3-sinf I. Dars mavzusi



Download 17,13 Kb.
Sana16.06.2021
Hajmi17,13 Kb.
#66993
Bog'liq
O'zak va o’zakdosh so'zlar


3-SINF

I. Dars mavzusi: O’zak va o’zakdosh so’zlar.

II. Darsning maqsadi:

a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga o’zak va o’zakdosh so’zlar haqida tushuncha berish, ularning yasalishi va yozilishiga doir ko’nikmalarni shakllantirish;

b) tarbiyaviy maqsad: ularda vatanga, tabiatga bo’lgan mehr-muhabbat tuyg’ularini tarbiyalash va kasb-hunar egallashga bo’lgan ishtiyoqini oshirish, ona tiliga bo’lgan hurmat ruhini uyg’otish;

c) rivojlantiruvchi maqsad: ularda mustaqil va erkin fikrlash ko’nikmalarini o’stirsh, og’zaki va yozma nutqini rivojlantirish.



III. Asosiy tushuncha va atamalar: o’zak, o’zakdosh so’zlar, ma’no, umumiy qism va hokazo.

IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari:

Bilimlar:

- o’zak haqida bilish;

- o’zakdosh so’zlar haqida bilish.

Ko’nikma va malakalar:

- so’zning o’zagini topish;

- o’zakdosh so’zlarni topa olish;

- o’zakdosh so’zlarni to’g’ri yoza olish.



V. Darsning metodi: Aqliy hujum, “ Kontakt-piyola” treningi.

VI. Dars shakli: amaliy mashg’ulot, suhbat.

VII. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida.

VII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: 3-sinf ona tili darsligi, tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar, “ Bog” surati tushirilgan plakat va piyola.

IX. Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, tabiatdagi o’zgarishlar haqida suhbat.

2. O’tilgan mavzuni takrorlash: O’tilgan mavzu: Gapda so’zlarning bog’lanishi.

“Gap tuzishda adashma” o’yini.

O’yin tartibi: O’qituvchi va 3-4 nafar o’quvchi doira bo’lib o’tiradilar. O’qituvchi birinchi so’zni aytadi, 1-o’quvchi ikkinchi so’zni, 2-o’quvchi 3-so’zni, oxirgi o’quvchi esa oxirgi so’zni aytib gapni tugatadi. O’rtada gap uchun kerakli so’zni aytolmagan o’quvchi o’yindan chiqib, uning o’rnini boshqa o’quvchi egallaydi. O’yin 3-4 ta gap tuzish bilan tugaydi. Shu muddatda adashmagan o’quvchilar g’olib bo’ladi.

Masalan:


O’qituvchi: O’lkamizga

1 – o’quvchi: - go’zal

2 – o’quvchi: - bahor

3 – o’quvchi: - fasli

4 – o’quvchi: - keldi.

X. Yangi mavzu bayoni.

a) aqliy hujum: O’qituvchi doskaga turli xil mevali daraxtlar bilan to’lgan bog’ va unda mehnat qilayotgan bog’bon rasmi tushirilgan plakatni qo’yadi va o’rtaga savol tashlaydi.

1. Bolajonlar rasmda nima tasvirlangan? O’quvchilar birin-ketin o’z fikrlarini bildiradilar. To’g’ri javob esa doskaga ko’rinarli qilib yozib qo’yiladi.

BOG’


2. Unda mehnat qilayotgan inson kim?

BOG’BON


Shu tariqa yangi mavzu boshlanadi va o’zakning tub mohiyati bolalarga tushuntiriladi.

b) 137-mashq o’yin tarzida bajariladi. O’yin nomi “O’zakdosh so’z yasa” deb nomlanadi. O’quvchilar 5 guruhga bo’linadilar va sinf xattaxtasida ham 5 ta ustuncha hosil qilinadi.




Sinf

Traktor

Paxta

Bog’

Temir

O’quvchilar navbatdan o’zakdosh so’zlarni doskaga yozishlari kerak bo’ladi. Qaysi guruh ko’p so’z yozsa, o’sha guruh g’olib bo’ladi.

d) 138-mashqdagi she’r o’qilib tarbiyaviy ahamiyati tushuntiriladi, o’zakdosh so’zlar yozilib, odatdagidek belgilanadi.

e) 139-matn ham shu tariqa tahlil qilinadi

f) mustahkamlash uchun 146,147,148,149,150,151-mashqlar bajariladi.

Mustahkamlash uchun metodlar:

“Kontakt”-“Piyola” treningi.

Trening maqsadi:

- sho’x o’yin orqali o’quvchilarni jamoaga tez kirishib ketishlariga sharoit yaratish;

- o’quvchilar o’rtasidagi keskinlik, begonasirashlikni yo’qotish;

- o’quvchilardagi ijobiy kayfiyatni qo’llab-quvvatlash;

-o’quvchilarda noan’anaviy ijodiylikka ko’maklashish;

Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:

O’quvchilar doira shaklida o’tiradilar, o’qituvchining qo’lida esa paxta gulli piyola bo’ladi va u piyolani o’quvchilardan biriga berayotib quyidagi topshiriqni berishi mumkin.

Piyolaga qarab o’zakdosh so’zlar ishtirokida gap tuzing.

Piyolani olgan o’quvchi piyolani davradagi o’quvchilarga navbatma-navbat berib chiqadi, lekin u o’quvchilarga piyolani har gal har xil usulda, ko’rinishda berishi bir xillik bo’lmasligiga harakat qilishi lozim. Piyola berayotgan o’quvchi yangiroq bir usul topmasa yoki harakati qaytarilsa, o’quvchilar jamoasiga qiziqarli, kulgili yoshiga mos jarima topshirig’i beradi va uning o’rniga boshqa o’quvchi tanlaydi: Berilgan barcha jarimalarning topshiriqlari o’yin tugagach ijro etiladi.



“Piyola” o’yini davradagi hamma o’quvchilar navbati bilan ishtirok etganlaridan so’ng yoki yangi original fikrlar tugamaguncha davom etadi yoki vaqtga qarab to’xtatiladi. Mashg’ulot esa o’yin davomida “Jarima” olgan o’quvchilarning o’z topshiriqlarni bajarishi bilan yakunlanadi. “Jarima” olganlarning chiqishlaridan so’ng, o’qituvchi o’quvchilar bilan mashg’ulotga yakun yasaydi.

Uyga vazifa: 152-mashq.
Download 17,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish