TerDU Pedogogika fakulteti maxsus sirtqi yo’nalishi 3-kurs 325-guruh talabasi Maxmanova Gulchehraning
MUSTAQIL ISHI.
1-variant. 1-Mavzu: NUQTA KINEMATIKASI
Nuqta harakatining berilish usullari
Nuqta harakati davomida qoldirgan iziga uning trayektoriyasi deyiladi. Nuqtaning harakati uning fazodagi yoki tekislikdagi vaziyati bilan vaqt oralig’idagi bog’lanishni ifodalovchi harakat qonunining berilishi bilan to’la aniqlanadi. Nuqta harakati – koordinat, vektor va tabiiy usullarda berilishi mumkin. Bu harakat usullari bir-biriga ekvivalentdir.