30.Ko’chatlarni xisobga olish muddati. Ko’chatlarni xisobga olish usuli. Kirim va chiqim tartiblari.
Tayanch tushunchalar. dorivor o’simlik, Ko’chat, urug, tuproq, kul'tivaciya, borona, shudgor, superfosfat, ammiak selitrasi, yashiklar, sayoz idishchalar, tuvaklar, yagana, yorliq.
Ko’chat etishtirish. Vegetaciya davri ko’pgina manzarali o’simliklar, ochiq erga ekilganda mamlakatimiz o’rta mintaqasining kisqa yozi davomida gullashga ulgurmaydi yoki juda kech gullaydi. Bunday o’simliklarni etishtirishda gul ko’chatlarini tayyorlash talab qilinadi. Vuning uchun uruglar yashik yoki sayoz idishchalarga sepiladi, boshqa joyga ko’chirib o’tqazilgan ko’chatlar esa keyingi Ko’chat qilguncha issiqxonada saqlanadi. Yashiklar, sayoz idishchalar, tuvaklar ekishdan oldin 40 foizli formalin (1:300) eritmasi bilan dezinfekciya qilinadi. Issiqxonalarda gul ko’chatlarini etishtirish, manzarali o’simliklar xilini ma'lum darajada to’ldirish imkonini beradi. Ko’chat otkaziladigan yashiklarda yozda gullashi uchun ko’chatlar etishtiriladi. Bu o’simlik uruglari yashiklarga sepiladi va ko’chatlar ham yashiklarda saqlanib boshqa joylarga olib otkaziladi. Agar uruglar kam bolsa, sayoz idishcha yoki tuvaklarga sepiladi. Bu idishlarning drenaj teshiklari sopol yoki chinni siniqlarining qabariq tomoni tepaga qilib berkitiladi, siniqlar ustidan yirik donali qum yoki mayda shagal, keramzit, gisht siniqlari 2-3 sm. qalinlikda solinadi, so’ngra to’yimli bor tuprogi bilan to’ldiriladi. Bu tuproq tarkibi sepilayotgan o’simlik turiga ko’ra O’zgaradi. Yashikni mos tuproq bilan to’ldirgandan so’ng silkitiladi, ustki qatlami esa zichlanadi. Ayniqsa, yashik burchaklariga tuproq solish va zichlashga asosiy e'tibor beriladi.
O’rmonlarni qayta tiklash - oldin o’rmon bilan qoplangan maydonlarda o’rmonzorlar barpo etish, bu o’rmonning tabiiy yangilanishiga ko’maklashish, daraxt urug’ini ekish va o’rmon daraxtlarini o’tqazishni o’z ichiga oladi. O’rmonzorlar barpo etish - oldin o’rmon daraxtlari o’smagan maydonlarda (dala, o’tloq, cho’l va h.k.) o’rmonzorlar barpo etish.
O’rmon daraxtlarini o’tqazish va daraxt urug’ini ekish satrida ekish usullaridan qat’i nazar (qo’lda, mexanizatsiyalashtirilgan, aeroekish) nihol, ko’chat, qalamcha va daraxtlar urug’ini ekish to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi.
O’rmonning tabiiy yangilanishiga ko’maklashish satrida nimalar o’rmonning tabiiy yangilanishiga ko’maklashishga kirishini hisobga olish lozim:
kesilgan o’rmonzorning siyraklashgan yerlarida daraxt urug’larining uchib tarqalishi natijasida va o’rmonning qiya qismlarida o’rmonning tabiiy yangilanishining ta’minlanishi;
kesilgan daraxtlar tomirini parvarishlash, urug’lar bilan ta’minlangan, ko’chat ekishni ta’minlash va o’stirish;
tuproqqa kimyoviy usulda ishlov berish;
yog’och tayyorlashda o’rmon daraxtlarining qimmatli yosh turlarini saqlash; Ignabargli daraxtlarga qrim qarag’ayi, elbdar qarag’ayi, qora archa, tuya kiradi. Nobud bo’lgan o’rmon ekinlarini hisobdan chiqarish satrida o’rmon daraxtlari ko’p yillik ekanligiga va ularni halokatigacha joriy yilda ekilganligiga va o’tqazilganligiga 3 - 5 yil va undan ortiq davrni tashkil etishi ko’rsatilishi zarur. Barcha nobud bo’lgan o’rmon ekinlari bahor mavsumida kengash qarori va alohida buyruq bilan (tabiiy ofat, qayta qurish) bir yil mobaynida hisobdan chiqariladi, shuning uchun bu satrda inventarizatsiyaning oxirgi sanasiga, o’tgan yilgi taqqoslanuvchi hisobot davrida bo’lgan ma’lumotlar ko’rsatiladi.
O’rmon bilan qoplangan maydonga o’tqazilgan o’rmon daraxtlarining maydoni satrida o’rmon bilan qoplanmagan maydondan o’rmon daraxtlarining o’rmon bilan qoplangan maydonga o’tqazilishi ko’rsatiladi va quyidagi ko’rsatkichlar bilan ajralib turishi kerak: 1 ga da yetarli miqdorda asosiy turning mavjudligi, belgilangan balandlik, bo’yi, daraxt tepasi barglarining jipslashganlik darajasi bilan.
Kam ahamiyatli va past bo’yli ekinlarni tiklash satrida kam ahamiyatli o’rmon ko’chatini nisbatan qimmatli tur bilan almashtirish ko’rsatkichi ko’rsatiladi.
Qishloq xo’jaligi tashkilotlari yerlarida o’rmon ihota daraxtlari mintaqasini barpo etish satriga qishloq xo’jaligi yerlari yoqasida, qishloq xo’jaligi tashkilotlari yerlaridagi yo’l bo’ylarida o’rmon daraxtlari mintaqasini tashkil etish kiradi.
Bir martalik hisobda o’rmon daraxtlari parvarishi satrida qator orasiga ishlov berish, sug’orish, daraxt shoxlarini qirqish ko’rsatiladi. Ushbu satrni to’ldirishda tugallangan parvarish hisobga olinganligiga e’tibor berish kerak:
maydonga bir vaqtning o’zida mexanizatsiya va qo’l yordamida qator orasiga parvarish berish (aniq maydon talab qilinadi);
maydonda o’tkazilgan mexanizatsiya va qo’l yordamidagi parvarish (yo’qlik vaqtida majmuaning darkorligi).
Bir martalik hisobda o’rmon daraxtlari parvarishi maydoni ekilgan va o’tqazilgan o’rmon bilan band bo’lgan maydonda o’tgan yilda parvarish o’tkazilgan miqdor joriy yilda o’tkazilgan parvarish miqdoriga qo’shib borish usulida hisobga olinadi (joriy yil va o’tgan yil).
Tayyorlangan (sof) daraxt va buta turlari urug’lari satrida faqat tashkilotlarda tayyorlangan urug’lik ko’rsatiladi.
Niholxonanining ekish bo’limini tashkil etish satrida urug’lik ekinlari niholxonasini tashkil etish bo’yicha ma’lumotlar ko’rsatiladi.
Tarbiyalash bo’limi - bu niholni keyinchalik unib-o’sishi uchun urug’ ekish bo’limidan tarbiyalash bo’limiga o’tqazish, ko’chat (qalamcha) tayyorlash bo’limi
bu ko’chat ekish materiallarini tashkil etish uchun qalamchalarni o’zaklashga (unib-o’sishga) ekishdir.
Davlat ahamiyatidagi o’rmonlarda va boshqa maydonlarda ko’chatlar o’stirish va qimmatli yog’ochbop ko’chatlar toifasiga kiritish satrida qimmatli yog’ochbop ko’chatlar turi maydoni o’rmon bilan qoplangan maydon yo’nalishiga o’tkazish, parvarish etish jarayonida o’rmonning tabiiy yangilanishiga ko’maklashish chorasi, kam ahamiyatli ko’chatlar maydonida tiklash va payvandlangan ko’chatlar o’tqazilgandan so’ng maydonda qimmatli yog’ochbop ko’chatlar tarkibi barpo etilgan maydon ma’lumotlari ko’rsatiladi.
Daraxt ekilgan umumiy maydon satriga jipslashgan va jipslashmasdan o’sgan daraxtlar maydoni kiradi.
O’rmon o’simliklarining umumiy fondi o’rmon rivojiga va tiklanishiga yaroqli bo’lgan jami maydon hisobga olinadi.
Yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar qo’shimcha mahsulotini tayyorlash bo’limi har qanday holatda to’ldiriladi, qachonki mevalar, yong’oqlar, rezavorlar va ularning qismlari tabiiy o’suvchi o’simliklar majmuasiga bog’liq bo’lib, ishlab chiqarish va iste’mol uchun ishlatilsa, ushbu ma’lumotlar to’ldiriladi. Agar mevalar, yong’oqlar, rezavorlar, dorivor o’simliklar, texnik va xo’jalik o’simliklari plantatsiyalarda yoki bog’larda yetishtirilsa, bu ma’lumot hisobotga kiritilmaydi. Bo’lim o’simliklar turiga muvofiq nomlari bo’yicha to’ldiriladi.
Zirk, ne’matak va oblepixa satrlarida tayyorlangan ashyo tabiiy holdagi vaznda ko’rsatiladi.
Yong’oq mevalilar satrida tayyorlangan yong’oq tozalangan sof holda ko’rsatiladi.
Dorivor, texnik va oziqbop o’simliklar toifasiga kiruvchi satrda tayyorlangan xom ashyo faqat quruq holda ko’rsatiladi.
Qishloq xo'jaligi ekinlari urug'larini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy selektsiya navlari urug'chiligini tashkil etib, rivojlantirish, urug'larni tayyorlash, qayta ishlash va saqlash bo'yicha normativ talablarni xalqaro standartlar va texnik reglamentlarga muvofiq ishlab chiqish, sohada ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borishga, tarmoq korxonalarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko'maklashish, urug'chilik bo'yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda sohaga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish kabilar mazkur markazning asosiy vazifalari etib belgilandi. hozirgi kunda davlat-xususiy sheriklik asosida urug'chilik tizimini yanada takomillashtirish hamda sohani xalqaro talablar darajasiga olib chiqish bo'yicha ham aniq vazifalar belgilangan bo'lib, ular ijrosi izchil amalga oshirilmoqda.
Osiyo davlatlarining asosiy qismida sholi etishtirishda ko'chat usuli muxim o'rinni egallaydi. Dunyo miqyosida ekiladigan sholi maydonning 85-90% da shu usul qo'llaniladi. Sholi ko'chat usulida etishtirilganda to'g'ridan-to'g'ri ekishga nisbatan ko'pgina afzalliklarga ega: 1. Sholi urug'i ko'chatxonalarda ekilishi ko'chatxonalarda ekilishi munosabati bilan kech kuzga qolmasdan yig'ishtirib olish imkonini yaratadi. 2. Ko'chat usuli xar bir erdan unumli foydalanib, ikki marta (bug'doy-sholi) g'alla hosili olish imkoniyatini yaratadi. 3. sholi urug'ining 60-70% iqtisod qilinadi. 4. Sholining o'suv davrining 30-35 kuni ko'chatxonada o'tishi munosabati bilan suv sarfi 20-25%ga qisqaradi. 5. Sholi hosildorligi esa to'g'ridan- tg'0ri ekkanga nisbatan 15-30% yuqori bo'ladi. Sholini ko'chat usulida etishtirishning asosiy kamchiligi qo'l mehnatini ko'p talab qilishidir.
Respublikamizda sholini bu usulda etishtirish 1993-1995 -yillarda ishlab chiqildi. A.A.Shokirov, G.N. Rahimov, U.X.Tilavov ma'lumotlariga ko'ra, asosiy ekin sifatida sholi ekiladigan maydonlar bo'yicha quyidagi agrotexnik tadbirlar amalga oshirilishi lozim. toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida «Avangard» navi, Qorapolg'iston Respublikasida «Nukus» navi asosiy ekin sifatida ko'chatxonalarga 1-10 mayda ekiladi.
Asosiy maydonga 10-20 iyunda ko'chat ko'chirib ekiladi. Respublikamiz bo'yicha barcha xo'jaliklarda hosildorlikni yoppasiga 30-40 %ga bemalol oshirish uchun ichki intensiv imkoniyatlar mavjud bo'lib, ulardan eng asosiysi sholini ko'chat usulida mexanizatsiya bilan etishtiridir. Jahon miqyosida sholiklar ko'chat usulining urug'ni bevosita ekish usulidan mohiyat e'tibori bilan bunday farq qilishiga, uning afzalliklari nihoyatda ko'pligiga ishonch hosil qilib va foydali barcha jihatlarni hisobga olib, bu usulning og'irligini, tashvishlarining bir qismini mexanizatsiya zimmasiga yuklash borasida har xil moslamalar, ekish mexanizmlari yaratganlar, sinab ko'rganlar, qo'llaganlar va bu jarayon uzluksiz davom ettirilib kelinmoqda. Ko'chat usuli urug' ekish usulidan quyidagi foydali jihatlari bilan farq qiladi: Ishni 20-30 kun avval boshlash mumkin va bunda eng kechpishar sholi navlarini ham kontinental iqlim mintaqalarida ekish va yuqori hosil olish imkoniyati kafolatlangan.
bir oy davomida katta maydonni o'g'itlash, sug'orish, o'toq qilish tashvishlari o'z- o'zidan bartaraf etiladi, ya'ni sholi ko'chatlari ko'chatxonada kamida 1 oy o'stirilib, suv va o'g'it bilan ko'chatxonada kichik maydonchada to'liq ta'minlanadi va 2530% o'g'it iqtisod qilinadi.
An'anaviy urug' ekish usulida O'zbekiston bo'yicha tavsiyalarga binoan bir gektar maydonga 200-220 kg sholi urug'i ekilsa, ko'chat usulida 65-70 kg urug' sarflanib, har bir gektaridan 150 kg urug' iqtisod qilinadi va ko'pgina chet mamlakatlarda 1 gektar erga 30-35 kg urug' sarflanadi va keyingi holat sholichilik ITI tadqiqotlarida ham isbotlanadi.
Bir oy mobaynida sholi o'simligi ko'chatxonada kichik maydonda parvarishlanishi tufayli beriladigan umumiy suv me'yorining 30%dan oshig'i tejaladi.
Ko'chat usulida o'stirilgan sholining hosildorligi urug'dan ekilgan sholiga nisbatan har doim kamida 25-30% ortiq bo'ladi. Bu ma'lumotlarni ko'pgina adabiy manbalar ham to'liq tasdiqlaydi.
Takroriy ekin sifatida kuzgi g'alladan bo'shagan maydonlarda sholini ko'chat usulida ekib bemalol hosil olish imkoniyati mavjud bo'lib, sholi to'liq pishirib etilishi uchun talab etiladigan ochiq-issiq kunlar soni va zarur foydali harorat etarlidir.
Sholi ko'chatlari o'tkazilagan paytda bo'yi 15-25 sm bo'lib, dala esa begona o'tdan toza bo'ladi va begona o'tga qarshi maxsus kurashishning ayrim hollarida ehtiyoji bo'lmaydi yoki keskin qisqaradi. 7. Urug'dan o'stirilgan sholi hollarda o'g'li ortiqchalik qilsa, g'ovlab yotib qoladi va tabiiyki o'z-o'zidan hosil yoqoladi. ko'chatdan o'stirilgan sholi esa hech qachon yotib qolmaydi, chunki poyasi yog'on, baquvvat, tuplanish darajasi yuqori bo'lib, tashqi shamol ta'sirlariga nihoyatda bardoshlidir.
Qo'lda ekish uchun ko'chat tayyorlash Ko'chatlar maxssus dalalarda etishtiriladi. Dala esa kuzda 25 sm chuqurlikda shudgor qilingan, yaxshilab tekislangan va gektariga 30-40 t chiritilgan go'ng solingan, etarli darajada ammofos bilan o'g'itlangan soz tuproqli unumdor er bo'lishi, suv sathini bir me'yorda ushlab turishga mos hamda kerak paytda oqizib yuborish uchun boshqa maydonlarga nisbatan balandroq joydan tanlanishi lozim. Yer urug' sepishga tayyor holga keltirilgach gektariga 40-50 kg sof azot, 40-50 kg fosfor va 50 kg kaliy berilib aralashtiriladi. O'zbekistonda ekishga tavsiya etilgan barcha yangi navlari ko'chat usulida ekishga yaroqli bo'lib, asosiy ekin sifatida ekish uchun kechpishar (UzROS 7-13, Lazurny, Mustaqillik), o'rtapishar (Avngard, Istiqbol, IskandarIstiqlol), takroriy ekin sifatida ekish uchun o'rtapishar va ertapishar (Nukus-2, Gulzor, Jayxun, mahalliy Arpa sholi) sholi navlarini ekish mumkin. Sholini asosiy ekin sifatida ekish uchun aprel oyining birinchi o'n kunligida, takroriy ekin sifatida esa may oyining ikkinchi yarmida ko'chat tayyorlashga kirishiladi. Bunda 1 gektar maydonga 20-22 mln. dona urug' yoki 650-700 kg urug' 1-2 kun suvda ivitilib sepiladi. Bu maydondagi ko'chatlar 10 gektar asosiy maydonga ko'chirilib o'tkazish uchun etarlidir. Ko'chat yoshi, ya'ni ko'chirib asosiy dalaga o'tkaziladigan sholi maysalarining ko'chatzorda turish davri ertapishar navlarda 25-30 kun, o'rtapishar navlarida 30 kungacha, kechpishar navlarda esa 35 kungacha bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Ko'chatlarni ko'chirib olinishidan 4-5 kun oldin gektariga 50 kg sof holda azot bilan oziqlantirilsa, ular baquvvat bo'lib yangi erga tezroq o'rganib ketadi.
T a k r o r l a sh u ch u n s a v o l l a r.
Ko’chat etishtirish texnologiyasini tushuntiring.
Ekinlarni parvarishi.
Ekinlarni qanday usulda xisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |