1918-1939 yillarda arab davlatlari.


Sana01.01.1970
Hajmi
#31564
Bog'liq
1918-1939 yillarda arab davlatlari.


1918-1939 yillarda arab davlatlari.
Urushning arab davlatlariga ta'siri
Arab davlatlari dunyoning ikki qit'asida (Osiyo va Afrikada) joylashgan. XX asr boshlarida barcha arab davlatlari mustamlaka yoki yarim mustamlaka bo'lganlar. Xususan, Osiyoda joylashgan arab davlatlari Tur-kiya imperiyasi tarkibiga kirgan. Afrika qit'asidagi Misr va Sudan — Buyuk Britaniyaning; Tunis, Jazoir va Marokash — Fransiyaning; Marokashning bir qismi — Ispaniyaning; Liviya esa Italiyaning mustamlakasi edi. Birin-chi jahon urushi natijasida Turkiya imperiyasi quladi. Biroq bu hodisa barcha arablarga ham mustaqillik keltirgani yo'q. Saudiya Arabistoni va Yaman mustaqil davlatlarga aylandi. Osiyodagi arab hududlari (Millatlar Ligasining mandat tizimiga asosan) Buyuk Britaniya va Fransiya nazorati ostiga berildi. Shimoliy Afrikada yashovchi arab xalqi mustamlaka zulmi ostida qolaverdi. Bunga qarshi xalq milliy-ozodlik kurashini tobora kuchaytirdi.
Suriya to'it asr davomida Turkiya mustamlakasi bo'lib kelgan. Birinchi jahon urushi oxirida esa u Fransiya qo'shinlari tomonidan ishg'ol etildi. XX asr boshlarida ham Suriyada o'rta asrlarga xos ishlab chiqarish munosabatlari hukmron edi. Aholining asosiy qismi qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanar, yerning ko'pchiligi katta yer egalari (feodallar) qo'lida edi. Dehqonlar (fallohlar)ning katta qismi bir par-cha yerga ham ega emasdi. Ular- ijaraga yer olib ishlashga majbur edilar. Sanoat juda sekin rivojlanmoqda, o'z vatanida ish topa olmagan ziyolilar chet elga ketishga majbur bo'lardi. Suriya xalqi Turkiyaning Antanta davlat-
Suriya Mustaqillik davridagi og'ir kurashlar
lariga to'lashi zarur bo'lgan tovonning bir qismini to'lashga majbur etildi. Bu esa, o'z navbatida, aholi turmush darajasini yanada yomonlashtirib yubordi.
1918-yilning noyabr oyidayoq Suriya xalqining milliy-ozodlik kurashi boshlandi. Fallohlar partizan guruhlarini tuza boshladilar. 1919-yil La| takiyada ko'tarilgan qo'zg'olon 3 yil davom etdi. Pari] tinchlik konferensi--yasida Suriyani mustaqil davlat deb tan olishgach, Suriya Bosh kongressi qonuniy mudofaa holati e'lon qildi. 1919-yilning noyabrida joylarda Xalq milliy kengashi tuzildi. Kengash parti/an harakati uchun mablag' va qurol to'plash bilan shug'ullandi. Partizan guruhlariga ko'ngillilarni jalb etdi. Milliy kengash dekabr oyida Suriya hukumatini tuzdi. Biroq mamlakat amiri Faysalning Fransiya bilan kelishuvchilik siyosati milliy-ozodlik kura­shi kuchayishiga to'g'anoq bo'la boshladi.
Faysal 1920-yil boshlarida davlat to'ntarishi o'tkazdi va parlament tarqatib yuborildi. Mart oyida o'zini Suriya qiroli deb e'lon qildi. 1920-yilning aprel oyida, San-Remo sharinomasiga ko'ra, Suriya Fransiyaning mandati nazoratiga berildi. Iyul oyida Fransiya armiyasi Damashq shahriga kiri-tiidi.
Harbiy vazir Yusuf Azma boshchiligidagi vatanparvar kuchiar Fransiya qo'shinlariga qarshi tengsiz jang qildiiar va katta talafot ko'rdilar. Qirol Faysal esa taslimchilik yo'lini afzal ko'rdi. U armiyani qurolsizlantirdi, Damashqni esa Fransiya qo'shinlariga jangsiz topshirdi. Fransiya harbiy ma'muriyati Faysalga ishonmas edi. Uni Buyuk Britaniya manfaatlariga xizmat qiluvchi shaxs, deb hisoblardi. Shuning uchun ham Faysalni Suriyadan chiqarib yubordi.
1925—1927-yillar Suriya tarixiga milliy-ozodlik kurashining eng yuksalgan davri bo'lib kirdi. Chunki 1925-yilning iyul oyida Jabel-Druz viloyatida dehqonlar ko'targan qo'zg'olon boshlandi. Uning ta'sirida butun mamlakat miqyosida partizanlar harakati kuchaydi. Qo'zg'olonga Xalq partiyasi (1925-yil fevralida tuzilgan) rahbarlik qildi. 18-oktabrda partizanlar Damashq shahrini egailadilar. Fransiya armiyasi Damashqdan chiqib ketishga .majbur bo'ldi.
Biroq fransuzlar 2 kun davomida shaharni artilleriya va havodan bombardimon qildiiar. Oqibatda vatanparvar kuchiar Damashqni tashlab chiqishga majbur bo'ldilar. Vaqtdan yutish maqsadida ayyor fransuz harbiy ma'muriyati vatanparvar kuchiar vakillari bilan muzokara olib boraboshladi. O'z ahvolini yaxshilab olgach esa, 1926-yilning may oyida hujumga o'tdi. 1927-yilning bahoriga kelib qo'zg'olonni to'la bostirishga erishdi. Fransuz ma'muriyati ayni paytda mahalliy kuchlarga qisman yon bosish siyosatini ham qo'llay boshladi.
1928-yilda suriyaliklarga Ta'sis Majlisini chaqirishga ruxsat berdi. Biroq Ta'sis Majlisi fransuz ma'muriyati o'ylaganchalik mo'min-qobil bo'lib chiqmadi. Aksincha, Ta'sis Majlisi mamlakat konstitutsiyasiga Suriyaniiig Fransiya mandati nazoratiga bo'ysunishi haqidagi moddani kiritmadi. Bunga javoban Fransiyaning Suriyadagi Oliy komissari Та'sis Majlisini tarqatib yubordi. Suriya parlamentini Konstitutsiyaga bu moddani qoshi-shga majbur etdi. Suriya parlament respublikasi deb e'lon qilindi. 1933-yilning noyabrida parlament ham tarqatib yuborildi. Konstitutsiya bekor qilindi.
Fransiyada xalq fronti hukumati hokimiyat tepasiga kelgach, tashqi siyosat masalasida ham ba'zi o'zgarishlar yuz berdi. Chunonchi, yangi hukumat harbiy yo'l bilan Suriya masalasini hal etish mumkin emasligini to'g'ri baholay oldi. Suriya Konstitutsiyasi tiklandi. Vatanparvar kuchlar ittifoqiga kirgan partiya vakillari hukumati tuzildi.
Bu hukumat 1936-yilning sentabrida Fransiya hukumati bilan shartnoma tuzishga erishdi. Shartnomada Suriyaga 3 yil ichida mustaqillik berilishi ko'zda tutilgan edi. Biroq Fransiya parlamenti bu shartnomani tasdiqlamadi. Aksincha, ikkinchi jahon urushi arafasida Suriya parlamenti yana tarqatib yuborildi. Konstitutsiya yana bekor qilindi. Biroq bu zarbalar milliy-ozodlik kurashini to'xtatmadi.
Fransiya 1940-yilda taslim bo'lgach, Suriyada ham Germaniya ta'siri kuchaya boshladi. Biroq bu uzoq davom etmadi. 1941-yilning iyul oyida ingliz-fransuz armiyasi Suriyaga kirdi. Mamlakatdan fashist agentlari quvildi. Ikkinchi jahon urushi tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan Fransiyaning de Gol hukumati Suriyaga mustaqillik berishga majbur bo'Idi. 1941-yilning 27-sentabrida Suriya mustaqil davlat, deb e'lon qilindi.
Birinchi jahon urushi yillarida Iroq hududi Buyuk
______ Britaniya tomonidan ishg'ol qilindi. Bu hoi
urushdan keyin ham davom etdi. Mamlakatning barcha qismlarida ingliz mustamlaka ma'muriyati tashkil etildi. Mustamlakachilik siyosati mamlakat xo'jaligini halokat yoqasiga keltirib qo*ydi. Ishchi kuchi yetishmasligi oqibatida ekin maydonlarining deyarli yarmi tashlandiq holga kelib qoldi. Bu ishga yaroqli erkak aholining katta qismi dastlab Turkiya armiyasiga, keyinchalik esa ingliz mehnat korpuslariga safarbar etilganligining oqibati edi.
Mamlakatda ocharchilik yuz berdi. Turli yuqumli kasalliklar keng tarqaldi. Ingliz mustamlakachi ma'murlari katta yer egalarini o'z tomon-lariga og'dirishga urindilar. Shu maqsadda dehqon jamoalariga qarashli yerlarni ham qabila shayxlari, diniy va dunyoviy rahnomalarga biriktirib qo'yishdi. Biroq bu tadbir Iroqda ham milliy-ozodlik kurashining oldini ololmadi.
Vatanparvar kuchlar, ya'ni milliy burjuaziya, kichik va o'rta qabilalar shayxlari, inglizlarning o'z faoliyatlariga aralashuvidan norozi bo'lgan qabila yo'lboshchilari, dehqonlar, savdogarlar, ziyolilar, inglizlarga qarshi bo'lgan yirik yer egalari, ruhoniylar «Mustaqillik posbonlari» deb ataluvchi jamiyat tuzgandi. Uning rahbari savdogar Ja'far Abu Timman edi. Jamiyat Iroqqa to'la mustaqillik berishni talab etdi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish