4-amaliy mashg’ulot Leksik-semantik munosabatlar



Download 16,19 Kb.
Sana03.07.2021
Hajmi16,19 Kb.
#108312
Bog'liq
ХОЗИРГИ ТИЛ


4-amaliy mashg’ulot Leksik-semantik munosabatlar.

Barqaror birikmalar. Mavzu bo’yicha topshiriqlarni bajarish Ishdan maqsad: Leksik birliklar orasida leksik-semantik munosabat turlarining mavjudligi.Bu munosabatlarni bir-biridan farqini aniq farqlay olish. Leksik-semantik munosabat – leksemalarlarning o‘zaro ma’no asosidagi o‘xshashlik va farqlari leksik-shakliy munosabat – leksemalarning o‘zaro shakl asosidagi o‘xshashlik va farqlari sinonimik munosabat – bir turkumga mansub leksemalarning atash semalari asosida farqlanib, ifoda semalari asosidagi birlashish munosabati sinonim – bir turkumga mansub atash semalari asosida tuzilgan leksik qatordagi ifoda semasi bilan farqlanuvchi leksema antonimik munosabat – bir turkumga mansub leksemalarning zid denotativ semalar asosida qarama-qarshi qo‘yilishi antonim – zid denotativ semalar asosida qarama-qarshi qo‘yilgan bir turkumga mansub ikki leksemadan biri graduonimik munosabat – bir turkumga mansub ikkitadan ortiq leksemalarning o‘zaro biror belgining oshib yoki kamayib borishiga asoslangan munosabati graduonim – darajalanish qatoriga kiruvchi leksema giponimik munosabat – bir turkumga mansub ikkitadan ortiq leksemalarning o‘zaro tur-jins belgisiga asoslangan munosabati giponim – biror turga kiruvchi jinsni ifodalovchi leksema Amaliy mashg‘ulot uchun topshiriqlar Tezkor savol-javoblar 1.Lisoniy-semantik munosabatlarning turlarini sanang. 2. Lisoniy-шаклий munosabatlarning turlarini sanang. 3.Leksik birliklar orasidagi sinonimlik munosabat qay asosda mavjud bo‘ladi? 4.Antonimik munosabat munosabat qay asosda vujudga keladi? 5.Graduonimik munosabat munosabat qanday asosda bo‘ladi? 6.Giponimik munosabat munosabat qay asosda sodir bo‘ladi? 7.Leksik-semantik munosabatning lisoniy tabiatliligi deganda nima nazarda tutiladi? Mashq 1-mashq. 1. Salimjon aka... negadir bu odam bilan qiziqib qoldi-yu, aftbasharasi, bo‘y-basti, xullas, hammasini surishtira boshladi(L.Mah.) 2. Uning oppoq sochida, ko‘zoynak taqqan nuroniy yuzida hamisha muloyim tabassum balqib turardi(O‘.Hosh.)3. To‘lgan oydek to‘lg‘anib, ul qomati zebo yana, o‘z jamoliga berib pardoz ila oro yana... (Hab.). 4. Uning betidagi quyuq qora qoshi, qorachig‘i, yirikdan kelgan o‘ynoqi ko‘zlari Elmurodga Muharramni eslatdi(Shuh.). 5. Ular xuddi egizaklardek, chehralari bir-biriga g‘oyat o‘xshar, gavdalari qariyib farqsiz, ko‘rinishda yuvosh odamlar edi(Oyb.). 6. Turqi buzuq erkaklarning «ur uni (Hojarni)! U qishlog‘imizga isnod keltirdi! ...»,- deb xuddi hayvondek o‘kirganlari quloqlarim ostida qayta yangradi(H.Nos.). Topshiriqlar. 1. Berilgan gaplarni diqqat bilan o‘qib chiqing. 2.Atash va vazifa semalari aynan bir xil bo‘lgan birliklarni saralab oling: a) saralab olingan birliklarning umumiyligini izohlang; b) ushbu birliklarning farqlanishi qaysi semasi asosida ro‘y berayotganligini aniqlang. 3. Saralab olingan birliklar orasida qanday munosabat mavjudligini ayting. 4. Ushbu qatordagi dominanta leksemani toping. 5.Dominanta leksemaning o‘ziga xos xususiyatlarini bayon qiling. 6.Ma’nodoshlik qatori qaysi tizimga, ya’ni lug‘aviy ma’noviy guruhga mansub bo‘ladi? 7. Ushbu guruhga qatordagi qaysi leksema asosida birikadi, nima uchun? 8. Ma’nodoshlik qatoridagi har bir leksemaning sememasidagi semalarni aniqlang. 9. Ma’nodoshlik qatoridagi umumiylik va farqlarga asoslanib izoh bering. 10. Har bir leksemani ishtirok ettirib, nutqiy birliklar hosil qiling. 2-mashq. Leksemalarning paradigmatik qatorlarini hosil qiling. Qatordagi leksemalar orasidagi o‘zaro lisoniy munosabatlarni aniqlang.[o‘simlik], [olma], [tut], [ildiz]; [ayol], [xotin], [qiz], [momo], [qizaloq], [qampir]; [asar], [roman], [hikoya], [doston], [qissa], [janr]; [idish], [kosa], [tovoq], [piyola], [choynak], [lagan]. 3-mashq. Quyida berilgan leksemalarning leksik-semantik munosabatlarni aniqlang. 1. [xona], [hovli], [uy], [ayvon], [bino], [imorat]; 2. [qo‘l], [tana], [bo‘g‘in], [oyoq], [tirnoq], [muskul], [suyak]; 3. [barg], [tana], [ildiz], [shox], [po‘stloq], [daraxt]; 4. [bet], [bob], [kitob], [muqova], [varaq]; 5. [qopqoq], [jumrak], [dasta], [choynak]. 6. [asr], [yil], [oy], [kun], [hafta], [sutka]. 4-mashq. 1. Sultonali Mirzo Anvarning tashqi ahvoli bilan yaxshi tanish bo‘lsa ham, uning ichki siridan voqif emas edi(A.Qod.). 2. Do‘stlar shod, dushmanlar g‘amgin...(A.Qod.). 3. Gap orasida u E’zozxonning shaharga kelishdan maqsadi nima ekanligi va Rohatbibi bilan birga turishga xohishi bor, yo‘qligini ham bilib oldi(H.G‘ul.). 4. Ataylab hayotning baland-pastini ko‘rib bilish uchun yolg‘iz yashayapti(E.Usm.) 5. Aybdorlarning ko‘zidan oqqan qalbaki yoshdan barmog‘idagi titroqqacha - hamma-hammasini ibtidosidan intihosigacha yaxshi biladi(H.G‘ul.). 6. Bittasi qovoqlari shishgan, shop mo‘ylov, yumaloq, keksa, ikkinchisi novcha, qotma, yosh edi(Oyb.) 7. Ra’no o‘zining bunday harakatlariga qarshi onasidan yaxshi-yomon mukofot olmasa ham, ko‘pincha, otasidan tanbeh eshitadi(A.Qod.) Topshiriqlar. 1.Berilgan nutqiy birliklarni diqqat bilan o‘qing. 2. Gaplar tarkibidan antonim juftliklarni ajratib oling. 3. a) antonimik munosabatga kirishayotgan leksemalarning semalarini aniqlang; b) antonimikni yuzaga keltirgan semani belgilang. 4. Juftlikdagi leksemalarni o‘zaro qiyoslang. 5. a) antonimiklar orasidagi umumiylikni belgilang; b) antonimlar orasidagi farqli jihatni aniqlang. 6. Antonimlik qaysi belgi asosida vujudga kelishiga asoslanib antonim juftliklarni tasniflang: a) hajmiga ko‘ra; b) rang-tusiga ko‘ra; v) harakatiga ko‘ra; g) holatiga ko‘ra; d) davriga ko‘ra kabi. 7. Har bir antonimik munosabat guruhlarni izohlang. 8. Antonimlik hosil qilgan birliklarni guruhlarga ajrating: a) kontrar qaramaqarshiliklar; b) komplementar qarama-qarshiliklar. 9. Har bir guruhning o‘ziga xosligini aniqlab, alohida-alohida bayon qiling. 10. Antonim leksemalarning giperonimlarini topib, ular asosida yordamchi mashqlar tuzing. 5-mashq. Daraxt, nihol, go‘dak, tana, ko‘chat, bola, ninni, buzoq, qizil, yigit, chaqaloq, g‘unajin, chol, sigir, darvoza, eshik, ikki, to‘rt, darcha, yetti, uzun, yosh, o‘rta, qisqa, keksa, gulobi, qirmizi. Topshiriqlar. 1. Berilgan so‘zlar guruhini diqqat bilan o‘qib chiqing. 2. So‘zlarni saralab, o‘zaro ma’noviy munosabatlariga ko‘ra guruhlarga ajrating. 3. Guruhdagi so‘zlarning ma’noviy munosabatiga ko‘ra darajalanish qatorini hosil qiling. 4.Darajalanish qatorini hosil qilgan so‘zlarning darajalanish belgisini toping. 5. Har bir darajalanish qatorini alohida-alohida sharhlang. 6. Har bir qatorning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang va o‘zaro qiyoslang. 7. Darajalanish munosabatlari bilan bog‘langan so‘zlar qatorini ikki guruhga ajrating: a) g‘ayrilisoniy asosli; b) sof lisoniy asosli. 8. Har bir guruhni alohida-alohida izohlang. 9. Har bir guruhdagi har bir so‘zning qurshovlarini toping. 10. Bitta darajalanish munosabatida bo‘lgan so‘zlarni tanlab, ular ishtirokida so‘z birikmalari va gaplar tuzing. BARQAROR BIRIKMALAR Ishdan maqsad: Barqaror birikmalarni boshqa leksik birliklardan farqini amaliy aniqlay olish. Ularning lisoniy imkoniyatlarini baholay olish. barqaror birikma – sintaktik qurilma ko‘rinishidagi ko‘chma ma’noli lisoniy birlik maqol – gap shaklidagi, tugal hukm ifodalaydigan, xalq donishmandligi mahsuli bo‘lgan, barqaror til birligi matal – to`g`ri ma’no ifodalamaydigan obrazli ifoda, tugal shaklga ega bo`lmagan hikmatli birikma ibora – qismlari qat’iy bir qolipga kirib, barqarorlashgan, ko`chma ma’no anglatib, gapda butunligicha bir bo`lak vazifasida kеladigan, obrazli, jozibali barqaror birikma tasviriy ifoda – predmet, voqea va hodisani o`z nomi bilan emas, balki muhim xususiyatini tasvirlash orqali ifodalovchi barqaror birikma Amaliy mashg‘ulot uchun topshiriqlar Tezkor savol-javoblar 1.Iboraning belgilari haqida gapiring? 2.Frazеologiya so‘zining ma’nosi haqida gapiring? 3.Iboraning ma’no tarkibi haqida gapiring. 3.Ko‘p ma’noli ibora haqida gapiring. 4.Ma’nodosh ibora haqida gapiring va misol keltiring. 7.Omonim ibora haqida gapiring va misol keltiring. 8.Antonim ibora haqida gapiring va misol keltiring. 9.So‘z birikmasi va iboraning o‘xshash va farqli tomonlari haqida gapiring, misol keltiring. 10. Gap va iboraning o‘xshash va farqli tomonlari haqida gapiring. 11. Bir ma’noli tasviyriy ifoda haqida gapiring, misol keltiring. 12.Ko‘p ma’noli tasviriy ifoda haqida gapiring, misol keltiring. 13.Omonim tasviriy ifoda haqida gapiring, misol keltiring. Mashq 6-mashq.Mazasi qochdi, alamini oldi, aqli kirdi, baloga qoldi, bag‘ri to‘ldi, bag‘ri tosh, bеl bog‘ladi, gapi bir joydan chiqdi, joni xalqumiga kеldi, kalavaning uchini topdi, ko‘zi ilindi, lafzi halol, nomi chiqdi, oq-qorani tanidi, tili bir qarich, xo‘rligi kеldi. Topshiriqlar.1. Bеrilgan iboralarning ma’nosini yozing. Bir ma’noli va ko‘p ma’nolisini aniqlang. 2. Iboraning qaysi turkumga mansubligini aniqlang va lug‘atdan foydalanib, har bir turkumga mansub qatorni boyiting. Iboraga boy va kam iborali turkumni aniqlang. 3. Iboralarning ma’nodoshlik, uyadoshlik, zid ma’nolilik, shakldoshlik qatorini tuzing. 4. Lug‘atdan inson a’zosi nomi qatnashgan iboralarni aniqlang. 5. Lug‘atdan iboralarning eskirgan ko‘rinishini aniqlang. 6. Tarkibidagi ba’zi so‘zi ko‘chma ma’noli, ba’zisi o‘z ma’nosida bo‘lgan iboraga misol toping. 7. Tarkibidagi barcha so‘zi ko‘chma ma’noda bo‘lgan iboraga misol toping. 8. Lug‘atdan gap ko‘rinishidagi iboraga misol toping. 9. Lug‘atdan birikma tarzidagi iboraga misol toping. 7-mashq. Qora oltin, qo‘shiqlar mamlakati, sahro kemasi, salomatlik posbonlari, samo lochini, tangri so‘zi, umr yo‘ldoshlar, vatan posbonlari, yaylov bahodirlari, yaratgan egam, yashil qit’a, yerning yopinchig‘i, yetti xazinaning biri, zangori ekran, zangori kema, zangori olov, o‘rmon malikasi, g‘azal mulkining sultoni, charm qo‘lqop ustasi, charm to‘p ustalari, cho‘l balig‘i. Topshiriqlar.1. Bеrilgan tasviriy ifodalarning ma’nosini yozing. Bir ma’noli va ko‘p ma’nolisini aniqlang. 2. Tasviriy ifodaning qaysi turkumga mansubligini aniqlang va lug‘atdan foydalanib, har bir turkumga mansub qatorni boyiting. Tasviriy ifodaga boy va kam tasviriy ifodali turkumni aniqlang. 3. Tasviriy ifodalarning ma’nodoshlik, uyadoshlik, zid ma’nolilik, shakldoshlik qatorini tuzing. 4. Lug‘atdan tasviriy ifodalarning eskirgan ko‘rinishini aniqlang. 5. Tarkibidagi ba’zi so‘zi ko‘chma ma’noli, ba’zisi o‘z ma’nosida bo‘lgan tasviriy ifodaga misol toping. 6. Tarkibidagi barcha so‘zi ko‘chma ma’noda bo‘lgan tasviriy ifodaga misol toping. Adabiyotlar 1. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993. 2. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. - Toshkent: O‘qituvchi, 1995. 3. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997. 4. Ne’matov H., Mengliyev B. Tilshunoslikning metodologik masalalari. – Toshkent, 2017. 5. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 201

4-SEMINAR MASHG’ULOTI LEKSIK-SEMANTIK MUNOSABATLAR Reja Ichki reja Adabiyotlar 1 Lisoniy munosabat tabiati Tilda lisoniy munosabat va uning turlari. Lisoniy munosabatning shakl asosida bo‘lishi va uning roli. Lisoniy munosabatning ma’no asosida bo‘lishi va uning roli. 1.Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. − Toshkent: O‘qituvchi, 1993. 2.Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. - Toshkent: O‘qituvchi, 1995. 3.Ne’matov H., Mengliyev B. Tilshunoslikning metodologik masalalari. – Toshkent, 2017. 4.Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2013. 2 Leksiksemantik munosabat lisoniy munosabatning xususiy kshrinish sifatida Leksik-semantik munosabat va uning mohiyati. Leksik semantik munosabat turlari. Sinonimik munosabat. Antonimik munosabat. Graduonimik munosabat. Giponimik munosabat. 1. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. − Toshkent: O‘qituvchi, 1993. 2. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. - Toshkent: O‘qituvchi, 1995. 3. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997. 4. Ne’matov H., Mengliyev B. Tilshunoslikning metodologik masalalari. – Toshkent, 2017. 5. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2013. 3 Leksiksemantik munosabat turlarining aloqadorligi Sinonimiya, antonimiya va graduonimiya munosabati. Ularning o‘xshash, farqli, bog‘lanish munosabatlari. Giponimiya, graduonimiya va sinonimiyaning o‘zaro munosabati 1. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. −Toshkent: O‘qituvchi, 1993. 2. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. - Toshkent: O‘qituvchi, 1995. 3. Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997. 4. Ne’matov H., Mengliyev B. Tilshunoslikning metodologik masalalari. – Toshkent, 2017. 5. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2013.
Download 16,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish