4- seminar mashg’uloti



Download 21,12 Kb.
Sana22.03.2021
Hajmi21,12 Kb.
#61809
Bog'liq
4topshiriq seminar


4- Seminar mashg’uloti.

Mavzu: Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg’ariy va Ahmad Yugnakiyning ta’limiy - axloqiy qarashlari.

1, Hech oylab ko’rganmisiz, nega qarg’a o’rtacha 200-300 yil yashaydi.Lekin uning bolaligi uzog’i bilan besh-olti oy davom etadi. Inson o’rtacha 60-70 yil umr ko’radi. Biroq u 20-25 yoshlarida mustaqil hayot boshlaydi. Maskur holatni qanday izohlash mumkin?

Chunki 200-300 yil yashaydi. Uning ulg’ayish davri 5-6 oy bo’ladi.5-6 oydan so’ng ona qarg’a polaponlarimi katta hayotga qo’yib yuboradi.

Insonlar bo’lsa 20-25 yosh arafasida o’z mustaqil hayotini boshlaydi. Chunki 20-25 yosh arafasida insonlar oila quradi. Ota-onasidan alohida hayot boshlaydi.
2. Topshiriq . Qadimda ta’lim -tarbiya va odob- axloq qoidalari:
Uzoq va boy tarixga ega bo’lgan Markaziy Osiyo xalqlari o’zining ta’lim–tarbiyaga oid boy merosini yaratib, takomillashtirib, insoniyatning avlodlarini insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, do’stlik, saxiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelgan. Xalqimiz yaratgan ma’rifiy fikr sarchashmalari qadim-qadimlarga borib taqaladi. Lekin mustaqillikka erishgunimizga qadar biz bu meroslarning baridan bebahra edik. Istiqlolimiz sharofati bilan milliy-madaniy merosimiz, qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni o’rganish va uni yanada yuksaltirish uchun imkoniyatlar yuzaga keldi. IX-XII asrlar davomida Movarounnahr butun musulmon olamida ilmiy-madaniy jihatdan eng rivoj topgan o’lka sifatida mashhur bo’lib, bu yerda qadimiy an’analar bilan arab, fors, qisman hind hamda qadimgi Yunon ilmiy-madaniy an’analari qorishuvi asosida islomiy falsafiy va tabiiy ilmlar – asronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, dorishunoslik, jo’g’rofiya kabilar rivoj topdi. Bu yerda maxsus hadisshunoslik va islom fiqhshunoslik maktablari shakllanib, tarixshunoslikda ham muhim asarlar vujudga keldi.

Bu davr ma’naviyatining muhim tomonlaridan biri shundaki, olim, donishmand, shoirlarning ko’pchiligi qomusiy bilimlarga ega bo’lib, ilmlar bir-biridan ajralmas, uzviy bog’liq holda mavjudligi xarakterli edi. Shuning uchun ham Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, az-Zamaxshariy, Ismoil Jurjoniylar juda ko’p sohzalarda ijod qilib, o’chmas iz qoldirdilar. Shu bilan birga matematika, asronomiya, tibbiyot, mantiiq, tilshunoslik, tarix kabi ilmlar, madaniyat, ma’naviyatning rivojida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etganiki, islom dinining nazariy masalalari bilan birga axloqiy tomonlari ham keng rivoj topganini ko’ramiz.


3-topshiriq.

Mahmud Qoshg’ariy

Yusuf Xos Hojib

Ahmad Yugnakiy

«Devonu lug’atit turk» asarida xalqning ta’lim-tarbiyaga oid tajribalari ifodalangan maqollar ham mavjud. Maqollarda ham qo’shiqlardagi kabi do’stlik va hamkorlik, mehnatga muhabbat, ilm olishga va kasb-hunar egallashga undash, vatanparvarlik va qon-qarindoshlik tuyg’usi tejamkorlikning ahamiyati, isrofgarlikning oldini olish, adolat va adolatsizlik, yaxshilik va yomonlikning oqibatlari, xulq-odob qoidalari, sihat-salomatlikni saqlashga oid o’gitlar talqin etiladi.


Yusuf Xos Hojib bilimni buyuk, o’quvni ulug’ deb ta’riflaydi. Chunki zakovatli inson ulug’ bo’ladi, bilimli kishi buyuk bo’ladi, deb ilmli kishilarni asl toifadagi kishilarga qo’shadi. Olim ezgu ishlarning barchasi ilm tufayli amalga oshirilishi mumkinligini aytadi. O’sha davrdayoq olim «Bilim hatto osmon sari yo’l ochur», deb bashorat qiladi.

Yusuf Xos Hojib olimlarni hurmat etish kerakligini ta’kidlab, ilm ahlini qadrlasa, ilmsizlarni johil kishilar deb biladi. U bilimlilik va bilimsizlikning oqibatlari haqida ham fikr yuritadi. Inson bilimsiz, nodon, johil bo’lsa, yaramas

ishlar qilishi, aksincha, bilimli, dono, zukko bo’lsa, ezgu ishlarni ro’yobga chiqarishini ta’riflash bilan kishilarni tinmay ilm olishga undaydi.



Ahmad Yugnakiy o’zining insonni kamolga yetkazish haqidagi qarashlari bilan pedagogik fikr taraqqiyotida o’z o’rniga ega. U inson kamoloti uchun muhim bo’lgan aqliy va axloqiy qoida va talablarni o’zida mujassamlashtirgan «Hibatul-haqoyiq» asarida komil insonni shakllantirishning o’ziga xos tizimini yaratdi. Bunda u insonni kamolga yetkazishning eng muhim va asosiy mezonlaridan biri – insonning bilimga ega bo’lishi, ya’ni unga aqliy tarbiya berish deb bildi. So’ng ma’naviy-axloqiy kamolga yetkazuvchi so’z odobi, insondagi halollik, rostgo’ylik, saxiylik, kamtarlik, samimiylik, qanoat, chinakam do’st bo’lishni eng muhim insoniy xislatlar sifatida ta’riflaydi va bularga qarama-qarshi bo’lgan jaholat, baxillik, ochko’zlik, yolg’onchilik, takabburlik, zolimlik, shoshqaloqlik kabi millatlarni qoralab, ularning yomon oqibatlarini ko’rsatadi.



4- Topshiriq. Qobusnoma asaridagi ta'limiy- tarbiyaviy jihatlari va o’ziga xosligi.

«Qobusnoma» pand-nasihat tarzida yozilgan bo’lib, mana bir necha asrlardan beri xalqlarni, jumladan yoshlarni ma’naviy hayotga tayyorlashda, ularni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda muhim qo’llanma bo’lib kelmoqda.

Kaykovus odamlarning xislatlarini uch xilga bo’ladi: biri aql, biri rostlik, yana biri juvonmardlikdir. U bilim va aqlning ahamiyatini ulug’lar ekan, uni mol-dunyodan ham yuqori qo’yadi.

Asarda yoshlar tarbiyasida – juvonmardlik talablaridan eng muhimi – axloq tarbiyasi, deb ko’rsatiladi. U yoshlarda insonga nisbatan insoniy munosabatda bo’lish, adolatlilik, samimiylik, saxiylik kabi xislatlarni tarkib toptirishni istaydi va asarning boshidan oxirigacha ana shu ezgu maqsadini amalga oshirishga harakat qiladi. Ko’rinib turibdiki, Kaykovus qarashlarida inson tarbiyasi omili muhim o’rin tutadi. U axloqlilikning birinchi belgichi suxandonlik deb biladi. U notiqlikda rost so’zlash kerakligini ta’kidlaydi.

Kaykovusning axloqiy ugitlari kitobda ota-ona haqqini bilish bilan boshlanadi. Unda Kaykovus Qur’on va Hadislardagi talablardan kelib chiqqan holda o’zining nuqtai nazarlarini bayon qiladi: «O’z farzanding sening haqingda qanday bo’lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bo’lg’il, nedinkim sen ta-onang haqida ne ish qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, chunki farzand mevaga, ota-ona daraxtga o’xshaydir»1.

Kaykovus oilada ota vazifasi va burchiga alohida e’tibor beradi. Farzand tug’ilganda avvalo unga yaxshi ot qo’yish, undan so’ng aqlli va mehribon murabbiyga topshirish, o’qitish, ulg’aya boshlaganda kasb-hunar o’rgatish, harbiy ish bilan tanishtirish, so’ng suvda suzishni o’rgatish kerak, deydi.

Kaykovus otaning burchi yana o’z farzandiga adab ham o’rgatishda, deb ta’kidlaydi. U ilm, hunar va adabni farzandga meros qoldirish har bir otaning farzandi haqqini bajargani, deb hisoblaydi.



Kaykovus otalarning o’z farzandlariga nisbatan qattiqqo’l bo’lishini talab etadi. Lekin bolalarni jazolashni otaning o’zi emas, murabbiy tomonidan bajarilishini istaydi. Chunki otaning o’z qo’li bilan farzandini jazolashi unda adovat hissini paydo qaladi. Lekin otadan farzand hayiqib tursin, agar u hayiqmasa, ota-onani xor qiladi, deb ta’lim beradi.
Download 21,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish