Hodi Zarifning«Ruboiy», «Lutfiy va Navoiy» nomli maqolalarida tilga olinib, shoirlirikasining g‘oyaviy-badiiy mohiyati, o‘zbek poeziyasi an’analariningNavoiy she’riyati taraqqiyotida tutgan o‘rni kabi sohalarda jiddiyfikrlar bayon qilinadi.

Bundan tashqari, A. Haytmetovning (Navoiy lirikasi) tadqiqotlarida ruboiy bilan bog‘liq fikrlar mavjud. Adabiyotshunoslikdagi ruboiy janri bilan bog‘liq fikrlarni umumlashtirgan I.Haqqulov  shunday ta’rif beradi “ o‘ziga xos kompozitsion qurilishga, qofiya va  badiiy pritsiplarga ega, falsafiy, ijtimoiy, ishqiy va axloqiy mavzulardagi, hazajning mahsus vaznida  yoziladigan she’r shakliga ruboiy deyiladi”.

Ruboiy janri bilan bog‘liq adabiyotshunoslikda yana bir muammo mavjud. Turk adabiyotshunosi Muallim Nojiy “Ruboiy  yana “tarona”  va “dubaytiy” nomlari bilan atalur”,- deydi.  O‘z o‘zidan ko‘rinib turibdiki,  ruboiy,  tarona, dubaytiy bir-birigia sinonim bo‘lgan so‘zlarmi degan savol tug‘iladi.

Dubayti  va tarona rub

oiyga  sinonim bo‘lgan degan qarash fors-tojik va o‘zbek adabiyotshunosligida ham mavjud. “Bizningcha bunday deyishga asos yo‘q. Ularning  har ikkalasi ham lirikaning o‘ziga xos mustaqil bir janrlaridir”,-deb ta’kidlaydi I. Haqqulov. Adabiyotshunos olim o‘z fikrini  15 asrda yashagan Vahid Tabriziyning “Jami’ muxtasar” asarida keltirilgan fikr bilan asoslaydi: Unda shunday yozilgan: “Dubayti-ikki baytdan iborat she’r turi. Uning ruboiyga  o‘xshash 1,2,4- misralari qofiyadosh bo‘ladi. Ammo vazn e’tibori bilan dubaytiy ruboiydan farq qiladi”.

“Dubaytiy – deb yozadi Fazlulloh Safo – nomidan anglashilganidek, ikki baytli she’rdir. Unda birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi misralar o‘zaro qofiyalanib, uchinchi   misrani qofiyalash shoirning xoxishiga bog‘liqdir. Ba’zan dubaytiyda faqat 2, 4 misralar  hamqofiya bo‘lishi mumkin. Uning asosiy vazni hazaji musaddasi maqsur yoki mahzufga mos keladi”. I. Haqqulovning ta’kidlashicha, bir qancha manbalarda ham shu fikr ta’kidlangan.

Demak, yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib ruboiy va dubaytiy o‘rtasidagi farqlarni quyidagicha ko‘rsatish mumkin:

Dubaytiy janridagi she’rlar hazaji musaddasi mahzuf (maqsur) vaznida yoziladi.Ruboiy esa hazajning axramyoki axrab  shajaralaridan birida yozilishi kerak.Dubaytiyning juft misralarigina ham qofiyalanishi mumkin.Ruboiy esa o‘zining  qat’iy qofiya sistemasiga ega

Bundan tashqari  ruboiy va dubayti o‘rtasidagi  farq faqat shaklda emas, balki mazmunda ham farq bor.Dubaytiy tematikasining tub mohiyati ishq tuyg‘ulari, muhabbat hayollari, orzu-armonlarishkil etadi. Ruboiyda  esa falsafiy, axlqiy , ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar ham ifoda etiladi (I. Haqqulov).

Tarona termini  ruboiyganisbat  berilganda esa, asosan ikki maqsad ko‘zda tutiladi. Birinchida, ruboiy vaznlarining o‘ynoqiligi, ravonligi nazarda tutilsa, ikkinchidan, agar ruboiyning to‘rt  misrasi ham bir xilda qofiyalangan bo‘lsa, “ruboiyi tarona” deyiladi va bu bilan undagi ohangdorlik ta’kidlanadi. (lug‘atlarda tarona -  kuy, qo‘shiq deb izohlangan) Demak,  ruboiyning 2 xil turi bor:

1)    Xosiy ruboiy yoki ruboiyi xosa(qofiyalanishi: a-a, b-a):

 

2)    Taronayi ruboiy yoki ruboiya(qofiyalanishi: a-a, a-a):



 

Ruboiy muayyan kompozitsiyaga ega bo‘lib, unda mumtoz ruboiy talablariga ko‘ra, to‘rt unsur mavjud bo‘ladi. Mazkur unsurlar to‘rt misrada aytilmoqchi bo‘lgan falsafiy, axloqiy yoki didaktik fikrning ma’lum bir yaxlitlikka erishishini ta’minlaydi. SHu ma’noda to‘rt misrani quyidagi unsurlarga taqsimlash mumkin:

1)    tezis – unda ruboiyda aytilmoqchi bo‘lgan fikr, boshqacha aytganda ruboiy mavzusi bayon qilingan bo‘ladi;

2)    antitezis – bunda birinchi misraga qarama-qarshi fikr aytiladi;

3)    moddai ruboiy – to‘rtinchi misrada aytilmoqchi bo‘lgan fikr uchun ko‘prik vazifasini o‘taydi;

4)    sintez– xulosa.

Lekin bu unsurlarning doimiy mavjud bo‘lish talabi nisbiy bo‘lib, ko‘pincha tezis va antitezisning o‘rniga faqat moddai ruboiy va sintezning qo‘llanilganligini kuzatish mumkin.

Har qanday adabiy shakl  mazmun tomoni bilan qimmatli. Mazmun uchun xizmat qilmagan shaklning ahamiyati to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas.Ruboiyda ham mazmun  asosiy rolni bajaruvchi omil. SHoirlar ruboiyda ishq haqida ham, falsafa haqida ham, axloq haqida ham – xullas she’riyatda foydalanish mumkin bo‘lgan deyarli barcha temalarda  qalam yuritganlar. Biroq ruboiy mundarijasinin  etakchi yo‘nalishlariga qarab, shartli bo‘lsa-da tematik  tomondan uch guruhga ajratish mumkin

Falsafyi ruboiylarIshqiy ruboiylarTa’limiy –axloqiy ruboiylar.

 

Shoir ruboiylarida ham dunyoviy muhabbatning zavqbaxsh onlari



san’atkorlik bilan berilgan:

Ko‘nglumni g‘amu dard ila qon ayladi ishq,

Ko‘z yo‘lidin ul qonni ravon ayladi ishq.

 Har qatrani bilmadim qayon ayladi ishq,

 Bedil ekanim buyla ayon ayladi ishq.

O‘tmishda oriflar “Ko‘ngil bo‘lmasa, ishq qaerni vatan aylar. Ishq bo‘lmasa ko‘ngil  nima ishga yarar” degan ekan. Yuqoridagi ruboiyning mavzusi ishq. Navoiy she’riyatida ishq va ko‘ngil tushunchalari doim bir-birini taqazo qilib kelgan.Ishq  hoqimlikka, ko‘ngil tobelikka mahkum.  Ishq –o‘t alanga yoqar.

Ko‘ngil shu olovda yonar. YUqoridagi ruboiyda  oshiq ko‘nglini “g‘amu dard ila qon” aylagan “ul qonni” ko‘z yo‘lidan  ravon aylagan, “har qatrani beiz pihon qilgan” va niyahoyat “bedillikni” oshkor aylagan  ISHQdir.

Navoiyshunoslikda  shoir ishqi bilan turli xil fikrlar aytilgan.Ibn Arabiyning shunday fikri bor: “...xotin –qizlarning qadrini va ularning sirlarini (nozikliklarni)  anglagan kimsa ularni sevishda zohidlik qilmas, bil’aks, ayollarni sevmak, oriflik kamolidir”

Ko‘z birla qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi,

YUz birla so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi.

Eng birla menging yaxshi, saqog‘ing yaxshi,

Bir-bir ne deyin, boshdin ayog‘ing yaxshi.

Shoir banday ta’rif bilan ikki maqsadni amalga oshirgan. Birinchidan, go‘zallik va nafosatda yorning tengsizligini ko‘rsatgan bo‘lsa, ikkinchidan, shu go‘zallik va nafosat Allohning zuhuri ekanligiga urg‘u beradi.

Ma’lumki, A.Navoiy asarlarini ularning iloihy-irfoniy manbalaridan tashqarida o‘rganib bo‘lmaydi. Jumladan, «Zumar» surasining 60-oyat karimasida o‘qiymiz: «Qiyomat kunida Alloh sha’niga yolg‘on so‘zlagan kimsalarni yuzlari qoraygan holda ko‘rasiz». Ko‘rinadiki, yolg‘onchilik inson atvorida  eng yomon illat sifatida   qoralanadi.

 Balo un-insoni min al-lison – Insongabalo tildan kelur.

                       Co‘zdin kishikim g‘amu balo hosilidur,

                        Har nuktada tili desabalodoxilidur.

                       Besirfadegan kishiga tili qotilidur,

                       Alqissa, kimsaning  balosi  tilidur .  

Qur’oni karim "Qasas" surasininng 88-oyatida o‘qiymiz: «Allohga qo‘shib boshqa «iloh»ga iltijo  qilmang! Undan o‘zga iloh yo‘qdir. Uning “o‘zi”dan boshqa barcha narsa halok bo‘luvchidir.

Gardunki, xaloyiqqa vafosi yo‘q aning,

Javr ichra kichik-uluqqa posi yo‘q aning.

Har kimki, kichik bo‘lsa baqosi yo‘q aning,

             Sen oni ulug‘ bilki, fanosi yo‘q aning

«Kishilarning yomoni xalq undan ehtiyot bo‘ladigan odamdir»degan Hazrat Ali hikmat she’riy tarjima qilingan. Hazrat Alining bu hikmati ikki narsaga diqqatimizni tortadi: Biri insonlarning yomon toifasi; ikkinchisi – har bir odamning shaxsiy xususiyatiga xalqning munosabatidir. Qanday odamni yomon deb hisoblash lozimligi Qur’oni karim va hadislarda takror-takror keladi: qasamxo‘r savdogar, takabbur kambag‘al, zinokor keksa, zolim podshoh, g‘azabi tez kelib, sekin qaytuvchi banda, qo‘shnilar yomon degan kimsa va hokazo.

Alisher Navoiy o‘z ruboiysida odamlarni o‘zining yaramas qiliqlari bilan bezdirgan kishini birinchi o‘ringa chiqaradi va uning atvoridagi nuqsonlarni birma - bir sanab beradi:

               El qochsabirovdin el yamoni bil oni,

Ahvolidaidbornishoni bil oni,

Fe’lichra ulus baloyijoni bil oni,

Olameliningyamonyamoni bil oni

 

Iymonning uchdan biri hayo, uchdan biri vafo, uchdan biri saxiylikdir.



Uch qism ila iymong‘a bino fahm ayla,

Avvalg‘isini oning hayo fahm ayla,

Ikkinchisini dog‘i vafo fahm ayla,

Uchunchinibilmasang, saxofahmayla .

Hayo, vafo va saxiylik – iymon binosining ustunlaridir. Bu go‘zal xulqlar insonlarni doim yaxshilik cari etaklaydi, yomon ishlardan saqlaydi. Rasululloh(s.a.v): «Hayo faqat yaxshilik keltiradi»,-degan hadislari orqali esa hayoning yaxshilikni harakatga keltiruvchi kuch sifatidagi qudratini ta’kidlaganlar. Bu erda ham –ahdga vafo iymonning yana bir nishonasi sifatida keltirilgan. «Ahdga vafo qilmaganlarning dini yo‘q»,-deya hukm chiqaradilar ahdga vafoda ibrat bo‘lgan zot - Rasuli akram (s.a.v).

Ma’lumki, har qanday ijodkor o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga hayotdan tanlagan voqealari, ulardan sizib chiqqan saboqlarni munosib shaklda  mukammal badiiy ifodalay olsagina erishadi. Alisher navoiy o‘zining qator qarashlari uchun ruboiy janrini tanladi.

Asosiy g‘oya tashuvchi hikmatli so‘z – Hazrat Ali aforizmini Alisher Navoiy ruboiyning oxirgi misrasida (ba’zan baytida) beradi. Qolgan misralar esa ulug‘ shoirning erkin ijodining mahsulidir. Ayni misralar jasoratli xalifa hikmatlari  Navoiyni nimalarga ilhomlantirganini kuzatish imkoniyatini beradi. Chunonchi:

Mo nadimamansakata – Kim sukutsaqlasa,nadomatqilmaydi.

Harkimsa

ki, nuktasifarovonbo‘lmas,

Tilranjigaqolmoqlig‘iimkonbo‘lmas,

Ko‘pso‘zlaguchig‘ag‘ayrinuqsonbo‘lmas,

Harkimkixamushbo‘ldi, pushaymonbo‘lmas[105].

Bu o‘rinda  aforizm  – to‘rtinchi misraga jo bo‘lgan. Bunday hollarda Navoiyda hikmatda  ifodalangan g‘oyani o‘zining teran falsafiy mushohadalari bilan boyitish imkoniyati kengayadi. Masalan, tahlil  qilayotganimiz ruboiyning uchinchi misrasi Hazrat Alining  «Ayb ul-kalomi taviyluhu» – Gapning aybi uzunligidadir, degan aforizmining she’riy ifodasidir.

Alisher Navoiy «Nazm ul-javohir» tarkibidagi ruboiylarda qofiyai tarona qo‘llashi, ko‘pgina to‘rtliklarning  radifli bo‘lishiga erishishi, misralarni turfa badiiy san’atlar bilan bezashi barobarida, o‘sha badiiy yaratmalar tilining mumkin qadar sodda, aniq bo‘lishiga  intilgan. Haya ul-mar’i satruhu – Kishining hayosi  uning pardasidir.

          Avji sharaf uzra oftob o‘ldi hayo,

          Bo‘stoni saodatg‘a sahob o‘ldi hayo,

          Mazmum xasoilg‘a  hijob o‘ldi hayo,

          El aybig‘a  go‘yoki niqob o‘ldi hayo .

Ruboiydagi  “o‘ldi hayo” radifi ikki jihati bilan ahamiyatlidir: Birinchidan, ruboiydagi asosiy g‘oyani tashuvchi so‘z birikmasi sifatida qo‘llangan bo‘lsa; ikkinchidan, bu so‘z ruboiy ohangdorligi  va ta’sirchanligini ta’minlagan. Xuddi shunday fikrni asardagi boshqa radifli  ruboiylarga nisbatan ham aytish mumkin.

G‘iyos ul-lug‘ot»da keltirilishicha, "Talmeh" deb o‘z so‘zlari mag‘zida Qur’oni majid oyatlari va hadislardan namunalar keltirish"

Salamat ud-dini mavt ul-ulamai – Dinning raxnasi olimlarning o‘limidir.

               Ilm o‘ldi sharaf din aro har oying‘a,

Bormoq bo‘lur o‘rgangali oni Ching‘a.

Dinda ulamo mujib erur tazying‘a,

O‘lmoqlik alarga raxna soldi ding‘a .

Ko‘pchilik kitoblarda: «Misralar oxiridagi ohangdosh so‘zlar qofiya deyiladi», - deb yozilgan. Ohangdosh so‘zlarning qofiya bo‘lishi to‘g‘ri, ammo qofiya faqat misra oxiridagina kelmaydi. Qofiya misra boshida ham, misra o‘rtasida ham, misra oxirida ham kelishi mumkin. Masalan, Navoiyning quyidagi ruboiysida qofiya misra boshida kelgan.

         Jondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz,

         Sondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz.

         Har neniki sevmoq ondin ortiq bo‘lmas,

         Ondin seni ko‘psevarmen, ey umri aziz.

“Xazoyinul-maoniy”ni yakunlovchi janr fard bo‘lib, (ar. “yakka”, “yolg‘iz”) bir baytdangina iborat  eng kichik mustaqil she’r shakli hisoblanadi. Fard a-a yoki a-b tarzida qofiyalanadi. Fard bir baytdangina iborat bo‘lsa-da, unda muhim falsafiy-axloqiy masala qalamga olinib, ixcham poetik xulosa ifodalanadi. SHu ma’noda fardlar ko‘pincha aforizm xarakteriga egabo‘ladi:

           G‘ofil o‘lma, nazardin itsaadu,

           SHam’ o‘churganda, el ko‘rinurmu...

Turkiy adabiyotda fardning ilk namunasi Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarida uchraydi. Fard (yakka, yolgiz) - fakat bir baytdan iborat she’r; yozma adabiyotning eng kichik janri: Navoiyning

“Muruvvat – barchabermakdur, emak yuq,

Futuvvat barcha щtakdur, demak yuk;”

fardining uziyok bu janrning shaklan kiska, lekin mazmunan juda salmokdor bulishini kursatadi. Xazratning “Favoyid ul-kibar” devonidan 86 ta fard urin olgan va ularda Alisher Navoiy Olam va Odam x,akidagi turfa karashlarini xar tukis bayon etganini kuzatish mumkin. 82 tasi qofiyali, 4 tasi esa qofiyasizdir. Fardlarning barchasi “Favoyidul-kibar” devoniga kiritilgan. Navoiy fardlari shoirning hayotiy tajribalari mahsuli bo‘lmish chuqur mushohadalari va mantiqiy xulosalarini o‘zida aks ettirish bilan birga, shoir she’riy dahosining ayrim qirralari haqida muayyan tasavvur hosil qilishga imkon beradi.

Fard – ikki misrali janr, albatta unga murabba mazmunini joylash qiyin. Fardda, birinchi misrada ko‘pincha bir fikr o‘rtaga tashlanadi, u – g‘oya, kompozitsion markaz hisoblanadi, ikkinchi misrada esa bu fikr qiyosiy shaklda muhokama, tahlil etilib, xulosa qilinadi yoki aksincha bo‘lishi mumkin: (dam urmoq” jumlasi vositasida ikki ma’no: nafas chiqarmoq va gapirmoq ma’nolari anglashilyapti va bu orqali iyhom san’ati vujudga keltirilgan:

 

Kishi aybing, desa, dam urmag‘ilkim, ul erur



ko‘zgu,

Chu ko‘zgu tiyra bo‘ldi, o‘zga aybing zohir aylarmu.

Yoki:

 Kishi aybini yuziga qilma izhor



Taammul ayla o‘z aybingg‘a zinhor.

Ushbu hikmatlar “do‘st do‘stning oynasi”, “Avval o‘zinga boq keyin nog‘ora qoq” kabi xalq maqollari mazmuniga hamohang ko‘rinadi. Maqolladn farqli  ravishda mazkur hikmatlarda ulug‘ shoirning ma’rifiy qarashlari yorqinroq aks etgan. Ya’ni fardda  insoniy munsabatlar sharti – andishali bo‘lish, o‘z holidan ogohlikka erishish hamda kamiliklarni mardona tan olish haqida so‘z boradi.

G‘oya farddagi bu ikki misrani bir-biriga bog‘lovchi mantiqiy rishtadir, misralar esa kompozitsiya unsurlariga aylanadi. Ammo ruboiy sig‘imi bundan kattaroq, biroq bu imkoniyat fardni kamsitish uchun dastak bo‘la olmaydi, sig‘imining kichikligi fardning aybi emas, balki o‘ziga xosligidir. Demak, gap faqat hayot materiali yo ma’noning katta yo kichikligidagina emas.

 

Dnyovu o‘qbo ikkisi jam’ o‘lmas, ey rafiq,



Kimki ikki kema uchini tutsa, bo‘lur g‘arq.

E’tobo bersak, fardlarning ikkinchi misrasida xalq hikmatlari keltirilishi shoirning fikrini tasdiqlash uchun xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, fard mazmunini sodalashtirib, xalqona ohinga  moslaydi.

Andoqko‘rundi sabza arosindalolalar,

Kim sabzxatlarilgidaoltunpiyolalar (A.Navoiy)

Bu fardning birinchi misrasida maysalar orasida lolalar  ko‘ringanligidan xabar berilyapti, ikkinchi misrada esa bu lolalar yor

qo‘lidagi piyolalarga o‘xshatilayotir. Demak, birinchi misradagi kechinma vafikrni ikkinchi misra rivojlantiryapti. Bu o‘rinda, albatta, fikr harakati borligi o‘z-o‘zidan ma’lum, lekin bu harakat juda oddiy. Kechinma harakatidagi oddiylik, ruboiy va ikki yo to‘rt misrali, qisqa qit’alar uchun ham begona emas

Fardlarda esa buyuk Navoiy san’atkorligi yanada ravshan ko‘zga tashlanadi. Masalan, mumtoz adabiyotimizda ko‘zning tashbehi aksariyat qotil, lab esa obi hayot manbai sifatida tilga olinadi.

Navoiy ana shu ancha sayqalanib qolgan tashbehlardan quyidagicha sahli mumtane yaratgan:

Ikki ko‘zingu labing g‘amidin

Men xasta o‘lib-o‘lib tirildim.

Baytda «o‘lib-o‘lib» so‘zining ikki bor takrorlanishidan  har ko‘zing uchun bir marta jon berdim, ammo labing xayoli meni tiriltirdi, degan ma’no chiqadi.

Belu og‘zingdin, dedilarkim, degil afsonae,

Boshladim filholkim: «Bir bor edi, biryo‘qedi».

Buerda «bir bor» deganda ingichka belni, «yo‘q» deganda og‘izni

Anglash lozim. Quyidagi fardda ham ajoyib so‘z o‘yini ishlatilgan:

O‘q edi, eytongki, otting joni mavuslattuni,

Bu jihatdin yoruma dermen seni har subhidam.

Vuslat – etishish, qovushish, uylanish

Fardning birinchi ma’nosi: ey tong, vuslat tuni jonimga o‘q

otting (menga yor vaslinasibetgan tun), ana shujihatdan seni men



«yorishma» deb qarg‘ayman.

Ikkinchi ma’nosi: vasl tuni jonimga otgan o‘qingni, ey tong, har subhidam yorimga aytib, shikoyat qilaman.
Download 23,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish