4-ma`ruza. Boshlangʻich sinflarda asosiy miqdorlar va ularning oʻlchov birliklarini oʻrgatish metodikasi



Download 69,83 Kb.
Sana27.06.2021
Hajmi69,83 Kb.
#103026
Bog'liq
5-maruza taqdimoti
тех мажмуаа ТАРЖИМА12, тех мажмуаа ТАРЖИМА12, Maqola, БУХОРО АМИРЛИГИ, Math termins-2, 3-week AL Abduraxmonov.H DI-213-18, Self study X.Yusufjonov, Malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti bo’yichahisobo t, Ning ishlab chiqarish amaliyoti kundalik daftari kasbi, Zigzag-metodi, 6-Hisobot Asrorova Marjona, рус тили 3-синф, 7-мавзу уйинлар наз

5-ma'ruza. Massa va uning oʻlchov birliklarini oʻrgatish metodikasi

Massa tushunchasini shakllantirishda “barik” hisga (grekcha “baros”-ogʻirlik) tayaniladi. Istalgan jism yerga tortilishi natijasida tayanchga bosim beradi yoki osilgan ipni taranglaydi. Kaftga, gavdaga beriladigan bunday bosim ana shu “barik” hisni beradi. Barik bosim miqdori massaga toʻgʻri proporsional. Jism massasi qancha katta boʻlsa, ogʻirlik hissi shuncha katta boʻladi.

Oʻgʻirlik kuchining massaga proporsionalligi sababli, koʻpincha bu ikki tushuncha: massa va ogʻirlik chalkashtirib yuriladi. Oʻquvchilar koʻpincha “massa” atamasi oʻrniga “ogʻirlik” atamasini ishlatadilar. Bu fizikada ikkita turli tushunchalardir.

Ogʻirlik – vektor miqdor. Ogʻirlik – bu jism tayanchga bosadigan yoki ilmoqni tortadigan kuchdir. Ogʻirlik tayanchning holatiga bogʻliq. Agar tayanch vertikal yoʻnalishda tezlanish bilan harakatlansa, u holda jism zoʻriqish yoki vaznsizlik holatida boʻlishi mumkin. Ogʻirlik tayanchning holatiga bogʻliq. Ogʻirlik prujinali dinamometr bilan oʻlchanadi. Ogʻirlikning oʻlchov birligi – Nyuton.

Massa – skalyar miqdor. Fizika qonunlari massani energiyaning oʻzgarish oʻlchovi sifatida ochib beradi. Massa richagli, elektron, shaynli tarozilarda oʻlchanadi. Massaning oʻlchov birligi – kilogammdir. “ogʻirlik”, ogʻirligini “tortish”, “ogʻirlik toshlari”, “ogʻirligini tenglashtirish” soʻzlarini iloji boricha ishlatmay, “massa”, “jismlarning massasini oʻlchash”, “massani oʻlchash uchun asbob”, “massa oʻlchagich” soʻzlaridan foydalanish kerak.

Ogʻirlik – massaning tezlanishga koʻpaytmasidan iborat boʻlgan kuchdir. Shuning uchun bolalarga savol berilganda ushbu predmetning ogʻirligi qancha deb emas, “ushbu predmetning massasi qancha?” deb soʻrash joiz boʻladi. Oʻqituvchi shunday vaziyatdan foydalanishi mumkin: Stolga ikkita bir xil rangli va oʻlchamli ikkita kubikni qoʻyish lozim (ularning birini yogʻochdan, ikkinchisini kartondan yasash mumkin). Ularning tashqi tomondan farqi boʻlmasligi kerak. Oʻqituvchi bu ikkala kubik bir xil boʻlsa ham, ularning massalari oʻrtasida farqlar borligini tushuntirishi kerak.

4-sinfda massa mavzusi bo`yicha quyidagi savollar berilishi mumkin: 1.Turmushda massa soʻzi oʻrniga qanday soʻz ishlatiladi? 2.Massaning asosiy birligi nima? 3.Grammdan 1000 marta katta birlik nomi nima? 4.Qanday massa oʻlchov birliklarini bilasiz? 5.Siz nima deb oʻylaysiz, istalgan narsaning massasi bormi? 6.Massani qoʻl bilan ushlab yoki asbobsiz oʻlchab boʻladimi? 7.Masani oʻlchaydigan qanday asbob turlarini bilasiz? 8. 1-masalani ogʻzaki va 2-masalani yozma bajaring.

ADABIYOTLAR 1.Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasi. (O O`Y uchun darslik.) Toshkеnt. “Turon-Iqbol” 2016 yil. 2.Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasi. (O O`Y uchun darslik.) Toshkеnt. “Fan va texnologiya” 2005 y 3.Abdullayeva B.S. va boshq. Matematika 4. 4-sinflar uchun ilg‘or va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha metodik qo‘llanma “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat nashriyoti. 11b.t.Toshkent-2017. 224 bet


Download 69,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
davlat pedagogika
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
fanidan mustaqil
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti