4-e guruh talabasi baxronov farruxning ma`naviyatshunoslik fanidan bajargan



Download 68,68 Kb.
bet1/3
Sana18.04.2020
Hajmi68,68 Kb.
#45595
  1   2   3
Bog'liq
manaviyat kurs ishi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

TARIX FAKULTETI MILLIY G`OYA VA MA`NAVIYAT ASOSLARI HUQUQ TA`LIMI YO`NALISHI

4-E GURUH TALABASI

BAXRONOV FARRUXNING

MA`NAVIYATSHUNOSLIK FANIDAN BAJARGAN

Bajardi: Baxronov Farrux

Kurs ishi raxbari: Sultonova Gulmira

2020


Milliy ma`naviyatimizning demokratik tamoyillari.
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Demokratik islohotlar jarayonida ma’naviyatni shakllantirish masalalari
2. Ma`naviyatni yuksaltirishda demakratik tamoyillarning ahamiyati
3. Milliy ma’naviyatni demokratik tamoyillar bilan uyg’unlashtirish masalalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish.

Mavzuning dolzarbligi. Vatanimiz mustaqilligi yildan-yilga an’ana va qadriyatlarimizni e’zozlash, ularni zamon talablari asosida boyitish va rivojlantirish, o’zligimizni anglash, dunyo hamjamiyatida munosib o’rin egallashdek ezgu maqsadimizning amalga oshishida ulkan imkoniyatlarni yaratib kelmoqda. Mustaqillik biz uchun erkin va ozod hayot, mardlik va matonat timsoliga aylandi. Istiqlolni asrash, tinch va osuda hayotimizni himoya qilish, farzandlarimizni dunyoda hech kimdan kam bo’lmaydigan, har tomonlama barkamol etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari xalqimizni yuksak intilishlar sari chorlab kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning g’oyalari, tashabbuslari va bevosita rahnamoligi ostida barcha sohalarda o’tkazilayotgan samarali islohotlar, dastur va rejalar, amaliy sa’y-harakatlar avvalambor, inson uchun, uning manfaatlari, farovon va baxtli hayoti, xavfsizligi va orzu-umidlarini ro’yobga chiqishiga qaratilmoqda.

O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi 4.5. ustivor bandida Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish: jismonan sog’lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai-nazariga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish bugungi kunda dolzarb hayotbash masalaga

aylandi.1

O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi” deb nomlangan ma’ruzasida Vatanimiz mustaqilligi davrida erishilgan ulug’vor yutuqlar faxr bilan tilga olindi, biz tanlab olgan milliy taraqqiyot yo’li asosida yurtimizda keng ko’lamli demokratik islohotlar yangi bosqichda davom ettirilayotgani, taraqqiyotning o’zbek modeliga xos ustuvor tamoyillar dunyo jamoatchiligi tomonidan keng e’tirof etilayotganiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu ma’ruzada, jumladan, “biz o’z oldimizga qo’ygan uzoq muddatli strategik maqsadlar, ya’ni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o’sishini ta’minlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallash borasidagi sa’y-harakatlarimizga bugungi kun nuqtai nazaridan xolisona baho berish”2 zarurligi ta’kidlangan.

Mamlakatimizda oxirgi o’n yillik milliy g’oya asoslarini mustahkamlash, ma’naviyatni yuksaltirish yillari bo’ldi, deyishga barcha asoslar bor. Asrimiz boshida “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar”3 nomli risola Islom Karimov so’zboshisi bilan nashr etildi. 2001 yil 19 yanvarda ushbu nomdagi o’quv fanini barcha o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida o’qitish to’g’risida Farmoyish imzolandi. 2006 yil 25 avgust kuni “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida” Prezident Qarori qabul qilindi. 2008 yili birinchi Yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch”4 asari keng kitobxonlar ommasiga taqdim etildi. Mana shu davrda “ma’naviyat – demokratiya” masalalari yanada dolzarb bo’lib, tobora muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish, barcha islohotlarni inson, uning haq-huquqlari va manfaatlarini ta’minlashga qaratish yo’lidan borayotgan yurtimiz milliy ma’naviyatni demokratiya bilan uyg’unlashtirish borasida o’ziga xos noyob tajriba to’pladi. G’arbdagi ayrim noxolis tanqidchilarning ig’vo-bo’htonlariga qaramay, bugun kunda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha 2017-2021 yillarga mo’ljallangan harakatlar strategiyasi qabul qilinishi mamlakatimizda ma’naviyatni mustahkam poydevorga ega bo’lish va jahonga e’tirof etilishga imkon yaratdi. Butun Er yuzidagi davlatlarni o’z iskanjasiga olgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarining oldini olishda O’zbekiston erishgan olamshumul yutuqlar zaminida ham ma’naviy omillar borligi endi hech kimga sir emas.

Milliy ma’naviyatning demokratik tamoyillarini ilmiy-falsafiy tahlil etish quyidagi sabablarga ko’ra dolzarb hisoblanadi:

birinchidan, ma’naviyatning ilmiy nazariyasini yaratish, “ma’naviyatshunoslik” fanini shakllantirish jarayoni kechayotgan bugungi kunda milliy ma’naviyatning tarixiy rivojlanish qonuniyatlari, tadrijiy vorislik tamoyillarini o’rganish muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda;

ikkinchidan, erkin demokratik davlat qurish mobaynida milliy xususiyatlarni hisobga olish, “sharqona demokratiya” tamoyillarini jahonda yuz berayotgan murakkab va ziddiyatli jarayonlar asnosida tadqiq etish ehtiyoji ham kuchayib bormoqda;

uchinchidan, ma’naviyat va demokratiyaning nisbati va munosabati, o’zaro aloqadorligi va ta’siri masalalari yangi va yangi jihatlari bilan namoyon bo’lmoqda,bu dialektik bog’liqlikning ichki mexanizmlarini tahlil qilish bu ikki soha (demokratiya va ma’naviyat) orasidagi uzviylikni mustahkamlashning zarur shartlaridan biriga aylanmoqda;

to’rtinchidan, inson ongi va qalbi uchun kurash kuchaygan, globallashuv mafkuraviy ta’sirning kuchli vositasiga aylantirilayotgan bir vaziyatda ayrim xorijiy davlatlar va siyosiy kuchlar xatti-harakatida o’zining falsafasi, o’z me’yor va mezonlarni “jahon standarti” darajasiga ko’tarib, boshqalarga zo’rlab singdirishga urinishlar yaqqol namoyon bo’lib bormoqdaki, bunday mayllarni chuqur o’rganib, ularga qarshi ma’naviy-mafkuraviy immunitet shakllantirish zarur;

beshinchidan, siyosiy gegemon bo’lish ilinjida yurgan ayrim geostrategik kuchlar keyingi paytlarda ma’naviyatni pasaytirish, ma’naviy tanazzul va qashshoqlikni yoyish usulidan foydalanishni ko’zlaydilar. G’oyaviy-ma’naviy raqiblarimiz tomonidan axloqsizlik – shaxs erkinligi deb, behayolik, tartibsizlik – demokratiya tantanasi deb, targ’ib etilmoqda. O’zligini, o’z ma’naviyati va milliy g’ururini saqlab qolishga bo’lgan intilishlar muxoliflar tomonidan eskilikka yopishish, ozodlikni bo’g’ish, demokratiya taqchilligi, deb talqin qilinmoqda.

Mavzuning maqsadi va vazifalari. Mazkur mavzuning asosiy maqsadi milliy ma’naviyatimizga xos bo’lgan demokratik xususiyat va tamoyillarni tahlil qilish, ma’naviyatni yuksaltirish va demokratik islohotlarni chuqurlashtirish dialektikasini o’rganishdir.

Tadqiqotning vazifalariga quyidagilar kiradi:

- “milliy ma’naviyat” tushunchasini falsafiy jihatdan tahlil qilish;

- “sharqona demokratiya” tushunchasiga mavzu doirasida ta’rif va tavsif berish;

- demokratiya va ma’naviyatning o’zaro aloqadorligi, nisbati va munosabatini yoritish;

- demokratik islohotlar jarayonida ma’naviyatning yuksalish dinamikasini yoritish;

-ma’naviy sohada demokratik tamoyillarni barqaror etish uchun zarur omillarni aniqlash va tasniflash;

- demokratiya niqobi ostidagi ma’naviy tahdidlarni tahlil qilish, bularni bartaraf etish usul va vositalarini aniqlash vaho kazolar.

Ishning ob’ekti va predmeti. Ushbu bitiruv malakaviy ishining ob’ekti – demokratik islohotlar va ma’naviyat sohasi, demokratiya bilan ma’naviyatning uyg’unlashuvi kabi serqirra jarayonlardir. Ishning predmeti bo’lib milliy ma’naviyat bilan demokratik tamoyillarning uyg’unlashuvi, bular orasidagi uzviy aloqadorlik, demokratiya niqobi ostida ma’naviyatni buzishga qaratilgan tahdidlarga qarshi kurash muammolari hisoblanadi.

1. Demokratiya - «Xalq hokimiyati» demakdir. Demokratiya kishilik tarixida insonning ongli hayoti boshlangan davrdan boshlab, uning erk-irodasini, hohish istagini belgilaydigan mezon bo’lib kelmoqda. Insoniyat jamiyati taraqqiyotining har bir yangi davrida demokratiya ham yangidan-yangi mazmun, mohiyat va shakl kasb eta borgan.

Demokratiya jamiyat taraqqiyoti, uning siyosiy, xuquqiy va ma’naviy jihatlarini, aholi umumiy dunyoqarashini o’zida aks ettiradi. Demokratiya tushunchasi negizida aholining ozodlik, hurriyatga erishishi, erkin yashashi, haqiqat va adolat singari mazmun yotadi. Buyuk bobomiz Amir Temurning «Kuch adolatda» degan so’zi negizida huquqiy demokratik davlatning ham, fuqarolik jamiyatining ham ayrim belgilari, g’oyat insonparvarlik mazmuni va insonning yashash xuquqi, uning barcha erkinliklari ham mujassamlashgan. Yuqorida aytilgan fikrlar hozirgi zamon demokratik harakatlar ilg’or tajribasining o’q ildizini, bosh yo’nalishini tashkil etadi.

Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, qadimiy sharq davlatchiligida inson erki, haq-huquqlari ko’p jihatdan himoya qilingan, hamda o’z davrining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, inson ozodligi va xatti-harakatlari erkinligi ta’min etilgan edi. Bular ayni demokratik jamiyatining muhim va asosiy belgilaridan hisoblanadi. Endi biz butunlay yangi tarixiy sharoitda yashayapmiz. Bunday sharoitda demokratiyani shunchaki «Ozodlik», «Erkinlik», «Xalq hokimiyati» sifatida sodda ravishda tushunmasligimiz kerak. Demokratiyaning har bir elementi yangicha chuqur mazmun bilan boyib borayapti. Chunonchi, demokratiyaning madaniyati, ma’rifati odamlar o’rtasidagi munosabatlardan tortib dunyoviy muammolarni hal etishgacha bo’lgan nizo, murosa va yakdillik, uning iqtisod, siyosat va fikrlar xilma-xilligi sharoitidagi vazifalarini ham qamrab olmoqda. Odamlar ongi va tafakkuri kengaygani sari, ularning demokratiyaga munosabatlari ham o’zgarmoqda. Totalitar tuzumdan erkin fuqarolik tuzumiga o’tilayotgan bir sharoitda demokratiyani anglash, uning mohiyatini tushunish va mas’uliyatini zimmaga olish ancha qiyin ish. Eng avvalo, odam yangicha sharoit mazmun-mohiyatini anglashi, unga o’z-o’zini tayyorlab borishi, erkin yashash va erkin fikrlash ko’nikmasini hosil qilishi darkor. Har bir fuqaro ma’naviy-ruhiy jihatdan unga tayyor bo’lishi lozim. Qotib qolgan tushunchalar qobig’ini sindirish, fikrsizlik va tanballik, boqimandalik ruhiyatidan xolos bo’lish oson emas. Biz hozir ana shunday murakkab jarayonni boshdan kechirmoqdamiz. Demokratiya bir yo’la qurilgan bino yoki doimiy bir xil tarzda o’zgarmay turadigan buyum emas, balki u doimiy harakatdagi jonli hodisadir. Ayni paytda u jamiyat taraqqiyoti va mavjud siyosiy rejim ta’sirida o’zini-o’zi to’ldirib, boyitib, yangi tarixiy sharoitlarda yangicha mazmun kasb etib boruvchi tarixiy voqelikdir. Qisqasi demokratiya tajribaga asoslangan va doimo mazmunan boyib, shaklan takomillashib, mohiyatan chuqurlashib boradigan doimiy va uzluksiz harakatdagi faoliyatdir.

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng huquqiy demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini vujudga keltirishni oliy maqsad qilib qo’ydi. Unga erishishning yagona yo’li esa demokratiyani chuqurlashtirishdir. Shuni aytish kerakki, demokratik jamiyatni barpo etishning tamoyillari, dunyo tan olgan, e’tirof etgan, barcha uchun umumiy bo’lgan o’z yo’riqlari mavjud. Bularga qo’yidagilar kiradi: Bevosita fuqaroning o’z xohish-irodasini erkin ifodalash huquqiga egaligi, ozchilikning ko’pchilikka buysunishi, barcha fuqarolarning millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi, saylash va saylanish huquqi va boshqalar. Bular deyarli barcha mamlakatlar, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham qat’iy belgilab qo’yilgan demokratiyaning tartib qoidalaridir.

Demokratiya va ma’naviyat tushunchalari bilan mushtarak bog’liq bo’lgan yana bir muhim mavzuga to’xtalmoqchimiz. Tarix haqiqati shuni ko’rsatadiki, tomirida milliy g’urur, Vatan muhabbati jo’sh urgan odamgina buyuk ishlarga qodir bo’ladi. Biz shunday ma’naviy muhit yaratishimiz kerakki, yurtimizning har bir burchagida, barcha shahar va qishloqlarimiz qiyofasida Vatandan faxrlanish hissi ko’zimizni, qalbimizni yashnatib tursin. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning ana shu da’vati hayotimizning barcha jabhalarida o’z ijobatini topmoqda. Millatimiz, xalqimiz istiqbolini ta’minlashga qaratilgan yuksak e’tibor va g’amxo’rlik tufayli, mamlakatimizda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda, turli sohalarda ulug’vor o’zgarishlar yuz bermoqda. Buning natijasi o’laroq, yurtdoshlarimizning turmush farovonligi oshib, ma’naviy-madaniy ehtiyojlari yuksalmoqda. Tabiiyki, ma’naviyatimizning g’oyat muhim, uzviy qismi bo’lgan, insonning ma’naviy olamini kashf etadigan qudratli vositalardan biri –so’z san’ati, badiiy adabiyot izchil rivojlanmoqda. Milliy adabiyotimiz mavzular ko’lami jihatidan ham, janrlar nuqtai nazaridan ham rang-baranglashib, yuksak did bilan yaratilayotgan asarlar davlatimiz va jamiyatimiz oldidagi bosh maqsadlardan biri – komil inson tarbiyasida muhim o’rin tutmoqda. Adabiyot maydonida yangi-yangi nomlar, turli janrlarda yaratilgan badiiy pishiq asarlar paydo bo’lmoqda. Bularning barchasi har birimizning qalbimizga cheksiz quvonch bag’ishlab, faxru iftixor tuyg’ularini uyg’otadi va bu bejiz emas. Nega deganda, Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Agar biz O’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak”.

Mamlakatimiz rahbarining “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” nomli asarida qayd etilganidek, XXI asr intellektual salohiyat, tafakkur va ma’naviyat asri sifatida insoniyat oldida yangi-yangi ufqlar ochish bilan birga, biz ilgari ko’rmagan, duch kelmagan keskin muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Bugungi murakkab va tahlikali zamonda ijodkorning bashariyatni ertangi kunini o’ylab, odamlarni ezgulikka, insof-diyonat, mehr-oqibat va bag’rikenglikka da’vat etishga qaratilgan haroratli so’zi har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun ham birinichi Prezidentimiz Islom Karimovning O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyati samarasini oshirishga qaratilgan e’tiborlari nihoyatda dolzarb bo’lib, bu yo’lda amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovor. O’z navbatida, sohada mana shunday ulkan hayotbaxsh islohotlarning joriy etilishi ijodkorlarimiz zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Ya’ni, jonkuyar va fidoyi ijodkorlarimiz o’zbek adabiyotining muqaddas an’analariga sadoqatli bo’lib, ularni munosib davom ettirgan holda, ijod qilishlari va yangi-yangi go’zal asarlari bilan xalqimizni xushnud etishlari ham farz, ham qarzdir.

Xulosa qilib aytganda, adabiyot masalasi ma’naviyat masalasidir. Shunday ekan, sohada amalga oshirilayotgan samarali o’zgarishlarning barcha-barchasi ijodkorlarimizni qo’llab-quvvatlash va ularni har tomonlama rag’batlantirish bilan bir qatorda, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, yurtimizda ijod sohasining, milliy madaniyatimizning rivoj topishi uchun, kelajagimiz uchun xizmat qilishini yoddan chiqarmasligimiz lozim. Endi demokratiya bilan ma’naviyatning nisbatini qanday tushunish kerakligini bayon etish vaqti etdi.

Demokratiya - ongli fikrlash, har qanday ehtiroslardan holi, aql-idrokka tayangan munosabat. Demokratiya - yuksak ma’naviyat va ichki madaniyatni oshkor etish imkoniyati; demokratiyani anglash shaxsning barcha uchun birday zarur bo’lgan qonunlarga to’la rioya etish;



aniq tartib-intizomlarga tayanib yashash salohiyati; demokratiya bizga inson haq-xuquqlarini himoya qiladigan, umumxalq va umumdavlat manfaatlarini himoya qiladigan barchaning qonunlarga bo’ysunib yashashini o’rgatadi va talab etadi.

Aksincha bo’lgan jamiyatda boshboshdoqlik, parokandalik avj oladi va oqibatda bunday jamiyat halokatga uchraydi. Shuning uchun ham prezidentimiz mamlakatimizning siyosiy va davlat qurilishi sohasidagi xususiyatlarini ko’rsatib berar ekan, «siyosiy hayotning barcha sohalarini erkinlashtirish, jamityatda demokratiya, fikr va vijdon erkinligi tamoyillarini, gummanizm g’oyalari va umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirish»5ni muhim vazifa sifatida belgilab berdi. Mustaqillik tufayli erkinlik, demokratiya nimaligini va o’zligimizni kashf etdik. To ma’naviy kamolotga etmaguncha, to xatti-harakatlarimiz, munosabatlarimiz aqlu-idrok va umumiy manfaat doirasi bilan chegaralanmaguncha demokratiyani mazmuni ham ko’lami ham kutganimiz darajasida bo’lmaydi. Bu bevosita fuqarolar ongi, dunyoqarashini tubdan o’zgartirish, yaqin o’tmishdan qolgan loqaydlik va boqimandalik kayfiyatlarini yo’qotish, shu asosda davlatimiz, vatanimiz istiqboli uchun kuyinish tuyg’ularini kuchaytirish kabi murakkab va uzoq muddatli jarayon bilan bog’liq. Ana shundan kelib chiqib, Islom Karimov «...demokratiya o’z-o’zidan vujudga kelmaydi. Demokratiyaga tinimsiz aqliy va jismoniy mehnat qilib, ter to’kib, hayotning achchiq-chuchugini obdon tortib, keyin, aytish mumkinki, hatto fojiali tajribalarni ham boshdan o’tkazib, og’ir sinov va kurashlarga mardona bardosh beribgina erishish mumkin»2, -degan edi.

Demak, ana shu murakkab jarayonlarga har birimiz alohida tayyorgarlik ko’rishimiz, o’zimizni demokratiyaga tayyorlab borishimiz, ichki bir ma’naviy qudrat bilan o’zimizni tarbiyalab borishimiz kerak. Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarimizning samaradorligi, avvalo, xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o’rganilishi, an’ana va urf-odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji, muhimi, jamiyat tafakkurining o’zgarishi hamda yuksalishi bilan uzviy bog’liqdir. Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida qayd etilganidek, “Xalq ma’naviyati shunday bir buyuk ummonki, har qaysi avlod undan kuch-qudrat, g’ayrat va ilhom olib, o’zining naqadar ulkan ishlarga qodir ekanini namoyon etadi”. 2017 yil mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilingani, hozirgi kunda barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxtu saodati, sog’lom va barkamol avlodimizning yorug’ kelajagi uchun amalga oshirilayotganining yana bir tasdig’idir. Shu nomdagi davlat dasturining tasdiqlanishi esa, bu borada, oldimizda turgan navbatdagi ustuvor vazifalarni belgilab olish hamda uni amalga oshirish uchun keng yo’l ochib berdi.

Zotan, birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Biz yurtimizning ertangi rivoji yo’lida qanday chuqur o’ylangan dasturlarni tuzmaylik, bu rejalarni bajarish uchun qanday moddiy baza va imkoniyatlarni yaratmaylik, buning uchun qancha ko’p sarmoya safarbar etmaylik, ularning barchasini amalga oshiradigan, ro’yobga chiqaradigan qudratli bir omil borki, u ham bo’lsa, yuqori malakali ish kuchi va yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan etuk mutaxassis yoshlarimizdir”6.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda boshqa ko’plab sohalar qatori demokratik islohotlarning muhim tarkibiy qismi bo’lgan fuqarolik jamiyati institutlarini tarkib toptirish, mustaqil ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish bo’yicha ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Kontseptsiyasi” nomli ma’ruzasida1 ta’kidlanganidek, keyingi yillarda ommaviy axborot vositalarini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda ularning faolligini oshirish, media makonga ilg’or axborot kommunikatsiya texnologiyalarini bevosita joriy etishga qaratilgan qariyb o’nta qonun hujjati qabul qilindi.

Ayniqsa, bu borada, parlament palatalarining kengashlari 2008 yilda qabul qilgan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qo’shma qaror katta ahamiyatga ega. Bu hujjatga binoan, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini moliyalashtirish manbalarini shakllantirishning mustaqil, demokratik printsiplarga asoslangan tizimi yaratildi. Shu ma’noda, mazkur qo’shma qaror nodavlat notijorat tashkilotlarning, fuqarolik jamiyati institutlarining mustaqil rivojlanishini bosqichma-bosqich ta’minlash, mamlakatimizni demokratik yangilash jarayonida ularning roli va ahamiyatini kuchaytirish yo’lida yana bir muhim qadam bo’ldi.

Ayni vaqtda, Yurtboshimizning dasturulamal ma’ruzasida mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi, davlatimiz va jamiyatimizning yaqin istiqboldagi ustuvor vazifalari belgilab berildi. Davlatimiz rahbari qayd etganidek: “Parlamentning mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan demokratik yangilanishlar, liberal islohotlar targ’ibotchisiga aylanishiga erishish eng asosiy vazifa bo’lmog’i zarur”. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat tashkilotlar faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada rivojlantirish qonunchilik faoliyatining muhim yo’nalishi bo’lmog’i darkor. Toki, bu institutlar va tashkilotlar qarorlar qabul qilish, o’zlari mansub bo’lgan ijtimoiy qatlam hamda tuzilmalarning manfaatlarini himoya qilish tizimida munosib o’rin egallay olsin. Bunda fuqarolik jamiyati institutlari, jumladan, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, ya’ni, mahallalarning jamiyat va davlat qurilishi tizimidagi huquq hamda vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalalari muhim qirraga aylanishi zarur.

Mahalla instituti xalqimiz hayotida asrlar davomida shakllangan, zamonlar sinovidan o’tgan, eng noyob, eng adolatli idoradir. Chunki xalqimiz ming yillar davomida mahalla bo’lib, jamoa bo’lib yashash asnosida o’zining milliy qiyofasini, o’zaro mehr-oqibat tuyg’ularini saqlab qolgan. Hozirgi kunda ham ana shu an’analarimiz davom etib, mahallaning, mahalla ahlining fikri ko’pchilik uchun asosiy ijtimoiy mezon bo’lib kelmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mahallaga yanada ko’proq huquq berish, ularning imkoniyatlarini oshirish, unga iqtisodiy faoliyat yuritish imkoniyatlarini berish kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari borishga qaratilgan dasturimizning hozirgi bosqichida alohida o’rin tutadi. Bu, shubhasiz, ertangi kunimizning, biz barpo etayotgan fuqarolik jamiyatining o’ziga xos xususiyatini amalda namoyon etadi.

Demokratik islohotlarning yana bir muhim qirrasi – milliy saylov tizimini takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlarning barchasi yurtimizda saylovlarni ochiqlik, erkinlik va haqqoniylik asosida o’tkazishga qaratilganini ta’kidlash lozim. Shu Vatanda yashayotgan har bir inson uchun muhim sinov, jiddiy imtihon bo’lgan bu saylovlar haqida mamlakatimizdagi tegishli vakolatga ega bo’lgan tuzilmalar kuzatuvchilari va jamoatchiligimiz, O’zbekistonda akkreditatsiyadan o’tgan xorijiy tashkilotlar va kuzatuvchilar tomonidan berilgan barcha baho va tafsilotlarda, avvalo, saylovchilarimizning ovoz berish paytida umumiy faollik, ochiqlik va oshkoralik, milliy va xalqaro qonunchilik me’yorlari va talablariga rioya qilish muhiti yaqqol namoyon bo’lgani ta’kidlandi. Bu, o’z navbatida, jamiyatimizning o’tgan davr mobaynida, demokratik o’zgarishlar, har qaysi fuqaroning tanlash erkinligini ta’minlash va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo’lida, tom ma’noda, qanday ulkan qadamlar qo’yganini yana bir bor tasdiqladi. Qolaversa, ushbu saylovlar xalqimizning siyosiy-ijtimoiy saviyasi va madaniyati, fuqarolik ongi va yuksak ma’naviyatini imtihondan o’tkazdi. Mazkur saylovlar yurtimizning siyosiy hayotida ko’ppartiyaviylik tizimi tobora mustahkamlanib borayotganini ko’rsatdi. Bunda har qaysi partiya o’ziga xos, o’ziga mos maqsadlari va harakat dasturi bilan saylov maydoniga chiqib, saylovchilarning ovozi uchun o’zaro kurash olib borganini alohida qayd etish darkor. Bu borada, o’z vaqtida qabul qilingan muhim qarorlar, xususan, “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida”gi konstitutsiyaviy qonun, shubhasiz, siyosiy partiyalarni O’zbekistonda bo’lib o’tayotgan chuqur o’zgarishlarning hal qiluvchi kuchiga aylantirishga qaratilgan amaliy choralar ishlab chiqilib hayotga joriy etilishi uchun mustahkam huquqiy asos vazifasini o’tadi.

Shu ma’noda, saylovda ishtirok etgan har bir siyosiy partiya a’zolari, ushbu partiyalardan deputatlikka ko’rsatilgan nomzodlar hozirgi globallashuv davrida, O’zbekistonning milliy manfaatlarini himoya qilish, mintaqada va mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni saqlash, turli siyosiy-mafkuraviy tahdid va xavflardan odamlarimiz onggini asrash, ayniqsa, yoshlarimiz qalbida, onggu tafakkurida mafkuraviy immunitetni shakllantirish, tarixiy meros, milliy qadriyat va an’analarimizni, milliy turmush tarzimizni asrab-avaylash singari dolzarb vazifalar oldimizda turganini chuqur his etgan holda, saylov jarayoniga puxta tayyorgarlik ko’rgani va unda faol qatnashgani e’tiborga loyiqdir.

Akmal Saidov aytganidek, “ta’bir joiz bo’lsa, saylovlar – ma’naviyat ko’rsatkichidir. Chunki aynan saylovlar milliy taraqqiyot yo’limizning alohida ustuvor yo’nalishlari, mamlakatimizning keng ko’lamli siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy dastur va rejalari, xalqimizning ma’naviy hayoti bilan bog’liq muhim masalalarning nechog’li ijobat etilishini belgilab beradi”.

Jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish milliy taraqqiyotning amaliy tamoyillaridan biri bo’lib, uning mohiyati biz ko’zlagan maqsadlar, belgilagan dasturlar va qabul qilgan qarorlarning aniq hayotiy ijrosini ta’minlash demakdir. Millatni va shaxsni ruhan poklanish va qalban ulg’ayishga chorlaydigan yuksak ma’naviyat o’z holicha shakllanib qolmaydi, buning uchun milliy tarbiya, g’oyaviy-siyosiy ta’sir, mafkuraviy immunitet zarur. Milliy ma’naviyatdagi eng ezgu, olijanob g’oyalar, axloqiy qadriyatlar, sermazmun marosim va odatlar jahonda ustuvor bo’lgan umumdemokratik tamoyillarga mos keladi. Binobarin, jamiyatni demokratlashtirish jarayonini ma’naviy poklanish va yuksalishsiz, ma’naviyatni yanada rivojlantirishni esa, jamiyatni demokratlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishdan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi.

2. Ma`naviyatni yuksaltirishda demakratik tamoyillarning ahamiyati. Demokratik jamiyatda siyosiy tizim sub’ektlaridan hisoblangan institutlar - davlat, siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar, nodavlat va jamoat tashkilotlarini mustahkamlash va rivojlantirish jamiyatni demokratlashtirish jarayoni bilan bog’liq, zero uning izchilligi va samaradorligini ta’minlash - mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlarning eng asosiy yo’nalishi hisoblanadi. Ushbu tashkilotlar faoliyatining kengayishi orqali aholining siyosiy va huquqiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o’rtasida muvozanatni ta’minlaydigan mexanizmlarni shakllantirish pirovardida ma’naviyatni yuksaltirishga ham ijobiy ta’sir o’tkazadi. Yoshlar - bu o’zlarining ijtimoiy mavqei, yoshi, ijtimoiy-ruhiy xususiyatlariga qarab farqlanadigan sotsial-demografik guruh. Yoshlik davrining o’ziga xos xususiyatlari mavjud, bu davr yoshlarning o’qishi, bilim olishi, kasb tanlash va uni egallash, siyosiy va fuqarolik huquqlariga ega bo’lish, o’z dunyoqarashini shakllantirib, mustaqillikka erishish, oila qurish va hokazolar bilan tavsiflanadi. Ammo bu maqsadlarga osonlik bilan erishib bo’lmaydi. Chunki, jamiyatni boshqarib turgan katta va o’rta avlod hayotga yangi kirib kelayotgan navqiron avlodni darrov tan olmaydi. Bu muammo asl yoshlarning o’z xususiyatlaridan kelib chiqib ularning tajribasizligi, ijtimoiy-siyosiy jihatdan chiniqmaganligi, nazariy bilim bilan amaliyotning nomutanosibligi, shuningdek, yoshlarga xos sabrsizlik, kalta o’ylash, qiziqqonlik va boshqa belgilar ular muammosini chigallashtiradi. Rivojlangan davlatlar tajribasiga tayangan xolda va o’z milliy xususiyatlarimizdan kelib chiqib, fuqarolar o’z xoxish-irodalari, qiziqish va ehtiyojlari bo’yicha kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, turli jamoat tashkilotlari faoliyatlarida ishtirok eta oladilar. Ilm-fan, texnologiyalar tobora yuksalib borayotgan hozirgi davrda milliy g’oyani singdirishning zamonaviy texnologiyalarga asoslanishi ushbu sohaning samaradorligini belgilaydi. Milliy g’oyani singdirish tizimli, muntazam va doimiy

bo’lishi, zamonaviy ta’sirchan uslub va usullarga tayanishiga bog’liq. Bunda aholining turli ijtimoiy qatlamlari psixologiyasini, yosh, jins, professional, ijtimoiy

tajriba xususiyatlarini hamda bilim darajasini inobatga olish lozim. Mafkuraviy texnologiyalar amaliyotining ilk davri, takomil davri va bevosita mehnat faoliyatidan keyingi davrlarida turlicha uslub va texnologiyalarni qo’llash maqsadga muvofiqdir.

Milliy g’oyani singdirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda “jamoatchilik bilan aloqalar (PUBLIC RELATIONS) ning zamonaviy texnologiyalarini qo’llash - davr talabiga javob beradigan tadbir. «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari vositasida milliy mafkurani singdirish imkoniyatlari juda beqiyos. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida «Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o’zi istagan axborotni

izlash, olish va tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi

qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir»7, deb e’tirof etilgan. Fuqarolar bu huquqlaridan to’laqonli foydalana olishlari uchun ular bilan davlat o’rtasidagi o’zaro aloqalarni tartibga keltirish zarurati tug’iladi. Bu vazifani bajarishning aniq mexanizmini ishlab chiqish, axborot etkazishning yangi, zamonaviy texnologiyalarini qo’llash hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Xorijda keng qo’llanilayotgan shunday texnologiyalardan biri «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalaridir.

Bugungi kunga kelib, «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalari davlat



boshqaruvini samarali tashkil etish maqsadida keng qo’llanilmoqda. Hozirgi kunda

rivojlangan mamlakatlarning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o’z faoliyatida «Jamoatchilik bilan aloqalar» texnologiyalarini qo’llashni keng yo’lga qo’yganligi buning yaqqol dalilidir. “Turkiston” Axborot agentligi muxbiri savollariga berilgan javoblarda 1999 yiliyoq quyidagilar ta’kidlangan edi: «Biz kishilar dunyoqarashini boshqarish fikridan yiroqmiz, balki biz odamlar tafakkurini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun bilan to’ldirish tarafdorimiz. Har qanday xalqni xalq, millatni millat qiladigan, uning yo’li va maqsadlarini aniq-ravshan va charog’on etadigan mafkura - milliy g’oyani shakllantirishning asosiy sharti odamlarning tafakkuri, dunyo qarashining voqelikka nisbatan ta’sirini inobatga olishdir»8. Sotsiolog olim M.Bekmurodovning ta’kidlashicha, «Jamoatchilik fikri va ommaviy axborot vositalari jamiyat ma’naviy hayotining o’zaro uzviy bog’liq jihatlaridan sanalib, yagona yaxlitlik hosil etuvchi tizimiy jabhalar hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini uyg’otish, shakllantirish va muayyan manfaatlar asosida maqsadli yo’naltirishda muhim ahamiyatga egadir. Ayni chog’da jamoatchilik fikri ham targ’ibot-tashviqot ishlarining shakl va uslublari mazmuniga, ommaviy kommunikatsiya vositasida amalga oshiriluvchi mafkuraviy faoliyat tizimiga sezilarli ta’sir ko’rsata boradi. Shu boisdan ham ommaviy axborot va jamoatchilik fikri tizimlarining o’zaro uyg’un faoliyati jamiyat ma’naviy hayotini harakatga keltiruvchi muhim omil hisoblanadi»2. Shu o’rinda ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan axborotlarga doir sotsiologik so’rov natijalari bilan tanishsak. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o’rganish markazi tomonidan o’tkazilgan so’rovda respondentlardan “Axborot uzatishning qanday shakli shaxsan siz uchun qulayroq, tushunarliroq va qiziqarliroq?”, deb so’ralganida, ularning 69,3 % “Informatsion ma’lumotlar shaklida”, 30,7 % “Rasmiy hujjatlar shaklida”, 34 % esa “Mutaxassislar bilan intervyu shaklida”, deb javob berishgan9. Ko’rinib turibdiki, muayyan g’oyani singdirishda axborot iste’molchisiga ma’qul tarzda muloqotga kirishish, axborot uzatishning ta’sirchan va noan’anaviy usullarini ishlab chiqish targ’ibot samarasini so’zsiz oshiradi. Farg’ona vodiysi viloyatlarida fuqarolarning dinga moyilligi, e’tiqodi kuchli. Bu erdagi xalqning sof ishonchi ayrim nopok kimsalarning g’arazli maqsadlarini amalga oshirish uchun eng qulay sharoit edi. Ular dastlab Farg’ona vodiysida, so’ng butun respublikada «Islom davlati» qurishni rejalashtirdilar. Eng achinarlisi, bu yo’lda dinni to’la tushunib etmagan chalamullalar aholi orasida teskari tashviqot olib boradilar». Ayni vaqtda diniy asosda yashayotgan mamlakatlarda yuz berayotgan salbiy jarayonlar va inqiroz holatlarini xas-po’shlab kelmoqdalar. O’zbekistonda hozircha oliy o’quv yurtlarida talaba yoshlarni mafkuraviy tarbiyalash, shuningdek targ’ibot va qarshi targ’ibot ishlarini olib borishga o’rgatish borasida katta tajriba to’plangan emas. Vaholanki, yoshlarimiz buning mohiyatini tushunib, milliy g’oyalarimiz ro’yobi uchun qat’iy kurash olib borishga tayyor bo’lib etishishlari lozim. Shu bilan birga ayrim talabalarning har xil yot g’oyalarni xolis axborot manbai sifatida qabul qilayotganlarini ham nazardan qochirmaslik kerak. Yot mafkuralarni ko’r-ko’rona qabul qilishning qulay zamini – bu maishiy qulaylikka ortiqcha intilish, tashqi go’zallikka haddan tashqari berilish, buyumparastlik, boqimandalik va milliy turmush tarzida odatiy hol bo’lib qolgan afzalliklar va ne’matlardan ongsiz ravishda foydalanish, ularni ma’naviy qadriyat sifatida to’la anglay bilmaslikdir. Bu kabi dunyodagi mavjud murakkab mafkuraviy vaziyat zamonaviy oliy o’quv yurtlarida talabalarda mafkuraviy immunitetni tarbiyalashni faollashtirish kerakligini talab qiladi. Bu Islom Karimovning «Yoshlarimizda ishonchni, mustaqil, ijodiy fikrlashni shakllantirish, Vatanning taqdiriga mas’ullik hissini rivojlantirishdir. Va, albatta, bizga yot bo’lgan odatlar va qarashlarga nisbatan sobit e’tiqodni yaratishdir», - degan fikrlarida o’z ifodasini topgan. Terrorizm mafkurasining «yuqumlilik» darajasi yuqori. Shu sababli terrorizmga qarshi kurashni uning mafkurasi hamda mazkur mafkuraga taqlid qilishga qarshi immunitetni shakllantirish bilan birga qo’shib olib borish kerak. Afsuski, romantik ehtiroslarga berilgan, mafkuraviy bo’shliqni o’zida namoyon qilgan ayrim yoshlar, hatto maktab o’quvchilarida ham terroristlarga ko’r- ko’rona taqlid hollari uchramoqda. Yaqinda Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalaridan birining talabasi ham huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga o’z sumkasini ochishdan bosh

tortgani, sumkamda bomba bor deb hazillashib, qayta tiklamaslik sharti bilan o’qishdan xaydalgani haqida ma’lum bo’ldi. Talabalar auditoriyadagi siyosiy axborotlarda ushbu voqealar bilan tanishadilar, radio va televideniedagi siyosiy sharhlarni eshitadilar. Hodisalarning chuqur va har tomonlama tahlili bilimlarni mustahkamlaydi, kurramizning qaynoq nuqtalarida sodir bo’layotgan voqealarga qiziqish uyg’otadi. Pirovard natijada talabalar «Milliy g’oya bu - hammaning, kundalik ishi ekan» degan yakdil xulosaga keldilar.

Xulosa qilib aytganda, talaba yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda ommaviy axborot vositalari juda muhim o’rin tutishi aniqlandi. Mamlakatimizda radio, televidenie, gazeta va jurnallarimizning keng ommalashgan tizimi ma’naviy-mafkuraviy tarbiyaning ajralmas va zarur qismi ekanligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Yoshlar harakati tajribasida qarshi targ’ibotning juda ko’p samarali usullar va vositalari to’plangan. Shulardan biri - g’oyaviy raqiblar tarqatgan u yoki bu axborot, mish-mishni sharhlash usuli va boshqalardir. Bu usul, masalan, halifalik dunyosidagi «chiroyli hayot» to’g’risidagi afsonani yo’qqa chiqarishga yordam beradi. Shu bilan birga soxta axborot tarqatayotganlarning asl

maqsadlarini ochib tashlaydi. Mazkur uydirmalarni dalil-isbotlar bilan inkor qilib, salbiy axborotlarning mohiyatini tahlil qilish lozim. Amalda bu tajriba- sinov ishlarida shunday bo’ldi: talaba o’zi kursdoshlaridan eshitgan ma’lumotni xabar qildi va uydirmani fosh qilish bo’yicha avval jamoa yordamida, keyin esa o’zi umumlashtiruvchi fikrlarini bildirdi. Mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosat va aholi ijtimoiy faolligini orttirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Zero “... taraqqiyotning hamma bosqichlarida odamlarning ijtimoiy kayfiyatlarini, ijtimoiy muammolarini nazar pisand qilmaslik barqarorlikka va milliy xavfsizlikka katta xavf tug’diradi”10

Jamoatchilik fikrini doimiy kuzatib borish zarurligi haqidagi fikrlarni Sharqning buyuk mutafakkirlari asarlarida ko’plab uchratish mumkin. Xususan, Nizom-ul- mulkning «Siyosatnoma yoki siyar ul-mulk» asarining «Sohibxabar va jarchilar va ularning ish-tadbirlari haqida»gi bobida podshohni raiyat ahvolidan, kishilarning saltanatga bo’lgan munosabatlaridan doimiy xabardor qilib turuvchi mas’ul kishilar tayinlanishi lozimligi uqtiriladi. «Podshohga raiyat va lashkar ahvolidan to’la xabardor bo’lish va ularga qancha xarajat ketishini bilish vojibdir. Agarda shunday bo’lmasa, katta xato bo’ladi. Omillar sitamkorlikka qo’l uradilar va mamlakatda sodir bo’layotgan fasod va zolimlikdan podshohning yo xabari bor, yo yo’q, deydilar. Agarda bila turib ma’n qilmasa, unda u ham shularga o’xshab

zolimlik qilgan va o’zi zulmu sitamga rozilik bergan bo’ladi va agarda bilmasa, demak, u g’ofildir. Shunday ekan, sohibxabarga ehtiyoj seziladi»11, deb ta’kidlaydi.

Shuningdek, Nizom-ul-mulk agar sohibxabar hukmdorni xalqning ahvolidan

boxabar qilib tursa, podshohning amru farmonlarini to’g’ridan-to’g’ri xalqqa

etkazuvchi jarchilar ham zarurligini yozadi. Yuqorida keltirilgan fikrlardan ko’rinib turibdiki, Sharq va G’arb allomalari jamoatchilik bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarning davlat siyosati haqidagi fikrlarini doimiy kuzatib borish, qabul qilingan qarorlardan jamoatchilikni doimiy xabardor qilib turish, ular bilan aloqalar o’rnatishda ikki taraflama hamkorlik muhitini yaratishga intilish lozimligini ko’rsatib o’tganlar. Ushbu asarlar davlat va jamoatchilik o’rtasida samarali muloqotni tashkil etish tarixini o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat qilishi tabiiy. Hozirgi jamiyatda yoshlarning dunyoqarashiga ommaviy axborot vositalari tobora katta ta’sir o’tkazmoqda. Radio, televidenie, reklama va e’lonlar, matbuot va internet bugungi kunda insonga g’oyaviy ta’sir o’tkazishning o’ziga xos va eng ta’sirchan tizimini yaratdi. Ommaviy axborot vositalari xususiyatlaridan biri - bu tobora yangilanib borayotgan texnik vositalar, informatsion texnologiyalar yordamida yoshlar ehtiyojlariga yo’naltirilgan maqsadli ijtimoiy axborot tarqatishga mo’ljallanganligidadir. Yot mafkuralarning asosiy maqsadi - bu omma ongini chalg’itish, millatni parchalash, jamiyatda o’zaro begonalashuvni alangalatish, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni buzib, tuhmat tarqatish, dunyoning turli mintaqalarida geopolitik, mafkuraviy keskinlikni muntazam qo’llab-quvvatlashdir. Radio, televidenie, matbuot tijorat maqsadlarida ham keng ishlatiladi. Shu nuqtai nazardan yot mafkuralar reklamalar berishdan foydalanib, soxta diniy qadriyatlar va ehtiyojlarni singdirib, boqimandachilik psixologiyasi orqali xalq milliy ongini zaiflashtirib, mafkuraviy nochorlikka olib kelish holatlari kuzatildi. Ayrim yot mafkuralar ommaviy axborot vositalari «Bi-Bi-Si», «Si-en-en» va boshqalar yordamida dezinformatsiyalar tarqatmoqdalar: mustaqil mamlakatlarning axborot maydonlarini egallab olib, ma’naviyat sohalarini o’zlariga bo’ysundirib, g’oyaviy etakchilik qilishga intilmoqdalar, mafkuraviy qo’poruvchilikni amalga oshirmoqdalar. Mana shunday maqsadlarda ular radiodan, varaqalardan, risolalardan audio va videoyozuvlardan (masalan, Vahhobiylik, Hizbut tahrir) foydalanmoqdalar. Milliy g’oya mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarining xalq manfatlariga xizmat qilishi, barkamol shaxsning rivojlanishi, uning jamiyat bilan faol informatsion aloqasini ta’minlash, jamiyatning har bir a’zosi yoshi, ijtimoiy maqomidan qat’iy nazar ehtiyojlarini qondirish va ularni birlashtirishga qaratilgandir. Chunki xalqaro miqyosdagi huquqiy me’yorlarga ko’ra ommaviy axborot vositalarining faoliyati tinchlik va o’zaro hamjihatlikni mustahkamlash, ilmiy-madaniy qadriyatlarni ayirboshlashga yo’naltirilgandir.

Islom Karimovning «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar»

risolasida «To’rtinchi hokimiyat» - radio, televidenie va matbuot xalqning butun

ijtimoiy hayotida yosh avlodni tarbiyalash ishida va ayniqsa, mafkuraviy immunitetni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslab berilgan.



Download 68,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish