4 – mavzu: Menejmentning nazariy asoslari



Download 134,19 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.04.2022
Hajmi134,19 Kb.
#587379
Bog'liq
4 Амалий
kom qismlari 1, 1-маъруза, 1- Topshiriq Referat, pFast bac maqola, ichki energiya va termodinamikaning birinchi qonuni holat tenglamalari va termik koeffitsientlar, Bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari va texnologiyalari (1), O\'zbekistonning eng yangi tarixi 2021 1 курсга ТМИ ishlanma 3, apMphirEfHkgPNF2Xsz37OWS5J6RtevuE3QyjWFm, ISI uzb (Lotincha), Mavzu Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta\'lim-tarbiya masalalar-fayllar.org, Akustik, ultratovushli va radioto’lqinli sath o’lchash vositalar, Mustaqil o‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning (1), 3 maruza, 1 mavzu maruza


4 – MAVZU: Menejmentning nazariy asoslari 
 
1.
Boshqaruv va menejment. Moliyaviy menejment. Innovatsion menejment. Savdo 
menejmenti. 
2.
Menejmentning qonun-qoidalari va tamoyillari.
3.
A.Temurning boshqaruv tamoyillari. 
4.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekistonda boshqarish tamoyillari. 
5.
Davlat boshqaruvi. 
6.
Boshqaruv funktsiyalari to’g’risida tushuncha. 
7.
Boshqaruv usullari. 
8.
Mexnat taqsimoti. 
9.
Raxbarning vazifalari. 
10.
Boshqaruvning zamonaviy tamoyillari. 
3-topshiriq 
“Hissadorlar yangi rahbarni tanlaydilar” 
So’nggi yilda bundan avval ham ishlari uncha yaxshi bo’lmagan “Kompleks” yopiq 
turdagi hissadorlik jamiyatining ishlari yomonlashdi. Talab kamaydi, mahsulot iste’molchilari 
to’lovlarni to’lashga shoshmadilar. To’lasalar ham asosan barter qilardilar, natijada ushbu 
jamiyatning ham debitorlik ham kreditorlik qarzlari ko’payib ketdi, ishlovchilar esa to’rt oylab 
maosh olmadilar. 
Bosh direktor Antonov N.I. ning fikricha, buning sababi, davlatdagi umumiqtisodiy 
inqiroz, respublikada ishlab chiqarish siyosatining yo’qligi va u takliflarni rad etganligidadir. 
Direktorlar kengashi boshqaruvchini almashtirish muammosini yechishga to’g’ri keldi. 
Hissadorlarning navbatdagi yig’ini bahslar ostida o’tdi va unda bundan avval “Kompleks” ning 
rahbariyatini tanqid ostiga olgan va olti oy davomida korxonaning ishini yaxshilashga va 
oyliklarni vaqtida to’lashga va’da bergan Sashin K.A. yangi direktor etib tayinlandi. Sashin 
deyarli bir ovozdan tayinlandi. Yangi rahbar ishini shundan boshladiki, o’zini tayinlanganidan 
so’ng uch kunga, u tanlovdagi bosh raqibi bo’lgan bosh muhandis Izmaylov A.P. ga har qanday 
hujjatlarni taqdim qilishni taqiqladi. 
Ertasi kuni har narsadan iqtisod qilish bahonasida uning xizmat mashinasini olib qo’ydi 
va 50-60 km oralig’ida joylashgan bo’linmalar ishini nazorat qilish imkoniyatidan mahrum 
qildi. Bularning hammasi, bosh muhandis o’z ishini eplay olmasligi va bosh direktordan hayfsan 
olib, mukofot pulidan mahrum bo’lishiga olib keldi.
Yangi direktor bilan ikki oy davom etgan og’ir ishdan so’ng Izmaylov ishdan bo’shashiga 
to’g’ri keldi. Tanlov bo’lganiga yarim yildan ortiq vaqt o’tdi, lekin hissadorlik jamiyatidagi 
ahvol yaxshilanish o’rniga yomonlashdi. Oyliklar ham kechiktirildi, byudjet oldidagi qarzlar 
ham ko’paydi, nafaqa fondi oldidagi qarzlar ham ko’paydi va “Kompleks” bankrot yoqasiga 
kelib qolish ehtimoli bor. 
 
Rahbar Antonov A.SH. ning qiziqishlarini himoya qiluvchi 1-guruhga topshiriq

Siz bilasizki, hissadorlik jamiyatining moliyaviy ahvolini yomonligining asosiy sababi 
bu Sizning mahsulotingizning iste’molchilarining ancha katta debitorlik qarzlari borligidir
lekin Siz bundan chiqib ketish yo’llarini ko’rmayapsiz, chunki oluvchilar bilan o’rnatilgan 
aloqalarni yo’qotishni va bozorning yangi segmentiga chiqa olmaysiz. SHuningdek, oylikning
sistematik ravishda kechikishi ishchilarning ko’pini Sizga qarshi qilib qo’yganini tushunasiz. 
Vaziyatni hal etish uchun savollar: 
1. Siz qaysidir yo’l bilan direktor o’rnida qolishiga harakat qilasiz yoki hammasini 
kengash qaroriga topshirib qo’yasizmi? 
2.Og’ir moliyaviy ahvolning yaxshildash uchun nima qilish mumkin? 
3. Balki o’zingizni yordamchilaringizni yig’ilishda bitta jamoa bo’lib chiqish va ular 
bilan javobgarlikning taqsimlab olish kerakdir? 
4. Siz ishchilar va hissadorlar oldidagi javobgarlikni nimada ko’rasiz? 


 
Yangi rahbar Sashin K.P. ning himoya qiluvchi 2-guruhga topshiriq: 
Siz korxonaning ishlab chiqarishdagi va moliyaviy ahvolini yaxshi bilasiz, lekin nima 
qilish to’g’risidagi aniq ma’lumot dasturingiz yo’q va Siz o’zgarishlar kiritishda kimga 
suyanishni bilmaysiz. 
Vaziyatni hal etish uchun savollar: 
1.Keyingi olti oy ichida qiladigan ishlaringiz dasturini ishlab chiqing. 
2.Jamoadagi ijtimoiy-ruhiy ahvolni yaxshilash uchun va shu maqsadni ko’zlovchi 
boshqalarni jalb qilish uchun nimalar qilish kerak? 
 
Direktorlar kengashini aks ettiradigan 3-guruhga topshiriq: 
Siz jamiyatda ahvol yomonlashayotganini bilasiz, lekin bu vaziyatdan chiqib ketish 
yo’llarini ko’rmayapsiz. 
Vaziyatni hal etish uchun savollar: 
1.Ushbu vaziyatda Siz nima qilgan bo’lar edingiz? 
2. O’zingizni variantingizni taqdim eting. 
Adabiyotlar 
 
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Toshkent «O’zbekiston» 2014 y. 
2.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” PF-4947-son Farmoni. 
O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 2017y., 6-son. 
 
Asosiy adabiyotlar
 
1.
SHarifxo’jaev M, Abdullaev Yo. Menejment (darslik). -T.: SHarq, 2002. 
2.
Yo’ldoshev N.Q.,Kazakov O.S. Iqtisodiyot va menejment. Toshkent , TDIU, 2017. 
3.
Ikramov M.A.,Kazakov O.S. Iqtisodiyot va menejment asoslari. Toshkent , 
VneshPromizdat, 2019. 
4.
Menejmentga kirish. Darslik. Toshkent. “Fan ziyosi”, 2021 yil, 378 bet. 
Qo’shimcha adabiyotlar 
 
1 Meskon M. i dr. Osnovы menedjmenta. Moskva, Delo,2012 
2. Yo’ldoshev N.Q.,Kazakov O.S. Menejment. Toshkent , FAN, 2004. 
3. Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. T.: 2004. 
 

Download 134,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika instituti
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
tashkil etish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
toshkent davlat
vazirligi muhammad
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
saqlash vazirligi
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
fanidan tayyorlagan
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
covid vaccination
sertifikat ministry
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
moliya instituti
ishlab chiqarish
fanining predmeti